Ajoyib ob-havo!
Ajoyib ish!
Sen zo'r sportchisan!
Komplimentlar, shunday emasmi?
Balki shundaydir.
Ifodasiga va
ohangiga qaraganda
bular kompliment.
Lekin aynan shu iboralar, boshqa
tomondan haqoratli va zaharhanda
bo'lishi mumkin.
Ohangda oddiy ifodaviy o'zgarishlar
bizni aynan og'zaki kinoyaga olib
kelishi mumkin.
Va kimdir "ajoyib ob-havo!" deganida,
inson rostan ham aynan yaxshi ob-havoni
nazarda tutishi mumkin.
Agar quyosh charaqlab,
qushlar sayrayotgan
va deyarli shamol yo'q bo'lsa.
Agar ob-havo yomon bo'lsa,
bulutlar yaqinlasha-
yotgan va bo'ron boshlanayotgan bo'lsa,
va kimdir "ajoyib ob-havo!" desa,
ma'lumki, u aynan teskarisini
nazarda tutadi.
Aslida bu inson yomon ob-havoni
nazarda tutayotib,
lekin teskarisini aytadi.
Xa, og'zaki kinoya — qachonki inson
biror narsani nazarda tutayotib, aslida
teskarisini aytsa.
Nimalarni
o'ylaganingizni bilaman.
Bu sarkazm emasmi?
Bu sarkazmga xos emasmi?
Xa.
Gapirilayotgan gapning aksi
nazarda tutilsa,
bu og'zaki kinoya.
Agar gapiruvchi ushbu
qarama-qarshi iboraga biroz
zaharhandalik qo'shsa va kimgadir
tegadigan yoki
uning ustidan kuladigan qilib aytsa,
bu unda sarkazm hisoblanadi.
Mana yana bir misol:
"Ajoyib ish!"
Kimdir o'z orzusiga erishdi:
zo'r!
Kimdir chempionatda g'olib bo'ldi:
ajoyib!
Kimdir mashinaga urildi:
yaxshi emas.
Shuning uchun, yo'lovchi "ajoyib ish!"
deganida, aslida
u teskarisini nazarda tutib,
biroz hazil ohangini beradi.
Bu og'zaki kinoya va sarkazm.
"Sen qobiliyatli sportsmensan" deb
olimpiadachiga aytilsa,
bu to'g'ri eshitiladi, va bu yerda
kinoya yo'q.
Lekin aynan shu ibora darsda kitobi va
qurollari
har joyda yoyilib yotgan o'quvchiga
aytilsa,
bu qo'polroq, va shuningdek kinoyali.
Chunki siz aynan nazarda tutgan gapingizni
aytmadingiz.
Bu og'zaki kinoya.
Nazarda tutganingizning teskarisini
gapirdingiz.
Undan tashqari, bu orqali
siz bu inson ustidan kulishga
qaror qildingiz,
bu nafaqat kinoya bo'ldi,
balki sarkazm ham.
Ammo, bitta "lekini" bor.
Sarkazm doimo og'zaki kinoya birga
kelishiga qaramay,
og'zaki kinoya doim ham sarkastik
bo'lavermaydi.
Og'zaki kinoya shundayki, unda
aytilgan gap
nazarda tutilayotgan gapning aksi
bo'lsa bo'ldi.
Sarkazmda esa biroz zaharhandalik bo'ladi.
Lekin ba'zida,
shunday ham bo'ladiki, aytilgan gapda
yana bitta
ma'no bo'ladi — hech qanday sarkazmsiz.
Hammasi shu.
Endi esa og'zaki kinoya va sarkazmni
qidirishda yo'lga otlaning.
Omad!
Yo'q, chindan ham, omad!
Yo'q-yo'q, rosti.
Men rostdan ham sizga bu qiyin ishda
omad tilashni xohlayman.
Chin dildan — omad!
Siz uddalaysiz!
Hech qanday kinoyasiz.