Saida Aden Said: Ko'z oldimdan
haligacha mudhish tasvirlar ketmaydi:
odamlarning yiqilishi,
o'q ovozlari.
Rosa qo'rqardim.
Chindan ham, juda ko'p yig'lardim.
Ota-onami tanigan kimdir,
qo'limdan tutib,
"Ketdik! Ketdik!" dedi.
Men esa, "Onam qayerda?
Oyijonim qani?" deb qoldim.
Noria Dambrine Dusabireme:
Tunlari o'q ovozlarini eshitardik,
qurol ovozlarini.
Saylovlar bo'lishi kerak edi.
Yoshlarimiz ko'chalarda,
Ular jang qilishardi.
Ko'plab yoshlar o'lib ketishdi.
SAS: Biz bir transportga o'tirdik.
Unda odam ko'p edi.
Odamlar o'zlarining hayoti
uchun qochishayotgandi.
Mana shunday qilib,
Men Somalidan qochgandim.
Onam meni yo'qotdi.
Qayerga ketganimni
unga hech kim aytmagan.
NDD: Maktabga bora olmasligimiz,
bozorga ham chiqa olmay,
quruq uyda o'tirishimiz
meni o'ylantirib qo'ydi va agar
qandaydir yaxshi imkoniyat bo'lganida,
unda aniq foydalanardim,
yorqin kelajak uchun.
(Musiqa)
Ignazio Matteini: Jahon miqyosida,
ko'chirilganlar
Ko'payib bormoqda.
Hozirda, dunyoda ko'chirilganlar
deyarli 60 milion kishini tashkil qiladi.
Ming afsuski, bu jarayon
to'xtamaydi.
Kristina Rasl: Menimcha,
insonparvarlik hamjamiyati
tadqiqot va real hayotdan
shuni anglashmoqdaki,
bu muammo hali ancha uzoqqa cho'ziladi.
Beyli Damti Yeshita:
Bu talabalarga oliy ta'lim kerak,
ishlatishi uchun diplom kerak.
Agar talabalar hozir Ruandada yashashsa,
turar-joylari o'zgarsa ham, ular
o'qishlarini davom ettirishi mumkin.
Haligacha, qayerda bo'lishlaridan
qat'iy nazar, diplomning foydasi bor.
KR: Bizning shijoatli loyihamiz
Janubiy Yangi Hempshir Universiteti
Global Ta'lim Harkatining
yuksalish salohiyatini
sinash edi,
bakalavr darajasi va ishga
joylashuv yo'llarini
qochoqlar va boshqa oliy ta'limga
qurbi yetmaganlarga taqdim qilishini.
SAS: qochoq sifatida buning
deyarli iloji yo'q edi,
o'qishimni davom ettirish
va karyera qilishga.
Mening ismim Saida Aden Said,
va men Somalidanman.
Kakumaga kelganimda 9 yoshda edim,
va maktabga 17 yoshda borishni boshladim.
Hozirda men bakalavr
darajasi uchun o'qiyapman
SNHU orqali.
NDD: Mening ismim
Noria Dambrine Dusabireme.
Men suhbat qurish san'ati bo'yicha
bakalavr darajasida o'qiyman
biznesga urg'u bergan holda.
KR: Biz besh mamlakat bo'ylab
talabalarga xizmat qilamiz:
Livan, Keniya, Malavi,
Ruanda va JAR.
Biz 800 nafar kollej va 400 dan ortiq
bakalavr bitiruvchilarimiz
va mingga yaqin talabalarimiz
borligidan judayam xursandmiz.
Buning sehri shuki, biz qochoqlar
hayotiga boricha yondashyapmiz.
Hech qanday sinf yo'q.
Hech qanday ma'ruza yo'q.
Hech qanday muxlat yo'q.
Hech qanday yakuniy imtihon yo'q.
Bu o'qish salohiyatga asoslangan
va vaqt bilan chegaralanmagan.
Loyihani qachon boshlashni
o'zingiz tanlaysiz.
Qanday qilib yondashishni ham
o'zingiz tanlaysiz.
NDD: Platformani ochganingizda,
vazifalarni ko'rasiz.
Har bir vazifa ostida loyihalar mavjud.
Loyihaga kirganingizda,
ko'nikmalarni ko'rasiz
rivojlantirish kerak bo'lgan,
shuningdek, yo'nalishlar
va loyiha haqida
ma'lumotlarni.
KR: SNHU ning siri shundaki,
u salohiyatni oshiradigan
onlayn o'qishni
yuz-ma-yuz o'rganish
bilan bog'layapti,
qo'shimcha yordam uchun.
Bunga akademik murabbiylik
ham kiradi.
Bu psixo-ijtimoiy ko'mak,
tibbiy yordam,
va ishga kirish uchun ham madaddir.
Natijada, o'qiyotganlarning
95 foizi bitiryapti,
88 foizi ishga kiryapti.
NDD: Men ijtimoiy tarmoq menejmenti
stajyoriman.
Bu meni yo'nalishimga bog'liqdir.
Loyihadan tashqari va haqiqiy hayotda
men juda ko'p narsa o'rgandim.
KR: Tizimli stajyorlik
haqiqiy imkoniyatdir
talabalarga ko'nikmalarni
rivojlantirish uchun,
bizga ham stajyorlik
va ish o'rtasida
aloqalarni hosil qilish uchun.
(Musiqa)
Bu tizim vaqt
va universitet qoidalari
va jarayonlariga
urg'u berishdan ko'ra,
talabani diqqat markaziga qo'yadi.
IM: SNHU tizimi eski tizim uchun
qattiq tarsakidir.
Juda qattiq.
Bu odatiy oliy ta'lim olishga
kuchli zarbadir.
BDY: Bu talabalarning
hayotlarini o'zgartirib yuboradi
ayniqsa zaif va qochoqlar
qatlamidan bo'lganlarning.
NDD: Agar diplom olsam,
men qaytganimda, istalgan joyimda
ishlashim mumkin.
Men ingliz tilidagi magistrlikka
ishonch bilan topshirishim mumkin.
Shunga o'xshash narsani oldin hech qachon
tasavvur qila olmasdim.
Endi menda ishonch
va malaka mavjud
o'zim ish qidirib chiqishga
hech qanday qo'rquvsiz.
SAS: Men doim jamoat bilan
ishlashni xohlaganman.
Men notijorat tashkilot
tashkil qilmoqchiman.
Biz ayol kishilarning
ta'lim olishini targ'ib qilamiz.
Men elchiga o'xshagan odam bo'lmoqchiman
va ularni o'qishga undamoqchiman
va ularga buning hech qachon
kech emasligini aytmoqchiman.
Bu shunchaki orzu.