YouTube

Got a YouTube account?

New: enable viewer-created translations and captions on your YouTube channel!

Uzbek subtitles

← Imkonsizni bajarish, qo'rquvni yengib o'tish | Dan Meyer | TEDxMaastricht

Get Embed Code
75 Languages

Showing Revision 19 created 12/09/2017 by Gulnoza Yakubova.

  1. Rahmat.

  2. Bir vaqtlar Hindistonda bir Maharaja shoh
    bor edi, va uning tug'ilgan kuni uchun
  3. hamma rahbarlar shohga loyiq sovg'a
    keltirishi lozim deb farmon chiqarildi.
  4. Ba'zilar mayin ipaklar,
    ba'zilar ajoyib qilichlar,
  5. ba'zilar oltin keltirishdi.
  6. Navbatning oxirida ajindor,
    kichik jussali,
  7. qishlog'idan ko'p kunlab dengiz bo'ylab
    piyoda kelayotgan bir keksa kishi kelardi.
  8. Keksa kishi yurib kelar ekan, shohning o'gli,
    "Sen shohga nima sovg'a keltirding?"
  9. deya so'radi, va keksa kishi asta sekin
    qo'lini ochib, juda ham chiroyli,
  10. binafsha va sariq, qizil va ko'k
    buramali dengiz qobig'ini ko'rsatdi.
  11. Va Shohning o'gli aytdi,
  12. "Bu Shohga loyiq sovg'a emas!
    Bu qanday sovg'a?"
  13. Keksa kishi sekin unga qaradi
    va aytdi,
  14. "Uzoq sayohat... sovg'aning qismidir."
  15. (Kulgu)
  16. Shu lahzalarda,
    men sizga, tarqatishga arzigulik
  17. deb ishonadigan, sovg'a bermoqchiman.
  18. Lekin berishimdan oldin, sizni mening
  19. uzoq sayohatimga olib ketishimga
    ijozat bering.
  20. Ko'pchiligingiz kabi,
  21. hayotni kichkina bola bo'lib
    boshladim.
  22. Qanchangiz hayotni kichkina bola bo'lib
    boshladingiz?
  23. Yosh tug'ilgan?
  24. Taxminan yarmingiz... xop...
  25. (Kulgu)
  26. Qolganlaringizchi, nima?
    Siz katta bo'lib tug'ilganmisiz?
  27. Eh, men sizlarning onalaringiz bilan
    uchrashsam edi!
  28. Imkonsizlik haqida ayting!
  29. Bolaligimdan, menda imkoni bo'lmagan
    ishlarni bajarishga katta qiziqish bo'lgan.
  30. Shu bugun men yillab kutgan kundir,
  31. chunki bugun men sizning oldingizda
  32. imkonsiz ishni mana shu yerda,
  33. TEDxMaastrichtda uddalashga
    urinib ko'raman.
  34. Men oxirini oshkor qilish
  35. bilan boshlayman:
  36. Men sizga shuni isbotlaymanki,
  37. imkonsiz narsa imkonsiz emas.
  38. Hamda men sizga tarqatishga arzigulik
    sovg'a berib yakunlayman:
  39. Men sizga hayotingizda imkonsiz ishlarni
    qila olishingizni ko'rsataman.
  40. Imkonsizni bajara olishni izlanishimda,
    men shuni bildimki
  41. dunyodagi hamma odamlarga ikki hislat umumiydir.
  42. Barchaning qo'rquvlari bor,
  43. va barchaning orzulari bor.
  44. Imkonsizni bajara olishni izlanishimda,
    yillar davomida men bajargan
  45. va menga imkonsiz ishni bajarishga
  46. sabab bo'lgan uch omilni topdim:
  47. Dodgeball, yoki sizning aytishingizcha
    "O‘rtaga tushar"
  48. supermen,
  49. va chivin.
  50. Shular mening asosiy so'zlarim.
  51. Endi siz nega men hayotimda imkonsiz
    ishlarni qilishimni bilasiz.
  52. Men sizni mening uzun sarguzashtimga,
    uzun sayohatimga olib bormoqchiman,
  53. qorquvlardan orzularga,
  54. so'zlardan qilichlarga,
  55. Dodgeball ("O'rtaga tushar") dan
  56. Supermenga,
  57. va chivinga.
