Men 6 yoshligimda
sovg'alar oldim.
Mening boshlang’ich sinf o’qituvchimda
shunday hayrotomuz g’oya tug'ildi.
U bizni sov’g’alar olish
hissiyotini tuyishimiz bilan birga
bir-birimizni maqtashning yaxshi
tomonini o’rganishimizni istadi.
Ustozim barchamizni sinfxona
oldiga jamladi, hammamizga
sovg’alar sotib olib, ularni
burchakka terib qo’ygan edi.
Va u:
"Shu yerda turib
bir-birimizni yaxshi so’zlar
bilan siylasak-chi?” dedi.
O’z ismingizni eshitsangiz,
sovg’angizni olishga borasiz,
so’ng o’tirasiz.
Ajoyib g’oya, to’g’rimi?
Nima o'xshamasligi
mumkin?
(Kulgu)
Xo’sh, dastlab biz 40 kishi edik,
va men har gal kimnidir ismini
eshitishim bilan
shodligimdan uree deb yuborardim.
So’ng 20 kishi qoldi,
keyin 10 kishi,
undan keyin 5 kishi…
nihoyat 3 kishi.
Va ulardan biri men edim.
Yoqimli so’zlar
ulashish to’xtadi.
Men o’sha daqiqada yig’layotgan edim.
Ustozning hafsalasi pir bo’lib,
“Kimdir bu insonlar haqida ham
biror iliq so’z aytadimi?”
(Kulgu)
“Hech kim? Mayli, sovg’angizni
olingda, joyingizga o'tiring.
O’zingizni yaxshi tuting,
kelasi yil kimdir siz haqda
iliq so’z aytar.
(Kulgu)
Tasvirlab berishimdan
buni juda yaxshi esga olishimni
bilgandirsiz.
(Kulgu)
Biroq o’sha kuni kim o’zini yomonroq his
qilganini bilmayman.
Menmi yoki o’qituvchi?
U jamoani shakllantirish jarayonini
3 nafar 6 yasharlik bolalar
uchun hajviy ko’rsatuvga
aylantirganini tushungandir.
Biroq bu kulgili emasdi.
Televizorda odamlar ustidan
hazil qilishsa,
miriqib kulardingiz.
Bu kun haqida biror kulgili narsani
eslolmayman.
Bu mening bir ko’rinishim edi
va bu vaziyatga, omma oldida
rad etilishga qayta duch kelmaslik uchun
o’limga ham tayyor edim.
Bu bir ko’rinishim.
Shiddatli sakkiz yildan so’ng,
shaxrimizga—Beijing, Xitoyga Bill Geyts
nutq so’zlash uchun
tashrif buyurdi
va men uning nutqini eshitdim.
Bu kishi menga yoqib qoldi.
Endi men nima qilishni istashimni
bilaman, deb o’yladim.
O’sha kecha oilamga shunday xat yozdim
"25 yoshimgacha
dunyodagi eng katta kompaniyani quraman
va bu kompaniya Microsoftni
sotib oladi."
(Kulgu)
Men dunyoni zabt etish g’oyasiga
tamoman yopishib oldim.
dominantlik, to’g’rimi?
buni ichimdan to’qiganim yo’q,
o’sha xatni yozgandim.
Mana o’sha xat.
(Kulgu)
Buni o’qib chiqishingiz shart emas
(Kulgu)
Qolaversa, bu yomon husnixat,
lekin ba’zi muhim so’zlarni belgilab
qo’ydim.
Tushunib oldiz.
(Kulgu)
Shunday qilib ...
bu boshqa bir ko'rinishim edi.
dunyoni zabt etuvchi.
Xo’sh, ikki yildan so’ng
menga Amerikaga borish
imkoniyati taqdim etildi.
Darhol rozi bo’ldim,
chunki u yerda Bill Geyts yashaydi,
to’g’rimi?
(Kulgu)
Bu biznesdagi ilk sayohatim, deb o’yladim.
So’ng, keyingi shiddatli 14 yil.
30 yoshda edim.
Yo’q, o’sha kompaniyani qurmadim.
Hatto boshladim ham.
Men o'zi Fortune 500 kompaniyalaridan
birida marketing menejer bo'lib ishlardim.
Bir yerda turib qolganimni bildim.
Bir yerda qotib qoldim.
Nega?
O’sha xatni yozgan 14 yoshli bola qani?
Bunga sabab uning urinib
ko’rmaganligi emas.
