Hozir biz if boyonotlari haqida o‘rganmoqchimiz.
If boyonotlari dasturlashni o‘rganinshning asosiy qismidir.
Ular komputerga qaror qabul qilishda yordam beradi.
Barcha komputerlar, jumladan mening telefonim ham if
boyonotlaridan foydalanadi.
Misol uchun, men telefonimni qulfini ochsam, o‘sha paytda
u agar men kalit so‘zni to‘g‘ri kiritsam,
unda telefonni qulfini och degan
kodni ishlatadi. Aks holda u xatolik sodir bo‘lganligi haqidagi xabarni ko‘rsatadi.
Siz if boyonotlaridan kodingizda Steve va Alicening bu dunyoda
ko‘rgan narsalariga javob qaytarishida foydalanishingiz mumkin.
Misol uchun, agar ularning ro‘parasida qoya bo‘lsa,
ular chapga burila oladi. Yoki
agar ular daraxtga duch kelsa, o‘ngga burilishi mumkin. Bu holatda biz
lavaga tushib ketishni xohlamaymiz.
Lava uchun reja tuzish oson. Biz uni ekranda ko‘ra olamiz. Lekin,
toshni ostidagi biz ko‘ra olmaydigan
lava haqida nima deysiz?
Biz toshni qazib chiqarganimizdan keyin, oldinga harakatlanishdan oldin
o‘sha joyda
lava bor yo‘qligini tekshirib ko‘rishimiz kerak.
Agar u yerda lava bo‘lsa, oldinga harakatlanishdan oldin
biz qahramonimiz ro‘parasiga tosh qo‘yib qo‘yishni xohlaymiz.
Shunday qilib, biz xavfsiz ravishda harakatlana olamiz.
Ko‘proq qazish vaqti keldi! Qadamingizni ko‘rib borish uchun
if boyonotidan foydalanishni unutmang.