Bu yerda tomonlari 50 piksel bo‘lgan kvadratni chizadigan funksiya berilgan.
Bu juda zo‘r, ammo, agar men
tomonlari 50 piksel bo‘lgan bitta kvadrat va tomonlari 100 piksel bo‘lgan yana bitta kvadrat chizishni
xohlasamchi?
Biz deyarli bir xil vazifani bajaradigan ikkita alohida funksiya yaratishimizni keragi yo‘q.
Uning o‘rniga, biz
funksiyani biron parametr bilan ishlata olamiz. Parametrlar bizga biron funksiyaga
o‘sha funksiya ichida o‘zgaruvchi sifatida
ishlatiladigan qiymatlar berish imkonini beradi.
Keling, mana bu funksiyaga parametr qo‘shishni mashq qilib ko‘ramiz,
shunda biz uni turli xil o‘lchamdagi kvadratlar yaratishda ishlata olamiz.
Funksiya o‘zgartiruvchisida,
xuddi oldingidek nomini va ta’rifini o‘zgartira olasiz, ammo
hozir siz biron parametr ham qo‘sha olasiz.
Bu joyga parametringizning nomini yozing va Add Parametr ni bosing.
Bu hozirgina siz yaratgan
parametr nomi bilan nomlangan bitta qizil bo‘lim yaratadi.
Endi, siz move forward bo‘limini
Length nomli paratametrga ega 100 bo‘limi bilan almashtira olasiz, shunda u
Length qiymati bo‘yicha siljiydi. Saveni bosing
va yoping va o‘zingizning yangi create a square bo‘limingizni funksiyalar turkumidan
olib, uskunalar qutisiga joylang.
Siz uzunlik yonida bo‘sh joy borligini payqaysiz, chunki,
bu funksiya Length parametri qanday qiymat
olishini bilishni xohlaydi. Math turkumidan bitta son bo‘limini olib keling
va uni mana bu joyga joylashtiring. Turli xil o‘lchamdagi kvadratlarni yasash uchun
turli xil uzunliklar bilan
bu funksiyani qayta-qayta ishlatilishini ko‘rdingizmi?
Buni o‘zingiz ham mashq qilib ko‘ring!