Hamma narsa bir biriga bog'langan.
Men Shinnekokli Hind sifatida,
bu so'z bilan ulg'aydim.
Bizlar baliq ovlovchi
kichik qabilamiz,
va New Yorkning
Southampton shahri yonidagi,
Long Island orolining
janubiy sharqida joylashganmiz.
Yoshligimda, issiq bir yoz kuni
bobom bilan tashqarida o'tirgandik.
Osmonda hech bulut yo'q edi.
Biroz so'ngra men terlay boshladim.
Bobom esa osmonni ko'rsatip, dedi ki,
"Qara, ko'ryapsanmi?
U sening bir parchang.
Sendan chiqqan bug'dan o'sha
bulut paydo bo'ladi
va u yomg'irga aylanib o'simliklarning
va jonivorlarning chanqog'ini bosadi."
Men hayotta hamma narsaning
bir biriga bog'langanligini ko'rsatuvchi
tabiat hodisalari ustida tadqiqot
yuritishni davom ettirdim,
va 2008-yili to'fonlarni
taqib qilishni boshladim,
o'shanda qizim menga qarap dedi,
"Oyi, siz bu kasb bilan shugullaning."
Shunday qilip, uch kun so'ngra
men mashinamni juda tez haydagan holda
super hujayra dep nomlangan bahaybat bir
bulutni taqib qilishni boshladim.
Bahaybatligidan greypfrut kabi do'l
va ajoyib quyun hosil qila oladigan
bulut turi,
garchi faqat ikki foizi bunday qiladi.
Bu tur bulutlar 50 milyagacha
kengaya oladi,
va 65000 futgacha (20000ga yaqin metr)
atmosferaga erisha oladi.
Kunduzgi yorug'likni to'sip qoyadigan
darajada kattarip,
hammayoqni qorong'ulikka burkab,
ostidagilarni dahshatga soladi.
To'fon taqib qilish sezgirlikni
talap qiladi.
Orqangizda iliq va nam shamol esishi,
tuproq hidi, bug'doy, maysa
va boshqa zaryadlangan zarralar.
So'ngra ranglar paydo bo'ladi bulutlarda,
do'ldan oldingi yashil
va zangori-ko'kish ranglari.
Men chaqmoqlarni
hurmat qilishni o'rgandim.
Sochim ilgari tep-tekis edi.
(Qahqaha)
Shunchaki hazillashtim.
(Qahqaha)
Meni to'fonlar haqida
eng ko'p hayajonlandirgan narsa
bu ularning harakati, to'lqinsimon,
gir-gir aylanishi, burulishi,
lavaning dabdurustdan otilishiga
o'hshagan haybatli bulutlari.
Ular sevimli maxluqqa aylanishadi.
Suratga olish vaqtida,
bobomning aytgan so'zlarini
eslamay qo'yolmayman.
Ularning ostida turarkan,
faqatgina bulutlar emas,
balki ko'rayotganlarim
galaktika, quyosh sistemasi, quyosh, va
hatto shu sayyoramizning yaratilishining
sahnalashtirilgan shakli ekanligiga
va men bunga guvoh bo'lish sharafiga
musharraf bo'layotganimligimni
his qilaman.
Tashakkur.
(Olqish)