Siz kodingiz takroriy ravishda ishlashi uchun takrorlanuvchi bo‘limdan foydalanganingizda, komputer qanday qilib u yetarlicha marta takrorlanayotganini biladi. Bu takrorlanuvchi bo‘lim aslida kodning loop deb nomlanuvchi, boshlang‘ich qiymatdan tugovchi qiymatgacha maxsus o‘suvchi bo‘yicha sanaydigan murakkabroq qismini yashirayapti. Misol uchun, takrorlanuvchi uch bo‘lim 1 dan 3 gacha bittalab sanaydi. Har safar u sanaganda, u loop ichidagi kodni ishlatadi. For loop loopning boshida boshlang‘ich qiymatga sozlangan va har safar loop ishlatilganda unga o‘suvchi qiymat qo‘shib boriladigan sanovchi o‘zgaruvchidan foydalangan holda u necha marta ishlatilganini biladi. Sanaydigan o‘zgaruvchining qiymati tugovchi qiymatdan katta bo‘lishi bilanoq, loop ishlashdan to‘xtaydi. Takrorlanuvchi bo‘lim o‘rniga haqiqiy for loopdan foydalanishning foydasi bu siz sanoq o‘zgaruvchisini ko‘rib turasiz va undan loopingizda foydalanishingiz mumkin. Masalan, agar menda gullar to‘plami bo‘lib, birinchisi bitta gul changi, ikkinchisi ikkita gul changi va uchinchisi uchta gul changiga ega bo‘lsa, men asalariga har safar gulchangi sonini ayta olaman, masalan, birinchi gulda bitta, ikkinchisida ikkita va uchinchisida uchta. Bundan tashqari for loopda siz sanoqni birdan boshqa songa ham oshirib tura olasiz. Siz ehtimol ikkitadan, to‘rttadan yoki har safar o‘zgaradigan biron juft miqdorda sanashingiz mumkin.