Return to Video

Xulq-atvorimizni qanday yaxshilashimiz mumkin

  • 0:01 - 0:02
    Barchaga salom.
  • 0:03 - 0:05
    Yuzimning yarmida
    soqol yoʻqligini sezgandirsiz-a?
  • 0:06 - 0:08
    Yoʻq, bu bahsni boy berganimdan emas.
  • 0:08 - 0:11
    Ancha yillar oldin juda jiddiy kuyishni
    boshdan kechirganman.
  • 0:11 - 0:13
    Natija:butun tanam
    chandiqlar bilan qoplandi
  • 0:13 - 0:15
    jumladan, yuzimning oʻng tarafi ham.
  • 0:15 - 0:17
    Shu sababli, yuzimning yarmida
    teri tuklari oʻsmaydi.
  • 0:17 - 0:20
    Bu deyarli simmetrik koʻrinadi shundaymi?
  • 0:20 - 0:23
    Xullas, yuz tuklarini
    muhokama qilib boʻldig-a?
  • 0:23 - 0:26
    Keling, endi ijtimoiy fanlarga oʻtamiz.
  • 0:26 - 0:31
    Ayniqsa, insoniyatning imkoniyat chegarasi
    va u hozirgacha erisha olgan nuqta farqiga
  • 0:32 - 0:33
    eʼtibor qaratishni istardim.
  • 0:33 - 0:36
    Ahamiyat bersak, ular oʻrtasidagi
    tafovvut katta.
  • 0:36 - 0:38
    Qanday sohada boʻlmasin,
    biz erisha oladigan narsalar va
  • 0:38 - 0:40
    erishganimiz oʻrtasida juda katta
    boʻshliq bor.
  • 0:40 - 0:43
    Sizga bir savolim bor:
  • 0:43 - 0:47
    orangizda qanchangiz avvalgi oyda
    oʻz meʼyoringizdan ortiq ovqatlandingiz?
  • 0:47 - 0:49
    Shunchaki oʻrtacha qilib olganimizda.
    Yaxshi.
  • 0:49 - 0:53
    Orangizdan qanchangiz oʻtgan oy
    keragidan kam jismoniy mashq bajardingiz?
  • 0:53 - 0:56
    Xoʻp. Orangizdan qanchangiz uchun
    hozirgi qoʻl koʻtarish mashqlari
  • 0:56 - 0:58
    bugun uchun
    yagona badantarbiya boʻldi?
  • 0:58 - 1:01
    (Kulgu)
  • 1:02 - 1:05
    Orangizda mashina haydayotib bir marta
    boʻlsa ham xabar yozishganlar bormi?
  • 1:06 - 1:09
    Yaxshi, vijdonan javob berishga oʻtdik.
    Keling, vijdoningizni sinaymiz.
  • 1:09 - 1:12
    Shu yerdagilarning qanchasi
    oʻtgan oy davomida
  • 1:12 - 1:14
    xojatxonadan chiqayotib doim ham
    qoʻlini yuvmagan?
  • 1:14 - 1:16
    (Kulgu)
  • 1:16 - 1:17
    Ha, vijdon biroz pand berdi.
  • 1:17 - 1:21
    Aytgancha, biz mashina haydab,
    telefon ishlatganimizni oson tan oldik.
  • 1:21 - 1:23
    Lekin qoʻlimizni yuvmaslikka
    kelganda esa...
  • 1:23 - 1:25
    (Kulgu)
  • 1:25 - 1:27
    Bunday misollar juda koʻp
  • 1:27 - 1:30
    Muammo shundaki, biz qila olishimizga
    imonimiz komil boʻlgan
  • 1:30 - 1:32
    narsalar, vaziyatlar juda koʻp.
  • 1:32 - 1:35
    Biz umuman boshqa odam boʻlishimiz mumkin,
    biroq harakatlarimiz boshqacha.
  • 1:35 - 1:37
    Oʻrtadagi tafovvutni
    qanday yengish mumkin?
  • 1:37 - 1:40
    Javobi oddiy:
    "Boshqalarni xabardor qiling"
  • 1:40 - 1:43
    Masalan, atrofingizdagilarga rulda
    telefon ishlatish xatarliligi ayting
  • 1:43 - 1:46
    "Bu xavfli ekanligini bilmaysanmi?
    Boshqa bunday qilma"
  • 1:46 - 1:49
    Odamlarga nimadir xatarli ekanligini
    aytsangiz, ular buni toʻxtatadi.
