Return to Video

Nima uchun "Usta va Margarita" ni o'qish kerak? - Aleks Gendler

  • 0:08 - 0:11
    Kunlarning birida shaharda
    Shaytoni-La'in paydo bo'ldi.
  • 0:11 - 0:15
    Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i
    teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi.
  • 0:15 - 0:18
    Mana shu qiziqarli muqaddima
    Mixail Bulgakovning shoh asari –
  • 0:18 - 0:22
    "Usta va Margarita" ning asosiy
    syujet chizig'ini shakllantiradi.
  • 0:22 - 0:25
    XX asrning 30-yillarida
    Moskvada yozilgan bu asarda
  • 0:25 - 0:29
    siyosiy satira, tarixiy proza va
  • 0:29 - 0:31
    okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro
  • 0:31 - 0:35
    uyg'unlashgan bo’lib, 20-asrning eng
    buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy
  • 0:35 - 0:37
    romanlaridan biri sifatida
    e'tirof etiladi.
  • 0:37 - 0:40
    Hikoya boshida
    Moskva adabiy uyushmasining
  • 0:40 - 0:42
    ikki a'zosi o'rtasidagi suhbat
  • 0:42 - 0:45
    o'zini qora jodu seansini
    o'tkazishga taklif qilingan
  • 0:45 - 0:48
    chet ellik olim sifatida tanishtirgan
  • 0:48 - 0:51
    Voland ismli g'oyat g'alati kimsaning
    tashrifi bilan bo'linadi.
  • 0:51 - 0:55
    Notanish kishi bu ikki hamrohni
    falsafiy munozaraga jalb qilib, ularning
  • 0:55 - 0:58
    taqdirlari haqida dahshatli
    bashoratlar qilayotgan
  • 0:58 - 1:02
    bir paytda, kitobxon e'tibori to'satdan
    milodiy I asrda
  • 1:02 - 1:04
    Quddusda bo'layotgan
    voqealarga ko'chiriladi.
  • 1:04 - 1:09
    Rim prokuratori Pontiy Pilat Iso Masihni
    istar-istamas o'limga hukm qiladi.
  • 1:09 - 1:11
    Asar syujeti ikkita badiiy olamda
    parallel ravishda
  • 1:11 - 1:16
    yuz beradi – Voland va uning sheriklari:
    Azazello, Korovyov, Gella va
  • 1:16 - 1:19
    Begemot ismli bahaybat mushuk
  • 1:19 - 1:21
    aql bovar qilmaydigan sehr-jodu
    kuchi yordamida
  • 1:21 - 1:24
    haqiqiy tomosha ko'rsatib,
  • 1:24 - 1:28
    olamonni katta to'palon va
    sarosima ichida qoldiradilar.
  • 1:28 - 1:33
    Romandagi qora yumor ko'pincha
    nafaqat shaytoniy shumliklarda,
  • 1:33 - 1:36
    balki asarning tarixiy kontekstida
    ham o'z aksini topadi.
  • 1:36 - 1:40
    Bulgakov asari voqealari
    u yaratilgan siyosiy muhit –
  • 1:40 - 1:43
    Stalinizm avj olgan SSSR da sodir bo'ladi.
    O'sha paytda yozuvchi
  • 1:43 - 1:47
    va san'atkorlar kuchli senzura bosimi
    ostida ishlaganlar,
  • 1:47 - 1:50
    asarlari davlat mafkurasiga zid
    bo'lgan taqdirda, qamoqqa olinishlari,
  • 1:50 - 1:54
    quvg'in qilinishlari va hatto
    qatl etilishlari mumkin edi.
  • 1:54 - 1:56
    Ishlari ma'qullangan taqdirda ham,
    ularning
  • 1:56 - 1:58
    faoliyati, shuningdek,
    uy-joyi, safar-sayohatlari,
  • 1:58 - 2:01
    butun turmush tarzi
    qat'iy byurokratiya nazoratiga olingan.
  • 2:01 - 2:02
    Romanda Voland
  • 2:02 - 2:07
    mazkur tizimni ustalik bilan
    manipulyatsiya qiladi, voqelikni aqlni
  • 2:07 - 2:09
    shoshirar darajada
    o'zgartirib yuboradi.
  • 2:09 - 2:13
    Qahramonlardan birini tramvay urib boshi
    uziladi, shiftdan pul yomg'ir bo'lib
  • 2:13 - 2:16
    yog'iladi – moskvaliklar bularning
    barchasiga o'ziga xos manfaatparastlik
  • 2:16 - 2:20
    bilan munosabat bildiradi. Bu Sovet
    jamiyatida o'zining yuqori ideallariga
  • 2:20 - 2:22
    qaramay ochko'zlik va
    xudbinlik hukm
  • 2:22 - 2:24
    surayotganini ko'rsatadi.
