Rahmat.
Bir vaqtlar Hindistonda bir Maharaja shoh
bor edi, va uning tug'ilgan kuni uchun
hamma rahbarlar shohga loyiq sovg'a
keltirishi lozim deb farmon chiqarildi.
Ba'zilar mayin ipaklar,
ba'zilar ajoyib qilichlar,
ba'zilar oltin keltirishdi.
Navbatning oxirida ajindor,
kichik jussali,
qishlog'idan ko'p kunlab dengiz bo'ylab
piyoda kelayotgan bir keksa kishi kelardi.
Keksa kishi yurib kelar ekan, shohning o'gli,
"Sen shohga nima sovg'a keltirding?"
deya so'radi, va keksa kishi asta sekin
qo'lini ochib, juda ham chiroyli,
binafsha va sariq, qizil va ko'k
buramali dengiz qobig'ini ko'rsatdi.
Va Shohning o'gli aytdi,
"Bu Shohga loyiq sovg'a emas!
Bu qanday sovg'a?"
Keksa kishi sekin unga qaradi
va aytdi,
"Uzoq sayohat... sovg'aning qismidir."
(Kulgu)
Shu lahzalarda,
men sizga, tarqatishga arzigulik
deb ishonadigan, sovg'a bermoqchiman.
Lekin berishimdan oldin, sizni mening
uzoq sayohatimga olib ketishimga
ijozat bering.
Ko'pchiligingiz kabi,
hayotni kichkina bola bo'lib
boshladim.
Qanchangiz hayotni kichkina bola bo'lib
boshladingiz?
Yosh tug'ilgan?
Taxminan yarmingiz... xop...
(Kulgu)
Qolganlaringizchi, nima?
Siz katta bo'lib tug'ilganmisiz?
Eh, men sizlarning onalaringiz bilan
uchrashsam edi!
Imkonsizlik haqida ayting!
Bolaligimdan, menda imkoni bo'lmagan
ishlarni bajarishga katta qiziqish bo'lgan.
Shu bugun men yillab kutgan kundir,
chunki bugun men sizning oldingizda
imkonsiz ishni mana shu yerda,
TEDxMaastrichtda uddalashga
urinib ko'raman.
Men oxirini oshkor qilish
bilan boshlayman:
Men sizga shuni isbotlaymanki,
imkonsiz narsa imkonsiz emas.
Hamda men sizga tarqatishga arzigulik
sovg'a berib yakunlayman:
Men sizga hayotingizda imkonsiz ishlarni
qila olishingizni ko'rsataman.
Imkonsizni bajara olishni izlanishimda,
men shuni bildimki
dunyodagi hamma odamlarga ikki hislat umumiydir.
Barchaning qo'rquvlari bor,
va barchaning orzulari bor.
Imkonsizni bajara olishni izlanishimda,
yillar davomida men bajargan
va menga imkonsiz ishni bajarishga
sabab bo'lgan uch omilni topdim:
Dodgeball, yoki sizning aytishingizcha
"Oârtaga tushar"
supermen,
va chivin.
Shular mening asosiy so'zlarim.
Endi siz nega men hayotimda imkonsiz
ishlarni qilishimni bilasiz.
Men sizni mening uzun sarguzashtimga,
uzun sayohatimga olib bormoqchiman,
qorquvlardan orzularga,
so'zlardan qilichlarga,
Dodgeball ("O'rtaga tushar") dan
Supermenga,
va chivinga.
Va umid qilamanki, sizga hayotda
imkonsiz ishlarni qanday uddalashni
ko'rsata olaman.
4- Oktyabr, 2007 yil.
Men Garvard Universitetining
Sanders teatri
sahnasiga, men hamkor
avtorlik qilgan, "Qilich yutish
...va uning yon ta'sirlari"
deb atalgan tibbiy
ilmiy ishi uchun 2007 yilgi Tibbiyot
sohasidagi Ig Nobel
mukofotini qabul qilgani chiqqanimda
yuragim dukillardi,
tizzalarim qaltirardi.
(Kulgu)
U men hech o'qib ko'rmagan,
Britaniyaning bir kichik Tibbiyot
jurnalida nashr qilingan edi.
Bu men uchun erishib bo'lmas
orzuning ushalishi edi,
men kabi insonga kutilmagan sovg'a edi,
bu men hech unutmaydigan sharaf edi.