  58. Va umid qilamanki, sizga hayotda
  59. imkonsiz ishlarni qanday uddalashni
    ko'rsata olaman.
  60. 4- Oktyabr, 2007 yil.
  61. Men Garvard Universitetining
    Sanders teatri
  62. sahnasiga, men hamkor
  63. avtorlik qilgan, "Qilich yutish
  64. ...va uning yon ta'sirlari"
    deb atalgan tibbiy
  65. ilmiy ishi uchun 2007 yilgi Tibbiyot
    sohasidagi Ig Nobel
  66. mukofotini qabul qilgani chiqqanimda
  67. yuragim dukillardi,
  68. tizzalarim qaltirardi.
  69. (Kulgu)
  70. U men hech o'qib ko'rmagan,
    Britaniyaning bir kichik Tibbiyot
  71. jurnalida nashr qilingan edi.
  72. Bu men uchun erishib bo'lmas
    orzuning ushalishi edi,
  73. men kabi insonga kutilmagan sovg'a edi,
  74. bu men hech unutmaydigan sharaf edi.
  75. Ammo bu hayotimning eng unutilmas
    qismi emas edi.
  76. 1967- yili 4- Oktyabrda,
  77. bu qo'rquvdagi, uyatchan, ozg'in, zaif bola
  78. ekstremal qo'rquvlardan azoblanardi.
  79. Sahnaga chiqqani tayyorlanishi bilan,
  80. uning yuragi dukillardi,
  81. tizzalari qaltirardi.
  82. So'zlagani og'zini ochganda,
  83. u so'zsiz jim qolardi.
  84. U titroqlarda yig'lab turardi.
  85. U vahimada falaj bo'lgan,
  86. qo'rquvdan muzlagan edi.
  87. Bu qo'rquvdagi, uyatchan, zaif bola
  88. ekstremal qo'rquvlardan azoblanardi.
  89. U qorong'idan, balandliklardan
  90. o'rgimchaklar
  91. va ilonlardan qo'rqardi ...
  92. O'rqimchaklar va ilonlardan
    qo'rqasizlarmi?
  93. Ha, bir nechtangiz...
  94. U suvdan va akulalardan...
  95. shifokorlar, hamshiralar
    va tish shifokorlaridan,
  96. ignalar, burg'ular,
    va o'tkir asboblardan qo'rqardi.
  97. Hammasidan ham ko'proq
  98. odamlardan qo'rqardi.
  99. Ushbu qo'rquvdagi, uyatchan, zaif bola
  100. men edim.
  101. Menda muvaffaqiyatsizlikdan
    va rad etilishdan qo'rquv,
  102. o'zimga past baho berish, kamsitish,
  103. va o'sha zamonda noma'lum bo'lgan:
  104. ijtimoiy notinchlik sindromi bor edi.
  105. Qo'rquvlarim borligidan, zo'ravorlar
    meni qizdirishar va do'pposlashar edi.
  106. Ular meni ismlar bilan masxara qilishar,
    ularning hech bir kiyik oyinlariga
  107. hech ham qo'shishmas edi.
  108. Aytgancha, ular meni qo'shishadigan bir
    o'yin bor edi...
  109. O'rtaga tushar -
  110. va men yahshi qocha olmasdim.
  111. Zo'ravonlar ismini aytishar,
  112. va men bosh ko'tarib qarardim
    va qizil koptoklarning
  113. mening yuzim tomon uchib kelishini
    ko'rardim.
  114. Bam, bam, bam!
  115. Va maktabdan uyga qaytayotgan
    ko'plab kunlarim esimda,
  116. yuzlarim qizil va achitar,
    quloqlarim qiliz va jiringlar edi.
  117. Ko'zlarim yoshlar bilan yonar,
  118. ularning so'zlari esa
    quloqlarimda lovillardi.
  119. Agar kimdir,
  120. "Tayoq va toshlar suyaklarimni sindira oladi,
    ammo so'zlar menga hech qachon zarar qilmaydi"
  121. ... deb aytgan bo'lsa, bu yolg'on.
  122. So'zlar pichoq kabi kesa oladi.
  123. So'zlar qilich kabi tesha oladi.
  124. So'zlar shunchalar chuqur yaralar
    yarata oladiki,
  125. ularni ko'rib bo'lmaydi.
  126. Mening qorquvlarim bor edi.
    So'zlar esa eng ashaddiy dushmanim edi.
