Return to Video

Patricia Kuhl: Chaqaloqlarning tilshunoslik daholigi

  • 0:00 - 0:03
    Bu chaqaloqqa e'tiboringizni qarating.
  • 0:03 - 0:06
    Sizning e'tiboringizni jalb qilgan narsa chaqaloqning ko'zlari
  • 0:06 - 0:09
    va siz ushlashni yaxshi ko'radigan terisi.
  • 0:09 - 0:12
    Bugun esa, sizlar ko'ra olmaydigan narsa haqida gapirmoqchiman,
  • 0:12 - 0:15
    bu chaqaloqning kichkina miyasida nimalar sodir bo'layotgani haqida gapiraman.
  • 0:16 - 0:18
    Bu miyada sodir bo'laytigan narsalar
  • 0:18 - 0:21
    raketashunoslik ilmidan hech ham kam emasligini
  • 0:21 - 0:24
    bizga nevrologiyaning zamonaviy asboblari ko'rsatib beryapdi.
  • 0:24 - 0:26
    Va biz o'rganayotganimiz
  • 0:26 - 0:28
    romantik yozuvchi va shoirlar
  • 0:28 - 0:31
    bolaning fikridagi "samoviy yorqinlik"
  • 0:31 - 0:34
    deb tasvirlagan holat haqida
  • 0:34 - 0:36
    tushuncha beradi.
  • 0:36 - 0:38
    Ko'rib turganingiz
  • 0:38 - 0:40
    Hindistondagi ona,
  • 0:40 - 0:42
    u yangi kashf qilingan til -
  • 0:42 - 0:44
    Koro tilida gapiryapdi.
  • 0:44 - 0:46
    Va u chaqalog'iga gapiryapdi.
  • 0:46 - 0:48
    Bu ona va
  • 0:48 - 0:51
    Koro tilida gapiradigan dunyodagi 800 ta odamlar --
  • 0:51 - 0:54
    bu tilni saqlab qolish uchun chaqaloqlariga shu
  • 0:54 - 0:57
    tilda gapirish kerakligini biladilar.
  • 0:57 - 1:00
    Bunda dolzarb jumboq bor.
  • 1:00 - 1:02
    Nima uchun siz o'zingizga va menga, ya'ni o'smirlarga,
  • 1:02 - 1:05
    gapirish orqali tilni saqlay olmaysiz?
  • 1:05 - 1:08
    Ho'p, bu miyangizga bog'liqdir.
  • 1:08 - 1:10
    Tilni o'rganish uchun dolzarb davr
  • 1:10 - 1:13
    borligini bu yerda ko'rib turibmiz.
  • 1:13 - 1:16
    Bu sahifani o'qish usuli gorizontal chziqdagi yoshingizga qarashdir.
  • 1:16 - 1:19
    (Kulgi)
  • 1:19 - 1:21
    Va vertikal chiziqda ikkinchi tilni
  • 1:21 - 1:23
    o'rganishga bo'lgan qobiliyatingizni ko'rasiz.
  • 1:23 - 1:25
    Chaqaloqlar va yosh bolalar yetti yoshga
  • 1:25 - 1:27
    chiqquncha dahodirlar,
  • 1:27 - 1:30
    undan so'ngra muntazam ravishda sustlashish bo'ladi.
  • 1:30 - 1:32
    Yetuklikdan so'ng, mashhurlikni yo'qotamiz.
  • 1:32 - 1:35
    Hech qaysi olimlar bu qiyalik haqida bahs qilmaydi,
  • 1:35 - 1:37
    ammo butun dunyodagi laboratoriyalar
  • 1:37 - 1:40
    buning nima uchun bunday usulda ishlashini aniqlashga harakat qilmoqdalar.
  • 1:40 - 1:42
    Mening laboratoriyamdagi ish rivojlanishdagi
  • 1:42 - 1:44
    birinchi dolzarb davrga e'tibor beradi --
  • 1:44 - 1:46
    va ayni o'sha davrda chaqaloqlar
  • 1:46 - 1:49
    o'zlarining tilida qaysi tovushlar ishlatilishini o'rganishga harakat qiladilar.
