Uzbek 字幕

← Texnologiya kompaniyalari farzandlaringiz haqida nima bilishadi

埋め込みコードを取得する
36言語

Showing Revision 5 created 06/28/2020 by Nazarbek Nazarov.

  1. Har kuni, har hafta
  2. biz foydalanish shartlariga rozi bo'lamiz.
  3. Va biz rozi bo'lganimzida
  4. biz kompaniyalarga
    qonuniy huquq taqdim etamiz
  5. ma'lumotlarimiz bilan
    istalgan ish qilishiga
  6. va farzandlarimizning
    ma'lumotlari bilan ham.
  7. Hayron qolarlisi,
  8. biz bolalarning ancha ma'lumotlarini
    berib yuboryapmiz.
  9. Bularning oqibati qanday bo'ladi?
  10. Men antropologman,

  11. shuningdek, ikki qizchaning onasiman.
  12. Men bu savolga
    2015-yilda qiziqishni boshlagandim.
  13. O'shanda kutilmaganda shuni angladim,
  14. ulkan va aql bovar qilmas
    hajmdagi bolalar haqidagi ma'lumotlar
  15. ishlab chiqarilishi va to'planishini.
  16. Shu tarzda ilmiy loyihamni boshladim.
  17. Uni Bola Ma'lumot Fuqaro deb nomladim
  18. va bo'shliqni to'ldirishni maqsad qildim.
  19. Endi o'ylashingiz mumkin
    meni hozir sizni aybdor qiladi deb

  20. ijtimoiy tarmoqga farzandingiz
    rasmini joylaganingiz uchun
  21. ammo gap bunda emas,
  22. Muammo bundan ko'ra ancha yirikroqdir.
  23. Hammasi tizimga bog'liq,
    odamlarga emas.
  24. SIz va sizning odatlaringiz aybdor emas.
  25. Tarixda birinchi bor,

  26. biz bolalarning
    ma'lumotlarini kuzatmoqdamiz
  27. ularning tug'ilishidan ancha oldin
  28. urug'lanish paytidan boshlab,
  29. va butun hayoti davomida.
  30. Bilamizki, ota-onalar farzand
    ko'rishmoqchi bo'lsihganida,
  31. ular "homilador bo'lish yo'llari"ni
    onlayn qidirishadi,
  32. yoki ovulyatsiyani kuzatadgan
    ilovalarni yuklab olishadi.
  33. Ular homilador bo'lishganida esa,
  34. ular chaqalog'ining ultratovushini
    ijtimoiy tarmoqqa yuklaydi,
  35. homiladorlik ilovalarini yuklab olishadi
  36. yoki Doktor Google bilan
    hamma narsa haqida maslahatlashishadi,
  37. o'zingiz bilasiz --
  38. "parvoz davomida
    bolaning tushib qolish xavfi"
  39. yoki "erta homiladorlikdagi
    qorindagi spazmlar" haqida.
  40. Men bilaman, chunki
    shunday qilganman
  41. va ko'p marta.
  42. Bola tug'ilganida esa,
    ular kuzatishadi: uning har uyqusini,
  43. ovqatlanishini,
  44. hayotining har bir harakatini,
    turli texnologiyalarda.
  45. Va bu texnologiyalar
  46. chaqaloqning shaxsiy ma'lumotlarini
    foydaga aylantirishadi, ularni
  47. boshqalar bilan
    ulashgan holda.
  48. Mana bu qanday ishlaydi,

  49. 2019-yilda Britaniya Tibbiyot Jurnali
    bir tadqiqotni nashr qildi.
  50. Unda aytilishicha 24 mobil
    sog'liq ilovasidan
  51. 19 tasi ma'lumotlarni
    uchinchi tomon bilan bo'lishishgan.
  52. Va bu uchinchi tomonlar ma'lumotni
    216 tashkilot bilan bo'lishishgan.
  53. Bu 216 tashkilotdan
  54. bor-yo'g'i uchtasi sog'liqni saqlash
    tizimiga oid.
  55. Ma'lumotga kirish huquqi bor kompaniyalar
    orasida katta texnologiya kompaniyalari
  56. Google, Facebook va Oracle
    kabilar bor.
  57. Ular raqamli reklama kompaniyalaridir,
  58. shuningdek iste'mol kreditlari bo'yicha
    agentlik ham bor.
  59. Siz to'g'ri topdingiz:
  60. Ularda allaqachon chaqaloqlar haqida
    ma'lumotlar bor.
  61. Ammo mobil ilovalar, veb qidiruvlar
    va ijtimoiy tarmoqlar
  62. shunchaki aysbergning bir uchidir.
  63. Chunki turli texnologiyalar
    bolalarni kuzatib borishadi
  64. Ularning kundalik hayoti davomida.
  65. Ular uy texnologiyalari va uydagi
    virtual yordamchilar tomonidan kuzatiladi.
  66. Ta'lim platformasi ham
    ularni kuzatishadi
  67. va maktabdagi ta'lim
    texnologiyalari ham.
  68. Onlayn yozuvlari ham kuzatiladi
  69. va shifoxonalaridagi
    onlayn portallari ham.
  70. Ularni internetli o'yinchoqlar,
    ularning onlayn
  71. o'yinlari orqali
    kuzatishadi
  72. va boshqa judayam ko'plab
    texnologiyalar orqali.
  73. Tadqiqotim davomida