  127. Hali ham.
  128. Lekin mening orzularim ham bor edi.
  129. Men uyga borardim va Supermen
    chizma kitoblaridan malham topardim,
  130. Supermen chizma kitoblarini o'qirdim,
  131. va Supermen kabi super qahramon
    bo'lishni orzu qilardim.
  132. Men haqiqat va adolat uchun kurashishni,
  133. yovuzlar va kriptonitlarga
    qarshi kurashishni,
  134. dunyo bo'ylab uchib g'ayritabiiy yutuqlar
    bilan hayotlarni saqlab qolishni istardim.
  135. Shuningdek, menda haqiqiy narsalarga ham
    ulkan qiziqish bor edi.
  136. Men Ginnesning Dunyo Reckordlari, va Ripleyning
    "Ishonsang Ishonmasang" kitoblarini o'qirdim.
  137. Ginnesning Dunyo Rekordlari yoki
    Ripleyning kitoblarini o'qiganlar bormi?
  138. Men u kitoblarni sevaman!
  139. Men haqiqiy odamlar haqiqiy yutuqlarga
    erishganligini ko'rdim.
  140. Va aytdim, shunday qilishni istayman.
  141. Agar zo'ravonlar meni
  142. sport o'yinlari o'ynagani qo'yishmasa,
  143. men haqiqiy sehr, haqiqiy ajoyib
    harakatlar ko'rsatishni hohlayman.
  144. Men o'sha zo'ravonlar qila olmaydigan
    ajoyib ish qilishni xohlayman.
  145. Men o'z maqsadimni topishni,
  146. hayotim mazmuni borligini bilishni,
  147. ajoyib ish bilan dunyoni o'zgartirishni
    xohlayman;
  148. Men imkonsiz narsa imkonsiz emasligini
    isbotlashni istayman.
  149. 10 yildan song -
  150. 21- tug'ilgan kunimdan
    bir hafta avval edi.
  151. Mening hayotimni tubdan o'zgartirgan
    ikki voqea bir kunda sodir bo'ldi.
  152. Men Janubiy Hindistonning
    Tamil Nadu shahrida
  153. missioner bo'lib yashayotgan edim,
  154. va mening ustozim, do'stim so'radi,
  155. "Sening Thromlaring bormi, Daniel?"
  156. Va men javob berdim,
    "Thromlar? Thromlar nima?"
  157. U aytdi, "Thromlar bu hayotdagi
    asosiy maqsadlar.
  158. Ular orzular va maqsadlar birikmasi kabi,
    masalan, agar sen
  159. istaganingni qila olsang,
    xohlagan joyinga bora olsang,
  160. istagan insoning bo'la olsang,
  161. qayerga borar eding?
    Nima qilar eding?
  162. Kim bo'lar eding?
  163. Men aytdim, "Men bunday qilolmayman!
    Juda ham qo'rqaman! Juda ko'p qo'rquvlarim bor!"
  164. Shu kecha men guruch bo'yrani
    bungalov uyning tomiga olib chiqib,
  165. yulduzlar ostida yotdim,
  166. va ko'rshapalaklar chivinlarni
    tutishini tomosha qildim.
  167. Hayolimda faqat Thromlar,
    orzular va maqsadlar,
  168. va o'sha koptoklari bor zo'ravonlar edi.
  169. Bir necha soatdan so'ng uyg'ondim.
  170. Yuragim dukillardi,
    tizzalarim qaltirardi.
  171. Ammo bu safar qorquvdan emasdi.
  172. Butun badanim titrardi.
  173. Keyingi besh kun davomida
  174. men hushimdan bir ketib bir kelib,
    o'lim to'shagida hayotim uchun olishardim.
  175. Mening miyam 105 (F, 40.5 C) darajali
    malariya isitmasidan yonardi.
  176. Har gal hushimga kelganimda, faqatgina
    thromlar haqida o'ylardim.
  177. Men, "Hayotimda nima qilishni istayman?"
    deya o'yladim.
  178. Nihoyat, 21- tug'ilgan kunimdan
    oldingi kechada,
  179. ravshanlik onida,
  180. men shuni tushunib yetdim:
  181. men tushundimki, bu kichkinagina chivin,
  182. Anopheles Stephensi,
  183. o'sha kichkinagina chivin,
  184. 5 mikrogramdan ham yengil,
  185. tuz parchasidan ham oz,
  186. agar osha chivin 170 pound,
    80 kiloli kishini yenga olsa,
  187. bu mening kriptonitim ekanligini angladim.
