Internet aslida kim tomonidan kashf qilingani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ayrim insonlar internetdan mo'maygina daromad qilishdi. Ularning internetdan puxta foydalanish yo'llarini topgan edilar. Unday bo'lsa, "internetni kashf qilgan" shaxs ulardan ham badavlatroq bo'lishi kerak, shunday emasmi? Internetga kim ko'proq hissa qo'shgan? Shved labaratoriyasidagi angliyaliklarmi? Balki. Ruslarning yadro qurolidan tashvishga tushgan aqilli amerikaliklarmi? Bu fikr ham chakkimas. Kompyuterlar tarmog'ini "Le Internet" deb atashga kelishgan fransuz olimlarimi? Qiziq. Yoki foydali narsa yaratib, o'z ishiga yetarlicha baho bera olmagan o'n minglab olimlarmi? Ba'zi faktlarga aniqlik kiritib olaylik. Bir qancha kompyuter tarmoqlarini bog'lovchi axborot almashinuvini osonlashtirish uchun ushbu kompyuter tarmog'idan foydalanuvchi tizim Butunjahon o'rgimchak to'ri deb ataladi. Biz bilgan internetning hozirgi holatga kelishi kamida 40 yil vaqtni olgan. Uni amerikaliklar yaratgan degan notog'ri qarash ham yo'q emas, yadro zarbasidan omon qilish maqsadida foydalangan. 1960-yilda Arpanet nomli ilk tarmoq asoschisi aytishicha, tarmoq eksperimentidan maqsad aloqa o'rnatish bo'lmagan. Balki protsessorlardan maqsadli foydalanish bo'lgan. Natijada olimlar foydalana olishgan.