YouTube

Got a YouTube account?

New: enable viewer-created translations and captions on your YouTube channel!

Uzbek subtitles

← Nima uchun "Usta va Margarita" ni o'qish kerak? - Aleks Gendler

Get Embed Code
27 Languages

Showing Revision 4 created 02/04/2020 by Nazarbek Nazarov.

  1. Kunlarning birida shaharda
    Shaytoni-La'in paydo bo'ldi.
  2. Ammo xavotirga hojat yo'q: u bor-yo'g'i
    teatrda qora jodu tomoshasini qo'ymoqchi.
  3. Mana shu qiziqarli muqaddima
    Mixail Bulgakovning shoh asari –

  4. "Usta va Margarita" ning asosiy
    syujet chizig'ini shakllantiradi.
  5. XX asrning 30-yillarida
    Moskvada yozilgan bu asarda
  6. siyosiy satira, tarixiy proza va
  7. okkultizmga yo'girilgan mistika o'zaro
  8. uyg'unlashgan bo’lib, 20-asrning eng
    buyuk, shu bilan birga, eng g'ayrioddiy
  9. romanlaridan biri sifatida
    e'tirof etiladi.
  10. Hikoya boshida
    Moskva adabiy uyushmasining

  11. ikki a'zosi o'rtasidagi suhbat
  12. o'zini qora jodu seansini
    o'tkazishga taklif qilingan
  13. chet ellik olim sifatida tanishtirgan
  14. Voland ismli g'oyat g'alati kimsaning
    tashrifi bilan bo'linadi.
  15. Notanish kishi bu ikki hamrohni
    falsafiy munozaraga jalb qilib, ularning
  16. taqdirlari haqida dahshatli
    bashoratlar qilayotgan
  17. bir paytda, kitobxon e'tibori to'satdan
    milodiy I asrda
  18. Quddusda bo'layotgan
    voqealarga ko'chiriladi.
  19. Rim prokuratori Pontiy Pilat Iso Masihni
    istar-istamas o'limga hukm qiladi.
  20. Asar syujeti ikkita badiiy olamda
    parallel ravishda
  21. yuz beradi – Voland va uning sheriklari:
    Azazello, Korovyov, Gella va
  22. Begemot ismli bahaybat mushuk
  23. aql bovar qilmaydigan sehr-jodu
    kuchi yordamida
  24. haqiqiy tomosha ko'rsatib,
  25. olamonni katta to'palon va
    sarosima ichida qoldiradilar.
  26. Romandagi qora yumor ko'pincha
    nafaqat shaytoniy shumliklarda,

  27. balki asarning tarixiy kontekstida
    ham o'z aksini topadi.
  28. Bulgakov asari voqealari
    u yaratilgan siyosiy muhit –
  29. Stalinizm avj olgan SSSR da sodir bo'ladi.
    O'sha paytda yozuvchi
  30. va san'atkorlar kuchli senzura bosimi
    ostida ishlaganlar,
  31. asarlari davlat mafkurasiga zid
    bo'lgan taqdirda, qamoqqa olinishlari,
  32. quvg'in qilinishlari va hatto
    qatl etilishlari mumkin edi.
  33. Ishlari ma'qullangan taqdirda ham,
    ularning
  34. faoliyati, shuningdek,
    uy-joyi, safar-sayohatlari,
  35. butun turmush tarzi
    qat'iy byurokratiya nazoratiga olingan.
  36. Romanda Voland
  37. mazkur tizimni ustalik bilan
    manipulyatsiya qiladi, voqelikni aqlni
  38. shoshirar darajada
    o'zgartirib yuboradi.
  39. Qahramonlardan birini tramvay urib boshi
    uziladi, shiftdan pul yomg'ir bo'lib
  40. yog'iladi – moskvaliklar bularning
    barchasiga o'ziga xos manfaatparastlik
  41. bilan munosabat bildiradi. Bu Sovet
    jamiyatida o'zining yuqori ideallariga
  42. qaramay ochko'zlik va
    xudbinlik hukm
  43. surayotganini ko'rsatadi.
    Quruq hikoya uslubi
  44. sekin-asta g'ayrioddiy hodisalarni
    sovet tuzumidagi
  45. kundalik hayotning
    bema'niligi bilan qorishtirib yuboradi.
  46. Ammo qanday qilib Bulgakov
    avtoritarizm davrida bunday

  47. isyonkor romanni nashr etishga
    muvaffaq bo'ldi?
  48. Afsuski, u buni uddalay olmadi...
  49. U "Usta va Margarita" ustida
    o'n yildan ortiq ishladi.
  50. Stalinning shaxsiy iltifoti Bulgakovni
  51. og'ir jazodan saqlab qolgan
    bo'lishi mumkin, ammo ko'plab pyesalarning
  52. sahnalashtirilishi va asarlarining
    chop etilishi taqiqlandi,
  53. tirik qoldirishsa-da,
    ijodiy faoliyati cheklandi.
  54. 1940-yil muallif vafot etgach,
  55. qo'lyozma chop etilmay qoldi.
  56. 1960-yillarga kelibgina senzura
    qilingan nusxasi bosilib chiqdi,
  57. qo'lyozmaning asl nusxalari esa
  58. yashirin doiralarda tarqalishda
    davom etdi.
  59. Kitobning to'liq matni
    u yozib tugatilganiga 30 yildan oshgach,
  60. 1973-yildagina nashr etildi.
  61. Bulgakovning senzura bilan murosasiz
    kurashi va ijodiy inqiroz davri

  62. romanning ikkinchi qismiga
    avtobiografik ruh bag'ishlaydi,
  63. unda biz asar nomidagi
    qahramon bilan tanishamiz.
  64. "Usta" noma'lum yozuvchi bo'lib,
    uzoq yil roman ustida ishlaydi, ammo
  65. nashriyotlar rad etgach, xuddi Bulgakov
    kitobning birinchi nusxasini yoqib
  66. yuborgani singari u ham
    qo'lyozmasini yondirib yuboradi.
  67. Biroq bosh qahramon
    Ustaning sevgilisi Margaritadir.
  68. Sevgilisining sarobga aylangan
    orzusiga sadoqati

  69. tufayli u iblis to'dasining
    nayrangbozliklarida ishtirok etadi
  70. va roman syujeti
    kulminatsiya nuqtasiga yetadi.
  71. O'zining qora yumori va
    murakkab tuzilishiga qaramay,

  72. "Usta va Margarita" aslida san'at,
    sevgi va poklanish to'g'risida
  73. mulohaza yuritadi, chunki aynan ular
  74. umidsizlik va xudbinlikka
    berilishdan saqlaydi.
  75. Ko'p yillardan so'ng, barcha
    qiyinchiliklarga qaramay kitobning nashr
  76. etilishi Voland Ustaga aytgan
    so'zlarning o'ziga xos tasdig'idir:
  77. "Qo'lyozmalar yonmaydi".