Xo‘sh, yaxshi, mening ismim Charita Carter. Men Walt Disney Imagineeringda bosh yaratuvchi dizaynerman. Men, asosan mehmonlarda taasurot qoldirish uchun manzaralar yaratadigan yetakchi jamoalarga ma’sulman. Biz doimo mehmonlarimizda yaxshi taasurot qoldirish va uni yaxshilay oladigan yo‘llarni izlaymiz va texnologiya bu narsaning yuragidir. Tabriklar! Siz buni uddaladingiz! Siz BB-8 ni dasturlashtirdingiz. Menimcha, endi biz yanada qiyinroqlariga tayyormiz. Keling, uni qilamiz. Siz hozirda dasturlashning asoslarini o‘rgangansiz, biz R2-D2 va C3PO dan boshlangan, siz o‘z o‘yiningizni yaratgan vaqtga qaytmoqchimiz. O‘yin yaratish uchun biz o‘yin dasturchilari har kuni ishlatadigan bir narsani o‘rganishimiz kerak: ular hodisalar (events) deb nomlanadi. Hodisalar dasturingizga biron narsa sodir bo‘lsa kutishini yoki eshitishini aytadi va keyin shunday bo‘lganda u biron javob qaytaradi. Hodisalarga ba’zi misollar, sichqoncha bosilganda, yo‘nalishli tugmalarni, va ekranga bosishni eshitish kabilar bo‘lishi mumkin. Bu yeda biz R2-D2ni uchuvchiga xabarni yetkazishi uchun yuqoriga harakatlantirmoqchimiz va keyin boshqa uchuvchi tomonga pastga harakatlantiramiz. Biz uni harakatlantirish uchun hodisalardan foydalanamiz. O‘yinchi yuqoriga/pastga yo‘nalgan klaviaturadan yoki tugmalardan foydalanganda, biz when up hodisa bo‘limidan foydalanamiz va unga go up bo‘limini biriktiramiz. O‘yinchi yuqoriga yo‘nalgan klaviaturani bossa, when run bo‘limiga biriktirilgan kod ishlaydi. Va R2-D2 ni pastga harakatlantirish uchun ham xuddi shuday qilamiz. Hozir droidimizni boshqarish uchun barcha kodni oldindan yozib qo‘yish o‘rniga, biz R2-D2ga tugma bosilganda ekran bo‘ylab harakatlanish hodisalari bilan javob qaytarish imkoniyatini yarata olamiz. Bosqichma-bosqich o‘yinigiz ikki tomonlama bo‘lib bormoqda.