  • 1:49 - 1:51
    Rulda telefon ishlatish bir misol.
  • 1:51 - 1:53
    Yana bir achinarli misol:
  • 1:53 - 1:54
    AQSh yiliga
  • 1:54 - 1:59
    700-800 million dollarni
    "moliyaviy savodxonlik" yoʻlida sarflaydi
  • 1:59 - 2:02
    Bundan natija nima?
  • 2:02 - 2:05
    Yaqinda moliyaviy savodxonlikka oid
    barcha tadqiqotlar
  • 2:05 - 2:08
    oʻrganib chiqildi.
    Jarayon "meta-analiz" deyiladi.
  • 2:08 - 2:11
    Ularning aniqlashlariga koʻra, insonlarga
    moliyaviy savodxonlikdan
  • 2:11 - 2:13
    dars oʻtilayotganini aytsangiz,
  • 2:13 - 2:15
    ular maʼlumotlarni oʻrganib,
    yaxshi eslab qoladilar
  • 2:16 - 2:18
    Biroq oʻrganganlarini
    amalda qoʻllashadimi? Yoʻq, kamdan-kam.
  • 2:19 - 2:21
    Oʻquv dasturi yakunidagi hisoblashlar
  • 2:21 - 2:23
    savodxonlik 3-4% ga oshganini
    koʻrsatdi
  • 2:23 - 2:25
    Biroz oʻtib koʻrsatkich yana pasaydi
  • 2:25 - 2:26
    Qarabsizki,
  • 2:26 - 2:29
    yakuniy oʻsish – 0,1%.
  • 2:30 - 2:33
    Ha, 0 emas, lekin shunda ham
    0 ga juda-juda yaqin.
  • 2:33 - 2:35
    (Kulgu)
  • 2:35 - 2:37
    Mana shu holat men uchun achinarli.
  • 2:37 - 2:40
    Gap shundaki,
    odamlarga shunchaki maʼlumotni yetkazish
  • 2:40 - 2:43
    doim ham ularning harakatlarini
    yaxshi tomonga oʻzgartira olmaskan
  • 2:43 - 2:44
    Unda nima qilish kerak?
  • 2:44 - 2:47
    Bu borada ijtimoiy fanlar
    bir necha yechim bera oladi.
  • 2:47 - 2:51
    Eng birinchi qadam shuki,
    kishining harakatlarini oʻzgartirish uchun
  • 2:51 - 2:53
    dastlab uning muhitini oʻzgartirish lozim
  • 2:53 - 2:56
    Demak, insonni emas,
    muhitni oʻzgartirish kerak
  • 2:56 - 3:00
    Keling, sizga buni
    oddiy soʻzlar bilan tushuntiraman.
  • 3:00 - 3:02
    Buning uchun xulq-atvorni oʻzgartirishni
  • 3:02 - 3:05
    fazoga raketa joʻnatishga qiyoslaylik.
  • 3:06 - 3:08
    Fazoga raketa uchirish paytida
    ikki narsani
  • 3:08 - 3:10
    esda saqlashimiz lozim.
  • 3:10 - 3:12
    Birinchisi – qarshilikni kamaytirish.
  • 3:12 - 3:15
    Raketaning aerodinamikasini
    taʼminlash uchun
  • 3:15 - 3:17
    uning qarshilik kuchi
    kichik boʻlishi kerak.
  • 3:17 - 3:21
    Ikkinchi vazifamiz – unga koʻp miqdorda
    yoqilgʻilarni joylashdir.
  • 3:21 - 3:25
    Shunda u vazifalarni bajarish uchun
    yetarli quvvatga ega boʻladi.
  • 3:25 - 3:28
    Xulq-atvorni oʻzgartirish ham shunday.
  • 3:28 - 3:30
    Muhokamani qarshilikdan boshlaylik
  • 3:31 - 3:34
    Sizga aytib bermoqchi boʻlgan
    bir tadqiqotimizda
  • 3:34 - 3:37
    onlayn dorixona bilan
    ish olib bordik.
  • 3:37 - 3:39
    Tasavvur qiling,
    doktor huzuriga bordingiz
  • 3:39 - 3:41
    Muolajangiz uzoq davom etarkan.
  • 3:41 - 3:44
    Shifokor sizga zarur dorilarni
    yozib berdi.