  188. Keyin men angladim,
    yo'q, yo'q, u chivin emas,
  189. u chivinning ichidagi
    yiliga milliondan ziyod
  190. odamlarni o'ldiradigan kichkina parazit,
    Plasmodium Falciparum.
  191. Songra men angladim,
    yo'q, yo'q, u bundanda kichik,
  192. ammo menga u ancha katta tuyilardi.
  193. Men tushundimki,
  194. mening kriptonitim bu qorquv edi,
  195. mening parazitim,
  196. u meni butun hayotimda
    yiqitib kelayotgan edi.
  197. Bilasizmi, xavf va qo'rquvning farqi bor.
  198. Xavf haqiqiy.
  199. Qo'rquv esa tanlov.
  200. Men tanlash imkoni borligini angladim:
  201. yoki men qorquvda yashab, o'sha kecha
    muvaffaqiyatsizlikda jon berishim mumkin,
  202. yoki men qo'rquvlarimni o'limga tik qo'yib
  203. orzularim tomon intilishim, va hayotda
    yashahga jasorat qilishim mumkin edi.
  204. Bilasizmi, o'lim to'shagida yotish
  205. va o'limga yuzma-yuz qarash
    sizni judayam yashashga undaydi.
  206. Men barcha vafot etishini, hech kim
    rostiga yashamasligini angladim.
  207. Biz vafot etish jarayonida yashaymiz.
  208. Bilasizmi, siz vafot etishni o'rganganingizda
  209. rostdan yashashni o'rganasiz.
  210. O'sha kecha men o'z hayotimni
  211. o'zgartirishga qaror qildim.
  212. Men o'lishni istamadim.
  213. Men biroz ibodat qildim, va aytdim
  214. "Xudo, agar meni
    21- tug'ilgan kunimgacha saqlasang,
  215. bundan buyon qo'rquv hayotimni
    boshqarishiga yo'l bermayman.
  216. Qo'rquvlarimni o'limga tik qo'yaman,
  217. orzularimga intilaman,
  218. o'z nuqtai nazarimni o'zgartirishni,
  219. hayotimda ajoyib ishlar qilishni istayman,
  220. o'z maqsadimni topishni,
  221. imkonsiz narsa imkonsiz emasligini
    bilishni xohlayman."
  222. Men sizga o'sha kecha omon qoldimmi
    aytmayman, buni o'zingiz tushunib olasiz.
  223. (Kulgu)
  224. Ammo o'sha kecha men birinchi
    10 maqsadim ro'yxatini tuzdim:
  225. men asosiy qit'alarga tashrif buyurishni,
  226. dunyoning 7 mo'jizasini ko'rishni
  227. ko'plab tillar o'rganishni,
  228. kimsasiz orolda yashahsni,
  229. okeanda kemada yashashni,
  230. Amazonda hindu qabilasida yashashni,
  231. Shvetsariyaning eng baland
    cho'qqisiga chiqishni,
  232. kun chiqarda
    Everest cho'qqisini ko'rishni,
  233. Nashvilda musiqa biznesida ishlashni,
  234. tsirkda ishlashni,
  235. va samolyotdan sakrashni xohladim.
  236. Keyingi yigirma yil mobaynida, o'sha
    maqsadlarning ko'pchiligiga erishdim.
  237. Har safar bir maqsadni
    ro'yhatdan chiqarganimda,
  238. men ro'yhatimga 5-10 ta maqsad
    qo'shardim, va ro'yhatim o'shib borardi.
  239. Keyingi 7 yil davomida,
    Bahamasdagi kichik bir orolda yashadim.
  240. Chamasi yetti yilcha,
  241. chig'anoq kulbada,
  242. oroldagi yagona ovqat akula va skatlarni
    nayzada tutib ovqatlanib,
  243. belbog'-mato kiyib,
  244. yashadim va akulalar bilan
    suzishni o'rgandim.
  245. Keyin Meksikaga ko'chdim,
  246. so'ngra Ekvadordagi Amazon
    daryosi havzasiga ko'chib o'tdim,
  247. Pujo Pongo Ecuador,
    u yerda qabila bilan yashadim,
  248. va o'zimga bo'lgan ishonchimni maqsadlarim
    orqali oz-ozdan tiklay boshladim.