Bunga sabab har safar menda yangi g'oya
uyg’onganida, biror
yangi narsaga urinib
ko’rishni istaganimda,
hatto ishda ham taklif berishni
istardim guruhda odamlar orasida
o’z fikrimni bildirishni istardim
o’sha 14 yashar va 6 yashar o’rtasida
doimiy kurash mavjudligini his qildim.
Biri dunyoni zabt etishni,
o’zgarish qilishni
istasa,
boshqa biri esa rad javobidan qo’rqadi.
Va har gal o’sha 6 yashar yutib keldi.
Bu qo’rquv hatto o’z kompaniyamni
yaratganimda ham meni tark etmadi.
Ha, 30 yoshligimda o’z kompaniyamga
ega bo’ldim. Agar Bill Geyts
bo’lishni xohlasangiz,
ertami-kechmi boshlashingiz kerak
tog’rimi?
Tadbirkorlik faoliyatim davomida
sarmoya kiritish imkoniyatini
qo'lga kiritdim,
keyinroq esa rad etildim.
Bu rad javobi menga azob berdi.
Shunchalik qattiq azoblandimki, shundayoq
hammasidan voz kechishni istadim.
Ammo sal o’tib o’yladim.
Bill Geyts oddiygina sarmoya kiritishdan
rad etilish tufayli ortga chekinardimi?
Har qanday muvaffaqiyatli tadbirkor
shu tariqa chekinadimi?
Aslo.
Ana shunda men buni anglab yetdim.
Ok, yaxshi kompaniya qura olaman.
Yaxshi jamoa yoki yaxshi
mahsulot yaratishim
mumkin, biroq shu narsa aniqki,
men yaxshi lider bo’lishim kerak.
Yaxshi inson bo’lishim zarur.
Men buyog’iga o’sha 6 yashar hayotimda
hukmronlik qilishiga ortiq qo’yib
bermayman.
Uni o’z joyiga qaytarishim kerak.
Shunday qilib onlayn ko’mak
izlay boshladim.
Google mening do’stim edi.
(Kulgu)
“Qanday qilib rad etilish qo’rquvini
yengga olaman?”
deb qidiruv berdim. Qo’rquv va azoblar
qanday paydo bo’lishi
haqidagi bir qancha psixologik
maqolalarga ko’zim tushdi.
So’ng bir qancha “Har narsani o’zingga
olaverma, shunchaki yengib o’t”
shunga o’xshash ruhlantiruvchi
maqolalarni ko’rdim.
Buni kim ham bilmaydi?
(Kulgu)
Biroq nega hanuz qo’rquvdaman?
So’ngra omadim kelib shu vebsaytni topdim.
U radetilishterapiyasi.com deb nomlangan.
(Kulgu)
"Rad etilish Terapiyasi" bu kanadalik
tadbirkor tomonidan yaratilgan o’yin.
Uning ismi Jeyson Komeli.
Bu g’oyaning mag’zi shunday: siz 30 kun
davomida rad etilish uchun biror narsa
izlaysiz har kuni biror
narsada rad etilasiz
va oqibatda bu azob sizga
begona bo’ladi.
Bu g’oya menga yoqib tushdi.
(Kulgu)
O’zimga shunday dedim,
“Bilasanmi? Men buni
qilmoqchiman va o'zim rad etilish
hissini 100 kun tuymoqchiman.
Rad javobini olish uchun
o’z g’oyalarimni yaratdim
va undan video blog tayyorladim.
Mana bu mening ishlarim.
Blog shunday ko’rinishda edi.
Birinchi kun ...
(Kulgu)
Notanish kishidan 100 dollar qarz olish.
Ishlayotgan joyimga bordim.
Zinadan tushdim va
stol ortida o’tirgan gavdali
kishini ko’rdim.
U qo’riqchiga o’xshab ko’rindi.
Shu sababdan unga yaqinlashdim.
Yurib boryapman
va bu umrimdagi eng uzun yo’l edi,
bo'ynimning
orqa qismidagi
tuklar tik holatda,
terlayotgandim, yuragim
esa gupirlab urardi.
Borib shunday dedim
“Hoy, janob 100 dollar
qarz bera olasizmi?”
(Kulgu)
U menga qarab “Yo’q.”
“Nega?” dedi
Men esa “Yo’qmi? Kechirasiz.” dedim.
So'ng esa
orqamga o’girilib,
qochib qoldim.
