Targ‘ib etilmagan mashg‘ulot | Hayotiy aloritmlar: Qog‘oz Samolyot Bu dars hayotiy algoritmlar deb nomlanadi. Algoritmlar odamlar har kuni qiladigan narsalarni ifodalaydi. Shirinliklar retseptlari va qushxona qurish uchun yo‘nalishlar ikkalasi ham har kungi algoritmlardir. Bugun biz qog‘oz samolyot uchun bitta algortimni tuzib, yaratib va sinab ko‘rmoqchimiz. Ammo, birinchi biz bu katta loyihani bajarishga oson bo‘lgan kichik bosqichlarga bo‘lib chiqmoqchimiz. Biron qog‘oz samolyot yasash uchun, qanaqa bosqichlar bo‘lishini va ularni qanaqa tartibda tuzish kerakligini hal qilib olishimiz kerak. Siz algoritmingizni birinchi rasmlarni alohida kesib olishdan boshlaysiz. Keyin, siz qog‘oz samolyot yasash uchun kerak bo‘ladigan bosqichlar tasvirlangan 6 ta rasmni tanlaysiz va bu rasmlarni to‘g‘ri tartibda joylashtirib chiqasiz. Barchasi tartiblangandan so‘ng, algoritm ishlayotgan ishlamayotganini sinab ko‘rish uchun algoritmlaringizni jamoadagi boshqa talabalar bilan almashtirib ko‘rasiz. Yaxshi dizanlashtirilgan algoritm eng yaxshi samolyotlarni yasashda katta ahamiyatga ega. Agar biz shokalad tayyorlashni xohlasak, bu jarayon uchun ko‘plab katta bosqichlar mavjud. Va bu har bir katta bosqich o‘zining kichikroq bosqichlari to‘plamidan tashkil topgan. Va biz shokaladni ta’mi qanday bo‘lishini xohlashimizga qarab turli xil retseptlar, yoki algoritmlar mavjud. Har bir bosqich, hattoki kichkinaginalari ham muhim ahamiyatga ega. Demak, biron bosqichsiz, qolganlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqalar ham tushuna oladigan algortim yaratish juda muhim. Shuning uchun har bir bosqich yozib borilishi kerak, shunda, uni kim qilishidan qat’i nazar natija bir xil bo‘laveradi.