  249. Nashvildagi musiqa biznesiga ko'chdim,
    va keyin Shvetsiyaga,
  250. Stokgolmda ko'chib,
    u yerda musiqa biznesida ishladim,
  251. u yerda men Arktika doirasining ichidagi,
    Kebnekaise cho'qqisiga chiqdim.
  252. Men masxarabozlikni,
  253. janglyo'rlikni,
  254. uzunoyoq yurishni,
  255. monosikl haydashni, olov yutishni,
    chinni yutishni o'rgandim.
  256. 1997-yilda 12 tadan kam
    qilich yutuvchilar qolganligini eshitib,
  257. men aytdim, "Buni qilishim kerak!".
  258. Men qilish yutuvchini uchratdim,
    va undan maslahat so'radim.
  259. U aytdi, "Mayli, senga 2 maslahat:
  260. Birinchisi: Bu juda xavfli,
  261. Buni bajarib odamlar halok bo'lishgan.
  262. Ikkinchisi:
  263. Bajarib ko'rma!
  264. (Kulgu)
  265. Men buni maqsadlarim ro'yhatiga qo'shdim.
  266. So'ngra men har kuni 10-12 marta,
  267. 4 yil mobaynida tajriba qildim.
  268. Bularni hisoblab chiqdim...
  269. 4 x 365 [x 12]
  270. Bu men 2001-yilda
    birinchi qilichni yuta olishimdan
  271. avvalgi, chamasi 13000,
    muvaffaqiyatsiz urinishlar edi.
  272. Shu vaqt davomida, qilich yutish
  273. bo'yicha dunyoning eng etakchi
    mutaxassisi bo'lishni maqsad qildim.
  274. Men har bir kitob,
    jurnal, gazeta maqolasi,
  275. har bir tibbiy hisobot, fiziologiya,
    va anatomiyani o'rganib chiqdim,
  276. shifokor va hamshiralar
    bilan suhbatlashdim,
  277. barcha qilich yutuvchilarni
  278. Xalqaro Qilich Yutuvchilar
    uyushmasiga jamladim,
  279. va 2 yil davomida,
    Qilich Yutish va uning Yon Ta'sirlari
  280. borasida tibbiy ilmiy ish olib bordim,
  281. bu Britaniyaning Tibbiyot Jurnalida
    nashr etildi.
  282. (Kulgu)
  283. Rahmat.
  284. (Qarsaklar)
  285. Va men qilich yutish haqida bir necha
    ajoyib narsalar o'rgandim.
  286. Bugungi kechdan avval o'ylamagan, ammo
    endi o'ylaydigan narsalaringiz haqida.
  287. Kelasi safar siz uyingizgaga borib,
    bifshteksni pichoq, yoki qilich,
  288. yoki "bestek" bilan kesayotganingizda
    bu haqida o'ylaysiz...
  289. Men shuni bildimki, qilich yutish
    Hindistonda -
  290. men uni 20 yoshligimda birinchi marta
    ko'rgan joyda boshlangan -
  291. chamasi 4000 yil avval,
    taxminan Mil. Av. 2000 yilda.
  292. So'ngi 150 yil davomida,
    qilich yutuvchilar
  293. ilm-fan va tibbiyot sohalarida
  294. 1868 yili Freiburg Germaniyada,
    Dr. Adolf Kussmaul tomonidan
  295. qattiq endoskopni yasashga
    yordam berishgan.
  296. 1906 yilda esa Uelsda
    elektro kardio diagramma,
  297. yutish, va hazm qilish
    kasalliklarini o'rganishda,
  298. bronxoskoplar, va shu kabilar.
  299. Ammo, so'ngi 150 yil davomida
  300. yuzlab jarohatlar, va o'nlab o'limlar
    haqida bilamiz...
  301. Mana bu Dr. Adolf Kussmaul kashf etgan
    qattiq endoskop.
  302. Lekin biz shuni o'rgandikki, so'ngi
    150 yil ichida 29 o'lim bo'lib,
  303. ularning orasida yuragini teshib olgan
    Londonlik ushbu qilich yutuvchi ham bor.
  304. Shuningdek, biz
    yiliga 3 dan 8 gacha jiddiy
  305. qilich yutish jarohatlari
    bo'lishini o'rgandik.
  306. Buni menga qo'ng'iroq
    qilishlaridan bilaman.
  307. Yaqinda ikkisini eshitdim,
  308. o'tgan ikki-uch hafta ichida
    bittasi Shvetsiya, va bittasi Orlandodan
  309. qilich yutuvchilar jarohatlari
    tufayli shifoxonadalar.
  310. Shunday qilib, bu juda xavfli.
  311. Qilich yutish borasida yana bir
    o'rgangan narsa shuki,
  312. qilich yutishni o'rganish uchun
    ko'pchilikga 2 yildan -
  313. 10 yilgacha vaqt kerak.
  314. Lekin men izlab topgan
    eng ajoyib narsa bu
  315. qilich yutuvchilar qanday qilib imkonsiz
    ishni uddalashni o'rganishlari edi.
  316. Men sizga kichik bir sirimni ochaman:
  317. imkoni bo'lmagan o'sha 99.9%
    ga e'tibor bermang.
  318. Mumkin bo'lgan o'sha 0.1% ga e'tibor
    qarating, va qanday bajarishni toping.
  319. Endi siz bilan qilich yutuvchi ongiga
    sayohat qilishimizga ijozat bering.
  320. Qilich yuta olish, moddadan ongni ustun
    qo'yish meditatsiyasini talab qiladi,
  321. o'tkir diqqatni,
    ichki a'zolarni chetlab o'tish
  322. va avtomatik reflekslarni
    yengish uchun aniq aniqlikni,
  323. o'zlashtirilgan miya bog'lanishlarini,
    takroriy mushak xotirasi orqalini,
  324. 10,000 dan ziyod amaliy tajribani
    talab qiladi.
  325. Endi siz bilan qilich yutuvchi tanasiga
    sayohat qilishimizga ijozat bering.
  326. Qilich yutish uchun,
  327. qilichni tilim ustidan tushirishim,
  328. qizilo'ngachdagi tiqin refleksini
    repressiya qilishim,
  329. epiglottisdan pastga
    90 darajada burilishim,
  330. yuqori qizilo'ngach sfinkteri
    kricofaringealdan o'tishim,
  331. perystalsis refleksini
    repressiya qilishim,
  332. qilichni o'pkalar orasiga, ko'krak
  333. qafasiga tushirishim kerak.
  334. Mazkur holatda,
  335. men yuragimni chetga surishim kerak.
  336. Agar e'tibor bersangiz,
  337. yuragim urishini qilichdan ko'ra olasiz.
  338. Chunki u 1/8 dyuym (3 mm) qalinlikdagi
  339. qizilo'ngach to'qimasi bilan ajralib,
    yurakga suyanib turibdi.
  340. Bu soxtalab bo'ladigan narsa emas.
  341. Keyin uni ko'krak suyagidan
    siljitib o'tkazishim,
  342. pastki qizilo'ngach sfinkteridan
    oshqozonga o'tishim
  343. oshqozondagi qaytim refleksini repressiya
    qilib, 12 barmoqli ichakgacha tushishim kerak.
  344. Juda oson.
  345. (Kulgu)
  346. Agar bundan ham o'tsam,
  347. fallopiya naychalarimgacha tushardim.
    (Gollandiyacha) Fallopiya naychalari!
  348. Yigitlar, bu haqida keyinroq
    xotinlaringizdan so'rashingiz mumkin...
  349. Odamlar mendan so'rashadi, ular
  350. "Hayotingizni xavf ostiga qo'yib,
    yuragingizni siljitib,
  351. qilich yutish ko'p jasorat
    talab qilsa kerak...".
  352. Yo'q. Haqiqiy jasorat talab qiladigani
  353. bu o'sha qo'rquvdagi, uyatchan,
    ozg'in, zaif bolaning
  354. muvaffaqiyatsizlik va rad etilishni
    xavfga qo'yib,
  355. yuragini ochishi,
  356. va g'ururiyatini yutib
  357. mana bu yerda
    bir guruh musofrlar oldida turib
  358. sizlarga uning qo'rquvlari va orzulari
    haqida hikoyasini aytishi,
  359. ichki a'zolarini tokilishini xavf ostiga
    qo'yishi, to'liq hamda majoziy ma'noda.
  360. Bilasizmi - rahmat.
  361. (Qarsaklar)
  362. Bilasizmi, asli ajoyib narsa shuki
  363. hayotimda diqqatga sazovor
    ish qilishni doimo istardim,
  364. hozir buni qilyapman.
  365. Lekin asli diqqatga sazovor ish bu,
  366. 21 qilichni birdaniga yutishimda emas,
  367. 88 ta akulasi bor akvariumda 20 fut (6 m)
    suv ostidami,
  368. Ripleyning "ishonasanmi Yo'qmi"sigami,
  369. yoki Stan Leening Superodamlariga
    1500 dajarada isitilganimi,
  370. "Po'lat Odam" sifatida,
  371. ha u shovvoz juda issiq edi!
  372. Yoki qilich bilan avtomobilni
    Ripley uchun tortish,
  373. yoki Ginnes uchun,
  374. yoki uni "Amerikaning Talanti Bor"
    ko'rsatuvi finalida bajarish,
  375. yoki 2007-yilgi tibbiyotdagi
    Ig Nobel mukofotini yutishda emas.
  376. Yo'q, bular aslida diqqatga sazovorli
    narsalar emas.
  377. Odamlar shunday deb o'ylashadi.
    Yo'q, yo'q, yo'q. Unday emas.
  378. Asli diqqatga sazovorlisi bu
  379. Xudoning o'sha qo'rquvdaqi,
    uyatchan, ozg'in, zaif bolakayni
  380. balanddan qo'rqadigan,
  381. suvdan va akulalardan qo'rqadigan,
  382. shifokor va hamshiralardan,
    o'tkir anjomlardan,
  383. odamlarga so'zlashdan qorqishidan,
  384. endi esa u menga dunyoni
  385. 30,000 fut balandliklarda uchib,
  386. o'tkir buyumlarni akula
    akvariumlari ostida ytib,
  387. dunyo bo'ylab shifokor, hamshira, va siz
    kabi tinglovchinlarga suhbatlashtirishi.
  388. Mana bu men uchun
    asli diqqatga sazovor narsa.
  389. Doimo imkonsizni uddalashni istardim -
  390. Rahmat.
  391. (Qarsaklar)
  392. Rahmat.
  393. (Qarsaklar)
  394. Doimo imkonsizni uddalashni istardim,
    endi bunga erishdim,
  395. Hayotimda diqqatga sazovorli ish qilishni
    va dunyoni o'zgartirishni istardim,
  396. endi esa qilyapman.
  397. Men doimo dunyo bo'ylab uchib yurib
    g'ayritabiiy ishlar qilishni
  398. va hayotlarni saqlab qolishni istardim,
    endi esa qilyapman.
  399. Yana bilasizmi nima?
  400. O'sha bolakayning ulkan orzusining
    kichik bir qismi hali ham bor,
  401. qalbim tubida.
  402. (Kulgu) (Qarsaklar)
  403. Bilasizmi, men doimo o'z
    maqsadimni topishni istardim,
  404. endi esa topdim.
  405. Lekin bilasizmi?
  406. Bu qilichlar bilan emas,
    o'ylaganingiz emas, kuchli hosiyatim emas.
  407. Aslida bu mening kuchsizligim, so'zlarim.
  408. Mening maqsadim
  409. qo'rquvni
  410. har bir qilich bilan, har bir so'z bilan,
  411. har bir pichoq bilan, har bir hayot bilan,
  412. odamlarni super qahramon bo'lishga va
  413. hayotlarida imkonsizni qilishga undash orqali yengib, dunyoni o'zgartirishdir.
  414. Mening maqsadim o'zgalarga
    maqsadlarini topishda yordam berish.
  415. Sizniki nima?
  416. Sizning maqsadingiz nima?
  417. Bu yerga nima qilish uchun keltirilgansiz?
  418. Men biz barchamiz super qahramon bo'lish
    uchun chaqirilganmiz deb ishonaman.
  419. Sizning super qobiliyatingiz nima?
  420. Dunyoning 7 milliard aholisi orasida
  421. bugungi kunda o'ndan kam
  422. qilich yutuvchilar qolgan,
  423. ammo siz bittasiz.
  424. Siz betakrorsiz.
  425. Sizning hikoyangiz nima?
  426. Sizni nima o'zgacha qiladi?
  427. Hattoki ovozingiz
  428. ingichka va titroq bo'lsa ham
    hikoyangizni ayting.
  429. Sizning maqsadlaringiz nima?
  430. Agar istaganingizni bajara olsangiz,
    istagan insoningiz, istagan joyda -
  431. Nima qilgan bo'lardingiz?
    Qayerga borardingiz?
  432. Nima qilgan bo'lardingiz?
  433. Hayotingizda nima qilishni istardingiz?
  434. Katta orzularingiz nima?
  435. Bolaligingizda katta orzularingiz
    nimalar edi? Eslab ko'ring.
  436. Bu emas edi, shunday emasmi?
  437. Sizning eng g'ayritabiiy
  438. g'alati va noma'lum deb o'ylagan
    orzularingiz nimalar?
  439. Bu sizning orzuingizni unchalar g'alati
    emas qilib ko'rsatadi, shunday emasmi?
  440. Sizning qilichingiz nima?
  441. Har biringizning qilichingiz bor,
  442. qo'rquv va orzularning
    ikki tomonli qilichi.
  443. U nima bo'lmasin, qilichingizni yuting.
  444. Xonimlar va janoblar,
    orzularingizga ergashing.
  445. Kim bo'lishni istashingizdan qat'iy nazar,
    hech qachon kech emas.
  446. Imkonsizni hech qila olmaydi deb o'ylagan,
  447. o'sha koptokli zo'ravonlarga
  448. faqat bir gapim bor:
  449. Rahmat.
  450. Chunki agar yovuzlar dastidan bo'lmasa,
    bizda super qahramonlar bo'lmasdi.
  451. Men bu yerga imkonsiz narsa imkonsiz
    emasligini isbotlash uchun keldim.
  452. Bu juda ham xavfli,
    bu meni o'ldira oladi.
  453. Sizga yoqadi deya umid qilaman.
  454. (Kulgu)
  455. Bu gal sizning yordamingiz kerak.
  456. Tinglovchilar: Ikki, uch.
  457. Dan Meyer: Yo'q, yo'q, yo'q. Menga sanoqda
    yordamingiz kerak, barchangiz, ho'p?
  458. (Kulgu)
  459. Agar so'zlarni bilsangiz? Hop?
    Men bilan sanang. Tayyormisiz?
  460. Bir.
  461. Ikki.
  462. Uch.
  463. Yo'q, bu 2, lekin tushundingiz.
  464. Tinglovchilar: Bir.
  465. Ikki.
  466. Uch.
  467. (Hayratlanish)
  468. (Qarsaklar)
  469. DM: Ha!
  470. (Qarsaklar) (Olqishlar)
  471. Katta rahmat.
  472. Rahmat, rahmat, rahmat.
    Qalbimning tubidan rahmat.
  473. Aniqrog'i,
    oshqozonimning tubidan rahmat.

  474. Men bu yerga imkonsiz ishni bajarish uchun
    keldim deb aytdim, va hozir bajardim.
  475. Ammo bu imkonsiz ish emas edi.
    Men buni har kuni bajaraman.
  476. Imkonsiz ish bu o'sha qo'rquvdagi,
    uyatchan, ozg'in va zaif bolaning
    o'z qo'rquvlariga yuzma yuz borib,
  477. ushbu [TEDx] sahnasida turib,
  478. dunyoni, har gal bir so'z bilan,
  479. har gal bir qilich bilan,
    har gal bir hayot bilan o'zgartirishi edi.
  480. Agar men sizni yangicha fikrlashga
    chorlagan bo'lsam, agar sizni
  481. imkonsiz narsa imkonsiz emas
    deya ishontirgan bo'lsam,
  482. agar men siz o'z hayotingizda imkonsiz ishni
    bajara olishingizni anglatgan bo'lsam,
  483. mening vazifam yakunlandi,
    ammo sizniki esa endigina boshlanmoqda.
  484. Hech qachon orzu qilishdan to'htamang.
    Hech qachon ishonishdan to'htamang.
  485. Menga ishonganingiz uchun rahmat
  486. va mening orzuimning qismi bo'lganingiz
    uchun ham rahmat.
  487. Va ushbu mening sizga sovg'am:
  488. Imkonsiz ish ...
  489. Tinglovchilar: Imkonsiz emas.
  490. Uzoq sayohat sovg'aning qismi.
  491. (Qarsaklar)
  492. Rahmat.
  493. (Qarsaklar)
  494. (Olqishlar)
  495. Mezbon: Rahmat, