Uzbek subtitles

← Qanday qilib sun'iy intellekt bizning xotiramiz va ijtimoiy hayotimizni yaxshilashi mumkin

Get Embed Code
35 Languages

Showing Revision 20 created 05/04/2020 by Nazarbek Nazarov.

  1. Men bu yerda turishimdan maqsad, soham,
    sun'iy intellekt haqida
  2. yangicha fikrlashni taklif qilish.
  3. Menimcha SI ning maqsadi
  4. bu insonlarni mashina intellekti
    bilan kuchaytirishdir.
  5. Mashinalar aqlliroq bo'lgan sari
  6. biz aqlliroq bo'lamiz.
  7. Men buni "insoniy SI" deb atayman.
  8. Sun'iy intellekt odamlar bilan o'zaro
    ishlashi va ularni rivojlanishiga
  9. yordam berishi orqali insonlarning
    ehtiyojlarini qondiradi.
  10. Hozirgi kunda yordamchi intellekt
  11. g'oyasi katta mavzuga aylanganligidan
  12. juda hursandman.
  13. Bu odamlar va SI o'rtasidagi faollikni
    ifodalash uchun o'rinli metaforadir.
  14. Men yaratishga hissamni qo'shgan SI
    Siri deb ataladi.
  15. Siz Sirini bilasiz.

  16. Siri sizning maqsadingizni tushuna oladi,
    hamda uni
  17. amalga oshirishda yordam beradi,
  18. va uni bajarishda qo'l keladi.
  19. Ammo siz bilmaydigan bitta narsa bor:
    Sirini aslida
  20. ijtimoiy SI sifatida,
    suhbat interfeysida
  21. insonni o'rnini to'ldirib turishi uchun
    va mobil hisoblash
  22. vazifalarini bajarishda yordam
    berishi uchun
  23. ishlab chiqqan edik.
  24. Hozirda ko'pchiligimiz uchun bu

  25. texnologiyaning ta'siri ish bajarishni
    biroz bo'lsa-da
  26. yengillashtirishidadir.
  27. Lekin mening do'stim Daniel uchun
  28. buning ta'siri butun hayotini o'zgartirdi.
  29. Bilasizmi,
    Daniel juda ham kirishimli yigit,
  30. lekin u ko'r va qo'l oyoqlari shol.
  31. Shuning uchun biz bemalol ishlata
    oladigan moslamalarni u ishlata olmaydi.
  32. Ohirgi marta men uning uyiga borganimda
    uning akasi
  33. "Biroz kuting, Daniel hali tayyor emas.
  34. U online tanishgan qizi bilan
    gaplashyapti" dedi.
  35. Men "Zo'rku, buni qanday uddaladi?" dedim.
  36. Daniel ijtimoiy hayotini boshqarish
    uchun Siridan foydalanadi.
  37. U ko'makdoshining yordamisiz
  38. e-mail, sms va qo'ng'iroq qila
    olishi mumkin.
  39. Bu qiziq, shunday emasmi?
  40. Taqdir hazili shundaki,
  41. Sun'iy Intellekt unga aqlli inson bilan
    muloqot qilishda
  42. yordam berayapti.
  43. Bu insoniy Sun'iy Intellektdir.
  44. Yana bir yorqin misol bu saraton
    kasalligiga

  45. tashhis qo'yishdadir.
  46. Vrachlar saratonni gumon qilganda,
  47. ular qondan namuna olib patologga
    jo'natadi.
  48. Patolog uni mikroskopda ko'radi.
  49. Patologlar bir kunda yuzlab namunalar va
  50. minglab hujayralarga qaraydi.
  51. Bu vazifani yengillashtirish
  52. maqsadida ba'zi olimlar tasniflagich
    SI yaratishdi.
  53. Ushbu tasniflagich namunalarga qarab
    saraton bor
  54. yoki yo'qligini aytadi.
  55. Dastlab tasniflagich juda yaxshi
  56. ishlayotgan edi, lekin inson kabi
  57. doim ham to'g'ri aytib bera olmasdi.
  58. Ammo qachonki olimlar inson intellekti va
    mashina qobiliyatini birlashtira olganda

