1 00:00:00,000 --> 00:00:02,459 "Bu devor keltirgan dahshatlarni ham, uni qulatgan 2 00:00:02,459 --> 00:00:04,839 ozodlikka bo'lgan muhabbatni ham unutmang. 3 00:00:04,839 --> 00:00:07,239 – Berlin devoridagi grafitning noma'lum muallifi. 4 00:00:07,239 --> 00:00:10,918 1961-yil 13-avgust kuni erta tongda 5 00:00:10,918 --> 00:00:14,817 Sharqiy Germaniya quruvchilari harbiylar va politsiya hamrohligida 6 00:00:14,817 --> 00:00:19,717 ko'chalarni buzib, Berlin va uning atroflariga 7 00:00:19,717 --> 00:00:21,468 to'siqlar o’rnata boshladi. 8 00:00:21,468 --> 00:00:25,677 Shu kecha tarixdagi eng mashhur bo’linish chiziqlaridan biri – 9 00:00:25,677 --> 00:00:27,807 Berlin devori qurilishi boshlandi. 10 00:00:27,807 --> 00:00:30,580 Devor qurilishi keyingi o'n yillikda davom etib, 11 00:00:30,580 --> 00:00:32,058 ko’chalarni bo’lib tashladi, 12 00:00:32,058 --> 00:00:33,582 oilalarni bir-biridan ayirdi va 13 00:00:33,582 --> 00:00:36,878 nafaqat Germaniyani, balki butun dunyoni ikkiga ajratib yubordi. 14 00:00:36,878 --> 00:00:39,129 Qanday bunday vaziyatga tushib qolganimizni 15 00:00:39,129 --> 00:00:41,368 tushunish uchun II Jahon Urushini eslash lozim. 16 00:00:41,368 --> 00:00:43,037 AQSH, Buyuk Britaniya hamda Fransiya 17 00:00:43,037 --> 00:00:47,449 Gitlerga ittifoqchi mamlakatlarga qarshi kurashda Sovet Ittifoqi bilan birlashdi. 18 00:00:47,449 --> 00:00:49,028 Fashist Germaniyasini mag'lub 19 00:00:49,028 --> 00:00:52,739 qilgach, g'olib davlatlar mamlakatning turli qismlarini egallab oldi. 20 00:00:52,739 --> 00:00:55,010 Bo'linish vaqtinchalik davom etishi kerak edi, 21 00:00:55,010 --> 00:00:57,850 ammo sobiq ittifoqchilar urushdan keyingi 22 00:00:57,850 --> 00:01:00,510 Yevropa masalasida o’zaro kelisha olmadilar. 23 00:01:00,510 --> 00:01:03,788 G'arb mamlakatlari erkin bozor iqtisodiyotini ilgari surgan paytda, 24 00:01:03,788 --> 00:01:07,510 Sovet Ittifoqi o'ziga qaram bo'lgan kommunistik davlatlar qatorida zaiflashib 25 00:01:07,510 --> 00:01:10,279 qolgan Germaniyani ham qo’ldan chiqarmaslikka intildi. 26 00:01:10,279 --> 00:01:11,998 Munosabatlar yomonlashgach, 27 00:01:11,998 --> 00:01:15,300 g'arbda Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tuzildi, 28 00:01:15,300 --> 00:01:20,122 SSSR esa sharqda Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) ni tashkil etdi. 29 00:01:20,122 --> 00:01:23,970 Sovet mamlakatlari G'arb bilan savdo-sotiq hamda harakat erkinligini cheklab 30 00:01:23,970 --> 00:01:27,313 qo'ydilar va shu tariqa deyarli o'tib bo'lmaydigan chegara tuzildi. 31 00:01:27,313 --> 00:01:29,869 U “temir parda” nomi bilan tanildi. 32 00:01:29,869 --> 00:01:34,564 Germaniyaning sobiq poytaxti Berlinda vaziyat ancha murakkab edi. 33 00:01:34,564 --> 00:01:38,641 Shahar butunlay GDR hududida joylashgan bo'lsa ham, urushdan keyingi bitim 34 00:01:38,641 --> 00:01:42,921 ittifoqdoshlarga mamlakatni birgalikda boshqarish huquqini berdi. 35 00:01:42,921 --> 00:01:46,722 Shunday qilib, Amerika, Britaniya va Fransiya Berlinning g'arbiy tumanlarida 36 00:01:46,722 --> 00:01:49,231 demokratik bo’linmalarga asos soldilar. 