(Kulgu)
Juda xijolat tortdim.
O’zimni videoga olgandim,
o’sha kecha o’zimni rad javobi
olganimni ko’rayotgandim.
O’zimni qanchalik qo’rquvga tushganimni
ko'rdim. Men xuddi “The 6th Sense”
filmidagi boladek
edim.
Men arvohlarni ko’rdim.
(Kulgu)
Keyin o’sha kishini ko’rdim.
Bilasizmi, u unchalik
qo’rqinchli emasdi
U to’lachadan kelgan, yoqimtoy yigit edi.
va u hatto mendan “Nega?” deb so’radi.
Rostdan ham, u buni tushuntirib
berishimni so’radi.
Ko’p narsalar aytishim
mumkin edi.
Tushuntirib berishim mumkin edi.
U bilan kelishib
olishim mumkin edi.
Bularning
birortasini qilmadim.
Qo’limdan
kelgani yugurish bo'ldi.
Bu xuddi hayotimning mikrodunyosiga
o’xshashini his qildim.
Har gal rad etilishimni his
qildimmi, oyog’imni
qo’limga olib yuguraman.
Bilasizmi nima?
Keyingi safar nima bo’lishidan qat’iy
nazar, hech qayerga ketmayman.
Vaziyatni qo’lga olaman.
2-kun: “Burger to’ldirish”
imkonini so’rash
(Kulgu)
Burger oshxonasiga borib,
tushlikni yeb oldim
va kassir oldiga borib, shunday dedim:
Salom,
burger to’ldirib berasizmi?
(Kulgu)
U chalkashib ketdi.
“Burger to’ldirish nima degani?”
(Kulgu)
Shunday dedim “Xo’sh, bu xuddi ichimlik
to’ldirib berishga o’xshaydi, lekin
o’rniga burger”
U: “Uzr, bizda burger to’ldirishning
imkoni yo’q” dedi.
(Kulgu)
Ana shunda rad javobini oldim. Ketib
qolsam bo’lardi, biroq bunday qilmadim.
Shunday dedim, “Burgerlaring menga yoqadi,
oshxonangiz ham chakkimas,
burger to’ldirish imkoniyatini
berganlaringda
sizlarni yanada
yaxshi
ko'rardim.
(Kulgu)
U esa “Mayli, menejerimga buni
aytaman, ehtimol
bunday imkoniyat berilar,
ammo bugun qila olmaymiz” dedi.
Keyin ketdim.
Ha aytgancha, menimcha ular hech qachon
burger to’ldirish imkoniyatini
joriy etmagan.
(Kulgu)
Menimcha, ular hali ham
ishlamoqda. Biroq, ilk marotaba men
his etgan hayot-mamot tuyg’usi
endi yo’q,
negaki vaziyatni o’z qo’limga oldim,
chunki ketib qolmadim.
O’zimga “Ajoyib, men allaqachon
buni o’rganyapman.
Zo’r” dedim.
So'ng 3-kun:
Olimpiya donutlariga ega bo’lish.
Ana shunda hayotim
butunlay o’zgarib ketdi.
Krispi Kremega bordim.
U Qo’shma Shtatlarning
janubi-sharqiy qismida joylashgan
donutlar do’koni edi.
Ular bu yerda ham borligiga
ishonchim
komil.
Ichkariga kirib:
“Olimpiya simvollariga o’xshash
donut tayyorlab bera olasizmi?
Oddiy qilib aytganda, 5 ta
donutni birlashtirasiz…” dedim.
Ularning bunga rozi bo’lmaydi,
to’g’rimi?
Donut tayyorlovchi meni o’ta
jiddiy qabul qildi.
(Kulgu)
U qo’liga qog’oz olib,
uning ranglari va halqalarini
yoza boshladi.
“Buni qanday tayyorlashim mumkin?” dedi.
15 daqiqadan so’ng esa,
u qo’lida Olimpiya halqalariga o’xshash
quti bilan chiqdi.
Juda hayajonda edim.
Bunga ishona olmasdim.
Men o’sha kun olgan video esa Youtubeda
besh million kuzatuvchiga ega bo’ldi.
Dunyo ham bunga ishona olmayotgan edi.
(Kulgu)
Shu sababdan men gazetalar,
tok-shoular, barchasining
mavzusiga aylandim.
Shu tariqa mashhur bo’ldim.
