Return to Video

Tabassumning yashirin qudrati

  • 0:01 - 0:03
    Bolaligimda doim superqahramon
    bo’lishni istardim.
  • 0:03 - 0:07
    Dunyoni qutqarish va hammani
    baxtli qilishni xohlardim.
  • 0:07 - 0:11
    Ammo orzularim ro’yobi uchun
    g’ayritabiiy kuch kerakligini bilardim.
  • 0:11 - 0:13
    Kripton sayyorasidan
    intergalaktik obyektlarni
  • 0:13 - 0:16
    topish uchun tasavvurimdagi
    sayohatlarga chiqardim,
  • 0:17 - 0:19
    bu o’ta maroqli edi, ammo
    undan aytarli natija chiqmasdi.
  • 0:20 - 0:22
    Voyaga yetib ilmiy-fantastika
  • 0:22 - 0:25
    g’ayritabiiy kuchlarning yaxshi
    manbai emasligini anglaganimda,
  • 0:25 - 0:28
    foydaliroq haqiqatni izlab topish
    uchun haqiqiy
  • 0:28 - 0:30
    ilm-fan sayohatiga otlandim.
  • 0:31 - 0:33
    Sayohatimni Kaliforniyadan
  • 0:33 - 0:36
    UC Berkeleyning eski vinetkalardan
    talabalarning suratini ko'zdan
  • 0:36 - 0:40
    kechirib, ularning umrlari davomida
    erishgan muvaffaqiyat va sog’lik
  • 0:40 - 0:45
    darajasini o’lchashga uringan 30
    yillik longityud tadqiqotidan boshladim.
  • 0:45 - 0:47
    Talabalarning tabassumini o’lchash orqali
  • 0:47 - 0:48
    tadqiqotchilar sinaluvchilarning
  • 0:48 - 0:53
    oilaviy turmushi qanchalik muvaffaqiyatli
    va mustahkam bo’lishini
  • 0:53 - 0:54
    (Kulgu)
  • 0:54 - 0:58
    tibbiy ko’rik natijalarini va atrofdagi
    insonlarni qanchalik ilhomlantira
  • 0:58 - 1:00
    olishini oldindan aytib bera olardilar.
  • 1:01 - 1:04
    Boshqa bir vinetkada, Barak Obamaning
    suratiga ko’zim tushdi.
  • 1:05 - 1:06
    Suratini ilk bor ko’rganimda,
  • 1:06 - 1:10
    uning g’ayritabiiy kuchlari super
    yoqalarida deb o’yladim.
  • 1:10 - 1:11
    (Kulgu)
  • 1:11 - 1:13
    Biroq gap tabassumida ekanligini bildim.
  • 1:14 - 1:19
    Yana bir aha! 2010-yil Uoyne Davlat
    Universitetining 50-yillar Asosiy Liga
  • 1:19 - 1:23
    o’yinchilari kartalarini ko'zdan
    kechirgan tadqiqot proyektida yuz berdi.
  • 1:24 - 1:27
    Tadqiqotchilar o’yinchining jilmayish
    oralig'i uning umr ko’rish
  • 1:27 - 1:30
    yoshi oralig’ini oldindan aytishi
    mumkinligini aniqladi.
  • 1:31 - 1:33
    Suratlarida tabassum qilmagan o’yinchilar
  • 1:33 - 1:36
    o’rtacha atigi 72,9 yil umr ko’rganlar.
  • 1:36 - 1:39
    aksincha yuzida shodon tabassumi bo’lgan
  • 1:39 - 1:41
    o’yinchilar o’rtacha 80 yil yashaganlar.
  • 1:41 - 1:43
    (Kulgu)
  • 1:43 - 1:46
    Yaxshi xabar shundaki,
    biz jilmayib dunyoga kelamiz.
  • 1:47 - 1:49
    3D Ultraovoz texnologiyasidan foydalanib,
  • 1:49 - 1:52
    hozirda rivojlanayotgan bolaning hatto
    ona qornida jilmayib
  • 1:52 - 1:53
    turganini kuzata olamiz.
  • 1:54 - 1:57
    Ular dunyoga kelib ham jilmayishda
    davom etadilar--
  • 1:57 - 1:59
    dastavval, ko’pincha uyqusida.
  • 1:59 - 2:01
    Va hattoki ojiz go’daklar ham
  • 2:01 - 2:03
    inson tovushiga jilmayishadi.
  • 2:04 - 2:07
    Tabassum barcha insonlarning eng
    sodda, biologik qaror
  • 2:07 - 2:09
    topuvchi yuz ifodalaridan biri sanaladi.
  • 2:09 - 2:12
    Papua Yangi Gvineyada o’tkazilgan
  • 2:12 - 2:16
    tadqiqotlarda, Paul Ekman, yuz
    ifodalarida sayyoramizning eng atoqli
  • 2:16 - 2:19
    tadqiqotchisi hatto G’arb dunyosidan
  • 2:19 - 2:22
    butunlay uzilib qolgan va yana
    noodatiy kannibalizm
  • 2:22 - 2:25
    udumlariga amal qiluvchi For qabilasi ham
  • 2:25 - 2:27
    (Kulgu)
  • 2:27 - 2:29
    bir xil vaziyatni xuddi siz va bizdek
  • 2:29 - 2:31
    tabassumga yo’yganlar.
  • 2:32 - 2:34
    Papua Yangi Gvineyadan tortib
  • 2:34 - 2:37
    Gollivudgacha,
  • 2:37 - 2:40
    Beijingdagi zamonaviy san’atga qadar,
  • 2:40 - 2:42
    biz tez-tez jilmayamiz,
  • 2:42 - 2:45
    va tabassum vositasida shodlik va
    mamnunlikni ifodalaymiz.
  • 2:46 - 2:49
    Bu zaldagi insonlardan necha nafari
    kuniga 20 martadan ortiq jilmayadi?
  • 2:49 - 2:51
    Shunday bo'lsa, qo'lingizni
  • 2:51 - 2:53
    ko'taring. Voyvo.
  • 2:53 - 2:54
    Bu zaldan tashqarida,
  • 2:54 - 2:58
    uchdan birimizdan ko'prog’i
    kuniga 20 martadan ko’proq jilmayadi,
  • 2:58 - 3:02
    va 14 foizimizdan kamrog’imiz
    5 martadan kamroq tabassum qilamiz.
  • 3:02 - 3:08
    Darhaqiqat, eng ajoyib g'ayritabiiy
    kuch sohiblari aslida kichkintoylar,
  • 3:08 - 3:11
    ular kuniga 400 martadan ko’proq
    tabassum qiladilar.
  • 3:12 - 3:14
    Hech e'tibor berganmisiz, nega
    yuzidan tabassum
  • 3:14 - 3:18
    arimaydigan bolalar atrofida bo’lsangiz,
    yuzingizga tabassum yuguradi.
  • 3:19 - 3:22
    Shvetsiyaning Upsala
    Universitetida o'tkazilgan so’nggi
  • 3:22 - 3:27
    tadqiqot jilmayib turgan kishiga qovog’
    uyish nihoyatda mushkulligini aniqladi.
  • 3:27 - 3:28
    Nega deysizmi?
  • 3:28 - 3:31
    Tabassum evolyutsion jihatdan
    yuqumli va u odatda
  • 3:31 - 3:35
    yuzdagi boshqaruvchi
    mushaklar faoliyatini susaytiradi.
  • 3:36 - 3:39
    Jilmayishga urinib ko’rish va uni
    tanada tuyish
  • 3:39 - 3:43
    tabassumimiz sohta yoki
    samimiy ekanligini tushunishimizga va bu
  • 3:43 - 3:46
    yordamida tabassum egasining hissiy
    holatini tushunishga yordam beradi.
  • 3:47 - 3:49
    Taqlid borasida Fransiyaning
  • 3:49 - 3:52
    Klermont-Ferrand Universititetida
    yaqinda o’tkazilgan tadqiqot
  • 3:52 - 3:56
    yuzdagi tabassumga javobgar
    yuz mushaklarini susaytirish maqsadida
  • 3:56 - 4:00
    og’zida qalam tutib tabassum sohta
    yoki samimiy ekanligini aniqlash so’raldi
  • 4:01 - 4:04
    Sinaluvchilar qalamsiz mukammal
    hakamlik qildilar,
  • 4:04 - 4:06
    biroq og’zida qalam tutganlarida --
  • 4:06 - 4:08
    guvohi bo'lgan tabassumga
    taqlid qila olmaganlarida
  • 4:08 - 4:10
    xulosalarida xatoliklar yuz bergan.
  • 4:10 - 4:12
    (Kulgu)
  • 4:12 - 4:15
    Charlz Darvin o’zining "Turlarning
    kelib chiqishi," asarida
  • 4:15 - 4:20
    evolyutsion nazariya bilan birga qayta
    aloqa haqida ham yozib o'tgan.
  • 4:20 - 4:25
    Uning nazariyasiga ko’ra, tabassum
    ijobiy hissiyotlarning natijasigina
  • 4:25 - 4:29
    emas, tabassum qilishning o'zi
    ijobiy hissiyotlarni uyg'ota oladi.
  • 4:29 - 4:34
    Darvin o’z tadqiqotida Fransuz
    nevrologi Giyom Dushenning yuziga
  • 4:34 - 4:39
    tabassum yugurtirish va faollashtirish
    uchun elektr shoklarni yuborgan.
  • 4:39 - 4:41
    Iltimos, buni uyda o’zingizda sinamang.
  • 4:41 - 4:43
    (Kulgu)
  • 4:44 - 4:45
    Shunga aloqador nemis tadqiqotida,
  • 4:45 - 4:49
    tadqiqotchilar yuzning jilmayishga
    javobgar mushaklarini falaj qilish uchun
  • 4:49 - 4:54
    botoksdan oldin va undan so’ng miya
    faoliyatini o’lchashda MRTdan foydalandi.
  • 4:55 - 4:57
    Natijalar Darvinning nazariyasini
    tasdiqladi,
  • 4:57 - 4:59
    yuzdagi qayta aloqa jilmayganimizda
  • 4:59 - 5:03
    miyadagi hissiyotlar holatini
    neyronlar aloqasini yaxshilash orqali
  • 5:03 - 5:06
    jilmayganimizda iliq hislarni
    tuyishimizga ko’maklashadi.
  • 5:08 - 5:10
    Tabassumning miyadagi rag’bat
    markaziga
  • 5:10 - 5:11
    ta'sirini rohat hissini
  • 5:12 - 5:14
    uyg’otuvchi vosita sifatida
    tanilgan shokoladga
  • 5:14 - 5:16
    ham qiyoslab bo’lmaydi.
  • 5:16 - 5:19
    Britaniyalik tadqiqotchilar bir tabassum
  • 5:19 - 5:22
    2000 ta shokolad qutisidagi
    shokoladlarni yeganingizdagi
  • 5:22 - 5:25
    miya stimulini yarata olishini aniqladi.
  • 5:25 - 5:28
    (Kulgu)
  • 5:28 - 5:29
    Shoshmang --
  • 5:29 - 5:33
    Ayni shu tadqiqotda aytilishicha,
    tabassum qilish hisobingizga 16.000 funt
  • 5:33 - 5:37
    sterling naqd pul qabul qilganingizda his
    etiladigan hissiyotni uyg'otadi.
  • 5:37 - 5:38
    (Kulgu)
  • 5:38 - 5:40
    Bu degani bir dona tabassum 25 funt.
  • 5:40 - 5:41
    Chakki emas.
  • 5:41 - 5:43
    Boshqacharoq o'ylab ko'ring:
  • 5:43 - 5:46
    400ni 25,000 martaga oshirsak --
  • 5:46 - 5:49
    anchagina bolalar o’zini har kuni
    Mark Zukerberg kabi his qilishyapti.
  • 5:49 - 5:51
    (Kulgu)
  • 5:51 - 5:52
    Bir quloch shokoloddan farqli,
  • 5:52 - 5:55
    bir quloch tabassum bilan
    sog’lomroq bo'lasiz.
  • 5:55 - 5:59
    Jilmayish stressni
    faollashtiruvchi gormonlardan kortizol,
  • 5:59 - 6:02
    adrenalin va dofaminni kamaytirib,
  • 6:02 - 6:06
    kayfiyatni ko’taruvchi
    gormonlardan endorfinlarni oshiradi
  • 6:06 - 6:09
    va umumiy qon bosimini tushiradi.
  • 6:09 - 6:11
    Bu ham yetarli bo'lmasa,
  • 6:11 - 6:14
    tabassum boshqalar ko’z
    o’ngida sizni xushsurat ko’rsata oladi.
  • 6:14 - 6:18
    Penn Davlat Universitetida
    yaqinda o’tkazilgan tadqiqotga ko'ra,
  • 6:18 - 6:22
    jilmayganingizda siz yanada
    xushro’y va xushmuomala ko’rinibgina
  • 6:22 - 6:25
    qolmaysiz, balki yanada tajribali
    qiyofada namoyon bo'lasiz.
  • 6:26 - 6:28
    Qachon salobatli va tajribali
    ko’rinishni,
  • 6:28 - 6:31
    stressni kamaytrish yoki oilaviy
    turmushingizni yaxshilash
  • 6:31 - 6:35
    yoki yuqori sifatli, kaloriyasiz
    shokoladni yegandek his etishni
  • 6:35 - 6:37
    yoki asrlardan buyon kiymagan
  • 6:37 - 6:43
    kamzulingizdan 25 funt topib olgandek
    his qilishni yoki o'zingiz va
  • 6:43 - 6:46
    atrofingizdagilarning uzoq,
    sog’lom va baxtliroq umr kechirishlariga
  • 6:46 - 6:49
    ko’maklashuvchi g'ayritabiiy kuchingizdan
  • 6:49 - 6:53
    foydalanmoqchi bo’lsangiz,
  • 6:53 - 6:55
    tabassum qiling.
  • 6:55 - 6:59
    (Qarsaklar)
Title:
Tabassumning yashirin qudrati
Speaker:
Ron Gatmen
Description:

Ron Gatmen tabassum mavzusida bir qancha tadqiqotlarni ko'zdan kechirib, ba'zi kutilmagan natijalarni oshkor qiladi. Yuzingizdagi tabassum qancha umr ko'rishingizni oldindan aytib berishi mumkinligini -- va aynan shu oddiygina tabassum umumiy salomatligimizga muayyan darajada ta'sir ko'rsatish kuchiga ega ekanligini bilardingizmi? Evolyutsion jihatdan yuqumli sanalgan bu fe'l-atvorni o'rganish davomida bir-ikkita yuz mushaklaringizni mashq qildirishga hozirlang.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
07:06
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Aziza Pulatova edited Uzbek subtitles for The hidden power of smiling
Show all

Uzbek subtitles

Revisions