37 00:01:49,231 --> 00:01:52,593 GDR aholisiga mamlakatdan chiqib ketish rasman taqiqlangan bo'lsa-da, 38 00:01:52,593 --> 00:01:55,704 Berlinda piyoda, metro, tramvay yoki avtobus bilan 39 00:01:55,704 --> 00:01:57,963 to'g'ridan-to'g'ri g'arbiy qismga borish, 40 00:01:57,963 --> 00:01:59,482 undan keyin esa GFR ga kirish 41 00:01:59,482 --> 00:02:02,632 yoki mamlakat tashqarisiga chiqish mumkin edi. 42 00:02:02,632 --> 00:02:06,632 Bu ochiq chegara GDR rahbariyatiga muammo tug'dirdi. 43 00:02:06,632 --> 00:02:10,663 Ular Gitlerga nisbatan kommunistcha qarshilik ko’rsatishlarini da’vo qilib, 44 00:02:10,663 --> 00:02:14,762 G'arbiy Germaniyani fashistik rejim davomchilari sifatida qoraladilar. 45 00:02:14,762 --> 00:02:18,873 AQSh va uning ittifoqchilari GFR ni qayta tiklashga mablag’ ajratar ekan, 46 00:02:18,873 --> 00:02:23,493 SSSR GDR resurslarini tovon sifatida o’zlashtira boshladi, natijada 47 00:02:23,493 --> 00:02:27,412 mamlakatning rejalashtirilgan iqtisodiyoti o’z raqobatbardoshligini yo’qotdi. 48 00:02:27,412 --> 00:02:31,132 GDR dagi hayot Shtazi – maxfiy politsiya tomonidan nazorat qilinib, 49 00:02:31,132 --> 00:02:35,283 ular “quloqlari” va xabarchilari orqali fuqarolar orasida 50 00:02:35,283 --> 00:02:37,874 xoinlik harakatlarini aniqlashga kirishdi. 51 00:02:37,874 --> 00:02:40,773 Sharqda bepul ta'lim va sog'liqni saqlash xizmati 52 00:02:40,773 --> 00:02:43,204 joriy etilgan bo'lsa, G'arbda yuqori maosh, 53 00:02:43,204 --> 00:02:44,682 keng turdagi iste’mol tovarlari 54 00:02:44,682 --> 00:02:46,654 va shaxsiy erkinlik ta’minlangan edi. 55 00:02:46,654 --> 00:02:52,664 1961-yilga kelib, 3,5 million kishi, bu GDR aholisining qariyb 20 foiziga teng, 56 00:02:52,664 --> 00:02:56,265 shu jumladan ko'plab yosh mutaxassislar mamlakatni tark etdi. 57 00:02:56,265 --> 00:02:57,914 Keyingi yo'qotishlarni oldini olish 58 00:02:57,914 --> 00:03:02,924 uchun GDR chegarani yopishga qaror qildi. Shu tariqa Berlin devori paydo bo'ldi. 59 00:03:02,924 --> 00:03:05,434 Berlin orqali 43 km va 60 00:03:05,434 --> 00:03:08,124 Sharqiy Germaniya bo'ylab 112 km ga cho'zilgan 61 00:03:08,124 --> 00:03:12,065 dastlabki to'siq tikonli sim va to'r panjaradan iborat edi. 62 00:03:12,065 --> 00:03:14,916 Ayrim berlinliklar simdan sakrab yoki 63 00:03:14,916 --> 00:03:16,715 derazadan oshib o’tib qochishdi, 64 00:03:16,715 --> 00:03:20,065 ammo devor kengaygani sari bu ish qiyinlashib bordi. 65 00:03:20,065 --> 00:03:27,005 1965-yilga kelib 106 kmlik, balandligi 3,6 m bo’lgan beton to'siqlar paydo bo'ldi 66 00:03:27,005 --> 00:03:30,625 va oshib o’tishga yo’l qo’ymaslik uchun ustiga silliq trubalar o'rnatildi. 67 00:03:30,625 --> 00:03:34,175 Kelgusi yillarda devor tikanli to'siqlar, 68 00:03:34,175 --> 00:03:35,197 qo'riqchi itlar va 69 00:03:35,197 --> 00:03:36,866 hatto minalar bilan mustahkamlanib, 70 00:03:36,866 --> 00:03:40,706 ularga 302 ta soqchi va 20 ta bunkerlar qo'shildi. 71 00:03:40,706 --> 00:03:46,176 Devor ortida 100m maydonni ajratib turuv- chi to’siq – "o'lim chizig'i" bor edi. 72 00:03:46,176 --> 00:03:50,237 U yerdagi barcha binolar vayron qilinib, chegarani kesib o'tishga jur'at etgan 73 00:03:50,237 --> 00:03:53,797 har qanday kishini otib tashlash buyurilgan yuzlab soqchilar uchun 74 00:03:53,797 --> 00:03:57,126 kuzatuv joyi qum bilan qoplangan edi. 75 00:03:57,126 --> 00:04:03,187 Ammo 1961-1989-yillar oralig'ida besh mingga yaqin odam 76 00:04:03,187 --> 00:04:06,477 