  74. ko'plab ota-onalar oldimga kelishardi
    va "Ho'sh nima bo'libdi?" deyishardi.
  75. "Nima farqi bor bolalarim kuzatilishini?
  76. Yashiradigan narsamiz yo'q."
  77. Lekin, farqi bor.
  78. Farqi bor, chunki hozirda odamlarni
    nafaqat kuzatishadi,
  79. balki, ularning ma'lumoti alohida
    yig'iladi qidiruv tarixiga asoslanib,
  80. sun'iy ong va
    bashorat tahlillari uchun ishlatiladi.
  81. Inson hayoti bo'yicha iloji boricha
    ko'p ma'lumot yig'ish uchun
  82. turli manbalardan:
  83. oila tarixi, xarid qilish odatlari
    va ijtimoiy tarmoq izohlaridan.
  84. Keyin ular bu ma'lumotlarni
    jamlashadi.
  85. Ma'lumotga asoslangan qaror
    chiqarish uchun
  86. bunday texnologiyalar
    hamma yerda ishlatiladi.
  87. Banklar bularni
    kredit, qarz berishda ishlatishadi,
  88. sug'urta kompaniayalari esa
    premiyani aniqlashda.
  89. Ish beruvchilar ham ulardan
    foydalanishadi.
  90. Nomzod ishga to'gri kelishi
    yoki kelmasligini aniqlashda.
  91. Shuningdek, politsiya va
    sud ham jinoyatchini aniqlashda
  92. ulardan foydalanishadi,
  93. yoki qayta jinoyatga moyilligini
    aniqlaganda.
  94. Bizda ma'lumotlarni sotadigan,
    sotib oladigan va tahlil qiladiganlar

  95. ustidan hech qanday ko'nikma
    yoki nazorat yo'q.
  96. Ular bizni va bolalarimizning
    ma'lumotlarini yig'ishadi.
  97. Lekin bu yig'ilgan ma'lumotlar
    huquqlarimizni yetarlicha buzishadi.
  98. Misol uchun,

  99. 2018-yil New York Times yangiligida
    aytilishicha
  100. onlayn kollejni reja qilish
    tizimi orqali
  101. yig'ilgan ma'lumotlarda
  102. AQSH bo'ylab millionlab
    maktab o'quvchilari ma'lumoti yig'ilgan
  103. kollej programmasi yoki
    grant qidirib yurgan o'quvchilar orasidan
  104. va bu ma'lumotlar
    o'quv brokerlariga sotilgan.
  105. Hozirda, Fordhamda o'quv brokerlarini
    o'rgangan tadqiqotchilar
  106. bolalarning ikki yoshligidan
    ma'lumoti to'planishini oshkor qilishdi.
  107. Turli yo'nalishlar bo'yicha:
  108. millati, dini, boyligi,
  109. ijtimoiy ahvoli
  110. va ko'plab boshqa turli
    yo'nalishlar bo'yicha.
  111. Keyin ular bu yig'ilgan profillarni
    bolalarning ismi,
  112. uy manzili va kontaktlari bilan birga
  113. turli kompaniyalarga sotishadi,
  114. savdo va ta'lim dargohlaridan tortib,
  115. talaba qarzlari,
  116. talaba kredit karta
    kompaniyasigacha.
  117. Aniqlashtirish uchun,
  118. Fordhamdagi tadqiqotchilar
    o'quv brokeridan
  119. 14-15 yoshli qizlar ro'yxati bilan
    ta'minlashni so'rashdi.
  120. Masalan, oilaviy reja
    qilishga qiziqadiganlarini.
  121. Broker ro'yxatni berishga rozi bo'ldi.
  122. Tasavvur qiling, bu qanchalik
    bolalarimiz uchun havfli bo'lishi mumkin.
  123. Lekin o'quv brokerlari shunchaki
    bir misol.
  124. Haqiqat shuki, bolalarimizning ma'lumoti
    yig'ilishini biz nazorat qilolmaymiz,
  125. ammo bu narsa ularning hayotiga
    yetarlicha ta'sir qiladi.
  126. Biz o'zimizdan so'rashimiz kerak:

  127. bolalarimizning ma'lumoti yig'ilganda
    biz bu texnologiyalarga ishona olamizmi?
  128. Aniq ishona olamizmi?
  129. Mening javobim "yo'q."
  130. Antropolog sifatida,
  131. Sun'iy ong va bashorat tahlillari
    ajoyibdir.
  132. Kasallik izini topishda
  133. yoki iqlim o'zgarishga
    qarshi kurashda.
  134. Bu qarashdan
    voz kechishimiz kerak:
  135. ularning xolisona ma'lumot yig'ishida
  136. va dalillarga asoslanib qaror chiqarishda
    ularga ishonishimizda,
  137. insonlar hayoti haqida.
  138. Chunki ular insonning aslini ko'rsatmaydi.
  139. Ma'lumotlar bizning kimligimizning
    ko'zgusi emas.
  140. Odam bir narsani o'ylab,
    teskarisini aytadi,
  141. ko'ngli buni desa,
    o'zi boshqa ishni qiladi.
  142. Algoritmik bashoratlar
    yoki raqamli amaliyotlar
  143. insonning murakab tizimini
    oldindan aytib berolmaydi.
  144. Lekin, avvalambor

  145. bu texnologiyalar har doim ham
  146. har doim ham
  147. xolis emas.
  148. Bilamizki, algoritmlar
    qoidalar yoki qadamlar to'plamidir.
  149. Ma'lum bir natijaga erishish uchun
    ishlab chiqilgan, shunday emasmi?
  150. Lekin bu qoidalar yoki qadamlar to'plami
    xolis emas,
  151. chunki ularni odamlar ishlab chiqishgan.
  152. Ma'lum bir madaniy jabxada
  153. va o'ziga xos madaniy jihatlar bilan
    sayqallashgan.
  154. Shunday ekan, mashinalar
    o'rganishsa
  155. ular noxolis algoritmlar
    orqali o'rganishadi,
  156. va ular noxolis ma'lumotlar
    bazasidan ham tezroq o'rganishadi.
  157. Ayni paytda, algoritmik taraqqiyotning
    ilk misollarini ko'rishimiz mumkin.

  158. Va ba'zi misollar
    rostan qo'rqinchlidir.
  159. Shu yili, Ney-Yorkdagi AI Now Instituti
    hisobot chop etishdi:
  160. shuni oshkor qilishdiki,
    sun'iy ong texnologiyalari
  161. bashorat qilishda ishlatilayotgan ekan,
  162. "kir" ma'lumotlarni aniqlashga
    o'rgatilgan.
  163. Bu asosan shunday yig'ilganki,
  164. tarixiy irqchillika oid ma'lumotlardan
    iborat va
  165. shaffof bo'lmagan politsiya
    ishlari ham bor.
  166. Bu texnologiyalar qora ma'lumotlarni
    ishlatgani uchun
  167. ular xolis emas,
  168. ularning oqibatlari esa faqatgina
    politsiya qilmishi va xatolarini
  169. ko'paytiradi va abadiylashtiradi.
  170. Xo'sh, menimcha bizning
    jamiyatimiz muhim bir

  171. muammoga duch keldi.
  172. Biz ma'lumotlar yig'ishda ishlatiladigan
    texnologiyalarga ishonishni boshladik.
  173. Bilamizki,
    inson ma'lumotlarini yig'ishda
  174. bu texnologiyalar har doim ham
    xolis bo'lmaydi
  175. va hech qachon aniq bo'lmaydi.
  176. Hozir bizga kerak bo'lgan narsa
    bu siyosiy yechimdir.
  177. Hukumatlarimiz bizning ma'lumot huquqimiz
    insoniy huquqimiz ekanini tan olishi kerak
  178. (Qarsaklar va hayqiriqlar)

  179. Ungacha biz kelajakka
    umid bilan qaray olmaymiz.

  180. Men qizlarimning algoritmik
    kamsitilishi va xatolarga
  181. duchor bo'lishidan xavotirdaman.
  182. Men bilan qizlarim o'rtasidagi
    farq shundaki,
  183. mening bolaligim haqida
    umuman ochiq ma'lumotlar yo'q.
  184. Shubhasiz men o'smirlik vaqtimda qilgan
    va o'ylagan barcha ahmoqona ishlarning
  185. ma'lumot bazasi yo'q.
  186. (Kulgi)

  187. Ammo qizlarim uchun
    bu boshqacha bo'lishi mumkin.

  188. Ularning ma'lumoti bugundan
    boshlab yig'ilib borilmoqda,
  189. u kelajakda ularni ustidan
    hukm chiqarish uchun ishlatilishi mumkin
  190. va ularning orzu-umidlariga
    to'sqinlik qilishi mumkin.
  191. Menimcha, vaqti keldi.

  192. Harakat qilish vaqt keldi.
  193. Barchamizning
    birga ishlash vaqtimiz keldi
  194. inson sifatida,
  195. tashkilot va muassassa sifatida,
  196. va biz ko'proq ma'lumot adolatini
    talab qilamiz, o'zimiz uchun
  197. va farzandlarimiz uchun
  198. juda kech bo'lishidan oldin.
  199. Tashakkur.

  200. (Qarsaklar)