Ammo bu hayotimning eng unutilmas
qismi emas edi.
1967- yili 4- Oktyabrda,
bu qo'rquvdagi, uyatchan, ozg'in, zaif bola
ekstremal qo'rquvlardan azoblanardi.
Sahnaga chiqqani tayyorlanishi bilan,
uning yuragi dukillardi,
tizzalari qaltirardi.
So'zlagani og'zini ochganda,
u so'zsiz jim qolardi.
U titroqlarda yig'lab turardi.
U vahimada falaj bo'lgan,
qo'rquvdan muzlagan edi.
Bu qo'rquvdagi, uyatchan, zaif bola
ekstremal qo'rquvlardan azoblanardi.
U qorong'idan, balandliklardan
o'rgimchaklar
va ilonlardan qo'rqardi ...
O'rqimchaklar va ilonlardan
qo'rqasizlarmi?
Ha, bir nechtangiz...
U suvdan va akulalardan...
shifokorlar, hamshiralar
va tish shifokorlaridan,
ignalar, burg'ular,
va o'tkir asboblardan qo'rqardi.
Hammasidan ham ko'proq
odamlardan qo'rqardi.
Ushbu qo'rquvdagi, uyatchan, zaif bola
men edim.
Menda muvaffaqiyatsizlikdan
va rad etilishdan qo'rquv,
o'zimga past baho berish, kamsitish,
va o'sha zamonda noma'lum bo'lgan:
ijtimoiy notinchlik sindromi bor edi.
Qo'rquvlarim borligidan, zo'ravorlar
meni qizdirishar va do'pposlashar edi.
Ular meni ismlar bilan masxara qilishar,
ularning hech bir kiyik oyinlariga
hech ham qo'shishmas edi.
Aytgancha, ular meni qo'shishadigan bir
o'yin bor edi...
O'rtaga tushar -
va men yahshi qocha olmasdim.
Zo'ravonlar ismini aytishar,
va men bosh ko'tarib qarardim
va qizil koptoklarning
mening yuzim tomon uchib kelishini
ko'rardim.
Bam, bam, bam!
Va maktabdan uyga qaytayotgan
ko'plab kunlarim esimda,
yuzlarim qizil va achitar,
quloqlarim qiliz va jiringlar edi.
Ko'zlarim yoshlar bilan yonar,
ularning so'zlari esa
quloqlarimda lovillardi.
Agar kimdir,
"Tayoq va toshlar suyaklarimni sindira oladi,
ammo so'zlar menga hech qachon zarar qilmaydi"
... deb aytgan bo'lsa, bu yolg'on.
So'zlar pichoq kabi kesa oladi.
So'zlar qilich kabi tesha oladi.
So'zlar shunchalar chuqur yaralar
yarata oladiki,
ularni ko'rib bo'lmaydi.
Mening qorquvlarim bor edi.
So'zlar esa eng ashaddiy dushmanim edi.
Hali ham.
Lekin mening orzularim ham bor edi.
Men uyga borardim va Supermen
chizma kitoblaridan malham topardim,
Supermen chizma kitoblarini o'qirdim,
va Supermen kabi super qahramon
bo'lishni orzu qilardim.
Men haqiqat va adolat uchun kurashishni,
yovuzlar va kriptonitlarga
qarshi kurashishni,
dunyo bo'ylab uchib g'ayritabiiy yutuqlar
bilan hayotlarni saqlab qolishni istardim.
Shuningdek, menda haqiqiy narsalarga ham
ulkan qiziqish bor edi.
Men Ginnesning Dunyo Reckordlari, va Ripleyning
"Ishonsang Ishonmasang" kitoblarini o'qirdim.
Ginnesning Dunyo Rekordlari yoki
Ripleyning kitoblarini o'qiganlar bormi?
Men u kitoblarni sevaman!
Men haqiqiy odamlar haqiqiy yutuqlarga
erishganligini ko'rdim.
Va aytdim, shunday qilishni istayman.
Agar zo'ravonlar meni
sport o'yinlari o'ynagani qo'yishmasa,
men haqiqiy sehr, haqiqiy ajoyib
harakatlar ko'rsatishni hohlayman.
Men o'sha zo'ravonlar qila olmaydigan
ajoyib ish qilishni xohlayman.