  • 1:49 - 1:52
    Bizning fikrimizcha, chaqaloqlar tovushlarni qanday o'rganishini
  • 1:52 - 1:54
    o'rganishimiz oqrali tilning boshqa rivojlanishiga nushamiz bo'ladi.
  • 1:54 - 1:57
    Balki, shu bilan birga muomala, hissiyot va ong rivojlanishi uchun bolalikdagi
  • 1:57 - 1:59
    dolzarb
  • 1:59 - 2:01
    davrlarga ham nushamiz bo'ladi.
  • 2:01 - 2:03
    Shunday qilib, biz butun dunyoda qo'llayotgan usul bilan
  • 2:03 - 2:05
    chaqaloqlarni va hamma tillardagi
  • 2:05 - 2:07
    tovushlarni o'rganyapmiz.
  • 2:07 - 2:09
    Chaqaloq ota yoki onasining tizzasida o'tiradi
  • 2:09 - 2:11
    va biz ularni tovush o'zgarganda, masalan, "ah" dan "ee" ga, --
  • 2:11 - 2:13
    masalan, "ah" dan "ee"
  • 2:13 - 2:15
    Agar ular o'z vaqtida shunday boshini burishsa,
  • 2:15 - 2:17
    qora quti yorib ketadi
  • 2:17 - 2:19
    va panda ayig'i baraban chaladi.
  • 2:19 - 2:21
    Olti oylik chaqaloq bu vazifani juda sevadi.
  • 2:21 - 2:23
    Ho'sh, bundan nima o'rgandik?
  • 2:23 - 2:25
    Butun dunyodagi chaqaloqlar,
  • 2:25 - 2:27
    mening tasvirlashimcha,
  • 2:27 - 2:29
    dunyo fuqarolaridir;
  • 2:29 - 2:32
    biz buni qaysi davlatda tekshirayotganimiz va qaysi tilni ishlatayotganimizdan qat'iy nazar
  • 2:32 - 2:35
    chaqaloqlar hamma tillardagi hamma tovushlarni ajrata oladilar.
  • 2:35 - 2:38
    Bu juda ham hayratlanarli, chunki siz va men buni bajara olmaymiz.
  • 2:38 - 2:40
    Bizlar madaniyatga bo'glanib tinglaguvchilarmiz.
  • 2:40 - 2:42
    Bizlar chet tillaridagi tovushlarni emas,
  • 2:42 - 2:44
    faqat o'z tilimizdagi tovushlarni ajarata olamiz.
  • 2:44 - 2:46
    Ho'sh, shunday savol keladi:
  • 2:46 - 2:48
    dunyoning shu fuqarolari qachon tilga bog'liq
  • 2:48 - 2:51
    tinglovchilarga aylanadi?
  • 2:51 - 2:54
    Javob esa bunday: birinchi tug'ilgan kunlaridan avval.
  • 2:54 - 2:57
    Mana bu ko'rib turganingiz Tokyo va AQSH dagi Seattle shahrida,
  • 2:57 - 2:59
    yapon tili emas, balki ingliz tili uchun muhim bo'lgan
  • 2:59 - 3:01
    "ra" va "la" tovushlarini tinglaganda,
  • 3:01 - 3:03
    chaqaloqlarning boshni burish bo'yicha
  • 3:03 - 3:06
    bajargan vazifasi.
  • 3:06 - 3:09
    Olti oylikdan sakkiz oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar butunlay bir xil.
  • 3:09 - 3:12
    Ikki oy keyin hayratlanarli narsa sodir bo'ladi.
  • 3:12 - 3:14
    AQSH dagi chaqaloqlar bu vazifani ancha yaxshi bajara boshlaydilar,
  • 3:14 - 3:16
    Yaponiyadagi chaqaloqlar esa ancha yomon bajaradilar,
  • 3:16 - 3:18
    lekin chaqaloqlarning bu ikkala guruhi ham
  • 3:18 - 3:21
    ayni o'zlari o'rganmoqchi bo'lgan tilga tayyorlanyar.
