Salom. Mening ismim Kameron Rassel va oxirgi paytlarda men model bo’lib ishlayapman. Aslida, oxirgi 10 yil davomida. Bu yerda hamma sal siqilib turibdi shekilli, ehtimol, shu libos deb, uni bekor kiyibman shekilli. (Kulgi) Yaxshiyamki, qo’shimcha kiyim olib kelibman. Bu TED sahnasida tarixdagi birinchi kiyim almashtirishdir, va siz buning baxtli guvohisizlar, menimcha. Agar ba’zi ayollar meni ko’rib, daxshatlangan bo’lishsa, menga buni aytmang, men keyin buni Twitterdan bilib olaman. (Kulgi) Yana shuni etmoqchimanki, men 10 soniya ichida, sizning men haqimdagi fikringizni, o’zgartirishga ega bo’ldim. Buni har kim ham qila olmaydi. Shu baland poshnalar noqulayki… Yaxshiyamki, ularda yurish niyatim yo’q. Eng qiyin qismi – bu sviterni kiyishdir, chunki siz mening ustimdan kulasizlar… Iltimos, uni kiyayotganimda kulmang. Ana bo'ldi. Nima uchun men bunday qildim? Juda noqulay bo’ldi. (Kulgi) Demak... (Kulgi) Umid qilamanki, bu rasmdagidek noqulay bo’lmagandir. Tashqi ko’rinish ko’p narsani anglatadi, lekin u aldamchi ham bo’lishi mumkin. Men atigi 6 soniya ichida, sizning men haqimdagi fikringizni o’zgartira oldim. Bu rasmni sur’atga olishgan paytda, mening yigitim yo’q edi, aslida. Men juda uyalgan edim, sur’atchi menga orqaga engashib va qo’limni yigitning boshiga qo’yish kerakligini aytdi. Albatta, jarrohlik yoki badanni qoraytirishdan tashqari, bir necha kun oldin menga zarur bo’lgan edi, tashqi qiyofamizni tubdan o’zgartirish uchun, bizda ko’p imkoniyatlar yo’q. Bizning tashqi ko’rinishimiz, qanchalik yolg’on bo’lmasin, bizning hayotimizga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham, men uchun dovyuraklik bu to’g’ri so’z bo’lishdir. Men shu sahnadaman, chunki men modelman. Men shu sahnadaman, chunki men jozibador oq ayolman va bizning ishda bu juda go’zal ko’rinish hisoblanadi. Menga berishadigan savollarga javob bermoqchiman, lekin to'liq vijdonan. Birinchi savol: “Siz qanday qilib model bo’ldingiz?” Men har doim “meni topishdi” deyman, lekin bu hech narsa emas. Chunki aslida, men model bo'lganimning asosiy sababi, men genetikada va meroslikda yutganman. Qanday meros, deb so’rasangiz? Ho'sh, so’ngi asrlar davomida, biz go’zallikni baholashda nafaqat sog’lomlik, yoshlik va simmetriyaga, ularga o'zi har doim boshidanoq qaraymiz, lekin yana bo’y, ozg’inlik, nazokat va oqlikni ham baholaymiz. Va bu mening merosim, va bu meros bilan men pul topaman. Tomashabinlar ichida shubha qilyotganlar ham borligini bilaman, taniqli bo'lgan modellarni ham eslaydiganlar bordir: "Veyit, Naomi, Tayra, Jo’an Smols va Lyu Venlarni". Modellar haqidagi bilimlaringiz juda ta’sirli, qoyilman! (Kulgi) Lekin, afsuski, sizga xabar qilishim kerakki, 2007 yilda, Nyu-York Universitetining ilhomlangan aspiranti, ishga olingan barcha modellarni sanab chiqdi va 677 ishga olingan modellardan, faqatgina 27 tasi, bu 4% dan ham kam, oq tanali qizlar emas edilar. Menga berishadigan keyingi savol: “Men ham model bo’la olamanmi?”. Men odatda: “Men buni hal qilmayman” deb javob beraman. Lekin aslida esa, men shu kichkina qizchalardan: "Nimaga? Bilasizmi? Siz hohlagan kasbni tanlashingiz mumkin. Siz AQSH presidenti bo’lishingiz mumkin, yoki yana bitta internet ihtirochisi, yoki ninzya-shoir-yurak-jarrohi, bu juda ajoyib bo’lardi, chunki bu siz birinchi bo’lasiz. (Kulgi) Xatto bu ro’yhatdan keyin ham menga ular: “Yo’q, yo’q Kameron, men model bo’laman” men: “Mening boshlig'im bo'laqol" Chunki, men hech narsani boshqarmayman, siz esa AQSHning “Vogue” jurnalining bosh muharriri, yoki H&M ning, yoki keyingi Stiven Meyzel. Katta bo’lsam model bo’laman deb da’vo qilish, katta bo’lib superloto yutaman so’zlariga o’xshaydi. Bu sizning nazoratingizdan tashqari, va bu ajoyib, lekin bu ish sohasi emas. Men sizga 10 yil davomida ishlab, to'plagan bilimlarimni ko’rsatmoqchiman. Yurak jarrohlaridan farqli o’laroq, men ularni hozir, shu yerda ko’rsata olaman. Demak, masalan, sur’atchi hozir bu yerda, lampalar esa u yerda va mijoz menga: “Bizga, ko’chada ketyatgan sur'at kerak” desa, shunda bu oyoq cho’zilgan holda oldinga yuradi, bu qo’l orqaga, buni esa oldinga, boshing sal chetga va ketdi, oldinga-orqaga, orqadigi hayolingdagi do’stlaringa qarab… 300, 400, 500 marta. (Kulgi) Va bu shunday ko’rinishi