Bu dars to‘liq internet haqida. Internet juda ham tirband joy va
mana bu tirband yo‘lga o‘xshaydi. Xabarlar mashinalarga o‘xshab, o‘z manziliga
yetib olish uchun tez va shovqinli harakatlar qilishayapti.
Xabarlar internet bo‘ylab juda tez harakat qiladi.
Internet qanday ishlashi ustida mashq qilish sizga internetdan foydalanganingizda
nima sodir bo‘layotganini tushunishga yordam beradi. Siz xabarlar qanday qilib sizning komputeringizdan
biron sevimli saytingizga yoki biron do‘stingizdan pochta qutisiga kelib tushayotganini o‘rganasiz.
Siz yo‘llarni bilsangiz va belgilarni o‘qiy olsangiz,
yo‘ldagi tirbandlikni nazorat qilish osonlashgani kabi sahna ortida nima bo‘layotganini bilsangiz,
internet bo‘ylab sayohat qilish ham unchalik murakkab emas. Internetda
xabarlar jo‘natish pochtada xabar jo‘natishga biroz o‘xshaydi ammo bir ikkita farqi bor.
Men Google.comdaman. Bu sayt uchun IP manzil mana bu son. Siz
IP manzilni pochtadagi qaytadigan manzilingiz sifatida qabul qilishingiz mumkin.
Keling, tasavvur qilamizki,
men pochtada biron xabarni ana u yerda pastdagi idoradagi kimgadir jo‘natishni xohlayman.
Siz o‘sha eshikdagi
URL manzili va IP manzilini ko‘ryapsizmi? Men bu xabarni yozganman va sendni bosdim.
Pochta xizmatidan
farqli o‘laroq, sodir bo‘ladigan birinchi narsa bu
internet xabarni kichikroq qismlarga
bo‘lib tashlaydi, shunda u osonroq jo‘natila oladi. Bu kichik qismlar paketlar deb nomlanadi.
Xabarning
har bir paketi manzilga bittasi bir vaqtda jo‘natiladi. Bu paketlarning barchasi to‘g‘ri tartibda birgalikda qo‘yiladi
shunda qabul qiluvchi xabarni to‘g‘ri o‘qiy oladi. Albatta,
internet qanday ishlashini o‘rganish uchun ko‘p narsalar bor ammo bu boshlash uchun yaxshi.
Siz internetning idrokli foydalanuvchisiga aylanish yo‘lidasiz! Oila a’zolaringizga va do‘stlaringizga nima o‘rganganingizni
aytib borayotganingizga amin bo‘ling! Mening ismim Amanda Camp men Googleda dasturiy qism bo‘yicha muhandisman. Men profil va
aloqa ma’lumotlarini joylashtiruvchi backend server ustida ishlaydigan jamoada ishlayman. Ishimda, biz
kontaktlar boshqa qurilmalarga, masalan telefoningizga qanday jo‘natilishi haqida ko‘p o‘ylaymiz.
Ba’zi odamlarda ko‘plab kontaktlar bor, siz aytishingiz mumkin, 1000 lab kontaktlar va biz bu kontaktlarning barchasini birdaniga
sizning telefoningizga jo‘natishni xohlamaymiz chunki bu juda ham katta xabar. Internet
katta xabarlarni paketlarga bo‘lganiga o‘xshab, biz bir vaqtda sizning telefonningizga 100 ta kontakt
jo‘natadigan, telefoningizga bizga javob berish imkoniyatini beradigan va keyingi 100 kontaktni
so‘raydigan paging degan tushunchadan foydalanamiz. Dasturiy qismning eng ajoyib jihati
u butun dunyoga o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi. Birinchi marta dasturlashni o‘rganganimda 19 yoshda bo‘lganman.
Adashmasam, o‘sha payt kollejda ikkinchi yoki uchinchi bosqichda o‘qiganman. Yozganimni eslay oladigan
birinchi dasturim Selsiydan Farenhitga o‘zgartirish edi. Men dasturlashni yoqtiraman,
chunki men odamlarga yordam berishni yoqtiraman. Men Googleda butun dunyodagi odamlarga yordam bera oladigan
dasturlar yoza olaman va bular haqiqatda aqlni charxlaydi va maroqli.