Uzbek subtitles

← Afrika uyqudagi dev va men uni uyg'otishga urinmoqdaman

Get Embed Code
48 Languages

Showing Revision 10 created 07/25/2020 by Nazarbek Nazarov.

  1. Nima gap, odamlar?
  2. Avalambor, ishongim kelmaydi
    Ted Talkda ekanligimga.
  3. Bu katta narsa.
  4. Chunki ayni paytda,
  5. qishlog'imdagi hamma tomosha qilyapti
  6. va albatta, kelinlik narxim oshib ketdi.
  7. Mening ismim Adeola Fayehun.

  8. Men Nigeriyadanman.
  9. AQSHda yashayman.
  10. Men jurnalist va qiziqchiman,
  11. yoki hajviyachi,
  12. siz istagan odam bo'laman, rostdan.
  13. Har bir ayol, hammasi o'zimda.
  14. Meni YouTubeda shou o'tkazaman,
    "Adeola bila haqqoniylik" degan.
  15. Hozirda bu shou juda muloyim
    va qo'pol tarzda
  16. sotqin Afrika yetakchilari
    haqida jar soladi.
  17. (Video) Prezident Buhari: Bilmadim
    xotinim qaysi partiyadan ekanligini

  18. ammo u meni oshxonamga tegishli.
  19. Adeola Fayehun: Yo, Xudo!

  20. Menga ozgina suv kerak --
  21. Menga suv kerak, dedim!
  22. Ko'rdingizmi?

  23. Men bu narsalarga haqqoniy qarayman!
  24. Ayniqsa ular qovun tushirganida,
    ko'p bo'ladigan holat.
  25. Aytgancha, biror Afrika rasmiysi
    meni ko'rayotgan bo'lsa,
  26. Ser, men siz haqingizda gapirmayapman.
  27. Ha, men faqat hamkasblaringiz haqida
    gapirmoqdaman.
  28. Chunki Afrikadagi ko'p narsa ulkandir.

  29. Bilasizmi, ulg'ayish davrimda
  30. Afrika ulkan qit'a deb,
    ishonib ulg'ayganman.
  31. Bizda mahorat, ziyolilar,
  32. tabiiy boyliklarimiz barcha
    qit'adan ko'ra ko'p.
  33. Afrika 31 foiz dunyo oltinini,
  34. marganets va uranini,
  35. 57 foiz dunyo olmosini
  36. va 13 foiz dunyo neftini beradi.
  37. Bizda hech qanday sabab yo'q
    yordamga muhtoj bo'lishga
  38. yoki Jahon Banki yo Xitoydan
    qarz olishga.
  39. Ammo yaxshi yetakchilarsiz,
  40. biz xuddi uchaolishini
    bilmayotgan burgutdekmiz,
  41. parvoz qilishini aytmasa ham bo'ladi.
  42. Afrika uyqudagi devga o'xshaydi.

  43. To'g'risini aytganda,
    men shu devni uyg'otishga urinyapman
  44. va shu devga qaraydiganlarning
  45. kirdikorlarini oshkor qilyapman.
  46. Siyosatchilarimiz, diniy ulamolarimizning,
  47. katta hurmati bor, albatta.
  48. Chunki, hamma narsadan ko'ra,
  49. Afrika yetakchilari hurmat qilinishni
    yaxshi ko'rishadi.
  50. Shunday ekan, hurmatini joyiga qo'yaman,
  51. O'zimning "Shou"da,
  52. Ularga ta'zim qilaman -- ha! --
  53. Ularni tog'a, xolalarim deb,
  54. otam deb atayman
  55. va keyin --
  56. ularni ular idrokimizni tahqirlaganiday,
    tahqirlayman.
  57. Chunki biz charchadik
  58. munofiqlik va yolg'on va'dalardan.
  59. Masalan,

  60. Nigeriya prezidenti tibbiy turizmni
    tugatishni va'da qilgandi
  61. yaroqsiz shifoxonalarimizni
    ta'mirlash
  62. va yangilarini qurish orqali.
  63. Ammo u nima qildi?
  64. U 2017-yil uch oyini Londonda
    davolanish bilan o'tkazdi.
  65. Biz uch oy davomida
    prezidentsiz qoldik.
  66. Bizda uch oy prezidentsizlik bo'ldi.
  67. Shu tariqa prezidentga
    yuzlanish meni ishimga aylandi,
  68. albatta, hurmat bilan.
  69. Men "Ha, Janob Prezident,
    bu sizning qizingiz, Adeola.
  70. Meni qandayligimni bilasiz,
    yaxshimisiz?
  71. Sizda uyat yo'q ekan" dedim.
  72. "Ser" deyishni unutibman.
  73. "Ser, sizda uyat yo'q ekan.
  74. (Yorubacha: Xudodan qo'rqmaskansiz.)
  75. Xudodan qo'rqmas ekansiz."
  76. Hozirda 35 ming nigeriyalik shifokorlar
    AQSH , Buyuk Britaniya

  77. va Kanadada ishlashmoqda,
  78. a'lo darajada.
  79. Chunki Nigeriyada
    ular na yaxshi oylik olishadi,
  80. na kerakli uskunalar bilan
    ta'minlanadi,
  81. Shifokorlik ishini qilish uchun.
  82. Va bu ko'plab Afrika mamlakatlarida
    sodir bo'lmoqda.
  83. Bizda uchishga bo'lgan
    salohiyat bor.