  59. aniqlik 99.5 foizga oshdi.
  60. Shunda SI bilan hamkorlikda ishlash
    patologlar bir o'zlari
  61. ishlaganda qiladigan xatoliklarini
    85 foizga kamaytirdi.
  62. Bu juda ham ko'p oldi olinmagan
    saraton kasalliklaridir.
  63. Qizig'i shundaki, insonlar yolg'on
  64. alomatni inkor etishni yaxshi uddalasa,
    mashina esa aniqlanishi qiyin
  65. bo'lgan alomatlarni topa oladi.
  66. Bundagi saboq qaysi biri tasniflash
    vazifasini
  67. yaxshi bajara olishida emas.
  68. Chunki narsalar doim o'zgarib turadi.
  69. Balki,
  70. inson va dastgoh qobiliyatini
    birlashtirish orqali
  71. superinsoniy vazifani bajarishda
    sheriklik yaratilishidir.
  72. Bu insoniy SI dir.
  73. Keling, yana bir misolni olaylik.

  74. Bu tezlikni
  75. yaratishdir.
  76. Masalan, siz muhandissiz.
  77. Siz dron uchun rom yaratmoqchisiz.
  78. Siz uni eng yoqtirgan dasturli
    3D dasturingizda tayyorlaysiz
  79. va shaklni hamda homashyolarni kiritasiz.
    So'ng siz bajarilishini tahlil qilasiz.
  80. Bu bitta dizaynni beradi.
  81. Agar siz o'sha dastgohlarni SI ga
    bersangiz,
  82. u minglab dizaynlarni yarata oladi.
  83. Autodesk yaratgan ushbu video ajoyib.

  84. Bu haqiqatdan ham ajoyib.
  85. U biz dizayn qilgan narsani yaratadi.
  86. Muhandis inson dizayn bilan
  87. nimaga erishish kerakligini aytadi
  88. va mashina
  89. "Mana namunalar" deb
  90. ko'rsatadi va endi muhandisning vazifasi
    inson sifatida o'zi
  91. ma'qul deb biladigan, dizayn maqsadiga
    mos tushadigan
  92. variantni insoniy fikr va tajribaga
    asoslanib
  93. tanlaydi.
  94. Natijada yaratilgan mahsulot
  95. huddi tabiat yaratgan narsaday ko'rinadi.
  96. Bir necha million yillik evolyutsiya
  97. va shuncha keraksiz bo'lgan mo'yna.
  98. Keling endi bu insoniy SI, agar biz uni
    ortidan ergashsak, qayerga yetaklab

  99. olib borishi mumkinligi haqida
    gaplashaylik.
  100. Biz hammamiz qanaqa rivojlanishni
    istaymiz?
  101. Kognitiv rivojlanishga nima deysiz?
  102. "Biz mashinalarni qanchalik
  103. aqlli qila olamiz?" deb so'rashni o'rniga,
  104. keling, "Ular bizni
  105. qanchalik aqlli qilishi mumkin?"
    deb so'raylik.
  106. Misol sifatida xotirani olaylik.
  107. Xotira bu inson intellektining asosidir.
  108. Lekin inson xotirasi kamchilikka egaligi
    hammaga ma'lum.
  109. Biz hikoya qilishda yaxshimiz, ammo uning
  110. detallarida unchalik emas.
  111. Va bizning xotiramiz vaqt o'tishi
    bilan sustlashadi.
  112. Ya'ni, 60-yillar qayga ketgan bo'lsa
    men ham o'sha yerga ketaman.
  113. (Kulgu)

  114. Ammo sizda kompyuter xotirasi singari
    xotira bo'lganda

  115. nima qilgan bo'lardingiz?
  116. Siz hayotingizda uchratgan har bir
    inson ismini eslab,
  117. ismini qanday qilib talaffuz qilishni,
  118. ularning oilasiga taaluqli detallarni,
    xatto
  119. so'nggi bor qachon gaplashganingizni
  120. eslay olganingizda nima bo'lardi?
    Sizda shunday xotira
  121. butun umr davomida bo'lsa, barcha
    insonlar bilan qilingan suhbatlarni
  122. ko'rish va ancha oldingi
  123. munosabatlaringizni eslashga yordam bera
    oladigan SI bo'lsa.
  124. Agarda SI siz o'qigan har qanday narsani
    o'qib bera olsa va eshitgan har qanday
  125. musiqasini kuylab bera olsa
    nima bo'lgan bo'lardi?
  126. Kichkinagina ishora bilan u sizga
    oldin eshitgan har qanday narsani
  127. eslatib bera olsa, siz yangi aloqalar
    qilish
  128. va yangi g'oyalar shakllantirish
    qobiliyatiga ega bo'lishni
  129. tasavvur qilib ko'ring.
  130. Bizning tanamizchi?

