Agar Yer va oyning suratiga e'tibor bersangiz ularning bir biriga anchagina yaqin holatda ko'rasiz. Tahminan mana bunday Lekin aslida esa Yer va Oy mana shunchalik uzoqlikda. Aynan shu Yer va Oy orasidagi masofani aks ettiradi Huddi shu holatni biz Quyosh sistemasi misolida ko'radigan bo'lsak ham Biz ko'radigan Quyosh Sistemasining barcha rasmlarida masofalar to'g'ri aks ettirilmagan Agar orbitalarni asl masshtabda ushbu qog'zozga tushirsangiz, sayyoralar ko'zga ko'rinmaydigan mikroskopik zarraga aylanadi . Amalda hech qaysi bir surat quyosh sistemasini aslida qanday ekanligini ko'rsata olmaydi Quyosh sistemasini asl masshtabda ko'rishni yagona yo'li uni yasab ko'rishdir Blek Rok sahrosiga xush kelibsiz. Bu Aleks meni ismim Uayli, u bugun kameraga oladi Men kameraga olishda ko'p xato qilsam kerak Biz 36 soat ichida masofalarni o'lchab chiqishimiz orbitalarni chizishimiz va yaqin atrofdagi balandlikdan tezlashitirlgan videoga olib chiqishimiz kerak bo'ladi Modelni Yer shu marmar tosh kattaligida bo'ladigan masshtabda Yaratish uchun sizga 10 km kenglikdagi maydon kerak bo'ladi Mana nima uchun biz shu yerdamiz Sizlar nega keldingizlar? Bekorchiman... Ushbu shkalada Quyoshning diametri 1,5 metrga teng mana bunday kattalikda Biz Merkuriyga qarab ketmoqdamiz, mana yetib ham keldik. Venera Yer bilan bir xil kattalikda... Dunyomiz qaysidir cho'ntagimda. Mana Yer. Bu esa Mars. Unda Ikki nafar rover robotlarimiz aylanib yurishibdi. Tezlashtirilgan video tayyor bo'lgach biz har bir orbitani chiroq bilan aylanib chiqamiz Va siz ularni qanchalik katta ekanligini ko'rib ayta olasiz degan umiddamiz. Endi tashqi sayyoralar tomon oshiqamiz. Yupiter Saturn Anavi uzoqlikdagi kichkina chiroq bizning Quyosh 1,5 km uzoqlikda. Endi Quyosh juda juda uzoqda Mana , shu bizning Quyosh sistemamizning sarhadi. Hozir soat ertalabki 7:00 biz Quyosh chiqmasidan sal avval uyg'ondik Biz Yerning orbitasidamiz Uayli xo'v anavi yerda Quyoshimizni ushlab turibdi Qanday ajoyib tongi tarona. Demak agar biz modelimizni to'g'ri yasagan bo'lsak, model Yerdan turib qarasangiz huddi haqiqiy Yerdan turib qarayotgandek bo'lasiz Endi Quyoshga qarasangiz siz model Quyosh bilan haqiqiy Quyosh bir xil o'lchamda ekanligini ko'rasiz. Shu yo'l bilan masshtablar to'gri olinganini ayta olasiz. Butun insoniyat tarixida faqatgina 24 kishi Yer sayyorasini to'liq shaklda o'z ko'zlari bilan ko'ra olishgan. Yangiliklar: Nonushtadan so'ng kosmonavtlar fazo skafanderlarini kiyish uchun kiyinish xonasiga keldilar Cronkite: " Bu insonning Oyga yetishga urinishi' E'lon qiluvchi: " Biz ko'tarildik..." Yerda orbitada ufq salgina yoysimon Oyga tomon yo'l olsangiz ufq yumaloq bo'la boshlaydi va to'satdan ko'zingizga juda g'aroyib ammo tanish narsaga ko'zingiz tushadi... Kosmonavt: "Eh xudo, bu manzaraga qara..." "Juda chiroyli!" Bosh barmog'izni ko'tarib Yerni bosh barmo'giniz orqasiga yashirsangiz bo'ladi. Siz bilgan barcha narsa, hammasi mana shu barmoq ortida Bundan katta emas, hammasi shu yerda. Bu juda go'zal manzara. Ko'zingizga yosh keladi. Bu ayni men suratga tushirmoqhi bo'lgan narsa. Biz yo'qlik qo'ynida suzayotgan moviy marvarid ustidamiz. Siz buni o'z ko'zi bilan ko'rsangiz hayratda qolasiz.