Dusturlash soati | Raqs kechasi: Qizdirish (Miral, Raqqosa va dasturchi, iLuminate asoschisi) - Salom! Mening ismim Miral Kotb. Men raqqosa, dasturchi va iLuminate asoschisiman. Kompyuterlar va informatika ijodkorlik bilan ko'plab jihatdan bog'liq Rostan ham son-sanoqsiz tarzda! Aytmoqchimanki, siz dastur yozishni o'rganishingiz bilan, undagi g'oyalarni hamma narsaga qo'llashingiz mumkin bo'ladi. Men buni nurli kiyimlar bilan qilganman. Dastur yozish vositasiga ega bo'lib siz juda ko'p narsa qilishingiz mumkin bo'ladi, imkoniyatlar haqiqatan ham cheksiz. Keyingi bir soat ichida siz raqs bazmini dasturlash orqali kompyuter fanini o'rganishga kirishasiz. Biz siz uchun xitlar va ajoyib raqqoslar jamoasini jamladik. Siz turli xil raqqoslarni tanlash, ularning raqs harakatlarini o'zgartirish, ularni musiqaga javob berishlari va ularni interaktiv qilish uchun kod bloklaridan foydalanasiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga bo'linganligini ko'rishingiz mumkin. Chap tomonda o'yin maydoni joylashgan. Bu yerda sizning raqqoslaringiz paydo bo'ladi. Ushbu o'rta maydon asboblar panelidir. Darslar davomida ushbu maydondan yangi kod bloklarini olish mumkin bo'ladi. O'ng tarafdagi bo'sh joy ish maydonidir. Dasturingizni yaratish uchun bloklarni asboblar panelidan ish joyiga sudrab joylashingiz mumkin. Har bir qadamdagi ko'rsatmalar ekranning yuqori qismida joylashgan bo'ladi. Agar sizga yordam kerak bo'lsa, shunchaki ushbu lampochkani bosing. Boshlash uchun, ushbu qizil blok yordamida yangi raqqos yarataylik. Birinchidan, uni asboblar panelidan tortib oling va uni to'q sariq rangli "sozlash" blokining ostiga joylang. Bu raqqos mushuk va uning ismi "my_first_dancer". Bu yerni bosish orqali uning ismini xohlagancha o'zgartirishingiz mumkin. Buning yordamida siz raqqos paydo bo'ladigan joyni o'zgartirishingiz mumkin. O'yin maydonining tepasida musiqa tanlash uchun menyu bor. U yerda ko'plab qo'shiqlar bor, eng sevimlilardan topib zavqlaning. O'yin maydoni ostida ishga tushirish RUN tugmasi joylashgan. Uni bosganingizda, sizning dasturingizdagi raqqoslar o'yin maydonida paydo bo'ladi va musiqa yangraydi. [Musiqa] O'zingiz sinab ko'ring! Agar siz biroz to'xtab qolgan bo'lsangiz, bu muammo emas! Shunchaki harakat qilishni davom eting va, qarabsizki, siz o'z raqs bazmingizni yaratgan bo'lasiz! Xo'sh, nimadan boshlaysiz?