Men o'z maqsadimni topishni,
hayotim mazmuni borligini bilishni,
ajoyib ish bilan dunyoni o'zgartirishni
xohlayman;
Men imkonsiz narsa imkonsiz emasligini
isbotlashni istayman.
10 yildan song -
21- tug'ilgan kunimdan
bir hafta avval edi.
Mening hayotimni tubdan o'zgartirgan
ikki voqea bir kunda sodir bo'ldi.
Men Janubiy Hindistonning
Tamil Nadu shahrida
missioner bo'lib yashayotgan edim,
va mening ustozim, do'stim so'radi,
"Sening Thromlaring bormi, Daniel?"
Va men javob berdim,
"Thromlar? Thromlar nima?"
U aytdi, "Thromlar bu hayotdagi
asosiy maqsadlar.
Ular orzular va maqsadlar birikmasi kabi,
masalan, agar sen
istaganingni qila olsang,
xohlagan joyinga bora olsang,
istagan insoning bo'la olsang,
qayerga borar eding?
Nima qilar eding?
Kim bo'lar eding?
Men aytdim, "Men bunday qilolmayman!
Juda ham qo'rqaman! Juda ko'p qo'rquvlarim bor!"
Shu kecha men guruch bo'yrani
bungalov uyning tomiga olib chiqib,
yulduzlar ostida yotdim,
va ko'rshapalaklar chivinlarni
tutishini tomosha qildim.
Hayolimda faqat Thromlar,
orzular va maqsadlar,
va o'sha koptoklari bor zo'ravonlar edi.
Bir necha soatdan so'ng uyg'ondim.
Yuragim dukillardi,
tizzalarim qaltirardi.
Ammo bu safar qorquvdan emasdi.
Butun badanim titrardi.
Keyingi besh kun davomida
men hushimdan bir ketib bir kelib,
o'lim to'shagida hayotim uchun olishardim.
Mening miyam 105 (F, 40.5 C) darajali
malariya isitmasidan yonardi.
Har gal hushimga kelganimda, faqatgina
thromlar haqida o'ylardim.
Men, "Hayotimda nima qilishni istayman?"
deya o'yladim.
Nihoyat, 21- tug'ilgan kunimdan
oldingi kechada,
ravshanlik onida,
men shuni tushunib yetdim:
men tushundimki, bu kichkinagina chivin,
Anopheles Stephensi,
o'sha kichkinagina chivin,
5 mikrogramdan ham yengil,
tuz parchasidan ham oz,
agar osha chivin 170 pound,
80 kiloli kishini yenga olsa,
bu mening kriptonitim ekanligini angladim.
Keyin men angladim,
yo'q, yo'q, u chivin emas,
u chivinning ichidagi
yiliga milliondan ziyod
odamlarni o'ldiradigan kichkina parazit,
Plasmodium Falciparum.
Songra men angladim,
yo'q, yo'q, u bundanda kichik,
ammo menga u ancha katta tuyilardi.
Men tushundimki,
mening kriptonitim bu qorquv edi,
mening parazitim,
u meni butun hayotimda
yiqitib kelayotgan edi.
Bilasizmi, xavf va qo'rquvning farqi bor.
Xavf haqiqiy.
Qo'rquv esa tanlov.
Men tanlash imkoni borligini angladim:
yoki men qorquvda yashab, o'sha kecha
muvaffaqiyatsizlikda jon berishim mumkin,
yoki men qo'rquvlarimni o'limga tik qo'yib
orzularim tomon intilishim, va hayotda
yashahga jasorat qilishim mumkin edi.
Bilasizmi, o'lim to'shagida yotish
va o'limga yuzma-yuz qarash
sizni judayam yashashga undaydi.
Men barcha vafot etishini, hech kim
rostiga yashamasligini angladim.
Biz vafot etish jarayonida yashaymiz.
Bilasizmi, siz vafot etishni o'rganganingizda
rostdan yashashni o'rganasiz.
O'sha kecha men o'z hayotimni
o'zgartirishga qaror qildim.
Men o'lishni istamadim.
Men biroz ibodat qildim, va aytdim
"Xudo, agar meni
21- tug'ilgan kunimgacha saqlasang,
bundan buyon qo'rquv hayotimni
boshqarishiga yo'l bermayman.
