Xulq-atvorimizni qanday yaxshilashimiz mumkin
-
0:01 - 0:02Barchaga salom.
-
0:03 - 0:05Yuzimning yarmida
soqol yoʻqligini sezgandirsiz-a? -
0:06 - 0:08Yoʻq, bu bahsni boy berganimdan emas.
-
0:08 - 0:11Ancha yillar oldin juda jiddiy kuyishni
boshdan kechirganman. -
0:11 - 0:13Natija:butun tanam
chandiqlar bilan qoplandi -
0:13 - 0:15jumladan, yuzimning oʻng tarafi ham.
-
0:15 - 0:17Shu sababli, yuzimning yarmida
teri tuklari oʻsmaydi. -
0:17 - 0:20Bu deyarli simmetrik koʻrinadi shundaymi?
-
0:20 - 0:23Xullas, yuz tuklarini
muhokama qilib boʻldig-a? -
0:23 - 0:26Keling, endi ijtimoiy fanlarga oʻtamiz.
-
0:26 - 0:31Ayniqsa, insoniyatning imkoniyat chegarasi
va u hozirgacha erisha olgan nuqta farqiga -
0:32 - 0:33eʼtibor qaratishni istardim.
-
0:33 - 0:36Ahamiyat bersak, ular oʻrtasidagi
tafovvut katta. -
0:36 - 0:38Qanday sohada boʻlmasin,
biz erisha oladigan narsalar va -
0:38 - 0:40erishganimiz oʻrtasida juda katta
boʻshliq bor. -
0:40 - 0:43Sizga bir savolim bor:
-
0:43 - 0:47orangizda qanchangiz avvalgi oyda
oʻz meʼyoringizdan ortiq ovqatlandingiz? -
0:47 - 0:49Shunchaki oʻrtacha qilib olganimizda.
Yaxshi. -
0:49 - 0:53Orangizdan qanchangiz oʻtgan oy
keragidan kam jismoniy mashq bajardingiz? -
0:53 - 0:56Xoʻp. Orangizdan qanchangiz uchun
hozirgi qoʻl koʻtarish mashqlari -
0:56 - 0:58bugun uchun
yagona badantarbiya boʻldi? -
0:58 - 1:01(Kulgu)
-
1:02 - 1:05Orangizda mashina haydayotib bir marta
boʻlsa ham xabar yozishganlar bormi? -
1:06 - 1:09Yaxshi, vijdonan javob berishga oʻtdik.
Keling, vijdoningizni sinaymiz. -
1:09 - 1:12Shu yerdagilarning qanchasi
oʻtgan oy davomida -
1:12 - 1:14xojatxonadan chiqayotib doim ham
qoʻlini yuvmagan? -
1:14 - 1:16(Kulgu)
-
1:16 - 1:17Ha, vijdon biroz pand berdi.
-
1:17 - 1:21Aytgancha, biz mashina haydab,
telefon ishlatganimizni oson tan oldik. -
1:21 - 1:23Lekin qoʻlimizni yuvmaslikka
kelganda esa... -
1:23 - 1:25(Kulgu)
-
1:25 - 1:27Bunday misollar juda koʻp
-
1:27 - 1:30Muammo shundaki, biz qila olishimizga
imonimiz komil boʻlgan -
1:30 - 1:32narsalar, vaziyatlar juda koʻp.
-
1:32 - 1:35Biz umuman boshqa odam boʻlishimiz mumkin,
biroq harakatlarimiz boshqacha. -
1:35 - 1:37Oʻrtadagi tafovvutni
qanday yengish mumkin? -
1:37 - 1:40Javobi oddiy:
"Boshqalarni xabardor qiling" -
1:40 - 1:43Masalan, atrofingizdagilarga rulda
telefon ishlatish xatarliligi ayting -
1:43 - 1:46"Bu xavfli ekanligini bilmaysanmi?
Boshqa bunday qilma" -
1:46 - 1:49Odamlarga nimadir xatarli ekanligini
aytsangiz, ular buni toʻxtatadi. -
1:49 - 1:51Rulda telefon ishlatish bir misol.