  • 3:44 - 3:46
    Siz yuqoridagi onlayn dorixona bilan
  • 3:46 - 3:49
    shartnoma tuzdingiz va har 90 kunda
    pochta orqali dorilarni oldingiz.
  • 3:50 - 3:52
    Har 90 kunda dori, dori, dori.
  • 3:52 - 3:56
    Onlayn dorixona
    oʻz mijozlariga
  • 3:56 - 3:59
    brend dorilardan arzonroqiga oʻtishni
    taklif qilishmoqchi.
  • 3:59 - 4:01
    Ular email orqali mijozlarga
    shunday xat yozishadi:
  • 4:01 - 4:04
    "Iltimos, arzonroq dorilarga oʻting.
  • 4:04 - 4:07
    Bunda siz ham, biz ham,
    sizning boshligʻingiz ham pul tejaydi".
  • 4:07 - 4:08
    Xoʻsh, odamlar nima qilarkan?
  • 4:09 - 4:10
    Hech nima.
  • 4:10 - 4:12
    Dorixonadagilar turli usullarni
    qoʻllab koʻrishdi.
  • 4:12 - 4:15
    Natija boʻlmagach, bir ajoyib taklif
    eʼlon qilishdi.
  • 4:15 - 4:17
    Unda yozilishicha:
  • 4:17 - 4:21
    "Agar arzonroq dorilarga oʻtsangiz,
    1 yil davomida ular tekin boʻladi".
  • 4:21 - 4:23
    1 yil tekin. Bu ajoyibku!
  • 4:23 - 4:26
    Mijozlarning necha foizi
    taklifni qabul qildi deb oʻylaysiz?
  • 4:27 - 4:28
    10% dan kami.
  • 4:29 - 4:31
    Shunda dorixona xodimlari
    oldimga keldi.
  • 4:31 - 4:33
    Ular norozi edilar.
  • 4:33 - 4:35
    Mening aybim nima deysizmi?
  • 4:35 - 4:38
    Men "oʻziga tortuvchi tekin narsa"
    mavzularida koʻp yozgandim.
  • 4:38 - 4:41
    Ularda shunday deyilgandi,
    agar biror narsdaning narxini
  • 4:41 - 4:44
    10 sentdan 1 sentga tushursangiz,
    savdoda katta oʻzgarish boʻlmaydi
  • 4:44 - 4:47
    Uni 1 sentdan 0 sentga oʻzgartirsangiz esa
    odamlar xursand.
  • 4:47 - 4:48
    (Kulgu)
  • 4:48 - 4:51
    Dorixona xodimlari: "Qara,
    sening gapingga kirib, tekin qildik.
  • 4:51 - 4:53
    Nega bu ish bermayapti?
  • 4:53 - 4:54
    Gap nimada?" – deyishdi.
  • 4:54 - 4:57
    "Balki gap qarshilik kuchidadir",–
    dedim men.
  • 4:57 - 4:59
    Ular tushunmadi.
    Ularga tushuntirdim:
  • 4:59 - 5:01
    "Odamlar brend dorilarga yozilishgan.
  • 5:01 - 5:04
    Ular hech narsa qilishmasa ham,
    shu dorilarni olaverishadi
  • 5:04 - 5:07
    Oddiy dorilarga oʻtish uchun
    ular bu haqida xabar berishlari lozim.
  • 5:07 - 5:09
    Buning uchun esa,
  • 5:09 - 5:11
    ular sizga javob xati yozishlari kerak".
  • 5:11 - 5:13
    Buni "hayratlantiruvchi dizayn"
    deb nomlaymiz.
  • 5:13 - 5:15
    Bu yerda ikki xil jarayon
    bir vaqtda sodir boʻlyapti
  • 5:15 - 5:17
    Brend vs oddiy
  • 5:17 - 5:20
    hamda
    hech nima qilmaslik vs harakat.
  • 5:20 - 5:22
    Shunda ularning joyini almashtirishni
    taklif qildim
  • 5:22 - 5:26
    Mijozlarga: "Biz sizlarni
    arzon dorilarga aʼzo qilmoqchimiz.
  • 5:26 - 5:28
    Sizdan hech narsa talab qilinmaydi
  • 5:28 - 5:31
    brend dorilar bilan qolmoqchi
    boʻlsangiz, xabar bering", desakchi?
  • 5:31 - 5:32
    (Kulgu)
  • 5:32 - 5:33
    Toʻgʻrimi?