Qo'rquvlarimni o'limga tik qo'yaman,
orzularimga intilaman,
o'z nuqtai nazarimni o'zgartirishni,
hayotimda ajoyib ishlar qilishni istayman,
o'z maqsadimni topishni,
imkonsiz narsa imkonsiz emasligini
bilishni xohlayman."
Men sizga o'sha kecha omon qoldimmi
aytmayman, buni o'zingiz tushunib olasiz.
(Kulgu)
Ammo o'sha kecha men birinchi
10 maqsadim ro'yxatini tuzdim:
men asosiy qit'alarga tashrif buyurishni,
dunyoning 7 mo'jizasini ko'rishni
ko'plab tillar o'rganishni,
kimsasiz orolda yashahsni,
okeanda kemada yashashni,
Amazonda hindu qabilasida yashashni,
Shvetsariyaning eng baland
cho'qqisiga chiqishni,
kun chiqarda
Everest cho'qqisini ko'rishni,
Nashvilda musiqa biznesida ishlashni,
tsirkda ishlashni,
va samolyotdan sakrashni xohladim.
Keyingi yigirma yil mobaynida, o'sha
maqsadlarning ko'pchiligiga erishdim.
Har safar bir maqsadni
ro'yhatdan chiqarganimda,
men ro'yhatimga 5-10 ta maqsad
qo'shardim, va ro'yhatim o'shib borardi.
Keyingi 7 yil davomida,
Bahamasdagi kichik bir orolda yashadim.
Chamasi yetti yilcha,
chig'anoq kulbada,
oroldagi yagona ovqat akula va skatlarni
nayzada tutib ovqatlanib,
belbog'-mato kiyib,
yashadim va akulalar bilan
suzishni o'rgandim.
Keyin Meksikaga ko'chdim,
so'ngra Ekvadordagi Amazon
daryosi havzasiga ko'chib o'tdim,
Pujo Pongo Ecuador,
u yerda qabila bilan yashadim,
va o'zimga bo'lgan ishonchimni maqsadlarim
orqali oz-ozdan tiklay boshladim.
Nashvildagi musiqa biznesiga ko'chdim,
va keyin Shvetsiyaga,
Stokgolmda ko'chib,
u yerda musiqa biznesida ishladim,
u yerda men Arktika doirasining ichidagi,
Kebnekaise cho'qqisiga chiqdim.
Men masxarabozlikni,
janglyo'rlikni,
uzunoyoq yurishni,
monosikl haydashni, olov yutishni,
chinni yutishni o'rgandim.
1997-yilda 12 tadan kam
qilich yutuvchilar qolganligini eshitib,
men aytdim, "Buni qilishim kerak!".
Men qilish yutuvchini uchratdim,
va undan maslahat so'radim.
U aytdi, "Mayli, senga 2 maslahat:
Birinchisi: Bu juda xavfli,
Buni bajarib odamlar halok bo'lishgan.
Ikkinchisi:
Bajarib ko'rma!
(Kulgu)
Men buni maqsadlarim ro'yhatiga qo'shdim.
So'ngra men har kuni 10-12 marta,
4 yil mobaynida tajriba qildim.
Bularni hisoblab chiqdim...
4 x 365 [x 12]
Bu men 2001-yilda
birinchi qilichni yuta olishimdan
avvalgi, chamasi 13000,
muvaffaqiyatsiz urinishlar edi.
Shu vaqt davomida, qilich yutish
bo'yicha dunyoning eng etakchi
mutaxassisi bo'lishni maqsad qildim.
Men har bir kitob,
jurnal, gazeta maqolasi,
har bir tibbiy hisobot, fiziologiya,
va anatomiyani o'rganib chiqdim,
shifokor va hamshiralar
bilan suhbatlashdim,
barcha qilich yutuvchilarni
Xalqaro Qilich Yutuvchilar
uyushmasiga jamladim,
va 2 yil davomida,
Qilich Yutish va uning Yon Ta'sirlari
borasida tibbiy ilmiy ish olib bordim,
bu Britaniyaning Tibbiyot Jurnalida
nashr etildi.
(Kulgu)
Rahmat.
(Qarsaklar)
Va men qilich yutish haqida bir necha
ajoyib narsalar o'rgandim.
Bugungi kechdan avval o'ylamagan, ammo
endi o'ylaydigan narsalaringiz haqida.
