Kod soatiga xush kelibsiz...
Salom men Kathleen Kennedyman va men Star Warsning ishlab chiqaruvchisiman:
The Force Awakens. Bugun siz
yulduzlarimizdan biri, BB-8 bilan ishlaysiz. BB-8 qandaydir fazoviy droid
U qiladigan har bir narsa va
u o‘tkazadigan har bir lahza komputer dasturi tomonidan nazorat qilinadi. Komputer ilmi har bir sanoatga,
savdo-sotiq, sog‘likni saqlashdan tortib filmlargacha, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Faktga ko‘ra,
The Force Awakensga o‘xshagan filmni yaratish uchun
yuzlab komputer muhandislari birgalikda ishlashgan ekan.
Salom, men Rachel Roseman. Men ILMda bosh R&D muhandisiman va men
animatsiya va jonzotlarni yaratish
jamoasini boshqaraman. The Force Awakensda men aktyorga galaktika urushida juda
o‘ziga ishongan ko‘rinadigan qahramonning harakatlanish qismlari uchun asbob-uskunalarni yaratishda
yordam berishga mas’ul edim. Keyingi soatda, biz sizga dasturlashni asosiy tushunchalarini o‘rgatadigan
o‘zimizning Star Wars o‘yininimizni yaratmoqchimiz. Odatda dasturlash matn ko‘rinishida bo‘ladi
ammo biz bu yerda bo‘limlardan foydalanmoqchimiz, shunda biz dastur yozish uchun shunchaki olib kelamiz va tushuramiz xolos.
Boshlash uchun, biz BB-8 ni barcha qoldiq qismlarni yig‘ish uchun yurib boradigan qilishda
Rey bilan ishlamoqchimiz. Ekraningiz uch qismga ajratilgan. Chapda
kod ishlaydigan Star Warsning o‘yin maydoni. Har bir bosqich uchun ko‘rsatmalar o‘yin joyining pastki qismida yozib qo‘yilgan.
Bu o‘rta maydon uskunalar qutisi va bu bo‘limlarning har biri BB-8 tushuna oladigan
buyruqlardir. O‘ngdagi oq joy ish joyi deb nomlanadi va
bu yerda biz dasturimizni yaratmoqchimiz.
Agar men ish joyimizga move Left bo‘limini olib kelsam, nima bo‘ladi?
BB-8 katakchalar bo‘ylab bir bo‘lim chapga siljiydi.
Agar men BB-8 ni move left bo‘limidn keyin ham nimadir qilishini xohlasamchi?
Men dasturimga
boshqa bir bo‘limni qo‘sha olaman. Men move Up bo‘limini tanlamoqchiman va uni
belgilangan chiziq paydo bo‘lmaguncha,
move Left bo‘limi tagiga olib kelaman. Keyin uni tushuraman va ikki bo‘lim birga
turib qoladi. Men yana runni bosganimda, BB-8 ish joyimizda
taxlangan buyruqlarni yuqoridan pastga qarab namoyish qiladi. Agar siz biron bo‘limni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz,
uni shunchaki taxlamdan olib, qaytarib uskunalar qutisiga tashlang. Runni bosganingizdan keyin
siz doimo BB-8ni boshiga qaytarish uchun reset tugmasini bosa olasiz. Endi, yumalashni boshlaymiz!