Uzbek subtitles

← Qochoqlar uchun oliy ta'lim va bandlikka yo'l

Get Embed Code
59 Languages

Showing Revision 14 created 07/01/2020 by Nazarbek Nazarov.

  1. Saida Aden Said: Ko'z oldimdan
    haligacha mudhish tasvirlar ketmaydi:
  2. odamlarning yiqilishi,
  3. o'q ovozlari.
  4. Rosa qo'rqardim.
  5. Chindan ham, juda ko'p yig'lardim.
  6. Ota-onami tanigan kimdir,
    qo'limdan tutib,
  7. "Ketdik! Ketdik!" dedi.
  8. Men esa, "Onam qayerda?
    Oyijonim qani?" deb qoldim.
  9. Noria Dambrine Dusabireme:
    Tunlari o'q ovozlarini eshitardik,

  10. qurol ovozlarini.
  11. Saylovlar bo'lishi kerak edi.
  12. Yoshlarimiz ko'chalarda,
  13. Ular jang qilishardi.
  14. Ko'plab yoshlar o'lib ketishdi.
  15. SAS: Biz bir transportga o'tirdik.

  16. Unda odam ko'p edi.
  17. Odamlar o'zlarining hayoti
    uchun qochishayotgandi.
  18. Mana shunday qilib,
    Men Somalidan qochgandim.
  19. Onam meni yo'qotdi.
  20. Qayerga ketganimni
    unga hech kim aytmagan.
  21. NDD: Maktabga bora olmasligimiz,

  22. bozorga ham chiqa olmay,
    quruq uyda o'tirishimiz
  23. meni o'ylantirib qo'ydi va agar
    qandaydir yaxshi imkoniyat bo'lganida,
  24. unda aniq foydalanardim,
    yorqin kelajak uchun.
  25. (Musiqa)

  26. Ignazio Matteini: Jahon miqyosida,
    ko'chirilganlar

  27. Ko'payib bormoqda.
  28. Hozirda, dunyoda ko'chirilganlar
    deyarli 60 milion kishini tashkil qiladi.
  29. Ming afsuski, bu jarayon
    to'xtamaydi.
  30. Kristina Rasl: Menimcha,
    insonparvarlik hamjamiyati

  31. tadqiqot va real hayotdan
    shuni anglashmoqdaki,
  32. bu muammo hali ancha uzoqqa cho'ziladi.
  33. Beyli Damti Yeshita:
    Bu talabalarga oliy ta'lim kerak,

  34. ishlatishi uchun diplom kerak.
  35. Agar talabalar hozir Ruandada yashashsa,
  36. turar-joylari o'zgarsa ham, ular
    o'qishlarini davom ettirishi mumkin.
  37. Haligacha, qayerda bo'lishlaridan
    qat'iy nazar, diplomning foydasi bor.
  38. KR: Bizning shijoatli loyihamiz

  39. Janubiy Yangi Hempshir Universiteti
    Global Ta'lim Harkatining
  40. yuksalish salohiyatini
    sinash edi,
  41. bakalavr darajasi va ishga
    joylashuv yo'llarini
  42. qochoqlar va boshqa oliy ta'limga
    qurbi yetmaganlarga taqdim qilishini.
  43. SAS: qochoq sifatida buning
    deyarli iloji yo'q edi,

  44. o'qishimni davom ettirish
    va karyera qilishga.
  45. Mening ismim Saida Aden Said,
  46. va men Somalidanman.
  47. Kakumaga kelganimda 9 yoshda edim,
  48. va maktabga 17 yoshda borishni boshladim.
  49. Hozirda men bakalavr
    darajasi uchun o'qiyapman
  50. SNHU orqali.
  51. NDD: Mening ismim
    Noria Dambrine Dusabireme.

