Men bugun so'zlarning ma'nolari haqida
gapirmoqchiman.
Ularni qanday belgilashimiz
va ular bizdan qanday o'ch olishi,
bizni qanday
belgilashlari haqda.
Ingliz tili sehrli shimgich (gubka) ga
o'xshaydi.
Men bu tilni sevaman, unda gapira
olishimdan mamnunman.
Lekin ingliz tilida ham bo'shliqlar bor.
Grek tilida shunday bir so'z bor -
"lacheism",
bu falokatga tashnalikni anglatadi.
Bu siz ufqda bo'ronni ko'rayotib,
uni sabrsizlik bilan kutishingiz.
Xitoy tilida "yuyi" degan so'z bor,
men uni noto'g'ri talaffuz qilaman.
Bu nimadir tomonidan qo'lga olingan
bo'lishni xoxlashni anglatadi.
Odatda bunaqasi bolalikda bo'ladi.
Polyak tilidagi "juska" so'zi,
bu ongimizda, boshimizda o'tkazadigan
gipotetik suhbatga o'xshaydi.
Va nihoyat, nemis tilida,
"silshmerts" so'zi bor,
bu o'z istaganimizga erishishdan
qo'rqishni anglatadi.
(Kulgu)
Butun hayotimiz orzusini
amalga oshirish.
O'zim aslida nemisman, shunday ekan bu
tuyg'u menga yaxshi tanish.
Bu so'zlar menga kerak bo'lishiga
ishonchim komil emas.
Kundalik hayotda.
Lekin men ularning mavjudligidan
hursandman.
Biroq ular faqat men ularni o'ylab
topganim uchun mavjud.
Men "Sirli qayg'u lug'ati"ning
muallifiman.
Uni so'ngi 7 yil davomida yozganman.
Loyihaning maqsadi —
tildagi emotsiyalarni tasvirlovchi
bo'shliqlarni qidirish,
ularni to'ldirish,
til orqali biz xis qiladigan barcha
nozikliklar
va g'alati yoki murakkab hissiyotlarni
ifoda eta olish uchun shu kabi so'zlarni
o'ylab topishdir.
Loyihaning o'rtalariga kelib,
"sonder" so'ziga ta'rif berdim:
uning g'oyasi shundaki, hammamiz o'zimiz
haqimizda asosiy qahramon
sifatida o'ylaymiz, qolganlar biz
uchun statistlar.
Lekin aslida hammamiz asosiy
qahramonlarmiz,
sizning o'zingiz esa kimningdir tarixida
olomonsiz.
Buni nashr qilgach,
juda ko'p insonlardan fikrlarini,
"Butun umr davomida his qilganlarimizni
tushuntirib berganingiz uchun rahmat"
kabi tashakkurnomalar oldim. Ular
endi o'zini yolg'iz his qilmasdi.
Mana so'zlarning kuchi nimada,
ular yolg'izlik hissini yo'qotadi.
Nashrdan keyin tez orada,
"sonder" so'zini onlayn-muloqotda
jiddiy qo'llay boshlashganini guvohi
bo'la boshladim.
Yana biroz vaqt o'tib esa
men bu so'zni jonli muloqotda eshitib
qoldim.
G'alati bir tuyg'u xis qilasiz, qachonki,
siz o'ylab topgan so'z sizdan alohida
yashashni boshlaganida.
Menda buning uchun hozircha yangi
so'z yo'q.
(Kulgu)
Buning ustida ishlayman.
Men so'zlarni nima real qilishi haqida
o'ylanib qoldim,
bunday deb ko'pchilik
so'rashiga sabab, ko'pincha:
"Bu so'zlar o'ylab topilganmi?
Negadir tushunmayapman".
Va men rostdan ham qanday javob berishni,
"sonder" qanday tilga
kirganini bilmayman
umuman so'zlarnining realligini
baholashga haqlimanmi...
Natijada men o'zimni xuddi miyasiga yangi
fikr kelgan Stiv Jobsdek his qildim.
Hayotda ko'pchiligimiz boshimizni tez-tez
devorga urilishidan qochishga
harakat qilamiz,
va oldinga qarab intilamiz.
Va qachonki dunyo bizdan aqlliroq
bo'lmagan insonlar
tomonidan yaratilganini tushunganingizda,
qo'lingizni ko'tarib o'sha devorni
ushlaysiz,
hattoki devorning narigi tomoniga
o'ta olishingiz, sizda dunyoni
o'zgartira olish uchun kuch
borligini tushunasiz.