-
1:51 - 1:53Yana bir achinarli misol:
-
1:53 - 1:54AQSh yiliga
-
1:54 - 1:59700-800 million dollarni
"moliyaviy savodxonlik" yoʻlida sarflaydi -
1:59 - 2:02Bundan natija nima?
-
2:02 - 2:05Yaqinda moliyaviy savodxonlikka oid
barcha tadqiqotlar -
2:05 - 2:08oʻrganib chiqildi.
Jarayon "meta-analiz" deyiladi. -
2:08 - 2:11Ularning aniqlashlariga koʻra, insonlarga
moliyaviy savodxonlikdan -
2:11 - 2:13dars oʻtilayotganini aytsangiz,
-
2:13 - 2:15ular maʼlumotlarni oʻrganib,
yaxshi eslab qoladilar -
2:16 - 2:18Biroq oʻrganganlarini
amalda qoʻllashadimi? Yoʻq, kamdan-kam. -
2:19 - 2:21Oʻquv dasturi yakunidagi hisoblashlar
-
2:21 - 2:23savodxonlik 3-4% ga oshganini
koʻrsatdi -
2:23 - 2:25Biroz oʻtib koʻrsatkich yana pasaydi
-
2:25 - 2:26Qarabsizki,
-
2:26 - 2:29yakuniy oʻsish – 0,1%.
-
2:30 - 2:33Ha, 0 emas, lekin shunda ham
0 ga juda-juda yaqin. -
2:33 - 2:35(Kulgu)
-
2:35 - 2:37Mana shu holat men uchun achinarli.
-
2:37 - 2:40Gap shundaki,
odamlarga shunchaki maʼlumotni yetkazish -
2:40 - 2:43doim ham ularning harakatlarini
yaxshi tomonga oʻzgartira olmaskan -
2:43 - 2:44Unda nima qilish kerak?
-
2:44 - 2:47Bu borada ijtimoiy fanlar
bir necha yechim bera oladi. -
2:47 - 2:51Eng birinchi qadam shuki,
kishining harakatlarini oʻzgartirish uchun -
2:51 - 2:53dastlab uning muhitini oʻzgartirish lozim
-
2:53 - 2:56Demak, insonni emas,
muhitni oʻzgartirish kerak -
2:56 - 3:00Keling, sizga buni
oddiy soʻzlar bilan tushuntiraman. -
3:00 - 3:02Buning uchun xulq-atvorni oʻzgartirishni
-
3:02 - 3:05fazoga raketa joʻnatishga qiyoslaylik.
-
3:06 - 3:08Fazoga raketa uchirish paytida
ikki narsani -
3:08 - 3:10esda saqlashimiz lozim.
-
3:10 - 3:12Birinchisi – qarshilikni kamaytirish.
-
3:12 - 3:15Raketaning aerodinamikasini
taʼminlash uchun -
3:15 - 3:17uning qarshilik kuchi
kichik boʻlishi kerak. -
3:17 - 3:21Ikkinchi vazifamiz – unga koʻp miqdorda
yoqilgʻilarni joylashdir. -
3:21 - 3:25Shunda u vazifalarni bajarish uchun
yetarli quvvatga ega boʻladi. -
3:25 - 3:28Xulq-atvorni oʻzgartirish ham shunday.
-
3:28 - 3:30Muhokamani qarshilikdan boshlaylik
-
3:31 - 3:34Sizga aytib bermoqchi boʻlgan
bir tadqiqotimizda -
3:34 - 3:37onlayn dorixona bilan
ish olib bordik. -
3:37 - 3:39Tasavvur qiling,
doktor huzuriga bordingiz -
3:39 - 3:41Muolajangiz uzoq davom etarkan.
-
3:41 - 3:44Shifokor sizga zarur dorilarni
yozib berdi. -
3:44 - 3:46Siz yuqoridagi onlayn dorixona bilan
-
3:46 - 3:49shartnoma tuzdingiz va har 90 kunda
pochta orqali dorilarni oldingiz. -
3:50 - 3:52Har 90 kunda dori, dori, dori.