  • 5:33 - 5:35
    Nima boʻldi deb oʻylaysiz?
  • 5:36 - 5:38
    Advokatlar, advokatlar murojaat qilishdi
  • 5:38 - 5:42
    (Kulgu)
  • 5:44 - 5:46
    Maʼlum boʻlishicha, bu
    qonunga zid ekan.
  • 5:46 - 5:49
    (Kulgu)
  • 5:51 - 5:54
    Aytgancha, ijodkorlik va
    gʻoyalarni rivojlantirish uchun
  • 5:54 - 5:57
    noqonuniy yoki nojoiz ishlar haqida
    oʻylash yaxshi.
  • 5:57 - 6:00
    Agar u amalga koʻchmay,
    faqat miyada qolsa.
  • 6:00 - 6:02
    (Kulgu)
  • 6:02 - 6:04
    Biroq masalaning negiziga qarasak,
  • 6:04 - 6:08
    chindan ham, brendli dorilarni olish uchun
    mijoz hech qanday ish qilishi kerak emas.
  • 6:08 - 6:12
    Men taklif qilgan noqonuniy gʻoyada esa,
    aksi– arzon dorini shundoq ham olaverasiz
  • 6:12 - 6:15
    Mening gʻoyam ish bermagach,biz
    ikki taraf ham birlashgan nuqtani topdik
  • 6:15 - 6:16
    E-mailda shunday yozdik:
  • 6:16 - 6:18
    Agar xabarga javob yozmasangiz,
  • 6:18 - 6:21
    dori yetkazishni toʻxtatishga
    majbur boʻlamiz.
  • 6:21 - 6:25
    Javob xatingizda n narxli brend yoki
    m narxli oddiy dorini tanlaganingizni
  • 6:25 - 6:26
    yozib joʻnatishingizni soʻraymiz.
  • 6:27 - 6:29
    Ana endi ular bir nima qilmasa boʻlmaydi
  • 6:29 - 6:31
    Ikki tomonda ham bir xil shart shundaymi?
  • 6:31 - 6:34
    Hech nima qilmasdan biriga erishishning
    iloji yoʻq vaziyat
  • 6:34 - 6:36
    Necha foiz odatiy dorilarga oʻtdi deysiz?
  • 6:36 - 6:38
    Aksariyat odamlar.
  • 6:38 - 6:39
    Xoʻsh, bu nimani anglatadi?
  • 6:39 - 6:42
    Kishilar oddiy dorilarni afzal koʻradimi
    yo brendni?
  • 6:42 - 6:43
    Bir narsa aniq:
  • 6:44 - 6:46
    xatlarga javob berishni
    yomon koʻramiz. (kulgu)
  • 6:46 - 6:51
    Mana shu birinchi xulosamiz boʻldi:
    kichik narsalar muhim ahamiyatga ega.
  • 6:51 - 6:54
    Demak, qarama-qarshilikni aniqlash uchun
    istalgan vazifani olib,
  • 6:54 - 6:57
    uning qaysi qismida qarama-qarshilik
    koʻpligini aniqlang
  • 6:57 - 6:59
    Aynan shu istalgan harakatni bajarishdan
    ushlab turibdi
  • 6:59 - 7:02
    Istalgan harakat va
    bajarilishi oson boʻlgan harakat
  • 7:02 - 7:03
    bir-biriga toʻgʻri kelmagan holda
  • 7:04 - 7:06
    ularni qayta koʻrib chiqib,
    bir-birga moslash kerak.
  • 7:06 - 7:09
    Birinchi qismda qarama-qarshilik
    haqida gaplashdik.
  • 7:09 - 7:11
    Keling endi motivatsiyani koʻrib chiqamiz
  • 7:11 - 7:12
    Bir tadqiqotimizda
  • 7:12 - 7:16
    Biz Keniyaning Kibera nomli xarobalaridagi
    odamlarni qora kunga pul saqlab qoʻyishga
  • 7:16 - 7:18
    koʻndirmoqchi boʻldik.
  • 7:18 - 7:21
    Bilamizki, kambagʻallikda ortiqcha pul
    saqlab qoʻyish qiyin.
  • 7:21 - 7:24
    Kuningiz har kuni topayotgan pulingiz
    hisobiga oʻtadi
  • 7:24 - 7:26
    baʼzan kutilmagan muammolar chiqadi.
  • 7:26 - 7:30
    Ana shunda, sizning ortiqcha xarajatga
    pilingiz boʻlmaydi – qarz olasiz.