Sharqiy Germaniyadan qochib qutulishga muvaffaq bo'ldi. 77 00:04:06,477 --> 00:04:10,357 Ulardan ba'zilari diplomatlar yoki sportchilar bo'lgan, 78 00:04:10,357 --> 00:04:13,557 ammo boshqa qochqinlar tunnel qazib, 79 00:04:13,557 --> 00:04:15,048 kanal bo'ylab suzib, sharlarda 80 00:04:15,048 --> 00:04:16,877 uchib yoki hatto o'g'irlangan tankda 81 00:04:16,877 --> 00:04:21,168 devorni buzib o'tgan oddiy fuqarolar edi. 82 00:04:21,168 --> 00:04:22,488 Ammo xavf-xatar katta edi. 83 00:04:22,488 --> 00:04:26,248 Kamida 138 kishi qochishga urinib halok bo'ldi. 84 00:04:26,248 --> 00:04:30,958 Ayrim qochqinlar yordam berishga ojiz bo'lgan GFR aholisi oldida otib tashlandi. 85 00:04:30,958 --> 00:04:35,920 Devor ishchi kuchini saqlab qolish hisobi- ga GDR iqtisodiyotini barqarorlashtirdi, 86 00:04:35,920 --> 00:04:38,010 ammo butun dunyoda kommunistik repressiya 87 00:04:38,010 --> 00:04:41,947 timsoliga aylanib, o'z obro'siga putur yetkazdi. 88 00:04:41,947 --> 00:04:44,088 G'arb bilan yaqinlashish siyosatini bir qismi 89 00:04:44,088 --> 00:04:49,219 bo'lgan 1972-yilgi GDR va GFR o'rtasidagi shartnoma Sharqiy Germaniyani rasman 90 00:04:49,219 --> 00:04:53,808 tan oldi, G'arbiy Germaniya esa GDR bilan birlashishdan umidini uzmadi. 91 00:04:53,808 --> 00:04:57,219 GDR tuzumi asta-sekin qarindoshlar tashrifiga ruxsat bergan bo'lsa-da, 92 00:04:57,219 --> 00:05:00,583 rasmiylar holdan toydiradigan byurokratiya va katta boj to'lovi orqali 93 00:05:00,583 --> 00:05:04,611 fuqarolarni ushbu huquqdan foydalanmaslikka rag'batlantirdi. 94 00:05:04,611 --> 00:05:08,060 Ammo shunga qaramay, hukumat arizalar bilan to'lib toshgandi. 95 00:05:08,060 --> 00:05:09,790 80-yillarning oxiriga kelib, boshqa 96 00:05:09,790 --> 00:05:12,740 Sharqiy blok tuzumlarining liberallashishi harakat erkinligi 97 00:05:12,740 --> 00:05:17,481 va demokratiyani talab qilgan ommaviy namoyishlarga sabab bo'ldi. 98 00:05:17,481 --> 00:05:20,080 1989 yil 9-noyabr kechasi GDR chiqish ruxsatnomalarini 99 00:05:20,080 --> 00:05:25,450 berish tartibini soddalashtirib, vaziyatni yumshatishga harakat qildi. 100 00:05:25,450 --> 00:05:28,501 Ammo bu xabardan so'ng minglab sharqiy berlinliklar 101 00:05:28,501 --> 00:05:31,200 Berlin devorining chegara postlariga chiqishdi 102 00:05:31,200 --> 00:05:35,241 va hayratga tushgan soqchilarni darhol eshikni ochishga majbur qilishdi. 103 00:05:35,241 --> 00:05:37,692 Quvonchga to'lgan olomon G'arbiy Berlinga yopirilib 104 00:05:37,692 --> 00:05:41,361 kirdi, ikkala tomondagi kishilar ham devor ustida raqsga tushishdi. 105 00:05:41,361 --> 00:05:45,372 Boshqalar esa qo'liga tushgan narsa bilan devorni buza boshladi. 106 00:05:45,372 --> 00:05:48,371 Chegarachilar dastlab tartibni saqlashga harakat qilishgan 107 00:05:48,371 --> 00:05:52,972 bo'lsa-da, tez orada bo'linish davri nihoyasiga yetgani ma'lum bo'ldi. 108 00:05:52,972 --> 00:05:58,332 Qirq yildan so'ng, 1990-yil oktabrida Germaniya qayta birlashdi. 109 00:05:58,332 --> 00:06:01,422 Ko'p o'tmay Sovet Ittifoqi ham quladi. 110 00:06:01,422 --> 00:06:04,373 Hozirda devorning ayrim qismlari erkinlikni cheklash 111 00:06:04,373 --> 00:06:07,473 uchun o'rnatilgan har qanday to'siqni yo'q qilish mumkinligi 112 00:06:07,473 --> 00:06:09,702 haqida eslatma sifatida saqlanib qolgan.