-
3:52 - 3:56Onlayn dorixona
oʻz mijozlariga -
3:56 - 3:59brend dorilardan arzonroqiga oʻtishni
taklif qilishmoqchi. -
3:59 - 4:01Ular email orqali mijozlarga
shunday xat yozishadi: -
4:01 - 4:04"Iltimos, arzonroq dorilarga oʻting.
-
4:04 - 4:07Bunda siz ham, biz ham,
sizning boshligʻingiz ham pul tejaydi". -
4:07 - 4:08Xoʻsh, odamlar nima qilarkan?
-
4:09 - 4:10Hech nima.
-
4:10 - 4:12Dorixonadagilar turli usullarni
qoʻllab koʻrishdi. -
4:12 - 4:15Natija boʻlmagach, bir ajoyib taklif
eʼlon qilishdi. -
4:15 - 4:17Unda yozilishicha:
-
4:17 - 4:21"Agar arzonroq dorilarga oʻtsangiz,
1 yil davomida ular tekin boʻladi". -
4:21 - 4:231 yil tekin. Bu ajoyibku!
-
4:23 - 4:26Mijozlarning necha foizi
taklifni qabul qildi deb oʻylaysiz? -
4:27 - 4:2810% dan kami.
-
4:29 - 4:31Shunda dorixona xodimlari
oldimga keldi. -
4:31 - 4:33Ular norozi edilar.
-
4:33 - 4:35Mening aybim nima deysizmi?
-
4:35 - 4:38Men "oʻziga tortuvchi tekin narsa"
mavzularida koʻp yozgandim. -
4:38 - 4:41Ularda shunday deyilgandi,
agar biror narsaning narxini -
4:41 - 4:4410 sentdan 1 sentga tushursangiz,
savdoda katta oʻzgarish boʻlmaydi -
4:44 - 4:47Uni 1 sentdan 0 sentga oʻzgartirsangiz esa
odamlar xursand. -
4:47 - 4:48(Kulgu)
-
4:48 - 4:51Dorixona xodimlari: "Qara,
sening gapingga kirib, tekin qildik. -
4:51 - 4:53Nega bu ish bermayapti?
-
4:53 - 4:54Gap nimada?" – deyishdi.
-
4:54 - 4:57"Balki gap qarshilik kuchidadir",–
dedim men. -
4:57 - 4:59Ular tushunmadi.
Ularga tushuntirdim: -
4:59 - 5:01"Odamlar brend dorilarga yozilishgan.
-
5:01 - 5:04Ular hech narsa qilishmasa ham,
shu dorilarni olaverishadi -
5:04 - 5:07Oddiy dorilarga oʻtish uchun
ular bu haqida xabar berishlari lozim. -
5:07 - 5:09Buning uchun esa,
-
5:09 - 5:11ular sizga javob xati yozishlari kerak".
-
5:11 - 5:13Buni "hayratlantiruvchi dizayn"
deb nomlaymiz. -
5:13 - 5:15Bu yerda ikki xil jarayon
bir vaqtda sodir boʻlyapti -
5:15 - 5:17Brend vs oddiy
-
5:17 - 5:20hamda
hech nima qilmaslik vs harakat. -
5:20 - 5:22Shunda ularning joyini almashtirishni
taklif qildim -
5:22 - 5:26Mijozlarga: "Biz sizlarni
arzon dorilarga aʼzo qilmoqchimiz. -
5:26 - 5:28Sizdan hech narsa talab qilinmaydi
-
5:28 - 5:31brend dorilar bilan qolmoqchi
boʻlsangiz, xabar bering", desakchi? -
5:31 - 5:32(Kulgu)
-
5:32 - 5:33Toʻgʻrimi?
-
5:33 - 5:35Nima boʻldi deb oʻylaysiz?