Kelasi safar siz uyingizgaga borib,
bifshteksni pichoq, yoki qilich,
yoki "bestek" bilan kesayotganingizda
bu haqida o'ylaysiz...
Men shuni bildimki, qilich yutish
Hindistonda -
men uni 20 yoshligimda birinchi marta
ko'rgan joyda boshlangan -
chamasi 4000 yil avval,
taxminan Mil. Av. 2000 yilda.
So'ngi 150 yil davomida,
qilich yutuvchilar
ilm-fan va tibbiyot sohalarida
1868 yili Freiburg Germaniyada,
Dr. Adolf Kussmaul tomonidan
qattiq endoskopni yasashga
yordam berishgan.
1906 yilda esa Uelsda
elektro kardio diagramma,
yutish, va hazm qilish
kasalliklarini o'rganishda,
bronxoskoplar, va shu kabilar.
Ammo, so'ngi 150 yil davomida
yuzlab jarohatlar, va o'nlab o'limlar
haqida bilamiz...
Mana bu Dr. Adolf Kussmaul kashf etgan
qattiq endoskop.
Lekin biz shuni o'rgandikki, so'ngi
150 yil ichida 29 o'lim bo'lib,
ularning orasida yuragini teshib olgan
Londonlik ushbu qilich yutuvchi ham bor.
Shuningdek, biz
yiliga 3 dan 8 gacha jiddiy
qilich yutish jarohatlari
bo'lishini o'rgandik.
Buni menga qo'ng'iroq
qilishlaridan bilaman.
Yaqinda ikkisini eshitdim,
o'tgan ikki-uch hafta ichida
bittasi Shvetsiya, va bittasi Orlandodan
qilich yutuvchilar jarohatlari
tufayli shifoxonadalar.
Shunday qilib, bu juda xavfli.
Qilich yutish borasida yana bir
o'rgangan narsa shuki,
qilich yutishni o'rganish uchun
ko'pchilikga 2 yildan -
10 yilgacha vaqt kerak.
Lekin men izlab topgan
eng ajoyib narsa bu
qilich yutuvchilar qanday qilib imkonsiz
ishni uddalashni o'rganishlari edi.
Men sizga kichik bir sirimni ochaman:
imkoni bo'lmagan o'sha 99.9%
ga e'tibor bermang.
Mumkin bo'lgan o'sha 0.1% ga e'tibor
qarating, va qanday bajarishni toping.
Endi siz bilan qilich yutuvchi ongiga
sayohat qilishimizga ijozat bering.
Qilich yuta olish, moddadan ongni ustun
qo'yish meditatsiyasini talab qiladi,
o'tkir diqqatni,
ichki a'zolarni chetlab o'tish
va avtomatik reflekslarni
yengish uchun aniq aniqlikni,
o'zlashtirilgan miya bog'lanishlarini,
takroriy mushak xotirasi orqalini,
10,000 dan ziyod amaliy tajribani
talab qiladi.
Endi siz bilan qilich yutuvchi tanasiga
sayohat qilishimizga ijozat bering.
Qilich yutish uchun,
qilichni tilim ustidan tushirishim,
qizilo'ngachdagi tiqin refleksini
repressiya qilishim,
epiglottisdan pastga
90 darajada burilishim,
yuqori qizilo'ngach sfinkteri
kricofaringealdan o'tishim,
perystalsis refleksini
repressiya qilishim,
qilichni o'pkalar orasiga, ko'krak
qafasiga tushirishim kerak.
Mazkur holatda,
men yuragimni chetga surishim kerak.
Agar e'tibor bersangiz,
yuragim urishini qilichdan ko'ra olasiz.
Chunki u 1/8 dyuym (3 mm) qalinlikdagi
qizilo'ngach to'qimasi bilan ajralib,
yurakga suyanib turibdi.
Bu soxtalab bo'ladigan narsa emas.
Keyin uni ko'krak suyagidan
siljitib o'tkazishim,
pastki qizilo'ngach sfinkteridan
oshqozonga o'tishim
oshqozondagi qaytim refleksini repressiya
qilib, 12 barmoqli ichakgacha tushishim kerak.
Juda oson.
(Kulgu)
Agar bundan ham o'tsam,
fallopiya naychalarimgacha tushardim.