Ko’plab insonlar email orqali:
“Qilayotgan
ishlaringiz hayratlanarli”
deb yoza boshlashdi.
Biroq bilasizmi, shon-shuhrat va
mashhurlik menga hech narsa bermadi.
Mening chin istagim o’zimni o’rganish
va o’zgartirish edi.
Shu tariqa men 100 kunlik rad etilishni
o’yin maydoniga, tadqiqot
loyihasiga aylantirdim.
Nima o'rgana olishim
mumkinligini ko’rmoqchi edim.
Natijada ko’p narsalar o'rgandim.
Ko’plab sirlardan
boxabar bo'ldim.
Misol uchun, shunga amin
bo’ldimki, agar men chekinmasam,
rad javobini olsm,
"yo'q"ni
“ha” ga aylantira
olishim mumkin.
Sehrli so’z esa, “nega?”
Bir kuni qo’limda gul bilan bir notanish
kishining uyiga bordim, eshikni
taqillatib, shunday dedim:
shu gulni sizning tomorqangizda
eksam bo’ladimi?
(Kulgu)
U esa “Yo’q” dedi.
Eshikni yopishidan
oldin unga shunday dedim
“Negaligini bilsam bo’ladimi?
U “Tomorqaga ekkan hamma narsani
payhon qilib yuboradigan itim bor.” dedi.
Gulingiz
isrof bo’lishini xohlamayman.
Gul ekmoqchi bo’lsangiz, ko’chani
kesib o’tib Konniga ayting.
U gullarni yoqtiradi.
Xuddi shunday qildim.
Ko’chani kesib o’tib,
Konnining eshigini
qoqdim. U meni ko’rib
quvonib ketdi.
(Kulgu)
Va yarim soatdan so’ng
Konnining tomorqasida shu gul
paydo bo’ldi.
Hozir uning yaxshiroqligiga
ishonchim komil.
(Kulgu)
Biroq, ilk rad etilishdayoq ortga
chekinganimda
U kishi menga ishonmadi,
negaki men ahmoqman,
tuzuk kiyinmaganligim,
yaxshi ko’rinishda bo’lmaganim
uchun deb o’ylardim.
Bular sababli emas.
Sababi
men taklif etgan narsa
uning istagi bilan mos kelmagan-
-ligida edi.
U menga ishonch bildirib, kelishuv
qoidalariga asosan yo'l ko'rsatdi.
Men yo’nalishni o’zgartirdim.
Kunlardan bir kun
so’zlarim bilan ha javobini
olish imkoniyatini
oshirish mumkinligini bilib oldim.
Misol uchun bir kuni Starbucksga bordim
va menejerdan “Starbucks mezboni
bo’lsam maylimi? deb so'radim.
U shunday ohangda “Starbaks mezboni,
u nima degani?
“Wallmart mezbonlarini bilasizmi?” dedim.
Bilasizmi, ular do’konga kirishingizdan
oldin sizga salom beradi va
aslida hech narsa
o’g’irlamasligingizga ishonch
hosil qilishadi? Starbucks xaridorlariga
Wallmart ruhini ulashaman.
(Kulgu)
Xo’sh, bu yaxshi fikrligiga ishonchim
komil emas.
Aslida, bu yaxshimasligini aniq bilaman.
U esa qarab, “Ha”
Uning ismi Erik,
“Bilmasam.” dedi.
U meni shu
tariqa tinglayotgan edi. “Bilmasam.”
Undan “Bu g’alatimi?”deb so’radim.
U esa “Bu judayam g’alati.” dedi.
Biroq shuni aytishi bilan uning
munosabati butunlay o’zgardi.
Aftidan, u barcha shubhalarini
chetga surib qo’ydi.
U “Mezbon bo’lishingiz mumkin, lekin
o’ta g’alati tuyulmasin”
dedi.
(Kulgu)
Keyin 1 soat davomida Starbucksga
mezbonlik qildim.
Tashrif buyurgan har bir xaridorga
salom berib, dam olish kuni
zavqini ulashdim.
Ha aytgancha, sizning qaysi kasbga
yo’nalganligingizni
bilmayman, mezbonlik
qilmang.
(Kulgu)
Bu o’ta zerikarli edi.
Bu qo’limdan kelishini angladim,
chunki men “Bu g’alatimi?” deb so’radim.
Men undagi shubhani tilga oldim.
“Bu g’alatimi?” deb so’rashim g’alati
kishi emasligimni anglatadi.