-
5:36 - 5:38Advokatlar, advokatlar murojaat qilishdi
-
5:38 - 5:42(Kulgu)
-
5:44 - 5:46Maʼlum boʻlishicha, bu
qonunga zid ekan. -
5:46 - 5:49(Kulgu)
-
5:51 - 5:54Aytgancha, ijodkorlik va
gʻoyalarni rivojlantirish uchun -
5:54 - 5:57noqonuniy yoki nojoiz ishlar haqida
oʻylash yaxshi. -
5:57 - 6:00Agar u amalga koʻchmay,
faqat miyada qolsa. -
6:00 - 6:02(Kulgu)
-
6:02 - 6:04Biroq masalaning negiziga qarasak,
-
6:04 - 6:08chindan ham, brendli dorilarni olish uchun
mijoz hech qanday ish qilishi kerak emas. -
6:08 - 6:12Men taklif qilgan noqonuniy gʻoyada esa,
aksi– arzon dorini shundoq ham olaverasiz -
6:12 - 6:15Mening gʻoyam ish bermagach,biz
ikki taraf ham birlashgan nuqtani topdik -
6:15 - 6:16E-mailda shunday yozdik:
-
6:16 - 6:18Agar xabarga javob yozmasangiz,
-
6:18 - 6:21dori yetkazishni toʻxtatishga
majbur boʻlamiz. -
6:21 - 6:25Javob xatingizda n narxli brend yoki
m narxli oddiy dorini tanlaganingizni -
6:25 - 6:26yozib joʻnatishingizni soʻraymiz.
-
6:27 - 6:29Ana endi ular bir nima qilmasa boʻlmaydi
-
6:29 - 6:31Ikki tomonda ham bir xil shart shundaymi?
-
6:31 - 6:34Hech nima qilmasdan biriga erishishning
iloji yoʻq vaziyat -
6:34 - 6:36Necha foiz odatiy dorilarga oʻtdi deysiz?
-
6:36 - 6:38Aksariyat odamlar.
-
6:38 - 6:39Xoʻsh, bu nimani anglatadi?
-
6:39 - 6:42Kishilar oddiy dorilarni afzal koʻradimi
yo brendni? -
6:42 - 6:43Bir narsa aniq:
-
6:44 - 6:46xatlarga javob berishni
yomon koʻramiz. (kulgu) -
6:46 - 6:51Mana shu birinchi xulosamiz boʻldi:
kichik narsalar muhim ahamiyatga ega. -
6:51 - 6:54Demak, qarama-qarshilikni aniqlash uchun
istalgan vazifani olib, -
6:54 - 6:57uning qaysi qismida qarama-qarshilik
koʻpligini aniqlang -
6:57 - 6:59Aynan shu istalgan harakatni bajarishdan
ushlab turibdi -
6:59 - 7:02Istalgan harakat va
bajarilishi oson boʻlgan harakat -
7:02 - 7:03bir-biriga toʻgʻri kelmagan holda
-
7:04 - 7:06ularni qayta koʻrib chiqib,
bir-birga moslash kerak. -
7:06 - 7:09Birinchi qismda qarama-qarshilik
haqida gaplashdik. -
7:09 - 7:11Keling endi motivatsiyani koʻrib chiqamiz
-
7:11 - 7:12Bir tadqiqotimizda
-
7:12 - 7:16Biz Keniyaning Kibera nomli xarobalaridagi
odamlarni qora kunga pul saqlab qoʻyishga -
7:16 - 7:18koʻndirmoqchi boʻldik.
-
7:18 - 7:21Bilamizki, kambagʻallikda ortiqcha pul
saqlab qoʻyish qiyin. -
7:21 - 7:24Kuningiz har kuni topayotgan pulingiz
hisobiga oʻtadi -
7:24 - 7:26baʼzan kutilmagan muammolar chiqadi.