  • 7:30 - 7:36
    Kibera aholisi esa, baʼzan haftasiga
    10% qoʻshimcha toʻlab ham qarz olishadi.
  • 7:36 - 7:39
    Qarabsizki, qarz botqogʻidan chiqish
    qiyinlashib boradi.
  • 7:39 - 7:41
    Bazoʻr kun kechirayotgandingiz,
    bir koʻrgilik boʻldi.
  • 7:41 - 7:44
    Qarz oldingiz, vaziyat kundan kunga
    yanada ogʻirlashdi.
  • 7:44 - 7:47
    Shuning uchun ham,ularga
    qora kunga pul saqlab qoʻyishni uqtirdik.
  • 7:48 - 7:51
    Shunda ularni bu ishga
    qanday ruhlantirish,
  • 7:51 - 7:53
    qaysi yoqilgʻi qoʻshish haqida
    oʻylay boshladik.
  • 7:53 - 7:55
    Biz har narsa qilib koʻrdik.
  • 7:55 - 7:58
    Baʼzilariga har hafta xabar yozib,
  • 7:58 - 8:02
    shu hafta 100 shilling (taxminan 1 dollar)
    saqlab qoʻyishni soʻradik.
  • 8:03 - 8:07
    Baʼzilariga bu xat goʻyoki oʻz bolalaridan
    kelgandek qilib yozdik:
  • 8:07 - 8:11
    "Otajon, oyijon, bu men Joey" –
  • 8:11 - 8:13
    farzandining ismi
  • 8:13 - 8:16
    "Oilamiz kelajagi uchun
    bu hafta 100 shiling saqlab qoʻyaylik"
  • 8:17 - 8:20
    Qalay? Men yahudiyman. Bizning falasafada
    biroz aybdorlik hissi foyda keltiradi.
  • 8:20 - 8:22
    (Kulgu)
  • 8:22 - 8:24
    Baʼzilarga 10% qoʻshimcha
    pul taklif qildik.
  • 8:24 - 8:27
    "100 shilling saqlab qoʻying va
    biz sizga uning 10% ini qoʻshamiz"
  • 8:27 - 8:28
    Baʼzilarga 20% dedik.
  • 8:28 - 8:31
    Baʼzilarga ham 10%, ham 20% foyda
    taklif qilindi.
  • 8:31 - 8:33
    Biroq unda yoʻqotishdan qoʻrquv holati
    aralashgandi.
  • 8:33 - 8:34
    Bu nima degani?
  • 8:34 - 8:37
    Yoʻqotishdan qoʻrqish nazariyasiga koʻra,
    bizning yoʻqotishdan qoʻrquvimiz
  • 8:37 - 8:39
    foydadan oladigan zavqdan kuchliroq.
  • 8:39 - 8:42
    Keling, 10% foyda belgilangan
    bir kishini tasavvur qilamiz
  • 8:42 - 8:43
    U 40 shilling saqlab qoʻydi.
  • 8:43 - 8:46
    Qoidaga muvofiq, unga yana 4 shilling
    beramiz
  • 8:46 - 8:47
    U katta rahmat aytadi.
  • 8:47 - 8:49
    Biroq u 6 shilling yoʻqotdi.
  • 8:49 - 8:51
    Agar u 100 shilling saqlab qoʻyganida,
    yana 6 shilling olardi
  • 8:51 - 8:53
    Biroq u buni anglab yetmadi.
  • 8:53 - 8:55
    Endi biz foizni oldindan
    berib qoʻyadigan boʻldik.
  • 8:55 - 8:58
    Haftaning boshida unga
    10 shilling koʻrsatamiz va
  • 8:58 - 8:59
    "bular seni kutayapti" deb aytamiz.
  • 8:59 - 9:02
    Agar ular 40 shilling saqlaganini
    koʻrsak, aytamiz:
  • 9:02 - 9:05
    "Voy atigi 40 shillingmi? Unda faqat
    4 shilling berib, 6 tasini qaytaramiz"
  • 9:05 - 9:08
    Foizni oldin yo keyin berganimizda ham
  • 9:08 - 9:10
    ular 10% foyda olishyapti.
  • 9:10 - 9:12
    Biroq foyda boshida koʻrsatilsa,
  • 9:12 - 9:15
    ular oʻzlari olishi mumkin boʻlgan,
    ammo yoʻqotgan pulni koʻrishadi.
