Ajoyib ob-havo! Ajoyib ish! Sen zo'r sportchisan! Komplimentlar, shunday emasmi? Balki shundaydir. Ifodasiga va ohangiga qaraganda bular kompliment. Lekin aynan shu iboralar, boshqa tomondan haqoratli va zaharhanda bo'lishi mumkin. Ohangda oddiy ifodaviy o'zgarishlar bizni aynan og'zaki kinoyaga olib kelishi mumkin. Va kimdir "ajoyib ob-havo!" deganida, inson rostan ham aynan yaxshi ob-havoni nazarda tutishi mumkin. Agar quyosh charaqlab, qushlar sayrayotgan va deyarli shamol yo'q bo'lsa. Agar ob-havo yomon bo'lsa, bulutlar yaqinlasha- yotgan va bo'ron boshlanayotgan bo'lsa, va kimdir "ajoyib ob-havo!" desa, ma'lumki, u aynan teskarisini nazarda tutadi. Aslida bu inson yomon ob-havoni nazarda tutayotib, lekin teskarisini aytadi. Xa, og'zaki kinoya — qachonki inson biror narsani nazarda tutayotib, aslida teskarisini aytsa. Nimalarni o'ylaganingizni bilaman. Bu sarkazm emasmi? Bu sarkazmga xos emasmi? Xa. Gapirilayotgan gapning aksi nazarda tutilsa, bu og'zaki kinoya. Agar gapiruvchi ushbu qarama-qarshi iboraga biroz zaharhandalik qo'shsa va kimgadir tegadigan yoki uning ustidan kuladigan qilib aytsa, bu unda sarkazm hisoblanadi. Mana yana bir misol: "Ajoyib ish!" Kimdir o'z orzusiga erishdi: zo'r! Kimdir chempionatda g'olib bo'ldi: ajoyib! Kimdir mashinaga urildi: yaxshi emas. Shuning uchun, yo'lovchi "ajoyib ish!" deganida, aslida u teskarisini nazarda tutib, biroz hazil ohangini beradi. Bu og'zaki kinoya va sarkazm. "Sen qobiliyatli sportsmensan" deb olimpiadachiga aytilsa, bu to'g'ri eshitiladi, va bu yerda kinoya yo'q. Lekin aynan shu ibora darsda kitobi va qurollari har joyda yoyilib yotgan o'quvchiga aytilsa, bu qo'polroq, va shuningdek kinoyali. Chunki siz aynan nazarda tutgan gapingizni aytmadingiz. Bu og'zaki kinoya. Nazarda tutganingizning teskarisini gapirdingiz. Undan tashqari, bu orqali siz bu inson ustidan kulishga qaror qildingiz, bu nafaqat kinoya bo'ldi, balki sarkazm ham. Ammo, bitta "lekini" bor. Sarkazm doimo og'zaki kinoya birga kelishiga qaramay, og'zaki kinoya doim ham sarkastik bo'lavermaydi. Og'zaki kinoya shundayki, unda aytilgan gap nazarda tutilayotgan gapning aksi bo'lsa bo'ldi. Sarkazmda esa biroz zaharhandalik bo'ladi. Lekin ba'zida, shunday ham bo'ladiki, aytilgan gapda yana bitta ma'no bo'ladi — hech qanday sarkazmsiz. Hammasi shu. Endi esa og'zaki kinoya va sarkazmni qidirishda yo'lga otlaning. Omad! Yo'q, chindan ham, omad! Yo'q-yo'q, rosti. Men rostdan ham sizga bu qiyin ishda omad tilashni xohlayman. Chin dildan — omad! Siz uddalaysiz! Hech qanday kinoyasiz.