Targ‘ib etilmagan mashg‘ulot | Hayotiy aloritmlar:
Qog‘oz Samolyot
Bu dars hayotiy algoritmlar deb nomlanadi.
Algoritmlar odamlar har kuni qiladigan narsalarni ifodalaydi.
Shirinliklar retseptlari va qushxona qurish uchun yo‘nalishlar
ikkalasi ham har kungi algoritmlardir. Bugun biz
qog‘oz samolyot uchun bitta algortimni
tuzib, yaratib va sinab ko‘rmoqchimiz. Ammo, birinchi
biz bu katta loyihani bajarishga oson bo‘lgan
kichik bosqichlarga bo‘lib chiqmoqchimiz.
Biron qog‘oz samolyot yasash uchun, qanaqa
bosqichlar bo‘lishini va ularni qanaqa tartibda tuzish kerakligini
hal qilib olishimiz kerak. Siz algoritmingizni birinchi
rasmlarni alohida kesib olishdan boshlaysiz. Keyin,
siz qog‘oz samolyot yasash uchun kerak bo‘ladigan
bosqichlar tasvirlangan 6 ta rasmni tanlaysiz va bu rasmlarni
to‘g‘ri tartibda joylashtirib chiqasiz. Barchasi
tartiblangandan so‘ng, algoritm ishlayotgan ishlamayotganini
sinab ko‘rish uchun algoritmlaringizni jamoadagi
boshqa talabalar bilan almashtirib ko‘rasiz.
Yaxshi dizanlashtirilgan algoritm eng yaxshi
samolyotlarni yasashda katta ahamiyatga ega.
Agar biz shokalad tayyorlashni xohlasak, bu jarayon uchun
ko‘plab katta bosqichlar mavjud. Va bu har bir katta bosqich
o‘zining kichikroq bosqichlari to‘plamidan tashkil topgan.
Va biz shokaladni ta’mi qanday bo‘lishini xohlashimizga
qarab turli xil retseptlar, yoki algoritmlar mavjud.
Har bir bosqich, hattoki kichkinaginalari ham muhim ahamiyatga ega.
Demak, biron bosqichsiz, qolganlarini
amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqalar ham tushuna oladigan algortim yaratish juda muhim.
Shuning uchun har bir bosqich yozib borilishi kerak,
shunda, uni kim qilishidan qat’i nazar natija bir xil bo‘laveradi.