  • 9:15 - 9:19
    Xoʻsh, biz xat joʻnatishni, uni bolalari
    yozgandek yozishni, boshda yo oxirida
  • 9:19 - 9:21
    10-20% foyda berishni
    sinab koʻrdik.
  • 9:21 - 9:22
    Bizda yana bir usul bor edi.
  • 9:22 - 9:25
    Bu mana shunday kattalikdagi tanga edi.
  • 9:25 - 9:27
    Unda 24gacha raqamlar bor edi.
  • 9:27 - 9:31
    Ularga tangani kulbasining
    bir chetiga qoʻyishni aytdik.
  • 9:31 - 9:34
    Har hafta tangadagi sonlardan birining
    ustidan chizib borishdi.
  • 9:34 - 9:36
    1-hafta, 2-hafta, 3-hafta, 4
  • 9:36 - 9:39
    Agar shu hafta pul saqlab qoʻyishmasa,
    "-" belgisi,
  • 9:39 - 9:42
    agar pul saqlab qoʻyishsa,
    "/" belgisini qoʻyishlari kerak edi
  • 9:42 - 9:43
    Endi taxmin qiling:
  • 9:43 - 9:46
    qay bir usul koʻproq
    samara berdi?
  • 9:46 - 9:49
    Xat, bolalardan xat,
    10%, 20%
  • 9:49 - 9:51
    hafta boshi, hafta oxiri
    yo tanga?
  • 9:51 - 9:54
    Sizga oʻrtacha odam qanday fikrdaligini
    aytaman.
  • 9:54 - 9:56
    Biz AQSh va Keniyaliklar ichida
  • 9:56 - 9:58
    shu borada soʻrovnoma oʻtkazdik.
  • 9:58 - 10:01
    Ularga koʻra, 20% ning taʼsiri
    10% dan koʻra
  • 10:01 - 10:02
    koʻproq boʻladi.
  • 10:02 - 10:04
    Qolganlarining foydasi yoʻq:
  • 10:04 - 10:06
    bolalar, tanga – foydasiz.
  • 10:07 - 10:10
    Odamlarning fikricha,
    yoʻqotishdan qoʻrqishning ham taʼsiri kam
  • 10:11 - 10:12
    Aslida nima boʻldi?
  • 10:13 - 10:15
    Haftada bir marta xat joʻnatish
  • 10:15 - 10:16
    ancha foyda berdi.
  • 10:17 - 10:18
    Yaxshi-a!
  • 10:18 - 10:22
    Dastur 6 oy davom etdi.
    Odamlarga eslatib turishning foydasi bor.
  • 10:22 - 10:25
    Haftaning oxirida 10% qoʻshimcha berish
    undan sal samaraliroq boʻldi.
  • 10:25 - 10:27
    Demak, moliyaviy ragʻbat ham ish berdi.
  • 10:27 - 10:31
    Hafta oxirida 20% berishning
    10% dan farqi yoʻq.
  • 10:32 - 10:33
    Haftaning boshida 10% berish
  • 10:33 - 10:35
    avvalgilaridan samaraliroq.
  • 10:35 - 10:36
    Yoʻqotish qoʻrquvi ishlaydi.
  • 10:36 - 10:38
    Hafta boshida 20% bersakchi?
  • 10:38 - 10:41
    Farqi yoʻq: natija oʻsha-oʻsha
  • 10:41 - 10:44
    Bolalar nomidan xat yozish
  • 10:44 - 10:47
    20% li yoʻqotish xavfidan ham
    samaraliroq chiqdi.
  • 10:47 - 10:49
    Ajoyib-a?
  • 10:49 - 10:52
    Bolalardan xatlarning qanchalik
    ruhlantiruvchi ekanligi hayratlanarli.
  • 10:52 - 10:56
    Bundan xulosa: biz bolalarimizdan
    yetarlicha foydalanmaymiz.
  • 10:56 - 10:58
    (Kulgu)
  • 10:58 - 11:03
    Albatta, bolalar mehnatini
    nazarda tutmayabman.
  • 11:04 - 11:06
    Biroq ota-ona va
    farzand munosabatlarini koʻrsangiz,
  • 11:06 - 11:09
    biz bolalarimiz uchun hamma
    narsa qilamiz,
  • 11:09 - 11:11
    ularning kelajagi haqida oʻylaymiz.