-
7:26 - 7:30Ana shunda, sizning ortiqcha xarajatga
pulingiz boʻlmaydi – qarz olasiz. -
7:30 - 7:36Kibera aholisi esa, baʼzan haftasiga
10% qoʻshimcha toʻlab ham qarz olishadi. -
7:36 - 7:39Qarabsizki, qarz botqogʻidan chiqish
qiyinlashib boradi. -
7:39 - 7:41Bazoʻr kun kechirayotgandingiz,
bir koʻrgilik boʻldi. -
7:41 - 7:44Qarz oldingiz, vaziyat kundan kunga
yanada ogʻirlashdi. -
7:44 - 7:47Shuning uchun ham,ularga
qora kunga pul saqlab qoʻyishni uqtirdik. -
7:48 - 7:51Shunda ularni bu ishga
qanday ruhlantirish, -
7:51 - 7:53qaysi yoqilgʻi qoʻshish haqida
oʻylay boshladik. -
7:53 - 7:55Biz har narsa qilib koʻrdik.
-
7:55 - 7:58Baʼzilariga har hafta xabar yozib,
-
7:58 - 8:02shu hafta 100 shilling (taxminan 1 dollar)
saqlab qoʻyishni soʻradik. -
8:03 - 8:07Baʼzilariga bu xat goʻyoki oʻz bolalaridan
kelgandek qilib yozdik: -
8:07 - 8:11"Otajon, oyijon, bu men Joey" –
-
8:11 - 8:13farzandining ismi
-
8:13 - 8:16"Oilamiz kelajagi uchun
bu hafta 100 shiling saqlab qoʻyaylik" -
8:17 - 8:20Qalay? Men yahudiyman. Bizning falasafada
biroz aybdorlik hissi foyda keltiradi. -
8:20 - 8:22(Kulgu)
-
8:22 - 8:24Baʼzilarga 10% qoʻshimcha
pul taklif qildik. -
8:24 - 8:27"100 shilling saqlab qoʻying va
biz sizga uning 10% ini qoʻshamiz" -
8:27 - 8:28Baʼzilarga 20% dedik.
-
8:28 - 8:31Baʼzilarga ham 10%, ham 20% foyda
taklif qilindi. -
8:31 - 8:33Biroq unda yoʻqotishdan qoʻrquv holati
aralashgandi. -
8:33 - 8:34Bu nima degani?
-
8:34 - 8:37Yoʻqotishdan qoʻrqish nazariyasiga koʻra,
bizning yoʻqotishdan qoʻrquvimiz -
8:37 - 8:39foydadan oladigan zavqdan kuchliroq.
-
8:39 - 8:42Keling, 10% foyda belgilangan
bir kishini tasavvur qilamiz -
8:42 - 8:43U 40 shilling saqlab qoʻydi.
-
8:43 - 8:46Qoidaga muvofiq, unga yana 4 shilling
beramiz -
8:46 - 8:47U katta rahmat aytadi.
-
8:47 - 8:49Biroq u 6 shilling yoʻqotdi.
-
8:49 - 8:51Agar u 100 shilling saqlab qoʻyganida,
yana 6 shilling olardi -
8:51 - 8:53Biroq u buni anglab yetmadi.
-
8:53 - 8:55Endi biz foizni oldindan
berib qoʻyadigan boʻldik. -
8:55 - 8:58Haftaning boshida unga
10 shilling koʻrsatamiz va -
8:58 - 8:59"bular seni kutayapti" deb aytamiz.
-
8:59 - 9:02Agar ular 40 shilling saqlaganini
koʻrsak, aytamiz: -
9:02 - 9:05"Voy atigi 40 shillingmi? Unda faqat
4 shilling berib, 6 tasini qaytaramiz" -
9:05 - 9:08Foizni oldin yo keyin berganimizda ham
-
9:08 - 9:10ular 10% foyda olishyapti.
-
9:10 - 9:12Biroq foyda boshida koʻrsatilsa,
-
9:12 - 9:15ular oʻzlari olishi mumkin boʻlgan,
ammo yoʻqotgan pulni koʻrishadi. -
9:15 - 9:19Xoʻsh, biz xat joʻnatishni, uni bolalari
yozgandek yozishni, boshda yo oxirida -
9:19 - 9:2110-20% foyda berishni
sinab koʻrdik. -
9:21 - 9:22Bizda yana bir usul bor edi.
