Targ‘ib qilinmagan mashg‘ulot | Relay Dasturlash Salom, Men Annaman! Bugun biz relay dasturlashni bajarmoqchimiz. Bu dars bosim ostida dasturlash va jamoada yoki juda tez ishlaganingizda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni debug qilish haqida. Biz kodlashni tasvirlash uchun Graph Paper dasturlashdan foydalanamiz va oxirgi muddatni tasvirlash uchun esa relay musobaqalaridan foydalanamiz. Relay dasturlashda jamoalar biron Graph Paper dasturlashni tugatish uchun kuch sinashishadi. Siz jamoadoshlaringizning ishini tekshirishingiz yoki uni debug qilib, biron xatolik bo‘lsa, to‘g‘irlashingiz kerak va qayta ishlatib ko‘ring va jamoadoshlaringizga ko‘rsating. Dasturchilar o‘zlarining kod yoki algoritmidagi muammolarni topish va ularni to‘g‘irlash uchun debuggingdan ko‘p foydalanishadi. Muammolarni debug qilishni ko‘plab usullari mavjud. Osonroq usullaridan biri bu qayer noto‘g‘ri ishlayotganini topmaguncha bosqichma-bosqich tekshirib chiqish, keyin uni to‘g‘irlash. Bu yerda, men qo‘lim bilan orqachasiga ko‘prik bo‘lib turishga urinib ko‘rayapman, ammo men buni o‘xshata olmayapman. Men bosqichma-bosqich har bir qismni qarab chiqaman, va mening xatoim qayerdaligini anglayman. Murabbiyim menga qo‘llarimni to‘sin ustiga to‘g‘ri qo‘ymayotganimni ko‘rsatdi. Shuning uchun men to‘sin ustiga mening yangicha qo‘l joylashuvim bilan boshqatdan ko‘prik bo‘lib turishga harakat qildim, va uni qila oldim! Men orqacha ko‘prik bo‘lib turishni debug qila olganimdan juda ham xursand edim. Biz buni uddaladik! Dbugging bu muammolarni topish va ularni to‘g‘irlash. Ajoyib, Anna! Zo‘r ish!