Belgilanmagan baglar. G'oya muallifi Kiki Protsman Rassomlar Mayk Mather va Kiki Protsman. Bu Jasmina. U Kovvildagi eng yirik qo'ng'iz ovlash (baglar topish) kompaniyasini boshqaradi. U jamiyatni xavfsiz qilish ishlari bilan mashhur. Erta tongda kutilmagan voqea yuz berdi! Kimdir qo'ng'izlar xonasi eshigini ochiq qoldirgan ekan va hasharotlar bundan foydalanib shaharga qochib ketibdi ayni buyuk iste'dodlar dasturi oldidan-a. "-Men shuning uchun seni yolladim!" - dedi Jasmina JDga. "Agar biz soat uchgacha barcha qo'ng'izlarni topmasak, dasturimiz bekor bo'ladi!" "Bu oson bo'lishi kerak", dedi JD atrofga qarab. "Men bu yerda bir nechtasini ko'ryapman, va u yerda bir nechtasini." "Oh, bu shunchaki aniqlangan baglar", dedi Jasmina. "Bu baglarni nazorat qilish oson. Eng ko'p muammolarni aniqlanmagan hasharotlar keltirib chiqaradi. " "E'tiborsiz qoldirilgan xatoni topish qiyinroq. Ular siz kutmagan joyda yashirinadi va topilmaguncha ancha ishni orqaga suradi, to butkul buzulmaguncha". "Oh, yo'q!!" - qichqirdi JD. "Dasturimizni saqlab qolish uchun qanday qilib endi ularning barchasini o'z vaqtida ushlay olamiz?" "Xavotir olmang, men sizga aniqlanmagan baglarni aniqlash yo'lini o'rgataman" - Birinchidan, uning aniq qayerda emasligini bilishingiz kerak. Ko'chadan pastga qarab yuring. Birinchi qadamda hamma narsa kutilganday ishlayaptimi? Ikkinchi qadamda ham hamma narsa kutilganday ishlayaptimi? Uchinchida-chi? "Biror narsa noto'g'ri ko'rinmaguncha izingizdan bosqichma-bosqich yurib boring." - Mana, bag yashiringan joy! "Endi uning qaerdaligini topganingizda, uni belgilang! Unga nom bering va baland ovoz bilan ayting. Buni qilganingizdan keyin mo'jiza sodir bo'ladi." "Qo'ng'iz belgili bo'ldi! Endi biz bag tufayli yuzaga kelgan xatolarni tuzatamiz. " "Shoshiling, Jasmina! Soat uch bo'lyapti! "Biz bitta katta qo'ng'izni hali ham topmadik", dedi Jasmina. "Ammo mening ko'zam to'la! Siz uni o'zingiz topishingiz kerak." JD asabiylashib piyodalar yo'lagiga chiqdi. "Birinchidan, siz uning qayerdaligini bilasiz" - deb pichirladi u o'z-o'ziga. Birinchi qadamda hamma narsa ishlayaptimi? Ha. Ikkinchi qadamda hamma narsa ishlayaptimi? Ha. Uchinchida-chi? Yo'q! "Endi qo'ng'iz qayerdaligini bildim, uni belgilashim kerak!" Unga nom bering. Uni baland ovoz bilan ayting. "Bu bag-qo'ng'iz tufayli chiroq ishlamayapti, shuning uchun uni uchquncha deb atayman." "Ishladi! Men bagni topdim! Endi men xatoni bartaraf etib, bunda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishim mumkin. Iste'dodlar dasturi uchun ayni vaqtda!" JD uchun Yasmina faxrlandi. Endi butun shahar biladi - ishlar noto'g'ri ketgan paytda Debaggerni ishlatish kerak! Tamom!