Return to Video

Sizning hayotingizda omad qanday rol o'ynaydi?

  • 0:01 - 0:02
    Hammaga salom.
  • 0:02 - 0:06
    Siz bilan suhatlashish
    men uchun sharaf,
  • 0:06 - 0:12
    va bugun men omad va adolat hamda
  • 0:12 - 0:14
    ularning aloqadorligini gapirmoqchiman.
  • 0:14 - 0:16
    Bir necha yil oldin
  • 0:16 - 0:19
    mening sobiq talabam qizi haqida
    gaplashish uchun
  • 0:19 - 0:21
    menga qo'ng'iroq qildi.
  • 0:21 - 0:23
    Uning litseyning
    yuqori sinfida o'qiydigan qizi
  • 0:23 - 0:29
    men ta'lim beradigan
    Svartmor kollejiga hujjat topshirishni
  • 0:29 - 0:30
    jin dildan istar ekan,
  • 0:30 - 0:35
    u qizi o'qishga kira olish yo kirmasligi
    haqida mening fikrimni bilmoqchi edi.
  • 0:35 - 0:40
    Svatmorga o'qishga kirish juda ham qiyin.
  • 0:40 - 0:42
    Shu sababdan "Menga u haqida
    gapirib berchi?" dedim.
  • 0:42 - 0:44
    Va u qizi haqida,
  • 0:44 - 0:47
    uning baholari,
    imtihonda to'plagan ballari haqida,
  • 0:47 - 0:49
    darsdan tashqari mashg'ulotlari
    haqida gapirib berdi.
  • 0:49 - 0:51
    U shunchaki super yulduzligi ayon edi,
  • 0:51 - 0:54
    ajoyib, juda ham ajoyib qiz.
  • 0:54 - 0:56
    Shuda men "U misli ko'rilmagan ajoyib qiz.
  • 0:56 - 0:59
    U Svartmor ega bo'lishni istaydigan
  • 0:59 - 1:02
    talabaning aynan o'zi ekanligi
    ko'rinib turibdi" dedim.
  • 1:02 - 1:06
    Shunda u "Demak, bu u o'qishga kira oladi
    deganimi?" deb so'radi.
  • 1:06 - 1:09
    Men esa "Yo'q" deb javob berdim.
  • 1:09 - 1:13
    "Svartmor sinfida yaxshi odamlar uchun
  • 1:13 - 1:15
    yetarlicha joy yo'q.
  • 1:15 - 1:19
    Garvardda ham, Yelda ham, Prinstonda ham,
    Stendfordda ham joylar yetarli emas.
  • 1:19 - 1:23
    Google, Amazon yoki Appleda ham
    joylar yetarli emas.
  • 1:23 - 1:28
    Hattoki, TED konferensiyasida ham
    joylar yetarli emas.
  • 1:28 - 1:30
    Yaxshi insonlar juda ham ko'p,
  • 1:30 - 1:35
    lekin ba'zilari buni uddalay olmaydi".
  • 1:35 - 1:38
    U esa "Xo'sh, unda biz
    nima qilishimiz kerak?" dedi.
  • 1:38 - 1:42
    Va men "Bu juda ham yaxshi savol" dedim.
  • 1:42 - 1:44
    Biz nima qilishimiz kerak?
  • 1:44 - 1:48
    Men kollej va universitetlar
    yo'l tutganini bilaman.
  • 1:48 - 1:51
    Adolatli bo'lishi uchun
  • 1:51 - 1:56
    ular me'zonlarni oshirishni
    davom ettirgan,
  • 1:56 - 2:02
    chunki malakasi kam odamlarni
    qabul qilish va
  • 2:02 - 2:05
    yuqori malakalilarni
    rad etish adolatsizlik bo'lardi,
  • 2:05 - 2:09
    shuning uchun standartlar o'zingiz mos
    bo'lgan talabalar safidan joy olishingiz
  • 2:09 - 2:11
    uchun yetarli darajada
    yuqori bo'lmagunicha
  • 2:11 - 2:16
    siz ularni yanada yuqoriroq darajada
    ko'tarishda davom etaverasiz.