  • 11:11 - 11:12
    Oʻylashimcha,
  • 11:12 - 11:15
    biz kerakli maqsadga erishish uchun
    bolalarimizdan
  • 11:15 - 11:18
    ruhlantiruvchi vosita sifatida
    foydalanishimiz mumkin.
  • 11:19 - 11:22
    Biroq tadqiqotning eng ajablanarli
    jihati tanga bilan bogʻliq.
  • 11:22 - 11:25
    Tanga boshqa usullardan ikki baravar
    koʻproq pul asrashga undadi.
  • 11:26 - 11:28
    Endi savol:nega?
    Tanganing nimasi bor edi?
  • 11:29 - 11:32
    Tanga haqida qanday
    oʻylay boshlaganimni aytaman,
  • 11:32 - 11:33
    keyin yana shu joyga qaytamiz.
  • 11:33 - 11:36
    Men, aytaylik, kofe sotib olish haqida
    izlanish qilsam,
  • 11:36 - 11:39
    hech qayerga chiqishim shartmas–
    ofisimda oʻtiraveraman.
  • 11:39 - 11:41
    Koʻp marta kofe sotib olganman,
    qanday ishlashini bilaman.
  • 11:41 - 11:43
    Vaziyat bilan tanishman.
  • 11:43 - 11:46
    Dunyodagi eng qashshoq joylar haqida
    izlanish oʻtkazganda esa,
  • 11:46 - 11:49
    u yerga borib, nimalar boʻlayotganini
    oʻrganish kerak.
  • 11:49 - 11:51
    U yerda tizim qanday ishlashini
    bilish kerak.
  • 11:52 - 11:53
    Bir kuni
  • 11:53 - 11:56
    Janubiy Afrikaning Soveto nomli
    joyida edim.
  • 11:56 - 11:59
    Janoza sugʻurtasi sotiladigan
    joyda edim.
  • 12:00 - 12:04
    AQShdagi aholi toʻylar uchun
    juda koʻp sarflashini bilamiz-a?
  • 12:04 - 12:06
    Janubiy Afrikada, bu – janozalar.
  • 12:06 - 12:11
    Odamlar 1-2 yillik daromadini
    janozalar uchun sarflashadi.
  • 12:12 - 12:15
    U yerda oʻtirar ekanman...
  • 12:15 - 12:19
    aytgancha, Janubiy Afrikaliklarni
    irratsional deyishingizdan oldin
  • 12:19 - 12:21
    sizlarga shuni eslatib oʻtmoqchiman:
  • 12:21 - 12:24
    ha,toʻyga nisbatan janozaga
    koʻproq pul sarflashar,
  • 12:24 - 12:27
    lekin ular hayotida 1 marta janozasi
    boʻlishini aniq bilishadi.
  • 12:27 - 12:30
    (Kulgu)
  • 12:36 - 12:41
    Xoʻsh, janoza sugʻurtasi sotadigan
    joyda oʻtiribman-a?
  • 12:41 - 12:45
    Bir kishi oʻzining 12 yashar
    bolasi bilan kelib qoldi.
  • 12:45 - 12:48
    U 1 haftalik janoza sugʻurtasini
    sotib oldi.
  • 12:49 - 12:51
    Agar u kelasi 7 kun ichida
    vafot etsa,
  • 12:51 - 12:54
    sugʻurta janozasining 90%ini
    qoplab beradi.
  • 12:54 - 12:57
    Odamlar kambagʼalliklari uchun
    kam miqdorda sugʻurta,
  • 12:58 - 12:59
    kam miqdorda sovun v.b
    sotib olishadi.
  • 12:59 - 13:01
    U sugʻurtani oldi va
  • 13:01 - 13:04
    oʻta tantanavor harakatlar bilan
    uni bolasiga berdi.
  • 13:04 - 13:08
    Ularni kuzatar ekanman,
    "bu tantanavorlik nimaga ekan" dedim.
  • 13:08 - 13:09
    Bu ota nima qilyapti?
  • 13:09 - 13:13
    Tasavvur qiling,
    oila boquvchisi pulning
  • 13:13 - 13:16
    bir qismini sugʻurta uchun sarfladi.
  • 13:17 - 13:19
    Bugun kechasi oilada nima boʻladi?
  • 13:20 - 13:22
    Ovqat odatdagidan kam boʻladi.
