Patricia Kuhl: Chaqaloqlarning tilshunoslik daholigi
-
0:00 - 0:03Bu chaqaloqqa e'tiboringizni qarating.
-
0:03 - 0:06Sizning e'tiboringizni jalb qilgan narsa chaqaloqning ko'zlari
-
0:06 - 0:09va siz ushlashni yaxshi ko'radigan terisi.
-
0:09 - 0:12Bugun esa, sizlar ko'ra olmaydigan narsa haqida gapirmoqchiman,
-
0:12 - 0:15bu chaqaloqning kichkina miyasida nimalar sodir bo'layotgani haqida gapiraman.
-
0:16 - 0:18Bu miyada sodir bo'laytigan narsalar
-
0:18 - 0:21raketashunoslik ilmidan hech ham kam emasligini
-
0:21 - 0:24bizga nevrologiyaning zamonaviy asboblari ko'rsatib beryapdi.
-
0:24 - 0:26Va biz o'rganayotganimiz
-
0:26 - 0:28romantik yozuvchi va shoirlar
-
0:28 - 0:31bolaning fikridagi "samoviy yorqinlik"
-
0:31 - 0:34deb tasvirlagan holat haqida
-
0:34 - 0:36tushuncha beradi.
-
0:36 - 0:38Ko'rib turganingiz
-
0:38 - 0:40Hindistondagi ona,
-
0:40 - 0:42u yangi kashf qilingan til -
-
0:42 - 0:44Koro tilida gapiryapdi.
-
0:44 - 0:46Va u chaqalog'iga gapiryapdi.
-
0:46 - 0:48Bu ona va
-
0:48 - 0:51Koro tilida gapiradigan dunyodagi 800 ta odamlar --
-
0:51 - 0:54bu tilni saqlab qolish uchun chaqaloqlariga shu
-
0:54 - 0:57tilda gapirish kerakligini biladilar.
-
0:57 - 1:00Bunda dolzarb jumboq bor.
-
1:00 - 1:02Nima uchun siz o'zingizga va menga, ya'ni o'smirlarga,
-
1:02 - 1:05gapirish orqali tilni saqlay olmaysiz?
-
1:05 - 1:08Ho'p, bu miyangizga bog'liqdir.
-
1:08 - 1:10Tilni o'rganish uchun dolzarb davr
-
1:10 - 1:13borligini bu yerda ko'rib turibmiz.
-
1:13 - 1:16Bu sahifani o'qish usuli gorizontal chziqdagi yoshingizga qarashdir.
-
1:16 - 1:19(Kulgi)
-
1:19 - 1:21Va vertikal chiziqda ikkinchi tilni
-
1:21 - 1:23o'rganishga bo'lgan qobiliyatingizni ko'rasiz.
-
1:23 - 1:25Chaqaloqlar va yosh bolalar yetti yoshga
-
1:25 - 1:27chiqquncha dahodirlar,
-
1:27 - 1:30undan so'ngra muntazam ravishda sustlashish bo'ladi.
-
1:30 - 1:32Yetuklikdan so'ng, mashhurlikni yo'qotamiz.
-
1:32 - 1:35Hech qaysi olimlar bu qiyalik haqida bahs qilmaydi,
-
1:35 - 1:37ammo butun dunyodagi laboratoriyalar
-
1:37 - 1:40buning nima uchun bunday usulda ishlashini aniqlashga harakat qilmoqdalar.
-
1:40 - 1:42Mening laboratoriyamdagi ish rivojlanishdagi
-
1:42 - 1:44birinchi dolzarb davrga e'tibor beradi --
-
1:44 - 1:46va ayni o'sha davrda chaqaloqlar
-
1:46 - 1:49o'zlarining tilida qaysi tovushlar ishlatilishini o'rganishga harakat qiladilar.
-
1:49 - 1:52Bizning fikrimizcha, chaqaloqlar tovushlarni qanday o'rganishini
-
1:52 - 1:54o'rganishimiz oqrali tilning boshqa rivojlanishiga nushamiz bo'ladi.
-
1:54 - 1:57Balki, shu bilan birga muomala, hissiyot va ong rivojlanishi uchun bolalikdagi
-
1:57 - 1:59dolzarb
-
1:59 - 2:01davrlarga ham nushamiz bo'ladi.
