Saida Aden Said: Ko'z oldimdan haligacha mudhish tasvirlar ketmaydi: odamlarning yiqilishi, o'q ovozlari. Rosa qo'rqardim. Chindan ham, juda ko'p yig'lardim. Ota-onami tanigan kimdir, qo'limdan tutib, "Ketdik! Ketdik!" dedi. Men esa, "Onam qayerda? Oyijonim qani?" deb qoldim. Noria Dambrine Dusabireme: Tunlari o'q ovozlarini eshitardik, qurol ovozlarini. Saylovlar bo'lishi kerak edi. Yoshlarimiz ko'chalarda, Ular jang qilishardi. Ko'plab yoshlar o'lib ketishdi. SAS: Biz bir transportga o'tirdik. Unda odam ko'p edi. Odamlar o'zlarining hayoti uchun qochishayotgandi. Mana shunday qilib, Men Somalidan qochgandim. Onam meni yo'qotdi. Qayerga ketganimni unga hech kim aytmagan. NDD: Maktabga bora olmasligimiz, bozorga ham chiqa olmay, quruq uyda o'tirishimiz meni o'ylantirib qo'ydi va agar qandaydir yaxshi imkoniyat bo'lganida, unda aniq foydalanardim, yorqin kelajak uchun. (Musiqa) Ignazio Matteini: Jahon miqyosida, ko'chirilganlar Ko'payib bormoqda. Hozirda, dunyoda ko'chirilganlar deyarli 60 milion kishini tashkil qiladi. Ming afsuski, bu jarayon to'xtamaydi. Kristina Rasl: Menimcha, insonparvarlik hamjamiyati tadqiqot va real hayotdan shuni anglashmoqdaki, bu muammo hali ancha uzoqqa cho'ziladi. Beyli Damti Yeshita: Bu talabalarga oliy ta'lim kerak, ishlatishi uchun diplom kerak. Agar talabalar hozir Ruandada yashashsa, turar-joylari o'zgarsa ham, ular o'qishlarini davom ettirishi mumkin. Haligacha, qayerda bo'lishlaridan qat'iy nazar, diplomning foydasi bor. KR: Bizning shijoatli loyihamiz Janubiy Yangi Hempshir Universiteti Global Ta'lim Harkatining yuksalish salohiyatini sinash edi, bakalavr darajasi va ishga joylashuv yo'llarini qochoqlar va boshqa oliy ta'limga qurbi yetmaganlarga taqdim qilishini. SAS: qochoq sifatida buning deyarli iloji yo'q edi, o'qishimni davom ettirish va karyera qilishga. Mening ismim Saida Aden Said, va men Somalidanman. Kakumaga kelganimda 9 yoshda edim, va maktabga 17 yoshda borishni boshladim. Hozirda men bakalavr darajasi uchun o'qiyapman SNHU orqali. NDD: Mening ismim Noria Dambrine Dusabireme. Men suhbat qurish san'ati bo'yicha bakalavr darajasida o'qiyman biznesga urg'u bergan holda. KR: Biz besh mamlakat bo'ylab talabalarga xizmat qilamiz: Livan, Keniya, Malavi, Ruanda va JAR. Biz 800 nafar kollej va 400 dan ortiq bakalavr bitiruvchilarimiz va mingga yaqin talabalarimiz borligidan judayam xursandmiz. Buning sehri shuki, biz qochoqlar hayotiga boricha yondashyapmiz. Hech qanday sinf yo'q. Hech qanday ma'ruza yo'q. Hech qanday muxlat yo'q. Hech qanday yakuniy imtihon yo'q. Bu o'qish salohiyatga asoslangan va vaqt bilan chegaralanmagan. Loyihani qachon boshlashni o'zingiz tanlaysiz. Qanday qilib yondashishni ham o'zingiz tanlaysiz. NDD: Platformani ochganingizda, vazifalarni ko'rasiz. Har bir vazifa ostida loyihalar mavjud. Loyihaga kirganingizda, ko'nikmalarni ko'rasiz rivojlantirish kerak bo'lgan, shuningdek, yo'nalishlar va loyiha haqida ma'lumotlarni. KR: SNHU ning siri shundaki, u salohiyatni oshiradigan onlayn o'qishni yuz-ma-yuz o'rganish bilan bog'layapti, qo'shimcha yordam uchun. Bunga akademik murabbiylik ham kiradi. Bu psixo-ijtimoiy ko'mak, tibbiy yordam, va ishga kirish uchun ham madaddir. Natijada, o'qiyotganlarning 95 foizi bitiryapti, 88 foizi ishga kiryapti. NDD: Men ijtimoiy tarmoq menejmenti stajyoriman. Bu meni yo'nalishimga bog'liqdir. Loyihadan tashqari va haqiqiy hayotda men juda ko'p narsa o'rgandim. KR: Tizimli stajyorlik haqiqiy imkoniyatdir talabalarga ko'nikmalarni rivojlantirish uchun, bizga ham stajyorlik va ish o'rtasida aloqalarni hosil qilish uchun. (Musiqa) Bu tizim vaqt va universitet qoidalari va jarayonlariga urg'u berishdan ko'ra, talabani diqqat markaziga qo'yadi. IM: SNHU tizimi eski tizim uchun qattiq tarsakidir. Juda qattiq. Bu odatiy oliy ta'lim olishga kuchli zarbadir. BDY: Bu talabalarning hayotlarini o'zgartirib yuboradi ayniqsa zaif va qochoqlar qatlamidan bo'lganlarning. NDD: Agar diplom olsam, men qaytganimda, istalgan joyimda ishlashim mumkin. Men ingliz tilidagi magistrlikka ishonch bilan topshirishim mumkin. Shunga o'xshash narsani oldin hech qachon tasavvur qila olmasdim. Endi menda ishonch va malaka mavjud o'zim ish qidirib chiqishga hech qanday qo'rquvsiz. SAS: Men doim jamoat bilan ishlashni xohlaganman. Men notijorat tashkilot tashkil qilmoqchiman. Biz ayol kishilarning ta'lim olishini targ'ib qilamiz. Men elchiga o'xshagan odam bo'lmoqchiman va ularni o'qishga undamoqchiman va ularga buning hech qachon kech emasligini aytmoqchiman. Bu shunchaki orzu.