Preston: Men maqtanmoqchi emasman, lekin men rostdan ham parkourda zo‘rman. Lizzy: Kelinglar uxlaymiz, shunda Stacy qaytib keladigan kun keladi. Stacy: Yaxshi bolalar, men Minecraftning idorasidan qaytdim, va o‘ylaymanki, men o‘yindagi mavjud muammolarni qanday yechishni bilaman. O‘ylashimcha, men bitta funksiya ishlata olaman. Buni ochishimga ruxsat bersangiz. Demak, funksiya bu ma’lum bir vazifani amalga oshirish uchun ishlatiladigan retseptga o‘xshagan ko‘rsatmalarning maxsus to‘plamidir. Keyingi bir nechta bosqichlarda, boshqotirmalarni yechishda foydalanadigan funksiyalarni ishlatish huquqiga ega bo‘lasiz. U ish joyida ochilgan paytda, nima qilishini ko‘rish maqsadida funksiyadagi kodga qarang. Keyin, uskunalar qutisidan mana shu nomli bo‘limni toping va uni uskunalar qutisidan when run bo‘limiga olib o‘ting Esingizda bo‘lsin, ko‘prik qurishga o‘xshash nimadir qilish uchun har safar sizga bir xil turdagi ko‘rsatmalar to‘plamini ishlatish kerak bo‘lsa, siz bir xil funksiyadan foydalanishingiz mumkin. Omad, siz buni uddalay olishingizga ishonaman.