  • 2:16 - 2:22
    Bu esa ko'p odamlarning adolat va xolislik
    haqidagi fikrini butunlay o'zgartiradi.
  • 2:22 - 2:25
    Amerika jamiyatida odamlar
    biror-bir jarayonni adolatli deyish
  • 2:25 - 2:29
    qanday ma'noni anglatishi haqida
    turlicha fikrga ega,
  • 2:29 - 2:33
    lekin menimcha, deyarli barcha insonlar
    aynan bitta fikrga qo'shilishadi,
  • 2:33 - 2:36
    qonuniylik tizimida, adolat tizimida
  • 2:36 - 2:38
    odamlar o'zi loyiq
    narsagagina erishadi.
  • 2:38 - 2:41
    Men sobiq talabamga
    o'qishga kirish haqida gap ketganda
  • 2:41 - 2:45
    odamlar o'zlari munosib bo'lgan
    narsaga erishishlari
  • 2:45 - 2:49
    shunchaki haqiqat emasligi haqida aytdim.
  • 2:49 - 2:53
    Ba'zi insonlari o'zlari munosib bo'lgan
    narsalarga erishishadi,
  • 2:53 - 2:56
    ba'zilari esa yo'q, hayot o'zi shunday.
  • 2:56 - 3:00
    Agar siz kollej talablarini qondirsangiz
  • 3:00 - 3:03
    siz o'rta maktab o'quvchilari o'rtasida
  • 3:03 - 3:05
    juda kuchli raqobatni yaratasiz,
  • 3:05 - 3:08
    chunki yaxshi bo'lishning
    o'zi yetarli emas,
  • 3:08 - 3:10
    talablarni qondirish
    ham yetarli emas,
  • 3:10 - 3:14
    siz boshqa hujjat topshirgan barcha
    talabalardan yaxshiroq bo'lishingiz kerak.
  • 3:14 - 3:16
    Xo'sh, bu nimaga olib keldi,
  • 3:16 - 3:18
    yoki nimaga hissa qo'shdi,
  • 3:18 - 3:22
    bu shunchaki o'smirlarimizni
    ezib kelayotgan
  • 3:22 - 3:25
    xavotir va depressiya
    epidemiyasi edi xolos.
  • 3:25 - 3:29
    Biz bunday raqobat bilan
    butun avlodni barbod qilyabmiz.
  • 3:29 - 3:31
    Men bu haqida o'ylar ekanman
  • 3:31 - 3:34
    bu muammoni hal qilishning
    bir usuli borligi xayolimga keldi.
  • 3:34 - 3:37
    Xo'sh, biz nima qilishimiz mumkin:
  • 3:37 - 3:40
    insonlar kollejga hujjat topshirgan paytda
  • 3:40 - 3:46
    biz abituriyentlarni
    muvaffaqiyatga erisha oladigan va
  • 3:46 - 3:47
    erisha olmaydiganlarga
    ajiratib olamiz,
  • 3:47 - 3:51
    va muvaffaqiyatga erisha olmaydiganlarni
    rad etamiz,
  • 3:51 - 3:55
    keyin boshqalarning barchasini olib
    ularning ismlarini ko'rib chiqamiz,
  • 3:55 - 3:57
    biz o'ylab o'tirmasdan
    ularni tanlab olamiz
  • 3:57 - 3:59
    va ularni o'qishga qabul qilamiz.
  • 3:59 - 4:03
    Boshqacha qilib aytganda, kollejga qabulni
    lotereya orqali amalga oshiramiz,
  • 4:03 - 4:08
    balki biz texnologik kompaniyalarda ish
    takliflarini ham lotereya orqali berarmiz,
  • 4:08 - 4:10
    bu ahmoqona fikrni unutamiz,
  • 4:10 - 4:14
    ehtimol TED da nutq so'zlash uchun
    kimni taklif qilishimizni ham
  • 4:14 - 4:16
    lotereyadan aniqlarmiz.
  • 4:16 - 4:18
    Hozir meni noto'g'ri tushunmang,
  • 4:18 - 4:22
    bunday lotereya adolatsizlikni
    bartaraf eta olmaydi.
  • 4:22 - 4:26
    Shunda ham o'zlari munosib narsaga erisha
    olmaydigan odamlar ko'p bo'laveradi.
  • 4:26 - 4:29
    Lekin bu oz bo'lsa ham adolatdan bo'lardi.
  • 4:29 - 4:35
    Boshqacha ko'rsatish o'rniga u nima uchun
    adolatsizlik bo'lganini ochib berardi,
  • 4:35 - 4:38
    va u hozir bizning o'rta maktab
    o'quvchilarimiz yashayotgan
  • 4:38 - 4:43
    juda katta bosim pufagini yorib yuboradi.
  • 4:43 - 4:47
    Xo'sh, nima sababdan
    bu juda ham o'rinli taklif,
  • 4:47 - 4:49
    agar men o'zimga shunday desam,
  • 4:49 - 4:52
    bu jiddiy munozaraga sabab bo'lmaydimi?
  • 4:52 - 4:54
    Buning sababini bilaman.
  • 4:54 - 4:57
    O'ylaymanki, biz mana bunday
    fikrni yomon ko'ramiz:
  • 4:57 - 5:03
    hayotdagi eng muhim narsalar omad
    yoki tasodifan sodir bo'lishi mumkin,
  • 5:03 - 5:08
    hayotimizdagi chindan ham muhim voqealar
    bizning nazoratimiz ostida emas.
  • 5:08 - 5:09
    Men bu fikrni yomon ko'raman.
  • 5:09 - 5:12
    Insonlar bu fikrni yoqtirmasliklari
    ajablanarli hol emas,
  • 5:12 - 5:17
    lekin bu shunchaki oddiy haqiqat.
  • 5:17 - 5:22
    Birinchidan kollejga kirish allaqachon
    lotereya orqali amalga oshiriladi.
  • 5:22 - 5:25
    Shunchaki qabul komissiyasi aslida
    unday bo'lmaganday qilib ko'rsatishadi.
  • 5:25 - 5:27
    Keling bu narsaga vijdonan yondashaylik.
  • 5:27 - 5:29
    Va ikkinchidan,
  • 5:29 - 5:32
    o'ylaymanki, agar biz buni
    lotereya ekanligini tushunib yetsak,
  • 5:32 - 5:37
    bu hayotimizning deyarli har bir qismida
    omad juda ham muhimligini
  • 5:37 - 5:39
    anglab yetishimizga yordam beradi.
  • 5:39 - 5:42
    Misol uchun meni olaylik.
  • 5:42 - 5:47
    Hayotimdagi deyarli barcha
    eng muhim voqealar
  • 5:47 - 5:48
    asosan
  • 5:48 - 5:51
    omad tufayli sodir bo'lgan.
  • 5:51 - 5:54
    Men yettinchi sinfligimda
    oilam bilan Nyu-Yorkdan ketib,
  • 5:54 - 5:57
    Vestchester okrugiga ko'chib o'tdik.
  • 5:57 - 5:58
    O'quv yilining boshida
  • 5:58 - 6:01
    men juda yoqimtoy qiz bilan tanishdim,
    u mening do'stim bo'ldi,
  • 6:01 - 6:04
    keyin u mening
    eng yaqin do'stimga aylandi,
  • 6:04 - 6:07
    undan so'ng esa sevgilim bo'ldi,
  • 6:07 - 6:09
    va nihoyat u mening
    turmush o'rtog'imga aylandi.
  • 6:09 - 6:11
    Baxtimga, 52 yildan buyon
  • 6:11 - 6:13
    u mening umr yo'ldoshim, hozir ham.
  • 6:13 - 6:18
    Bu voqeaga hech qanday aloqam yo'q edi.
    Bu shunchaki omadli tasodif edi.
  • 6:18 - 6:20
    Men kollejga o'qishga kirdim,
  • 6:20 - 6:25
    va birinchi semestrda,
    psixologiyaga kirish kursiga yozildim.
  • 6:25 - 6:27
    Men hatto psixologiya
    nimaligini bilmasdim,
  • 6:27 - 6:30
    lekin u mening jadvalimga va
    talablarimga mos tushdi,
  • 6:30 - 6:31
    va shu kursni tanladim.
  • 6:31 - 6:33
    Omadni qarangki, darsni
  • 6:33 - 6:39
    mashhur afsonaviy psixologiya
    o'qituvchisi o'tar edi.
  • 6:39 - 6:42
    Shu sababli men psixologiya fani
    mutaxassisi bo'lib yetishdim.
  • 6:42 - 6:44
    Magistraturaga o'qishga kirdim.
  • 6:44 - 6:46
    Men o'qishni tamomlash arafasida edim.
  • 6:46 - 6:49
    Svartmorda dars beradigan do'stim
    bundan buyog'iga
  • 6:49 - 6:51
    professor bo'lib ishlamaslikka
    qaror qildi,
  • 6:51 - 6:55
    va tibbiyot maktabiga borish uchun
    ishdan bo'shadi.
  • 6:55 - 6:58
    U egallab turgan ish o'rni bo'shadi,
  • 6:58 - 7:00
    men unga ariza topshirib ishga kirdim,
  • 7:00 - 7:03
    u umrim davomida ariza topshirgan
    yagona ishim edi.
  • 7:03 - 7:06
    45 yil Svartmorda dars berdim,
  • 7:06 - 7:11
    u karyeram shakllanishiga juda katta
    ta'sir ko'rsatgan institut edi.
  • 7:11 - 7:13
    Eng so'nggi misolni aytadigan bo'lsam,
  • 7:13 - 7:17
    men Nyu-Yorkda ba'zi ishlarim haqida
    ma'ruza o'qiyotgan edim,
  • 7:17 - 7:21
    ma'ruzadan so'ng tinglovchilarimdan
    biri meni oldimga keldi.
  • 7:21 - 7:22
    U o'zini tanishtirdi.
  • 7:22 - 7:24
    U "Mening ismim Kris.
  • 7:24 - 7:27
    Siz TEDda ma'ruza o'qishni
    istaysizmi?" dedi.
  • 7:27 - 7:31
    Men esa "TED nima?" deya javob qaytardim.
  • 7:31 - 7:33
    Aytmoqchimanki, u menga
    bu haqida aytib berdi,
  • 7:33 - 7:37
    va o'sha paytda TED hozirgidek emas edi.
  • 7:37 - 7:39
    Ammo yillar davomida,
  • 7:39 - 7:41
    mening TEDda qilgan ma'ruzalarimni
  • 7:41 - 7:44
    20 milliondan ortiq odam tomosha qildi.
  • 7:44 - 7:47
    Demak, xulosa shuki, men omadli insonman.
  • 7:47 - 7:49
    Oila qurish borasida omadliman.
  • 7:49 - 7:50
    Ta'lim olish borasida omadliman.
  • 7:50 - 7:52
    Men kasb tanlash borasida omadliman.
  • 7:52 - 7:59
    Va TEDda o'z o'rnim va ovozimga ega
    bo'lish borasida ham omadliman.
  • 7:59 - 8:01
    Men erishgan muvaffaqiyatiga loyiqmidim?
  • 8:01 - 8:03
    Albatta, siz loyiq bo'lganingiz kabi,
  • 8:03 - 8:05
    men ham bu muvaffaqiyatga munosibman.
  • 8:05 - 8:11
    Ammo bunday yutuqlarga ega bo'lmagan
    ko'plab insonlar ham
  • 8:11 - 8:14
    biznikidek muvaffaqiyatlarga munosibdir.
  • 8:14 - 8:16
    Xo'sh, ular o'zi loyiq bo'lgan
    narsaga erishishadimi?
  • 8:16 - 8:19
    Jamiyat adolatlimi?
  • 8:19 - 8:21
    Albatta, yo'q.
  • 8:21 - 8:27
    Qattiq mehnat qilish va qoidalarga muvofiq
    ish tutish hech narsani kafolatlamaydi.
  • 8:27 - 8:31
    Agar biz bunday adolatsizlikning
    muqarrarligi va
  • 8:31 - 8:34
    omadning markaziyligini tushinib yetsak,
  • 8:34 - 8:36
    o'zimizga bunday savol berishimiz mumkin:
  • 8:36 - 8:38
    biz qahramon sifatida hurmat qilayotgan
  • 8:38 - 8:44
    insonlarimizning oilasi hozirgi pandemiya
    sharoitida o'gir kasallikka duchor bo'lsa,
  • 8:44 - 8:48
    ularning sog'lig'ini saqlab qolish va
  • 8:48 - 8:52
    ularning hayoti kasallik bilan kurashish
    evaziga barbod bo'lmasligi uchun
  • 8:52 - 8:56
    biz qanday choralar ko'ra olamiz?
  • 8:56 - 8:59
    Kurashuvchan, qattiq mehnat qiladigan va
  • 8:59 - 9:04
    bizdan omadsizroq insonlardan
    qanday qarzimiz bor?
  • 9:04 - 9:06
    Taxminan yarim asr ilgari
  • 9:06 - 9:10
    faylasuf Jon Rols "Adolat nazariyasi"
    deb nomlangan kitob yozib,
  • 9:10 - 9:15
    unda "jaholat pardasi" degan
    tushunchani taqdim etadi.
  • 9:15 - 9:16
    U bir savolni o'rtaga tashlaydi:
  • 9:16 - 9:22
    Agar siz jamiyatdagi mavqeyingiz
    qanday bo'lishini bilmasangiz,
  • 9:22 - 9:26
    o'zingiz qanday jamiyat
    yaratishni istardingiz?
  • 9:26 - 9:28
    Va u shunday taklif bildiradi:
  • 9:28 - 9:31
    biz jamiyatda yuqori yoki
    quyi o'rinni egallashimizni
  • 9:31 - 9:33
    bilmay turgan paytimizda,
  • 9:33 - 9:37
    jamiyatning shu qadar teng huquqli,
    adolatli bo'lishini istaymizki,
  • 9:37 - 9:39
    natijada hattoki, omadsiz insonlar ham
  • 9:39 - 9:43
    tartibli, mazmunli va shod
    hayot kechira olsinlar.
  • 9:43 - 9:49
    Bu narsani jamiyatingizga qaytaring, siz
    barchangiz omadli,muvaffaqiyatli insonsiz,
  • 9:49 - 9:56
    va biz kabi muvaffaqiyatga loyiq,
    ammo omadli bo'lmagan insonlarni
  • 9:56 - 10:00
    hurmat qilishimiz va ularga
    g'amxo'rlik qilishimiz uchun
  • 10:00 - 10:02
    barcha imkoniyatlarni ishga soling.
  • 10:02 - 10:04
    Rahmat.
Title:
Sizning hayotingizda omad qanday rol o'ynaydi?
Speaker:
Barri Shvarts
Description:

Imkoniyat hayotda biz o'ylaganimizdan ancha kattaroq rol o'ynaydi, deydi psixolog Barri Shvarts. Albatta, qattiq mehnat qilish va qoidalarga rioya etish sizni uzoqqa olib borishi mumkin, lekin qolgan hamma narsalar shunchaki oddiy omadga bog'liq bo'lib chiqishi mumkin. Shvarts omad, qadr-qimmat va muvaffaqiyat o'rtasidagi bizning e'tiborimizdan chetda qolgan aloqani o'rganib chiqadi va oddiygina kollejga kirish misolida imkoniyatlarni tenglashtirish uchun qiziqarli yechimni taklif qiladi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
10:16
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nozima Rahmatullayeva edited Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nozima Rahmatullayeva edited Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nozima Rahmatullayeva edited Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nozima Rahmatullayeva edited Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?
Nozima Rahmatullayeva edited Uzbek subtitles for What role does luck play in your life?

Uzbek subtitles

Revisions