-
9:22 - 9:25Bu mana shunday kattalikdagi tanga edi.
-
9:25 - 9:27Unda 24gacha raqamlar bor edi.
-
9:27 - 9:31Ularga tangani kulbasining
bir chetiga qoʻyishni aytdik. -
9:31 - 9:34Har hafta tangadagi sonlardan birining
ustidan chizib borishdi. -
9:34 - 9:361-hafta, 2-hafta, 3-hafta, 4
-
9:36 - 9:39Agar shu hafta pul saqlab qoʻyishmasa,
"-" belgisi, -
9:39 - 9:42agar pul saqlab qoʻyishsa,
"/" belgisini qoʻyishlari kerak edi -
9:42 - 9:43Endi taxmin qiling:
-
9:43 - 9:46qay bir usul koʻproq
samara berdi? -
9:46 - 9:49Xat, bolalardan xat,
10%, 20% -
9:49 - 9:51hafta boshi, hafta oxiri
yo tanga? -
9:51 - 9:54Sizga oʻrtacha odam qanday fikrdaligini
aytaman. -
9:54 - 9:56Biz AQSh va Keniyaliklar ichida
-
9:56 - 9:58shu borada soʻrovnoma oʻtkazdik.
-
9:58 - 10:01Ularga koʻra, 20% ning taʼsiri
10% dan koʻra -
10:01 - 10:02koʻproq boʻladi.
-
10:02 - 10:04Qolganlarining foydasi yoʻq:
-
10:04 - 10:06bolalar, tanga – foydasiz.
-
10:07 - 10:10Odamlarning fikricha,
yoʻqotishdan qoʻrqishning ham taʼsiri kam -
10:11 - 10:12Aslida nima boʻldi?
-
10:13 - 10:15Haftada bir marta xat joʻnatish
-
10:15 - 10:16ancha foyda berdi.
-
10:17 - 10:18Yaxshi-a!
-
10:18 - 10:22Dastur 6 oy davom etdi.
Odamlarga eslatib turishning foydasi bor. -
10:22 - 10:25Haftaning oxirida 10% qoʻshimcha berish
undan sal samaraliroq boʻldi. -
10:25 - 10:27Demak, moliyaviy ragʻbat ham ish berdi.
-
10:27 - 10:31Hafta oxirida 20% berishning
10% dan farqi yoʻq. -
10:32 - 10:33Haftaning boshida 10% berish
-
10:33 - 10:35avvalgilaridan samaraliroq.
-
10:35 - 10:36Yoʻqotish qoʻrquvi ishlaydi.
-
10:36 - 10:38Hafta boshida 20% bersakchi?
-
10:38 - 10:41Farqi yoʻq: natija oʻsha-oʻsha
-
10:41 - 10:44Bolalar nomidan xat yozish
-
10:44 - 10:4720% li yoʻqotish xavfidan ham
samaraliroq chiqdi. -
10:47 - 10:49Ajoyib-a?
-
10:49 - 10:52Bolalardan xatlarning qanchalik
ruhlantiruvchi ekanligi hayratlanarli. -
10:52 - 10:56Bundan xulosa: biz bolalarimizdan
yetarlicha foydalanmaymiz. -
10:56 - 10:58(Kulgu)
-
10:58 - 11:03Albatta, bolalar mehnatini
nazarda tutmayabman. -
11:04 - 11:06Biroq ota-ona va
farzand munosabatlarini koʻrsangiz, -
11:06 - 11:09biz bolalarimiz uchun hamma
narsa qilamiz, -
11:09 - 11:11ularning kelajagi haqida oʻylaymiz.