mumkin. (Kulgi) Umid qilamanki, o’rtadagi rasmdan yaxshiroq, u yerda nima bo’lgani, umuman noma’lum. Afsuski, universitetni tugatib, rezyume yozib va ish qidirishni boshlaganimizda, katta tanlovga ega bo’lmaymiz. Shuning uchun, agar siz prezident bo’lmoqchi bo’lsangiz, lekin rezyumeda “ichki kiyimlar modeli: 10 yosh” deyilgan bo'lsa, odamlar kulishadi. Keyingi savol: “Barcha sur’atlar qayta ishlaniladimi?” Ha, barcha sur’atlarga o’zgartirishlar kiritiladi, lekin bu sodir bo’ladigan ishlarning kichik bir qismi. Bu mening eng birinchi tushgan sur'atim, va bikinini birinchi marta kiyishim edi, va hatto balog’at yoshidan oldin edi. Bilaman, bu shaxsiy, lekin rostdan ham hali yosh edim. Mana men, u sur’atdan bir necha oy oldin, buvim bilan. Bu esa o’sha kuni, sur’atga olishdan oldin. Do’stim men bilan kelgandi. Bu esa, Vogue jurnaliga sur’atga tushishdan oldin, do’stimning uyida. Bu men va mening futbol jamoam, bu esa men V jurnalida. Bu esa men bugun. Endi men umid qilamanki, bu sur’atlar meniki emasligini ko’rdingiz. Ular katta ishdir, va buni o'z ishlarida katta professional bo'lgan, sartaroshlar, kosmetologlar, sur’atchilar, stilistlar va barcha yordamchi jamoalarning ishidir, bu ularning mehnati. Meniki emas. Ho'sh, menga berishadigan keyingi savol: "Kiyimlarni bepul olasizmi? (Kulgi) Albatta, menda hech qachon kiymaydigan, bu yerdan tashqari, baland poshnali oyoq kiyimlar bor Rostdan ham bepul oladigan narsam, biz bu haqida gapirishni yoqtirmaymiz, bu hayotda ro’y beradigan narsalar. Men Kembrijda o’sganman, bir kuni do’konga borib, hamyonni unutibman, ular esa ko’ylakni menga bepul berishdi. Yoshligimda, bir kuni do’stim bilan mashinada yurib, u juda yomon haydar edi va qizil chiroqdan o’tib ketdi, va bizni to’xtatishdi, men “Kechirasiz” deyishim yetarli edi va politsiya bizni qo’yib yubordi. Bu hodisalarning barchasi mening shaxsiyatim deb emas, balki ko’rinishim deb, dunyoda shaxsiyati deb emas, balki tashqi ko’rinishi deb baholangan insonlar ko’p. Men Nyu-Yorkda yashayman va o’tgan yil mobaynida politsiya hibsga olgan 140.000 yoshlardan, 86% yoki qora tanli, yoki lotinamerikalik va ko’pchiligi erkak kishilar. Umuman, Nyu-Yorkda faqatgina 177.000 qora tanli va lotinamerikalik yoshlar yashaydi, ular uchun ularni to’xtashishadimi yo’qmi savol emas. Qachon va necha marta meni to'tatishadi - shu savoldir. Bu nutqga tayyorlanishdan oldin, AQShning 13 yoshli qizlarning 53%, o’zlarining tanasini yomon ko’rishlarini bildim. Ular 17 yoshga kirganlarida, bu raqamlar 78% ko’tariladi. Mendan so’rashadigan so’nggi savol: “Qanday u - model bo'lish?” Menimcha, ular kutyatgan javob: "Agar, siz nozik va sochlaringiz yorqin bo’lsa, sizda albatta hammasi yaxshi bo’ladi". Va ba’zan sahna ortida beradigan javoblarimiz hatto rostligiga ishonamiz. Biz: “Ish juda yaxshi, biz ko'p sayohat qilamiz, qiziq ijodiy insonlar bilan ishlaymiz”. Va buning barchasi rost, lekin bu hali hammasi emas, chunki, biz kameraga eta olmaydigan narsamiz, buni kameraga hech qachon aytmaganman, men o’zimga ishonmayman. Chunki, men har kuni usti ko'rinishim haqida o’ylashim kerak. Va agarda sizga qiziq bo'lsa: "Nozikroq bo’lsam va sochlarim yorqinroq bo’lsa, baxtli bo’lamanmi?" buni bir guruh modellardan so’rang. Ular noziklar, sochlari yorqin va juda yaxshi kiyim-kechaklari bor, va ular, ehtimol, dunyodagi eng o’zlariga ishonmaydigan ayollardir. Men nutqimni yozgan paytimda, men har xil qiyinchiliklarga duch keldim, chunki, bir tarafdan, bu noto’g’ri bo’lardi, agar men bu yerga kelib: “Men bu barcha imtiyozlarga, omad tufayli ega bo’ldim” – deyish, yoki noto’g’ri bo’lardi, agarda undan keyin men: “bu meni baxtli qilmadi” – deb aytsam. Lekin eng qiyini, jinsiy va irqiy ta’qib to’g’risida gapirib, bu merosdan foyda olyotganim haqida gapirish. Lekin, bu yerda bo’lish, men uchun sharaf, va o'ylaymanki, bugun shu yerga kelganim, 10, 20 yoki 30 yildan so'ng kelib, ko'proq tajribaga ega bo'lib, balki, sizga men qanday qilib hayotimdagi birinchi ishimni oldim, yoki ta’lim olish uchun pul topganimni aytib bermas edim, balki ular muhim bo'lmas edi. Mening so’zlarimdan keyin, tashqi ko’rinishimizning hayotdagi g’alabalar va mag’lubiyatlarga ahamiyatini tushunasiz deb umid qilaman. Rahmat. (Qarsaklar)