Targ‘ib qilinmagan mashg‘ulot | Looplashtirish
Salom! Mening ismim Miral Kobt
Men iLuminatening ixtirochisiman.
Mening ishimda men birdaniga ham raqslar va
ham yorug‘ kostyumlarni dasturlashda ishlatsam bo‘ladigan
nimadir bor. Va bu ... looplardir!
Looplar qayta va qayta qaytariluvchi jarayonlardir.
Qachonki siz mening halqani aylangan holatda ushlab turish uchun qilgan harakatlarimga o‘xshab bir narsani ko‘p marta takrorlasangiz,
men o‘sha harakatning qayta-qayta takrorlanishini namoyish qilayapman
Bu loop hisoblanadi.
Bugun biz bitta raqs bazmini o‘tqizmoqchimiz. Biz looplarni yangi raqs: "Takroriy namoyish" orqali namoyish qilamiz.
Biz biron raqsdan foydalanib looplar haqida o‘rganmoqchimiz.
Biz bir nechta oson bosqichlarni o‘rganamiz va keyin o‘sha raqsni tugatish uchun ularni
qayta-qayta takrorlaymiz.
Bu yerda siz o‘rganishingiz kerak bo‘lgan bosqichlar ko‘rsatilgan:
qo‘llaringizni bir-biriga uring, qo‘llaringizni boshingiz orqasiga qo‘ying
qo‘llaringizni bellaringizga qo‘ying, chap qo‘lingizni
o‘ng qo‘lingizning ustiga qo‘ying
Juda oson, to‘g‘rimi?
Bosh, bel. Bosh, bel. Qarsak, qarsak, qarsak.
Ba’zi bir bosqichlar qanday takrorlanganini ko‘ryapsizmi? Qarsakmi? Bu loop hisoblanadi!
Biz buni yana ikki marta takrorlashimiz kerak, tayyormisiz?
Biz siz loopga ba’zi bir raqs bosqichlarini qo‘yish orqali yo‘nalishlarni qisqartira olishingiz
mumkinligini aniqladik.
Tayyormisiz?
Hozir biz bitta puflab qilingan kulgu mashqini bajaramiz, tayyormisiz?
Aslida biz raqsimizda looplardan foydalanamiz
Raqqoslar komputer taqib olgan va ularning barchasi bir xil tarmoqda.
Demak, men yorug‘likni bir xil raqqoslar bo‘ylab qayta va qayta aylantirishim mumkin.
Demak, loopda men bitta qayta urinishga ega bo‘lishim mumkin,
Men aytamanki, siz bu 6 raqqos bo‘ylab
qayta-qayta aylanib chiqmoqchisiz va undan so‘ng loopni ichida
tezlikni oshirishni xohlaysiz, shuning uchun
siz ikkalangiz ham bir raqqoslar bo‘ylab jarayonni takrorlayapsiz ammo
siz yorug‘likning tezligini ham oshirayapsiz shunda u audotoriyada tomoshobop
usulda nomoyon bo‘ladi.
Va buning barchasi looplar orqali yaratildi.
Looplar komputer ilmida muhim ahamiyatga ega chunki, ular ishimizni qisqa va osonroq qila oladi.