-
11:11 - 11:12Oʻylashimcha,
-
11:12 - 11:15biz kerakli maqsadga erishish uchun
bolalarimizdan -
11:15 - 11:18ruhlantiruvchi vosita sifatida
foydalanishimiz mumkin. -
11:19 - 11:22Biroq tadqiqotning eng ajablanarli
jihati tanga bilan bogʻliq. -
11:22 - 11:25Tanga boshqa usullardan ikki baravar
koʻproq pul asrashga undadi. -
11:26 - 11:28Endi savol:nega?
Tanganing nimasi bor edi? -
11:29 - 11:32Tanga haqida qanday
oʻylay boshlaganimni aytaman, -
11:32 - 11:33keyin yana shu joyga qaytamiz.
-
11:33 - 11:36Men, aytaylik, kofe sotib olish haqida
izlanish qilsam, -
11:36 - 11:39hech qayerga chiqishim shartmas–
ofisimda oʻtiraveraman. -
11:39 - 11:41Koʻp marta kofe sotib olganman,
qanday ishlashini bilaman. -
11:41 - 11:43Vaziyat bilan tanishman.
-
11:43 - 11:46Dunyodagi eng qashshoq joylar haqida
izlanish oʻtkazganda esa, -
11:46 - 11:49u yerga borib, nimalar boʻlayotganini
oʻrganish kerak. -
11:49 - 11:51U yerda tizim qanday ishlashini
bilish kerak. -
11:52 - 11:53Bir kuni
-
11:53 - 11:56Janubiy Afrikaning Soveto nomli
joyida edim. -
11:56 - 11:59Janoza sugʻurtasi sotiladigan
joyda edim. -
12:00 - 12:04AQShdagi aholi toʻylar uchun
juda koʻp sarflashini bilamiz-a? -
12:04 - 12:06Janubiy Afrikada, bu – janozalar.
-
12:06 - 12:11Odamlar 1-2 yillik daromadini
janozalar uchun sarflashadi. -
12:12 - 12:15U yerda oʻtirar ekanman...
-
12:15 - 12:19aytgancha, Janubiy Afrikaliklarni
irratsional deyishingizdan oldin -
12:19 - 12:21sizlarga shuni eslatib oʻtmoqchiman:
-
12:21 - 12:24ha,toʻyga nisbatan janozaga
koʻproq pul sarflashar, -
12:24 - 12:27lekin ular hayotida 1 marta janozasi
boʻlishini aniq bilishadi. -
12:27 - 12:30(Kulgu)
-
12:36 - 12:41Xoʻsh, janoza sugʻurtasi sotadigan
joyda oʻtiribman-a? -
12:41 - 12:45Bir kishi oʻzining 12 yashar
bolasi bilan kelib qoldi. -
12:45 - 12:48U 1 haftalik janoza sugʻurtasini
sotib oldi. -
12:49 - 12:51Agar u kelasi 7 kun ichida
vafot etsa, -
12:51 - 12:54sugʻurta janozasining 90%ini
qoplab beradi. -
12:54 - 12:57Odamlar kambagʼalliklari uchun
kam miqdorda sugʻurta, -
12:58 - 12:59kam miqdorda sovun v.b
sotib olishadi. -
12:59 - 13:01U sugʻurtani oldi va
-
13:01 - 13:04oʻta tantanavor harakatlar bilan
uni bolasiga berdi. -
13:04 - 13:08Ularni kuzatar ekanman,
"bu tantanavorlik nimaga ekan" dedim. -
13:08 - 13:09Bu ota nima qilyapti?
-
13:09 - 13:13Tasavvur qiling,
oila boquvchisi pulning -
13:13 - 13:16bir qismini sugʻurta uchun sarfladi.
-
13:17 - 13:19Bugun kechasi oilada nima boʻladi?
-
13:20 - 13:22Ovqat odatdagidan kam boʻladi.
-
13:22 - 13:26Kambagʻallikning bu darajasida,ular
kam ovqat, kam kerosin, kam suv koʻrishadi -
13:26 - 13:27Demak, shu kuni nimadir kam.
-
13:27 - 13:31Bu ota va bizning tanga bir narsani
aytmoqchi edi: -
13:31 - 13:33ha, bugun stolda ovqat kamdir.
