Ushbu dars "Tangram algoritmlari" deb ataladi.
Tangram - bu turli xil shakllarni to'plashingiz mumkin bo'lgan yetti qismdan iborat jumboq.
Siz jumboqni qanday yig'ishni sherigingizga tushuntirish uchun
algoritmdan foydalanasiz.
Algoritm siz biror vazifani bajarish uchun
foydalanishingiz kerak bo'lgan qadamlar ro'yxati.
Biz ularni har kunlik hayotda xarid qilish yoki taom retseptlari uchun ishlatamiz.
Agar algoritmni oddiy qilsangiz,
uni har xil tushunish mumkin bo'ladi
va bu algoritmga amal qilgan odam,
aynan siz istagan natijani olmasligi mumkin.
Agar oxir-oqibat hamma narsa maqsadga muvofiq bo'lishiga ishonch hosil qilishni istasangiz
sizning algoritmingiz batafsil va juda aniq bo'lishi kerak.
Rasmni chizish uchun algoritmdan foydalanaman.
Men bo'rilarni chizishga harakat qilishni xohladim,
lekin men unchalik ajoyib rassom emasman.
Yaxshiyamki, men kabi odamlar uchun bu rasmni raqamlar bilan chizish mumkin.
Qirq xil rang va kichik harf va raqamlar mavjud bo'lib,
ular bizga har bir katakda qanday rangni
ishlatishni aytadi.
Raqamlar bo'yicha rasm menga qanday rangdan va qayerda foydalanishni aytadi.
Bu ko'rsatmalarga aniq, shuning uchun men ularga rioya qilib
ajoyib rasmga ega bo'ldim.
Bu ajoyib algoritm.
Agar ko'rsatmalar yetarlicha aniq bo'lmasa,
mening bo'rilarim unchalik yaxshi ko'rinmasdi.
Agar chindan ham hamma narsani rejalashtirganingizdek bo'lishini istasangiz,
ko'rsatmalaringiz aniq bo'lishi kerak.