  52. Men suhbat qurish san'ati bo'yicha
    bakalavr darajasida o'qiyman
  53. biznesga urg'u bergan holda.
  54. KR: Biz besh mamlakat bo'ylab
    talabalarga xizmat qilamiz:

  55. Livan, Keniya, Malavi,
    Ruanda va JAR.
  56. Biz 800 nafar kollej va 400 dan ortiq
    bakalavr bitiruvchilarimiz
  57. va mingga yaqin talabalarimiz
    borligidan judayam xursandmiz.
  58. Buning sehri shuki, biz qochoqlar
    hayotiga boricha yondashyapmiz.

  59. Hech qanday sinf yo'q.
  60. Hech qanday ma'ruza yo'q.
  61. Hech qanday muxlat yo'q.
  62. Hech qanday yakuniy imtihon yo'q.
  63. Bu o'qish salohiyatga asoslangan
    va vaqt bilan chegaralanmagan.
  64. Loyihani qachon boshlashni
    o'zingiz tanlaysiz.
  65. Qanday qilib yondashishni ham
    o'zingiz tanlaysiz.
  66. NDD: Platformani ochganingizda,
    vazifalarni ko'rasiz.

  67. Har bir vazifa ostida loyihalar mavjud.
  68. Loyihaga kirganingizda,
    ko'nikmalarni ko'rasiz
  69. rivojlantirish kerak bo'lgan,
  70. shuningdek, yo'nalishlar
  71. va loyiha haqida
    ma'lumotlarni.
  72. KR: SNHU ning siri shundaki,

  73. u salohiyatni oshiradigan
    onlayn o'qishni
  74. yuz-ma-yuz o'rganish
    bilan bog'layapti,
  75. qo'shimcha yordam uchun.
  76. Bunga akademik murabbiylik
    ham kiradi.
  77. Bu psixo-ijtimoiy ko'mak,
  78. tibbiy yordam,
  79. va ishga kirish uchun ham madaddir.
  80. Natijada, o'qiyotganlarning
    95 foizi bitiryapti,
  81. 88 foizi ishga kiryapti.
  82. NDD: Men ijtimoiy tarmoq menejmenti
    stajyoriman.

  83. Bu meni yo'nalishimga bog'liqdir.
  84. Loyihadan tashqari va haqiqiy hayotda
    men juda ko'p narsa o'rgandim.
  85. KR: Tizimli stajyorlik
    haqiqiy imkoniyatdir

  86. talabalarga ko'nikmalarni
    rivojlantirish uchun,
  87. bizga ham stajyorlik
    va ish o'rtasida
  88. aloqalarni hosil qilish uchun.
  89. (Musiqa)

  90. Bu tizim vaqt
    va universitet qoidalari

  91. va jarayonlariga
    urg'u berishdan ko'ra,
  92. talabani diqqat markaziga qo'yadi.
  93. IM: SNHU tizimi eski tizim uchun
    qattiq tarsakidir.

  94. Juda qattiq.
  95. Bu odatiy oliy ta'lim olishga
    kuchli zarbadir.
  96. BDY: Bu talabalarning
    hayotlarini o'zgartirib yuboradi

  97. ayniqsa zaif va qochoqlar
    qatlamidan bo'lganlarning.
  98. NDD: Agar diplom olsam,

  99. men qaytganimda, istalgan joyimda
    ishlashim mumkin.
  100. Men ingliz tilidagi magistrlikka
    ishonch bilan topshirishim mumkin.
  101. Shunga o'xshash narsani oldin hech qachon
    tasavvur qila olmasdim.
  102. Endi menda ishonch
    va malaka mavjud
  103. o'zim ish qidirib chiqishga
  104. hech qanday qo'rquvsiz.
  105. SAS: Men doim jamoat bilan
    ishlashni xohlaganman.

  106. Men notijorat tashkilot
    tashkil qilmoqchiman.
  107. Biz ayol kishilarning
    ta'lim olishini targ'ib qilamiz.
  108. Men elchiga o'xshagan odam bo'lmoqchiman
  109. va ularni o'qishga undamoqchiman
  110. va ularga buning hech qachon
    kech emasligini aytmoqchiman.
  111. Bu shunchaki orzu.