-
2:01 - 2:03Shunday qilib, biz butun dunyoda qo'llayotgan usul bilan
-
2:03 - 2:05chaqaloqlarni va hamma tillardagi
-
2:05 - 2:07tovushlarni o'rganyapmiz.
-
2:07 - 2:09Chaqaloq ota yoki onasining tizzasida o'tiradi
-
2:09 - 2:11va biz ularni tovush o'zgarganda, masalan, "ah" dan "ee" ga, --
-
2:11 - 2:13masalan, "ah" dan "ee"
-
2:13 - 2:15Agar ular o'z vaqtida shunday boshini burishsa,
-
2:15 - 2:17qora quti yorib ketadi
-
2:17 - 2:19va panda ayig'i baraban chaladi.
-
2:19 - 2:21Olti oylik chaqaloq bu vazifani juda sevadi.
-
2:21 - 2:23Ho'sh, bundan nima o'rgandik?
-
2:23 - 2:25Butun dunyodagi chaqaloqlar,
-
2:25 - 2:27mening tasvirlashimcha,
-
2:27 - 2:29dunyo fuqarolaridir;
-
2:29 - 2:32biz buni qaysi davlatda tekshirayotganimiz va qaysi tilni ishlatayotganimizdan qat'iy nazar
-
2:32 - 2:35chaqaloqlar hamma tillardagi hamma tovushlarni ajrata oladilar.
-
2:35 - 2:38Bu juda ham hayratlanarli, chunki siz va men buni bajara olmaymiz.
-
2:38 - 2:40Bizlar madaniyatga bo'glanib tinglaguvchilarmiz.
-
2:40 - 2:42Bizlar chet tillaridagi tovushlarni emas,
-
2:42 - 2:44faqat o'z tilimizdagi tovushlarni ajarata olamiz.
-
2:44 - 2:46Ho'sh, shunday savol keladi:
-
2:46 - 2:48dunyoning shu fuqarolari qachon tilga bog'liq
-
2:48 - 2:51tinglovchilarga aylanadi?
-
2:51 - 2:54Javob esa bunday: birinchi tug'ilgan kunlaridan avval.
-
2:54 - 2:57Mana bu ko'rib turganingiz Tokyo va AQSH dagi Seattle shahrida,
-
2:57 - 2:59yapon tili emas, balki ingliz tili uchun muhim bo'lgan
-
2:59 - 3:01"ra" va "la" tovushlarini tinglaganda,
-
3:01 - 3:03chaqaloqlarning boshni burish bo'yicha
-
3:03 - 3:06bajargan vazifasi.
-
3:06 - 3:09Olti oylikdan sakkiz oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar butunlay bir xil.
-
3:09 - 3:12Ikki oy keyin hayratlanarli narsa sodir bo'ladi.
-
3:12 - 3:14AQSH dagi chaqaloqlar bu vazifani ancha yaxshi bajara boshlaydilar,
-
3:14 - 3:16Yaponiyadagi chaqaloqlar esa ancha yomon bajaradilar,
-
3:16 - 3:18lekin chaqaloqlarning bu ikkala guruhi ham
-
3:18 - 3:21ayni o'zlari o'rganmoqchi bo'lgan tilga tayyorlanyar.
-
3:21 - 3:24Ho'sh, savol bunday, bu muhim
-
3:24 - 3:26ikki oy mobaynida nima sodir bo'lyapdi?
-
3:26 - 3:28Bu tovush rivojlanishi uchun juda dolzarb davr,
-
3:28 - 3:30ammo u yerda nima sodir bo'lyapdi?
-
3:30 - 3:32U yerda ikkita narsa sodir bo'lyapdi.
-
3:32 - 3:35Birinchisi chaqaloqlar bizlarni biror maqsad bilan tinglayapdi,
-
3:35 - 3:38ular bizlarning gapirishimizni tinglab, statistik ma'lumot olyapdilar --
-
3:38 - 3:40ha, ular statistic ma'lumot olyapdilar.
-
3:40 - 3:43Chaqaloqlarning tilida gapirayotgan ikkita onaning gapini eshiting --
-
3:43 - 3:46bu biz yosh bolalar bilan gaplashadigan umumiy til --
-
3:46 - 3:49birinchisi ingliz tilida va keyingisi yapon tilida.
-
3:49 - 3:52(Video) Ingliz ona: Oh, sening katta moviy ko'zlaringni sevaman --
-
3:52 - 3:55naqadar go'zal va ajoyib,
-
3:56 - 4:02yapon ona: (yaponchada)
-
4:02 - 4:04Patricia Kuhl: Nutq hosil qilish paytida,
-
4:04 - 4:06chaqaloqlar tinglaganida,
-
4:06 - 4:08ular eshitayotgan tili haqida
-
4:08 - 4:11statistic ma'lumotlar olyapdilar.
-
4:11 - 4:14Bu masofalar ortib boraveradi.
-
4:14 - 4:16Biz chaqaloqlarning statistik ma'lumotga
-
4:16 - 4:19e'tiborchan ekanligini anglab yetdik,
-
4:19 - 4:22yapon va ingliz tillarining statistikasi esa bir biridadn juda, juda farq qiladi.
-
4:22 - 4:25Bu chizma-masofa ko'rsatishi bo'yicha
-
4:25 - 4:27ingliz tilida ko'p R va L tovushlari bor.
-
4:27 - 4:29Yapon tilidagi tovushlarning tarqalishi butunlay boshqacha,
-
4:29 - 4:32Yaponcha R deb ma'lum bo'lgan,
-
4:32 - 4:35bir necha o'rta tovushlar borligini ko'rib turibmiz.
-
4:35 - 4:37Shunday qilib, chaqaloqlar tilning
-
4:37 - 4:39statistikasini ongiga singdirib oladilar
-
4:39 - 4:41va bu ularning miyalarini o'zgartiradi;
-
4:41 - 4:43ularni dunyo fuqarolaridan huddi biz kabi
-
4:43 - 4:46madaniyatga bog'langan tinglovchilarga aylantiradi.
-
4:46 - 4:48Ammo, biz o'smirlar ana o'sha
-
4:48 - 4:50statistikani bundan buyon ongimizga singdirmayapmiz.
-
4:50 - 4:53Chunki ongimizda rivojlanishning ilk davrida shakllangan
-
4:53 - 4:56tushunchalar bizlarni boshqaradi.
-
4:56 - 4:58Mana bu ko'rib turganimiz esa til rivojlanishi uchun dolzarb
-
4:58 - 5:01davr nima haqidaligi bo'yicha modelimizni o'zgartiryapdi.
-
5:01 - 5:04Matematik nuqtai nazardan muhokama qilishimiz bo'yicha
-
5:04 - 5:07bu chizmadagi masofamiz bir tekis bo'lganda
-
5:07 - 5:09til o'rganish sekinlashishi mumkin.
-
5:09 - 5:12Bu esa ikki tilda gapiruvchi insonlar haqida ko'p savollarni keltirib chiqaradi.
-
5:12 - 5:16Ikki tilda gapiruvchi insonlar bir paytning o'zida ikkita statistikani onglarida saqlashi shart
-
5:16 - 5:19va kim bilan gaplashayotganligiga qarab,
-
5:19 - 5:21bitta statistikadan keyin boshqasini almashtirishlari kerak.
-
5:21 - 5:23Biz o'zimizga shunday savol berdik,
-
5:23 - 5:26chaqaloqlar butunlay yangi tilning statistikasini qabul qila oladilarmi?
-
5:26 - 5:28Buni hech qachon ikkinchi til eshitmagan
-
5:28 - 5:30Amerikalik chaqaloqlarni til rivojlanishining dolzarb paytida
-
5:30 - 5:33ilk bor Mandarin tilini eshittirish orqali sinab ko'rdik.
-
5:33 - 5:35Taipei va Seattleda Mandarin tilining tovushlari bo'yicha
-
5:35 - 5:38bir tilda gapiruvchilarni tekshirganimizda
-
5:38 - 5:40ular huddi shunday nusxani ko'rsatdi.
-
5:40 - 5:426-8 oyliklar butunlay bir xil.
-
5:42 - 5:45Ikki oy so'ngra, g'aroyib narsa sodir bo'ladi.
-
5:45 - 5:48Amerikalik chaqaloqlar emas, balki taiwanlik chaqaloqlar tovushlarni ancha yaxshi ajratyapdi.
-
5:48 - 5:51Shu davrda Amerikalik chaqaloqlarga Mandarin
-
5:51 - 5:53tilini eshitdirdik.
-
5:53 - 5:56Bu huddi mandarin tilida gapiruvchi qarindoshlarning sizni ko'rishga bir oyga kelib,
-
5:56 - 5:58uyingizga ko'chib kelib,
-
5:58 - 6:00chaqaloqlarga 12 dars mobaynida gapirishi kabidir.
-
6:00 - 6:02Mana bu laboratoriyadagi ko'rinishi.
-
6:02 - 6:24(Video) Mandarin tilida gapiruvchi: (Mandarin)
-
6:24 - 6:26PK: Ho'sh, chaqaloqlarning kichkina miyalariga nima qildik>
-
6:26 - 6:29(Kulgi)
-
6:29 - 6:31Shunchaki laboratoriyaga kelish
-
6:31 - 6:33Mandarin tiliga bo'lgan qobiliyatingizni rivojlantirmayotganligiga
-
6:33 - 6:35ishonch hosil qilish uchun qiyosiy nazorat guruhini ham sinab ko'rdik.
-
6:35 - 6:37Bir guruh chaqaloqlar kelib, ingliz tilini tinglashdi.
-
6:37 - 6:39Bu chizmadan ko'rib turganimizdek
-
6:39 - 6:41ingliz tilini eshitish ularning mandarin tilini rivojlantirmadi.
-
6:41 - 6:43Lekin 12 martalik muddatda mandarin tilini eshitgan
-
6:43 - 6:45chaqaloqlarga nima bo'lganiga e'tibor bering.
-
6:45 - 6:47Ular Taiwan (Taivan) dagi 10 yarim oy mobaynida mandarin tilini
-
6:47 - 6:50eshitayotgan chaqaloqlardek yaxshi bilardi.
-
6:50 - 6:52Bu esa chaqaloqlarning yangi til
-
6:52 - 6:54statistikasini o'zlashtirib olishini ko'rsatib berdi.
-
6:54 - 6:58Chaqaloqlarning oldiga nima qo'ysangiz ham, ular narsalarning statistikasini o'zlashtirib oladi.
-
6:58 - 7:00Ammo, bu o'rganish jarayonida
-
7:00 - 7:02inson qanday vazifa bajarganligi
-
7:02 - 7:04bizni qiziqtirdi.
-
7:04 - 7:06Buni bilish uchun, boshqa bir guruh chaqaloqlar
-
7:06 - 7:09bir xil miqdordagi, ya'ni huddi avalgidek 12 martalik muddatda
-
7:09 - 7:11televizor ko'rib, tilni eshitishdi
-
7:11 - 7:14va boshqa bir guruh chaqaloqlar esa faqatgina tovushlarni o'zini eshitdi va ekrandagi
-
7:14 - 7:16ayiqchani tomosha qilishdi.
-
7:16 - 7:19Biz ularning miyasiga nima qildik?
-
7:19 - 7:22Ko'rib turganingiz faqat tinglashning natijasi --
-
7:22 - 7:24hech qanday o'rganish sodir bo'lmadi --
-
7:24 - 7:27va video bilan eshitish natijasi --
-
7:27 - 7:29hech qanday o'rganish sodir bo'lmadi.
-
7:29 - 7:31Chaqaloqlar statistikani anglab yetishlari uchun
-
7:31 - 7:33insonning hizmati kerak.
-
7:33 - 7:35Chaqaloqlar statistikani o'zlashtirayotganlarida
-
7:35 - 7:37ijtimoiy miya boshqarib turadi.
-
7:37 - 7:39Chaqaloqlar televizorning oldida bo'lganlarida,
-
7:39 - 7:41so'ngra insonlarning oldida bo'lgan paytida
-
7:41 - 7:43chaqaloqlarning miyasini tekshirib,
-
7:43 - 7:45u yerda bu narsaning sodir bo'layotganini ko'ramiz.
-
7:45 - 7:47Yaxhsiyamki, bizga bu ishni bajarimizga imkon beradigan
-
7:47 - 7:49yangi asbob,
-
7:49 - 7:51magnitoensefalograf bor.
-
7:51 - 7:53Bu Marsdan kelgan soch qurituvchi asbobga o'xshaydi.
-
7:53 - 7:55Lekin bu umuman xavfsiz,
-
7:55 - 7:58kesuvchi emas va shovqinsiz.
-
7:58 - 8:00Biz masofaga nisbatan
-
8:00 - 8:02millimetrning aniqligiga
-
8:02 - 8:04va 306 SQUID dan foydalangan holda
-
8:04 - 8:06millisoniya aniqligiga qaraypamiz,
-
8:06 - 8:08bular (ya'ni SQUID) - yuzadan o'tuvchi kvantum
-
8:08 - 8:10interferensiya asboblari --
-
8:10 - 8:12bular biz o'ylagan sayin o'zgaradigan
-
8:12 - 8:14magnit sohalarini aniqlab oladi.
-
8:14 - 8:16Dunyoda eng avval biz
-
8:16 - 8:18magnitoensefalograf asbobi yordamida
-
8:18 - 8:20chaqaloqlarni o'rganayotgan paytida
-
8:20 - 8:22tekshiryapmiz.
-
8:22 - 8:24Mana bu jajji Emma.
-
8:24 - 8:26U olti oylik.
-
8:26 - 8:28U qulog'iga taqib olgan eshitish asboblari bilan
-
8:28 - 8:31har xil tillarni eshityapdi.
-
8:31 - 8:33Ko'rib turganingizdek, u bemalol harakat qila oladi.
-
8:33 - 8:35shapkadagi kichkina sharchalar bilan
-
8:35 - 8:37uning boshining harakatini kuzatib turibmiz,
-
8:37 - 8:40u esa butunlay erkin harakat qilishi mumkin.
-
8:40 - 8:42Bu texnologik qobiliyat.
-
8:42 - 8:44Nimani ko'ryapmiz?
-
8:44 - 8:46Chaqaloqning miyasini ko'ryapmiz.
-
8:46 - 8:49Chaqaloq ona tilidagi so'zni eshitishi bilan
-
8:49 - 8:51eshitish sohalari ochiladi,
-
8:51 - 8:53keyin esa uning atrofidagi sohalar, ya'ni
-
8:53 - 8:56miyaning atrofidagi har xil sohalari bilan bog'laydigan
-
8:56 - 8:58sohalarini
-
8:58 - 9:00va miyaning bir sohasi
-
9:00 - 9:03boshqa birini harakatga keltiruvchi qismlarini harakatga keltiradi.
-
9:03 - 9:05Biz chaqaloq miyasining
-
9:05 - 9:08rivojlanishi haqidagi ilmning
-
9:08 - 9:11ulkan va oltin asriga kelyapmiz.
-
9:11 - 9:13Chaqaloq his tuyg'u sezgan,
-
9:13 - 9:15gapirish va o'qishni o'rgangan,
-
9:15 - 9:17matematika masalasini yechgan
-
9:17 - 9:19va fikrga ega bo'lgan paytlarida
-
9:19 - 9:21biz chaqaloqning miyasini ko'ra olamiz.
-
9:21 - 9:24O'rganishga qiynalgan bolalar uchun miyaga asoslangan
-
9:24 - 9:27o'rganishga yordam berish usullarini kashf qilishga imkoniyatimiz bo'ladi.
-
9:27 - 9:30Huddi shoir va yozuvchilar tasvirlaganidek,
-
9:30 - 9:32mening fikrimcha, biz ham bolaning ongidagi
-
9:32 - 9:34o'sha ajoyib ochiqlikni,
-
9:34 - 9:36mukammal va cheksiz ochiqlikni
-
9:36 - 9:39ko'ra olamiz.
-
9:39 - 9:41Bolaning miyasini o'rganish bilan,
-
9:41 - 9:43biz inson bo'lish nima ekanligi haqidagi
-
9:43 - 9:45chuqur haqiqatni bila olamiz,
-
9:45 - 9:47shu bilan birga
-
9:47 - 9:49butun hayotimiz davomida ongimizni ilm uchun, o'rganish uchun ochiq saqlay olishimizga
-
9:49 - 9:51imkoniyatimiz bo'lishi mumkin.
-
9:51 - 9:53Rahmat.
-
9:53 - 9:56(Qarsaklar)
- Title:
- Patricia Kuhl: Chaqaloqlarning tilshunoslik daholigi
- Speaker:
- Patricia Kuhl
- Description:
-
TEDxRainier da, Patricia Kuhl chaqaloqlarning tillarni qanday o'rganishi haqidagi hayratlanarli topilmalarni aytib beradi. Ular atrofdagi insonlarni tinglab va bilishi kerak bo'lgan tovushlar haqida statistikani oladilar. 6 oylik chaqaloqlar atrofidagi olamni tushunishlari uchun qanday murakkab fikrlashlarini oqilona laboratoriya tajribalari (va miya tekshirishlari) ko'rsatib beradi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 09:57