  84. Ammo ming afsuski, ko'plab afrikalik
    talantlar to'g'ri chetga ketishyapti,
  85. boshqa mamlakatlarga.
  86. Masalan,
  87. bu nigeriyalik shifokor
    tug'ilmagan chaqaloqni operatsiya qilgan
  88. Texasda.
  89. Bu nigeriyalik shifokor ham
  90. atletlardagi chayqalishning
    nevrologik ta'sirlarini kashf etgan.
  91. Ko'p mamlakatlarda afrikalik
    atlerlar bor
  92. ular uchun oltin medal yutib beradigan.
  93. Qizig'i shundaki,

  94. biz Xudo Afrikani to'g'rilashini
    kutib o'tiribmiz.
  95. Rostdan, xazilsiz
    biz kutib o'tiribmiz.
  96. Ya'ni, shunchaki
    Burundi prezidentiga qarang.
  97. U muxbirlar va muxolifat a'zolarini
    qamamoqda,
  98. lekin u milliy duo qilish kunini
    e'lon qildi,
  99. xalqi Xudodan yurtni epaqaga
    keltirishni so'rab iltijo qilishi uchun.
  100. Ammo u emasmi mamlakatni
    epaqaga keltiradigan?
  101. Oo yo'q, yo'q, yo'q.
  102. Biz Xudo shu ishni qilishini kutyapmiz.
  103. Ko'ryapsizlarmi nimalar bilan bandligimni?
  104. Sizga aytyapman,
  105. bu siyosatchilarni bir kun
    yashin urishga tayyor turibdi.
  106. Biz bundan yaxshiroqmiz.
  107. Men yetakchilarimizdan
    ma'suliyatni bo'yniga olishlarini
  108. va hamma yerga Xudoni qo'shishni
    to'xtatishini istardim.
  109. Xudo bizga kerakli hamma
    narsani bergan.
  110. Hammasi shu yerda,
    keling shuni ishlatamiz.
  111. Mana, ishimdagi sevimli qismim

  112. afrikaliklarning muvaffaqiyatlarini
    ko'rsatish,
  113. oddiy odamlarning sezilarli ishlarini.
  114. Bu keniyalik ayol, Wangari Maathai kabi,
  115. Nobel Tinchlik sovriniga sazovor bo'lgan
    ilk afrikalik ayol,
  116. inson huquqlarini targ'ib qilgani
  117. va bir million daraxt ekkani uchun.
  118. Bu zimbabvelik ayol ham,
  119. Doktor Tererai Trent,
  120. 14 yoshida turmushga chiqqan
  121. sigirga almashilgan holda.
  122. Ammo, bu ayol o'ziga
    o'qish va yozishni o'rgatdi
  123. va Opraning shousiga ham chaqirildi.
  124. Ooo, men ham Opraning shousida
    qatnashmoqchiman bir kuni.
  125. Hozirda bu ayol maktablar qurdi
  126. Zimbabvedagi minglab bolalar uchun.
  127. Shuningdek, britaniyalik taniqli me'mor
    David Adjaye dunyo bo'ylab

  128. ajoyib binolar loyihalashtirgan.
  129. U ham ganalik, ham tanzaniyalik.
  130. Endi, bilamiz hamma gap Gananing
    Jollof guruchida,
  131. u iste'mol qilgan
  132. va unga ishi uchun ilhom bergan.
  133. Balki, gap Nigeriya Jollof guruchidadir,
  134. chunki bunisi ancha yaxshiroq.
  135. Har holda aynan shu unga
    ilhom bag'sh etgan
  136. hozirgidek buyuk odam bo'lib
    yetilishi uchun.
  137. E'tiboringiz menda ekan,

  138. yana bir narsa aytsam,
  139. iltimos yaqinroq keling.
  140. Yaxshi, yaxshi,
    o'ta yaqin kelmang, bo'ladi.
  141. Menga ba'zi birlaringizning
  142. Afrikani tasvirlashingiz yoqmaydi.
  143. Barchangiz emas, ba'zilaringiz.
  144. Sen ayniqsa.
  145. Avalambor, bu bir mamlakat emas,
    bu bir qit'a.

  146. Men Ugandadan Paulni tanimayman,
  147. Zimbabvedan Rebekkani ham tanimayman.
  148. Nigeriya Zimbabvedan ancha uzoqda,
  149. Ney-york Parijdan uzoq bo'lgani kabi.
  150. U G'arb hayriyasiga muhtoj bo'lgan
    bir to'da yalang'och odam emas.
  151. Siz noto'g'ri ko'rasiz.
  152. Sherlar ko'chalarimizda izg'imaydi,
    tushunarlimi?
  153. Yana davom etishim mumkin,
  154. lekin, siz tushunib turibsiz,
  155. Ishimni qilar ekanman,

  156. uyqudagi dev, Afrikani
    uyg'otishga urinib,
  157. dunyo arenasidagi
    munosib o'rnini topishi uchun.
  158. Siz ham nimadir qila olishiz mumkin.
  159. Iltimos ko'proq tinglang.
  160. Afrikalik do'stlaringizni tinglang,
  161. hech qanday noto'g'ri hayolsiz,
  162. ular aytmoqchi bo'lgan narsa
    haqida o'ylab.
  163. Afrika kitoblarini o'qing.
  164. Yo Xudo, Afrika kinolarini ko'ring.
  165. Yoki bo'lmasa,
  166. 54 ta chiroyli mamlakatlarimizning
    bir qanchasini nomlarini yodlang.
  167. To'g'ri, 54 ta, jonidan, besh-to'rt.
  168. Yaxshi, hammasi chin bo'ldi
  169. va shu vaqtgacha ham chin bo'lgan.
  170. Ko'rishguncha,
    Sizlar bilan yana ko'rishamiz.
  171. Xayr.