(Gollandiyacha) Fallopiya naychalari!
Yigitlar, bu haqida keyinroq
xotinlaringizdan so'rashingiz mumkin...
Odamlar mendan so'rashadi, ular
"Hayotingizni xavf ostiga qo'yib,
yuragingizni siljitib,
qilich yutish ko'p jasorat
talab qilsa kerak...".
Yo'q. Haqiqiy jasorat talab qiladigani
bu o'sha qo'rquvdagi, uyatchan,
ozg'in, zaif bolaning
muvaffaqiyatsizlik va rad etilishni
xavfga qo'yib,
yuragini ochishi,
va g'ururiyatini yutib
mana bu yerda
bir guruh musofrlar oldida turib
sizlarga uning qo'rquvlari va orzulari
haqida hikoyasini aytishi,
ichki a'zolarini tokilishini xavf ostiga
qo'yishi, to'liq hamda majoziy ma'noda.
Bilasizmi - rahmat.
(Qarsaklar)
Bilasizmi, asli ajoyib narsa shuki
hayotimda diqqatga sazovor
ish qilishni doimo istardim,
hozir buni qilyapman.
Lekin asli diqqatga sazovor ish bu,
21 qilichni birdaniga yutishimda emas,
88 ta akulasi bor akvariumda 20 fut (6 m)
suv ostidami,
Ripleyning "ishonasanmi Yo'qmi"sigami,
yoki Stan Leening Superodamlariga
1500 dajarada isitilganimi,
"Po'lat Odam" sifatida,
ha u shovvoz juda issiq edi!
Yoki qilich bilan avtomobilni
Ripley uchun tortish,
yoki Ginnes uchun,
yoki uni "Amerikaning Talanti Bor"
ko'rsatuvi finalida bajarish,
yoki 2007-yilgi tibbiyotdagi
Ig Nobel mukofotini yutishda emas.
Yo'q, bular aslida diqqatga sazovorli
narsalar emas.
Odamlar shunday deb o'ylashadi.
Yo'q, yo'q, yo'q. Unday emas.
Asli diqqatga sazovorlisi bu
Xudoning o'sha qo'rquvdaqi,
uyatchan, ozg'in, zaif bolakayni
balanddan qo'rqadigan,
suvdan va akulalardan qo'rqadigan,
shifokor va hamshiralardan,
o'tkir anjomlardan,
odamlarga so'zlashdan qorqishidan,
endi esa u menga dunyoni
30,000 fut balandliklarda uchib,
o'tkir buyumlarni akula
akvariumlari ostida ytib,
dunyo bo'ylab shifokor, hamshira, va siz
kabi tinglovchinlarga suhbatlashtirishi.
Mana bu men uchun
asli diqqatga sazovor narsa.
Doimo imkonsizni uddalashni istardim -
Rahmat.
(Qarsaklar)
Rahmat.
(Qarsaklar)
Doimo imkonsizni uddalashni istardim,
endi bunga erishdim,
Hayotimda diqqatga sazovorli ish qilishni
va dunyoni o'zgartirishni istardim,
endi esa qilyapman.
Men doimo dunyo bo'ylab uchib yurib
g'ayritabiiy ishlar qilishni
va hayotlarni saqlab qolishni istardim,
endi esa qilyapman.
Yana bilasizmi nima?
O'sha bolakayning ulkan orzusining
kichik bir qismi hali ham bor,
qalbim tubida.
(Kulgu) (Qarsaklar)
Bilasizmi, men doimo o'z
maqsadimni topishni istardim,
endi esa topdim.
Lekin bilasizmi?
Bu qilichlar bilan emas,
o'ylaganingiz emas, kuchli hosiyatim emas.
Aslida bu mening kuchsizligim, so'zlarim.
Mening maqsadim
qo'rquvni
har bir qilich bilan, har bir so'z bilan,
har bir pichoq bilan, har bir hayot bilan,
odamlarni super qahramon bo'lishga va
hayotlarida imkonsizni qilishga undash orqali yengib, dunyoni o'zgartirishdir.
Mening maqsadim o'zgalarga
maqsadlarini topishda yordam berish.
Sizniki nima?
Sizning maqsadingiz nima?
Bu yerga nima qilish uchun keltirilgansiz?
Men biz barchamiz super qahramon bo'lish
uchun chaqirilganmiz deb ishonaman.