-
13:33 - 13:35Lekin, bu yerda boshqa
vaziyat ham bor. -
13:36 - 13:40Koʻrib turganingizdek, iqtisodiyotda
saqlab qoʻyish va sugʻurtaga oʻxshash -
13:40 - 13:42muhim, samarali, ammo
koʻzga koʻrinmas vaziyatlar bor. -
13:43 - 13:45Muammo ularni qanday qilib
koʻrinarli qilishda. -
13:46 - 13:50Keling, raketamiz modeliga qaytamiz.
-
13:50 - 13:53Dastlab, tizimni koʻzdan kechirib,
-
13:53 - 13:56muvozanatsizlik tugʻdirayotgan qismlarni
qidirib chiqamiz. -
13:56 - 13:59Agar boʻlsa, bu tengsizlikni tuzatamiz.
-
13:59 - 14:03Keyingi ishimiz tizimning
kattaroq rasmini tasavvur qilishdir. -
14:03 - 14:06Savol beramiz: "Qanday yoqilgʻi quyib,
quvvatni oshirishimiz mumkin? -
14:06 - 14:08Bu esa eng qiyin masalalardan biri.
-
14:08 - 14:11Biz nima eng koʻp samara berishini
har doim ham topa olmaymiz. -
14:11 - 14:13Bu pulmi?
Yoʻqotishdan qoʻrqish nazariyasimi? -
14:13 - 14:15Bu koʻzga koʻrinarli
boshqa omilmi? -
14:15 - 14:18Aniq bilmaymiz. Shuning uchun ham
hammasini sinab koʻramiz. -
14:18 - 14:22Shuni ham inobatga olish kerakki,
baʼzan intuitsiyamiz bizni aldashi mumkin. -
14:22 - 14:25Biz har doim ham qaysi yoʻl
yaxshi ishlashini bila olmaymiz. -
14:25 - 14:27Bizning imkoniyatlarimiz chegarasi va
-
14:27 - 14:30hozir kimligimizning orasidagi farqqa
eʼtibor qaratar ekanmiz, -
14:30 - 14:33bu farqni koʻrib turib, u haqida oʻylash
juda tushkunli. -
14:33 - 14:36Lekin yaxshi xabar ham bor:
biz koʻp narsa qila olamiz. -
14:36 - 14:39Baʼzi oʻzgarishlar oson,
baʼzilari mushkulroq. -
14:39 - 14:42Ammo har bir muammoni birma-bir
yengib oʻta olamiz. -
14:42 - 14:45Shunchaki odamlarni bundan
xabardor qilib emas, -
14:45 - 14:47qarama-qarshilikni kamaytirish,
-
14:47 - 14:48motivatsiya qoʻshish bilan.
-
14:48 - 14:50Menimcha, bu qoʻlimizdan keladi.
-
14:50 - 14:52Oradagi farqni yoʻqotishning iloji bormi?
Yoʻq. -
14:52 - 14:55Lekin biz yaxshiroq boʻla olamizmi?
Ha. -
14:55 - 14:56Eʼtiboringiz uchun katta rahmat
-
14:56 - 15:00(Qarsaklar)
- Title:
- Xulq-atvorimizni qanday yaxshilashimiz mumkin
- Speaker:
- Den Ariely
- Description:
-
Insonlarning xulqini oʻzgartirishda eng samarali usul qaysi? Ushbu quvnoq va maʼlumotlarga boy maʼruzada psixolog Den Ariely nega odamlar nimanidir yomonligini bila turib notoʻgʻri qarorlar qabul qilishini tushuntirib beradi. Shu bilan birga, toʻgʻri harakatlarni bajarishga erishish yoʻlida bir necha tavsiyalar berib oʻtadi.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 15:13
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Dilora Yusupova edited Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Dilora Yusupova edited Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Dilora Yusupova edited Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better | ||
Dilora Yusupova edited Uzbek subtitles for How to change your behavior for the better |