  • 13:22 - 13:26
    Kambagʻallikning bu darajasida,ular
    kam ovqat, kam kerosin, kam suv koʻrishadi
  • 13:26 - 13:27
    Demak, shu kuni nimadir kam.
  • 13:27 - 13:31
    Bu ota va bizning tanga bir narsani
    aytmoqchi edi:
  • 13:31 - 13:33
    ha, bugun stolda ovqat kamdir.
  • 13:33 - 13:35
    Lekin, bu yerda boshqa
    vaziyat ham bor.
  • 13:36 - 13:40
    Koʻrib turganingizdek, iqtisodiyotda
    saqlab qoʻyish va sugʻurtaga oʻxshash
  • 13:40 - 13:42
    muhim, samarali, ammo
    koʻzga koʻrinmas vaziyatlar bor.
  • 13:43 - 13:45
    Muammo ularni qanday qilib
    koʻrinarli qilishda.
  • 13:46 - 13:50
    Keling, raketamiz modeliga qaytamiz.
  • 13:50 - 13:53
    Dastlab, tizimni koʻzdan kechirib,
  • 13:53 - 13:56
    muvozanatsizlik tugʻdirayotgan qismlarni
    qidirib chiqamiz.
  • 13:56 - 13:59
    Agar boʻlsa, bu tengsizlikni tuzatamiz.
  • 13:59 - 14:03
    Keyingi ishimiz tizimning
    kattaroq rasmini tasavvur qilishdir.
  • 14:03 - 14:06
    Savol beramiz: "Qanday yoqilgʻi quyib,
    quvvatni oshirishimiz mumkin?
  • 14:06 - 14:08
    Bu esa eng qiyin masalalardan biri.
  • 14:08 - 14:11
    Biz nima eng koʻp samara berishini
    har doim ham topa olmaymiz.
  • 14:11 - 14:13
    Bu pulmi?
    Yoʻqotishdan qoʻrqish nazariyasimi?
  • 14:13 - 14:15
    Bu koʻzga koʻrinarli
    boshqa omilmi?
  • 14:15 - 14:18
    Aniq bilmaymiz. Shuning uchun ham
    hammasini sinab koʻramiz.
  • 14:18 - 14:22
    Shuni ham inobatga olish kerakki,
    baʼzan intuitsiyamiz bizni aldashi mumkin.
  • 14:22 - 14:25
    Biz har doim ham qaysi yoʻl
    yaxshi ishlashini bila olmaymiz.
  • 14:25 - 14:27
    Bizning imkoniyatlarimiz chegarasi va
  • 14:27 - 14:30
    hozir kimligimizning orasidagi farqqa
    eʼtibor qaratar ekanmiz,
  • 14:30 - 14:33
    bu farqni koʻrib turib, u haqida oʻylash
    juda tushkunli.
  • 14:33 - 14:36
    Lekin yaxshi xabar ham bor:
    biz koʻp narsa qila olamiz.
  • 14:36 - 14:39
    Baʼzi oʻzgarishlar oson,
    baʼzilari mushkulroq.
  • 14:39 - 14:42
    Ammo har bir muammoni birma-bir
    yengib oʻta olamiz.
  • 14:42 - 14:45
    Shunchaki odamlarni bundan
    xabardor qilib emas,
  • 14:45 - 14:47
    qarama-qarshilikni kamaytirish,
  • 14:47 - 14:48
    motivatsiya qoʻshish bilan.
  • 14:48 - 14:50
    Menimcha, bu qoʻlimizdan keladi.
  • 14:50 - 14:52
    Oradagi farqni yoʻqotishning iloji bormi?
    Yoʻq.
  • 14:52 - 14:55
    Lekin biz yaxshiroq boʻla olamizmi?
    Ha.
  • 14:55 - 14:56
    Eʼtiboringiz uchun katta rahmat
  • 14:56 - 15:00
    (Qarsaklar)
Title:
Xulq-atvorimizni qanday yaxshilashimiz mumkin
Speaker:
Den Ariely
Description:

Insonlarning xulqini oʻzgartirishda eng samarali usul qaysi? Ushbu quvnoq va maʼlumotlarga boy maʼruzada psixolog Den Ariely nega odamlar nimanidir yomonligini bila turib notoʻgʻri qarorlar qabul qilishini tushuntirib beradi. Shu bilan birga, toʻgʻri harakatlarni bajarishga erishish yoʻlida bir necha tavsiyalar berib oʻtadi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
15:13

Uzbek subtitles

Revisions Compare revisions