Sizning super qobiliyatingiz nima?
Dunyoning 7 milliard aholisi orasida
bugungi kunda o'ndan kam
qilich yutuvchilar qolgan,
ammo siz bittasiz.
Siz betakrorsiz.
Sizning hikoyangiz nima?
Sizni nima o'zgacha qiladi?
Hattoki ovozingiz
ingichka va titroq bo'lsa ham
hikoyangizni ayting.
Sizning maqsadlaringiz nima?
Agar istaganingizni bajara olsangiz,
istagan insoningiz, istagan joyda -
Nima qilgan bo'lardingiz?
Qayerga borardingiz?
Nima qilgan bo'lardingiz?
Hayotingizda nima qilishni istardingiz?
Katta orzularingiz nima?
Bolaligingizda katta orzularingiz
nimalar edi? Eslab ko'ring.
Bu emas edi, shunday emasmi?
Sizning eng g'ayritabiiy
g'alati va noma'lum deb o'ylagan
orzularingiz nimalar?
Bu sizning orzuingizni unchalar g'alati
emas qilib ko'rsatadi, shunday emasmi?
Sizning qilichingiz nima?
Har biringizning qilichingiz bor,
qo'rquv va orzularning
ikki tomonli qilichi.
U nima bo'lmasin, qilichingizni yuting.
Xonimlar va janoblar,
orzularingizga ergashing.
Kim bo'lishni istashingizdan qat'iy nazar,
hech qachon kech emas.
Imkonsizni hech qila olmaydi deb o'ylagan,
o'sha koptokli zo'ravonlarga
faqat bir gapim bor:
Rahmat.
Chunki agar yovuzlar dastidan bo'lmasa,
bizda super qahramonlar bo'lmasdi.
Men bu yerga imkonsiz narsa imkonsiz
emasligini isbotlash uchun keldim.
Bu juda ham xavfli,
bu meni o'ldira oladi.
Sizga yoqadi deya umid qilaman.
(Kulgu)
Bu gal sizning yordamingiz kerak.
Tinglovchilar: Ikki, uch.
Dan Meyer: Yo'q, yo'q, yo'q. Menga sanoqda
yordamingiz kerak, barchangiz, ho'p?
(Kulgu)
Agar so'zlarni bilsangiz? Hop?
Men bilan sanang. Tayyormisiz?
Bir.
Ikki.
Uch.
Yo'q, bu 2, lekin tushundingiz.
Tinglovchilar: Bir.
Ikki.
Uch.
(Hayratlanish)
(Qarsaklar)
DM: Ha!
(Qarsaklar) (Olqishlar)
Katta rahmat.
Rahmat, rahmat, rahmat.
Qalbimning tubidan rahmat.
Aniqrog'i,
oshqozonimning tubidan rahmat.
Men bu yerga imkonsiz ishni bajarish uchun
keldim deb aytdim, va hozir bajardim.
Ammo bu imkonsiz ish emas edi.
Men buni har kuni bajaraman.
Imkonsiz ish bu o'sha qo'rquvdagi,
uyatchan, ozg'in va zaif bolaning
o'z qo'rquvlariga yuzma yuz borib,
ushbu [TEDx] sahnasida turib,
dunyoni, har gal bir so'z bilan,
har gal bir qilich bilan,
har gal bir hayot bilan o'zgartirishi edi.
Agar men sizni yangicha fikrlashga
chorlagan bo'lsam, agar sizni
imkonsiz narsa imkonsiz emas
deya ishontirgan bo'lsam,
agar men siz o'z hayotingizda imkonsiz ishni
bajara olishingizni anglatgan bo'lsam,
mening vazifam yakunlandi,
ammo sizniki esa endigina boshlanmoqda.
Hech qachon orzu qilishdan to'htamang.
Hech qachon ishonishdan to'htamang.
Menga ishonganingiz uchun rahmat
va mening orzuimning qismi bo'lganingiz
uchun ham rahmat.
Va ushbu mening sizga sovg'am:
Imkonsiz ish ...
Tinglovchilar: Imkonsiz emas.
Uzoq sayohat sovg'aning qismi.
(Qarsaklar)
Rahmat.
(Qarsaklar)
(Olqishlar)
Mezbon: Rahmat, Dan Meyer, qoyil!