    Quruq hikoya uslubi
  • 2:24 - 2:28
    sekin-asta g'ayrioddiy hodisalarni
    sovet tuzumidagi
  • 2:28 - 2:32
    kundalik hayotning
    bema'niligi bilan qorishtirib yuboradi.
  • 2:32 - 2:36
    Ammo qanday qilib Bulgakov
    avtoritarizm davrida bunday
  • 2:36 - 2:38
    isyonkor romanni nashr etishga
    muvaffaq bo'ldi?
  • 2:38 - 2:40
    Afsuski, u buni uddalay olmadi...
  • 2:40 - 2:43
    U "Usta va Margarita" ustida
    o'n yildan ortiq ishladi.
  • 2:43 - 2:45
    Stalinning shaxsiy iltifoti Bulgakovni
  • 2:45 - 2:49
    og'ir jazodan saqlab qolgan
    bo'lishi mumkin, ammo ko'plab pyesalarning
  • 2:49 - 2:52
    sahnalashtirilishi va asarlarining
    chop etilishi taqiqlandi,
  • 2:52 - 2:55
    tirik qoldirishsa-da,
    ijodiy faoliyati cheklandi.
  • 2:55 - 2:58
    1940-yil muallif vafot etgach,
  • 2:58 - 3:00
    qo'lyozma chop etilmay qoldi.
  • 3:00 - 3:04
    1960-yillarga kelibgina senzura
    qilingan nusxasi bosilib chiqdi,
  • 3:04 - 3:06
    qo'lyozmaning asl nusxalari esa
  • 3:06 - 3:09
    yashirin doiralarda tarqalishda
    davom etdi.
  • 3:09 - 3:13
    Kitobning to'liq matni
    u yozib tugatilganiga 30 yildan oshgach,
  • 3:13 - 3:16
    1973-yildagina nashr etildi.
  • 3:16 - 3:20
    Bulgakovning senzura bilan murosasiz
    kurashi va ijodiy inqiroz davri
  • 3:20 - 3:23
    romanning ikkinchi qismiga
    avtobiografik ruh bag'ishlaydi,
  • 3:23 - 3:26
    unda biz asar nomidagi
    qahramon bilan tanishamiz.
  • 3:26 - 3:30
    "Usta" noma'lum yozuvchi bo'lib,
    uzoq yil roman ustida ishlaydi, ammo
  • 3:30 - 3:34
    nashriyotlar rad etgach, xuddi Bulgakov
    kitobning birinchi nusxasini yoqib
  • 3:34 - 3:37
    yuborgani singari u ham
    qo'lyozmasini yondirib yuboradi.
  • 3:37 - 3:41
    Biroq bosh qahramon
    Ustaning sevgilisi Margaritadir.
  • 3:41 - 3:44
    Sevgilisining sarobga aylangan
    orzusiga sadoqati
  • 3:44 - 3:48
    tufayli u iblis to'dasining
    nayrangbozliklarida ishtirok etadi
  • 3:48 - 3:52
    va roman syujeti
    kulminatsiya nuqtasiga yetadi.
  • 3:52 - 3:55
    O'zining qora yumori va
    murakkab tuzilishiga qaramay,
  • 3:55 - 3:58
    "Usta va Margarita" aslida san'at,
    sevgi va poklanish to'g'risida
  • 3:58 - 4:02
    mulohaza yuritadi, chunki aynan ular
  • 4:02 - 4:05
    umidsizlik va xudbinlikka
    berilishdan saqlaydi.
  • 4:05 - 4:10
    Ko'p yillardan so'ng, barcha
    qiyinchiliklarga qaramay kitobning nashr
  • 4:10 - 4:14
    etilishi Voland Ustaga aytgan
    so'zlarning o'ziga xos tasdig'idir:
  • 4:14 - 4:17
    "Qo'lyozmalar yonmaydi".
Title:
Nima uchun "Usta va Margarita" ni o'qish kerak? - Aleks Gendler
Speaker:
Aleks Gendler
Description:

To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/why-should-you-read-the-master-and-margarita-alex-gendler

Kunlarning birida shaharda Shaytoni-La'in paydo bo'ldi. Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi. Mana shu g'ayritabiiy muqaddima Mixail Bulgakovning shoh asari – "Usta va Margarita" ning asosiy syujet chizig'ini shakllantiradi. Siyosiy satira, tarixiy proza va okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro uyg'unlashgan bu asar 20-asrning eng buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy romanlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Aleks Gendler isyonkor romanni tadqiq etadi.

Aleks Gendler darsi, Adriatic Animation tomonidan tayyorlandi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
04:12

Uzbek subtitles

Revisions