Bu aslida xuddi unga o’xshab
fikrlayotganimni, bunga
g’alati narsa sifatida
qarayotganimni anglatadi.
Qayta-qayta shunga amin
bo'ldimki, savol so’rashdan
oldin odamlarda mavjud bo’lishi mumkin
bo'lgan shubhani aytganimda, ularning
ishonchini qozondim.
Menga ha deb javobini berish ehtimolli
oshdi. So’rash orqali hayotimdagi
orzularga erishishim mumkinligiga
amin bo’ldim..
Mening to’rt avlodim o’qituvchilik qilgan,
buvim menga doim shunday der edilar,
“Jia, seni qo’lingdan hamma narsa keladi,
lekin o’qituvchi bo’lsang zo’r bo’lardi”
(Kulgu)
Biroq men tadbirkor bo’lishni istagandim,
o'qituvchi bo'lmadim. Lekin ta’lim
berish bir umrlik orzuyim edi.
“Kollejda dars berishni
so’rab ko’rsamchi?” dedim.
O'sha paytlar
Ostinda yashardim.
Shu sabab
Ostindagi Texas Universitetiga borib
professor eshigini qoqdim,
“Talabalaringizga dars o’tsam bo’ladimi?”
deb so'radim. 1-2 urinishda
hech narsaga erishmadim.
Chekinmay, davom ettirdim.
Va uchinchi urinishimda professorni
lol qoldirdim.
U “Hali hech kim bunday qilmagan” dedi.
Slaydlarim va darslarim bilan
tayyorlanib kelar edim.
U “Qoyil, bularni ishlata olaman.
Ikki oydan
so’ng kelsangizchi? Sizni o’quv
dasturimga joylashtiraman.” dedi.
Va ikki oydan so’ng, men o’qita boshladim.
Bu men. Ehtimol, meni ko’ra olmaysiz.
Yomon surat.
Bilasizmi, ba’zida yorug’lik
sizni rad etadi?
(Kulgu)
Lekin...
Darsni tugatib, u yerdan ko’zimda
yosh bilan chiqdim.
Chunki, bor yog’i so'rash
orqali hayotdagi orzularimga erishish
mumkinligi haqida o’yladim.
Men har doim bularning barchasini
bajarishim kerak,
ya’ni eng zo’r tadbirkor bo’lishim yoki
o’qitish uchun PhD olishim kerak deb
o'ylardim.
Yo’q, men shunchaki
so'radim va o’qita oldim.
Sizga yaxshi ko’rinmayotgan ushbu rasmda
Martin Lyuter King
iqtibosini keltirgandim.
Nega deysizmi? Chunki o’z tadqiqotimda
shunga amin bo’ldimki, dunyoni o'zgartira
oladigan, yashash tarzimiz va
fikrlash tarzimizni
o’zgartiruvchi insonlar ilk va qattiq
tanqidga uchragan insonlar bo’lishgan.
Martin Lyuter King,
Mahatma Gandi, Nelson Mandela
kabi insonlar
va hatto Iso Masih ham.
Bu insonlar ularning aslida qanday
insonligini rad javobi aniqlashiga
qo'yib bermadi. Rad etilishdan so‘ng unga
bildirgan munosabati ularning aslida
kimligini aniqlashga
qo'yib berdi
Ular rad etilishga iliq qarashgan.
Rad etilishdan saboq olish uchun
bu insonlar kabi bo'lish
shart emas va mening vaziyatimda
rad javobi
menga tekkan la'nat,
mening qo’rquvim edi. U meni butun umr
ta’qib etdi, men esa undan qochayotgandim.
So’ng men u bilan
kelishishni boshlab
uni hayotimdagi eng katta
tuhfaga aylantirdim.
Rad etilish qanday qilib imkoniyatga ayla-
nishi mumkinligi haqda o’rgata boshladim.
Insonlarga rad etilish qo’rquvini yengish
uchun yordam berishda blogimdan,
nutq va
yaqinda chop etilgan kitobdan, hatto bu
uchun hozirda yaratayotgan texnologiyamdan
foydalanaman.
Hayotda rad etilganda,
keyingi safar qiyinchilik yoki
mag’lubiyatga uchraganingizda,
uning
imkoniyatlari haqida o’ylab ko’ring.
Chekinmang.
Agar u bilan
iliqlik o’rnatsangiz,
u sizning ham tuhfangizga
aylanishi mumkin.
Rahmat.
(Qarsaklar)