Va menga "Bu so'zlar haqiqiymi?"
deb savol berishganida, men bularga
javoblar qidirardim, va odatda javoblar
ba'zan aqlli, ba'zan be'mani bo'lardi.
Masalan:
"So'z aynan siz u haqiqiy bo'lishini
xoxlaganingizda haqiqiyga aylanadi".
Xuddi shu yo'lakdek: insonlar uni shu
yerda bo'lishini istagani uchun u mavjud.
(Kulgu)
Talabalar shaharchasida
bunday tekislik ko'p.
Bu "orzu yo'lakchasi".
(Kulgu)
Keyin men shunday o'yladim:
aslida so'zlarning
haqiqiyligi borasida so'rayotib,
ular bu so'zlarni
qanchalik darajada ishlata olishlari
haqida bilishni xohlashadi.
Chunki, o'ylashimcha, biz tilni aynan
shunday ishlatamiz.
So'z - bu kalitga o'xshaydi,
u bizga insonlarning fikrlarini ochadi.
Agar so'zni faqat bitta inson tushunsa,
u unchalik ahamiyatli,
qimmatli emas.
Ikkita inson — ularning kim
ekanliklariga bog'liq.
Million — yaxshi, bu boshqa gap.
Natijada so'zlarning haqiqiyligi, uning
qancha insonga tanish ekanligiga bog'liq.
Qanchalik ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi,
demak bu so'z shunga arziydi.
Shu fikr bo'yicha biz aytishimiz mumkinki,
eng haqiqiy so'z bu
[O.K.]
U mavjud so'zlar ichida
eng haqiqiysidir.
U xuddi barcha eshiklarga kalitdek.
Dunyoning har bir burchagida har bir inson
tushuna oladigan so'z.
Muammo shundaki,
bu ikkita harfning asl ma'nosini
hech kim bilmaydi.
(Kulgu)
Bu g'alati, shunday emasmi?
Bu «all correct» ning noto'g'ri yozilgan
shakli bo'lishi mumkin,
yoki "Old Kinderhook".
Hech kim bilmaydi, lekin bu muhim emas,
aslida o'zimiz uni turli ma'nolar
bilan boyitamiz.
Ma'no so'zning o'zida mujassam emas.
Biz unga ma'no taqdim etamiz.
O'ylaymanki, so'zlar bizga hayotimiz
mazmunini
topishda qaysidir darajada
yordam bera oladi.
Agar siz nimanidir ma'nosini
qidirayotgan bo'lsangiz,
lug'at siz uchun ajoyib yordamchi.
U bizga mazmun taqdim etadi va bu murakkab
dunyoda tartib o'rnatadi.
Bizning narsalarga bo'lgan nazarimiz
shunchalar chegaralangan, shartli
ma'nolarga o'rganganmiz.
Ba'zi sirlarni ochishga, keyin esa ularni
hayotimizda qo'llashga intilamiz.
So'zlar bizga ko'proq ular bizni
to'ldirib turishi uchun ham kerak.
Menimcha ko'pchiligimiz o'zimizni ma'lum
bir ramka ichida his qilamiz.
So'zlar o'ylab topilgani haqida
unutib qo'yamiz.
Nafaqat mening so'zlarim,
barcha so'zlar.
Lekin ularning hammasi ham ma'no
anglatmaydi. Hammamiz ham
o'z leksikonimiz tuzog'ida joylashganmiz.
Va u boshqa insonlarniki bilan bir xil
bo'lishi shart emas.
Biz so'zlarni qanchalik jiddiy
qabul qilsak,
bu kabi farqlar yanada kattayaveradi.
Shuning uchun ham unutmangki:
so'zlar haqiqiy emas.
Ma'nolarni ular emas, biz saqlaymiz.
Yakunda, sevimli faylasuflarimdan biri
Bill Uoterson, "Kelvin va Xobbs" komiksi
muallifining so'zlarini keltirmoqchiman.
U shunday degan:
"Sizning qadriyatlaringizni aks ettirib,
ruhingizni shod etadigan hayot qurish,
juda mushkul yutuq.
O'z hayot yo'lingizni o'ylab topish
oson ish emas,
lekin iloji bor. Va o'ylaymanki,
alabatta harakatlaringiz uchun
taqdirlanasiz".
Rahmat.
(Qarsaklar)