  • 3:21 - 3:24
    Ho'sh, savol bunday, bu muhim
  • 3:24 - 3:26
    ikki oy mobaynida nima sodir bo'lyapdi?
  • 3:26 - 3:28
    Bu tovush rivojlanishi uchun juda dolzarb davr,
  • 3:28 - 3:30
    ammo u yerda nima sodir bo'lyapdi?
  • 3:30 - 3:32
    U yerda ikkita narsa sodir bo'lyapdi.
  • 3:32 - 3:35
    Birinchisi chaqaloqlar bizlarni biror maqsad bilan tinglayapdi,
  • 3:35 - 3:38
    ular bizlarning gapirishimizni tinglab, statistik ma'lumot olyapdilar --
  • 3:38 - 3:40
    ha, ular statistic ma'lumot olyapdilar.
  • 3:40 - 3:43
    Chaqaloqlarning tilida gapirayotgan ikkita onaning gapini eshiting --
  • 3:43 - 3:46
    bu biz yosh bolalar bilan gaplashadigan umumiy til --
  • 3:46 - 3:49
    birinchisi ingliz tilida va keyingisi yapon tilida.
  • 3:49 - 3:52
    (Video) Ingliz ona: Oh, sening katta moviy ko'zlaringni sevaman --
  • 3:52 - 3:55
    naqadar go'zal va ajoyib,
  • 3:56 - 4:02
    yapon ona: (yaponchada)
  • 4:02 - 4:04
    Patricia Kuhl: Nutq hosil qilish paytida,
  • 4:04 - 4:06
    chaqaloqlar tinglaganida,
  • 4:06 - 4:08
    ular eshitayotgan tili haqida
  • 4:08 - 4:11
    statistic ma'lumotlar olyapdilar.
  • 4:11 - 4:14
    Bu masofalar ortib boraveradi.
  • 4:14 - 4:16
    Biz chaqaloqlarning statistik ma'lumotga
  • 4:16 - 4:19
    e'tiborchan ekanligini anglab yetdik,
  • 4:19 - 4:22
    yapon va ingliz tillarining statistikasi esa bir biridadn juda, juda farq qiladi.
  • 4:22 - 4:25
    Bu chizma-masofa ko'rsatishi bo'yicha
  • 4:25 - 4:27
    ingliz tilida ko'p R va L tovushlari bor.
  • 4:27 - 4:29
    Yapon tilidagi tovushlarning tarqalishi butunlay boshqacha,
  • 4:29 - 4:32
    Yaponcha R deb ma'lum bo'lgan,
  • 4:32 - 4:35
    bir necha o'rta tovushlar borligini ko'rib turibmiz.
  • 4:35 - 4:37
    Shunday qilib, chaqaloqlar tilning
  • 4:37 - 4:39
    statistikasini ongiga singdirib oladilar
  • 4:39 - 4:41
    va bu ularning miyalarini o'zgartiradi;
  • 4:41 - 4:43
    ularni dunyo fuqarolaridan huddi biz kabi
  • 4:43 - 4:46
    madaniyatga bog'langan tinglovchilarga aylantiradi.
  • 4:46 - 4:48
    Ammo, biz o'smirlar ana o'sha
  • 4:48 - 4:50
    statistikani bundan buyon ongimizga singdirmayapmiz.
  • 4:50 - 4:53
    Chunki ongimizda rivojlanishning ilk davrida shakllangan
  • 4:53 - 4:56
    tushunchalar bizlarni boshqaradi.
  • 4:56 - 4:58
    Mana bu ko'rib turganimiz esa til rivojlanishi uchun dolzarb
  • 4:58 - 5:01
    davr nima haqidaligi bo'yicha modelimizni o'zgartiryapdi.