  131. Biz yegan har bitta ovqatimiz, qabul
    qilgan tabletkamiz
  132. va yotishdan oldin qabul qilgan
  133. dori ta'sirini eslay olganimizdachi?
  134. Bizda to'plangan ma'lumotlardan kelib
    chiqib, nimalar
  135. o'zimizni yaxshi his qilishimizga undashi
    haqida ilmiy ish qilishimiz mumkin.
  136. Tasavvur eting, allergiya va surunkali
    kasalliklarni
  137. boshqarishimizda bu qanchalik
    qo'l kelishini.
  138. Men SI shaxsiy xotirani kuchaytira
    olishiga ishonaman.

  139. Men qachon va qanday omillar bilan
    bog'liqligini aniq
  140. aytolmayman, ammo bu muqarrarligi aniq,
  141. chunki SI ni hozirgi kunda muvaffaqqiyatli
    qilgan narsa bu
  142. keng qamrovli ma'lumotlar bazasidir,
  143. mashinalarning ushbu bazadan har
    kunlik turmushda
  144. foydalana olishidadir.
  145. Ushbu ma'lumotlar bazasi hozir hammamiz
    uchun mavjud,
  146. chunki biz telefonda va online orqali
  147. raqamli, vositali hayot olib borayapmiz.
  148. Mening fikrimcha, shaxsiy xotira bu
    xususiy xotiradir.

  149. Biz nimani eslash kerakligini o'zimiz
    tanlaymiz.
  150. Bu mutlaqo alohida saqlanishi kerak.
  151. Hozir, bizning ko'pchiligimiz

  152. uchun rivojlangan shaxsiy xotira ta'siri
  153. yaxshilangan ruhiy yutuq bo'lardi.
  154. Ehtimol, bu ijtimoiy yutuq hamdir.
  155. Lekin Altsgeymer va ruhiy kasalligiga
    uchragan millionlab odamlar uchun
  156. rivojlangan xotira ularning hayotiga
    o'zgarish
  157. kiritishi ular hayotidagi yolg'izlik, qadr-qimmat,
  158. hamda o'zaro aloqadagi o'zgarishdir.
  159. Biz hozir sun'iy intellektning renessans
    davri o'rtasida turibmiz.

  160. Ya'ni, o'tgan bir necha yil davomida
  161. biz yillar davomida kurashib kelayotgan
  162. SI muammolariga yechimni kuzatishimiz
    mumkin.
  163. Bu muammolar suhbatni anglash, yozuvni
    va rasmni
  164. fahmlashdan iborat edi.
  165. Biz bunday kuchli texnologiyani qanday
    foydalanishni o'zimiz tanlashimiz mumkin.
  166. Biz SI ni bizni avtomatlashtirish va biz
    bilan raqobatlasha olishi,
  167. yoki undan bizni rivojlantirishi va biz
    bilan birga ishlashi uchun,
  168. bizning kognitiv cheklovlarimizni yengish
  169. va biz qilayotgan ishni yaxshiroq
    bajarish maqsadida
  170. foydalanishimiz mumkin.
  171. Biz mashinalarga intellekt o'rnatishning
    yangi yo'llarini topganimiz sari,
  172. ushbu intellektni sharoitidan qat'iy
    nazar,
  173. har bir ko'makdoshga muhtoj bo'lgan odamga
  174. yordam berishga hissamizni qo'shishimiz
    mumkin.
  175. Shuning uchun,
  176. har safar mashina aqlliroq bo'lgani sari
  177. biz aqlliroq bo'lamiz.
  178. Shu sababli SI boshqalar bilan
    ulashishga arziydi.

  179. Rahmat.

  180. (Qarsaklar)