Bu darsimiz shashqol poygasi deb nomlanadi. Deyarli barcha komputer o‘yinlarini o‘ynashni yoqtiradi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, komputer dasturchilari qanday qilib o‘yin pog‘onalarini biron dasturga aylantiradi? Komputer o‘yinlarini yaratishda va istalgan muammoni yechishdagi birinchi bosqich o‘ylash va rejalashtirishdir. Muammoni yechishning o‘ylash bosqichi shu muammoni yechish yoki biron vazifani tugatishning qadam va qadam rejasi bo‘lgan biron algoritimni ishlab chiqadi. Bu darsda, siz shashqol poygasi o‘yini uchun biron bir algoritm yaratasiz. Keyin do‘stlaringizdan ular o‘ynash uchun o‘sha bosqichlarga ergasha oladimi bilish uchun rejangizni sinab ko‘rishini so‘raysiz. Dasturchi bosqichlar to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lganidan so‘ng, o‘sha algoritmni komputer tushuna oladigan til yordamida dasturga aylantirishning vaqti keladi. Biz har kuni qiladigan deyarli har bir narsa biron vazifani bitirish uchun siz ergasha oladigan bosqichlar to‘plami, biron algoritmni talab qiladi. Maktabga tayyorlanish yoki do‘stlaringiz bilan biron qiziqarli kunni rejalashtirish yoki biron yegulik tayyorlash kabi jarayonlar haqida o‘ylang. Bu vazifalarning istalganini tugatish uchun, siz uni kichikroq bosqichlarga bo‘lib chiqishingiz kerak va ba’zida bosqichlar belgilangan tartibda bo‘lishi shart. Sendvich tayyorlash haqida o‘ylab ko‘ting. Shkafdan birinchi qaysi masalliqni olishingizning ahamiyati yo‘q. Ammo siz bonkani ochmaguningizcha yeryong‘oq sariyog‘ni ajratib ololmaysiz. Komputerlarga biz hattoki o‘ylamasdan ham qila oladigan oddiy narsalarni qanday qilishni ko‘rsatish uchun ham algoritmlar va dasturlar kerak. Dastur komputerga biron narsani sodir qilishi uchun berilgan asosiy ko‘rsatmalar bo‘lib turgan bir paytda biron algoritm, o‘sha sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa ortidagi o‘y. Biron algoritm, komputer uni ishlatishidan oldin bironta dasturga tarjima qilinishi kerak. Biron vazifani algoritm deb nomlanadigan bosqichlarga bo‘lish ba’zida qiyin. Ammo, boshqa bir yangi mahoratlar kabi, u ham mashq qilish orqali osonlashib boraveradi.