Hozir biz barcha o‘yin dasturchilari har kuni ishlatadigan nimadir haqida o‘rganmoqchimiz. Ular "hodisalar" deb nomlanadi. Biron hodisa dasturingizga nimadir sodir bo‘lganda eshitishingizni aytadi. Va u bunday qilganda biron harakatni namoyish qiladi. Hodisalarga sichqoncha tugmasini, yo‘nalishli tugmalarni yoki ekranga bosishni misol qilib keltirish mumkin. Bu yerda biz o‘yinchi yuqoriga/pastga yo‘nalishli klaviaturani yoki tugmalarni bosganida Baymaxni Hiroga tegishi uchun yuqoriga va Rapunzelga tegishi uchun pastga harakatlantirmoqchimiz. Biz "when up arrow" bo‘limidan foydalanamiz va unga "move actor up" bo‘limini biriktiramiz, shunda o‘yinchi yuqoriga yo‘nalgan klaviaturani bossa, "when up arrow" bo‘limiga biriktirilgan barcha narsa ishlaydi. Baymaxni pastga harakatlantirish uchun ham xuddi shunday qilamiz. Bosqichma-bosqich o‘yiningiz ikki tomonlama bo‘lib bormoqda.