Bu qo‘shiq yozish darsi.
Musiqa ko‘p jihatdan biron komputer dasturiga o‘xshab ketadi.
Yozilgan notalar va so‘zlar xonandaga aynan nima qilishi kerakligini aytadi.
Musiqaning ba’zi bir qismi qayta va qayta ishlatiladi. Biz buni naqorat deb nomlaymiz.
Biron komputer dasturida, dasturning biron qismi qayta va qayta ishlatilishi funksiyalar deb nomlanadi.
Siz qo‘shiq so‘zlarini o‘qiganingizda, va u yerda "naqorat" so‘zi yozilgan bo‘lsa,
siz naqorat so‘zini ham qo‘shib kuylaysizmi?
Yo‘q, siz naqorat qanday so‘zlardan iboratligini ko‘rish uchun qog‘ozning yuqori qismiga qataysiz.
Bu darsda siz Little Bunny Foo Foo deb nomlanadigan bitta jinnicha kichkina qo‘shiqni o‘rganasiz.
Qo‘shiqning siz qayta-qayta bir necha marta kuylaydigan bitta naqorati bor.
Biron funksiya bu siz qayta-qayta foydalana oladigan va chaqira oladigan kodning bir qismi.
U dasturlashni osonroq va samaraliroq qiladi,
shunda siz funksiyangizning bosqichlarini qayta-qayta yozib o‘tirishingizning keragi yo‘q.
Siz uni bir marta yozsangiz bo‘ldi!