  • 5:01 - 5:04
    Matematik nuqtai nazardan muhokama qilishimiz bo'yicha
  • 5:04 - 5:07
    bu chizmadagi masofamiz bir tekis bo'lganda
  • 5:07 - 5:09
    til o'rganish sekinlashishi mumkin.
  • 5:09 - 5:12
    Bu esa ikki tilda gapiruvchi insonlar haqida ko'p savollarni keltirib chiqaradi.
  • 5:12 - 5:16
    Ikki tilda gapiruvchi insonlar bir paytning o'zida ikkita statistikani onglarida saqlashi shart
  • 5:16 - 5:19
    va kim bilan gaplashayotganligiga qarab,
  • 5:19 - 5:21
    bitta statistikadan keyin boshqasini almashtirishlari kerak.
  • 5:21 - 5:23
    Biz o'zimizga shunday savol berdik,
  • 5:23 - 5:26
    chaqaloqlar butunlay yangi tilning statistikasini qabul qila oladilarmi?
  • 5:26 - 5:28
    Buni hech qachon ikkinchi til eshitmagan
  • 5:28 - 5:30
    Amerikalik chaqaloqlarni til rivojlanishining dolzarb paytida
  • 5:30 - 5:33
    ilk bor Mandarin tilini eshittirish orqali sinab ko'rdik.
  • 5:33 - 5:35
    Taipei va Seattleda Mandarin tilining tovushlari bo'yicha
  • 5:35 - 5:38
    bir tilda gapiruvchilarni tekshirganimizda
  • 5:38 - 5:40
    ular huddi shunday nusxani ko'rsatdi.
  • 5:40 - 5:42
    6-8 oyliklar butunlay bir xil.
  • 5:42 - 5:45
    Ikki oy so'ngra, g'aroyib narsa sodir bo'ladi.
  • 5:45 - 5:48
    Amerikalik chaqaloqlar emas, balki taiwanlik chaqaloqlar tovushlarni ancha yaxshi ajratyapdi.
  • 5:48 - 5:51
    Shu davrda Amerikalik chaqaloqlarga Mandarin
  • 5:51 - 5:53
    tilini eshitdirdik.
  • 5:53 - 5:56
    Bu huddi mandarin tilida gapiruvchi qarindoshlarning sizni ko'rishga bir oyga kelib,
  • 5:56 - 5:58
    uyingizga ko'chib kelib,
  • 5:58 - 6:00
    chaqaloqlarga 12 dars mobaynida gapirishi kabidir.
  • 6:00 - 6:02
    Mana bu laboratoriyadagi ko'rinishi.
  • 6:02 - 6:24
    (Video) Mandarin tilida gapiruvchi: (Mandarin)
  • 6:24 - 6:26
    PK: Ho'sh, chaqaloqlarning kichkina miyalariga nima qildik>
  • 6:26 - 6:29
    (Kulgi)
  • 6:29 - 6:31
    Shunchaki laboratoriyaga kelish
  • 6:31 - 6:33
    Mandarin tiliga bo'lgan qobiliyatingizni rivojlantirmayotganligiga
  • 6:33 - 6:35
    ishonch hosil qilish uchun qiyosiy nazorat guruhini ham sinab ko'rdik.
  • 6:35 - 6:37
    Bir guruh chaqaloqlar kelib, ingliz tilini tinglashdi.
  • 6:37 - 6:39
    Bu chizmadan ko'rib turganimizdek
  • 6:39 - 6:41
    ingliz tilini eshitish ularning mandarin tilini rivojlantirmadi.
  • 6:41 - 6:43
    Lekin 12 martalik muddatda mandarin tilini eshitgan
  • 6:43 - 6:45
    chaqaloqlarga nima bo'lganiga e'tibor bering.
  • 6:45 - 6:47
    Ular Taiwan (Taivan) dagi 10 yarim oy mobaynida mandarin tilini
  • 6:47 - 6:50
    eshitayotgan chaqaloqlardek yaxshi bilardi.
  • 6:50 - 6:52
    Bu esa chaqaloqlarning yangi til
  • 6:52 - 6:54
    statistikasini o'zlashtirib olishini ko'rsatib berdi.
  • 6:54 - 6:58
    Chaqaloqlarning oldiga nima qo'ysangiz ham, ular narsalarning statistikasini o'zlashtirib oladi.
  • 6:58 - 7:00
    Ammo, bu o'rganish jarayonida
  • 7:00 - 7:02
    inson qanday vazifa bajarganligi
  • 7:02 - 7:04
    bizni qiziqtirdi.
  • 7:04 - 7:06
    Buni bilish uchun, boshqa bir guruh chaqaloqlar
  • 7:06 - 7:09
    bir xil miqdordagi, ya'ni huddi avalgidek 12 martalik muddatda
  • 7:09 - 7:11
    televizor ko'rib, tilni eshitishdi
  • 7:11 - 7:14
    va boshqa bir guruh chaqaloqlar esa faqatgina tovushlarni o'zini eshitdi va ekrandagi
  • 7:14 - 7:16
    ayiqchani tomosha qilishdi.
  • 7:16 - 7:19
    Biz ularning miyasiga nima qildik?
  • 7:19 - 7:22
    Ko'rib turganingiz faqat tinglashning natijasi --
  • 7:22 - 7:24
    hech qanday o'rganish sodir bo'lmadi --
  • 7:24 - 7:27
    va video bilan eshitish natijasi --
  • 7:27 - 7:29
    hech qanday o'rganish sodir bo'lmadi.
  • 7:29 - 7:31
    Chaqaloqlar statistikani anglab yetishlari uchun
  • 7:31 - 7:33
    insonning hizmati kerak.
  • 7:33 - 7:35
    Chaqaloqlar statistikani o'zlashtirayotganlarida
  • 7:35 - 7:37
    ijtimoiy miya boshqarib turadi.
  • 7:37 - 7:39
    Chaqaloqlar televizorning oldida bo'lganlarida,
  • 7:39 - 7:41
    so'ngra insonlarning oldida bo'lgan paytida
  • 7:41 - 7:43
    chaqaloqlarning miyasini tekshirib,
  • 7:43 - 7:45
    u yerda bu narsaning sodir bo'layotganini ko'ramiz.
  • 7:45 - 7:47
    Yaxhsiyamki, bizga bu ishni bajarimizga imkon beradigan
  • 7:47 - 7:49
    yangi asbob,
  • 7:49 - 7:51
    magnitoensefalograf bor.
  • 7:51 - 7:53
    Bu Marsdan kelgan soch qurituvchi asbobga o'xshaydi.
  • 7:53 - 7:55
    Lekin bu umuman xavfsiz,
  • 7:55 - 7:58
    kesuvchi emas va shovqinsiz.
  • 7:58 - 8:00
    Biz masofaga nisbatan
  • 8:00 - 8:02
    millimetrning aniqligiga
  • 8:02 - 8:04
    va 306 SQUID dan foydalangan holda
  • 8:04 - 8:06
    millisoniya aniqligiga qaraypamiz,
  • 8:06 - 8:08
    bular (ya'ni SQUID) - yuzadan o'tuvchi kvantum
  • 8:08 - 8:10
    interferensiya asboblari --
  • 8:10 - 8:12
    bular biz o'ylagan sayin o'zgaradigan
  • 8:12 - 8:14
    magnit sohalarini aniqlab oladi.
  • 8:14 - 8:16
    Dunyoda eng avval biz
  • 8:16 - 8:18
    magnitoensefalograf asbobi yordamida
  • 8:18 - 8:20
    chaqaloqlarni o'rganayotgan paytida
  • 8:20 - 8:22
    tekshiryapmiz.
  • 8:22 - 8:24
    Mana bu jajji Emma.
  • 8:24 - 8:26
    U olti oylik.
  • 8:26 - 8:28
    U qulog'iga taqib olgan eshitish asboblari bilan
  • 8:28 - 8:31
    har xil tillarni eshityapdi.
  • 8:31 - 8:33
    Ko'rib turganingizdek, u bemalol harakat qila oladi.
  • 8:33 - 8:35
    shapkadagi kichkina sharchalar bilan
  • 8:35 - 8:37
    uning boshining harakatini kuzatib turibmiz,
  • 8:37 - 8:40
    u esa butunlay erkin harakat qilishi mumkin.
  • 8:40 - 8:42
    Bu texnologik qobiliyat.
  • 8:42 - 8:44
    Nimani ko'ryapmiz?
  • 8:44 - 8:46
    Chaqaloqning miyasini ko'ryapmiz.
  • 8:46 - 8:49
    Chaqaloq ona tilidagi so'zni eshitishi bilan
  • 8:49 - 8:51
    eshitish sohalari ochiladi,
  • 8:51 - 8:53
    keyin esa uning atrofidagi sohalar, ya'ni
  • 8:53 - 8:56
    miyaning atrofidagi har xil sohalari bilan bog'laydigan
  • 8:56 - 8:58
    sohalarini
  • 8:58 - 9:00
    va miyaning bir sohasi
  • 9:00 - 9:03
    boshqa birini harakatga keltiruvchi qismlarini harakatga keltiradi.
  • 9:03 - 9:05
    Biz chaqaloq miyasining
  • 9:05 - 9:08
    rivojlanishi haqidagi ilmning
  • 9:08 - 9:11
    ulkan va oltin asriga kelyapmiz.
  • 9:11 - 9:13
    Chaqaloq his tuyg'u sezgan,
  • 9:13 - 9:15
    gapirish va o'qishni o'rgangan,
  • 9:15 - 9:17
    matematika masalasini yechgan
  • 9:17 - 9:19
    va fikrga ega bo'lgan paytlarida
  • 9:19 - 9:21
    biz chaqaloqning miyasini ko'ra olamiz.
  • 9:21 - 9:24
    O'rganishga qiynalgan bolalar uchun miyaga asoslangan
  • 9:24 - 9:27
    o'rganishga yordam berish usullarini kashf qilishga imkoniyatimiz bo'ladi.
  • 9:27 - 9:30
    Huddi shoir va yozuvchilar tasvirlaganidek,
  • 9:30 - 9:32
    mening fikrimcha, biz ham bolaning ongidagi
  • 9:32 - 9:34
    o'sha ajoyib ochiqlikni,
  • 9:34 - 9:36
    mukammal va cheksiz ochiqlikni
  • 9:36 - 9:39
    ko'ra olamiz.
  • 9:39 - 9:41
    Bolaning miyasini o'rganish bilan,
  • 9:41 - 9:43
    biz inson bo'lish nima ekanligi haqidagi
  • 9:43 - 9:45
    chuqur haqiqatni bila olamiz,
  • 9:45 - 9:47
    shu bilan birga
  • 9:47 - 9:49
    butun hayotimiz davomida ongimizni ilm uchun, o'rganish uchun ochiq saqlay olishimizga
  • 9:49 - 9:51
    imkoniyatimiz bo'lishi mumkin.
  • 9:51 - 9:53
    Rahmat.
  • 9:53 - 9:56
    (Qarsaklar)
Title:
Patricia Kuhl: Chaqaloqlarning tilshunoslik daholigi
Speaker:
Patricia Kuhl
Description:

TEDxRainier da, Patricia Kuhl chaqaloqlarning tillarni qanday o'rganishi haqidagi hayratlanarli topilmalarni aytib beradi. Ular atrofdagi insonlarni tinglab va bilishi kerak bo'lgan tovushlar haqida statistikani oladilar. 6 oylik chaqaloqlar atrofidagi olamni tushunishlari uchun qanday murakkab fikrlashlarini oqilona laboratoriya tajribalari (va miya tekshirishlari) ko'rsatib beradi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
09:57
Gulnoza Yakubova added a translation

Uzbek subtitles

Revisions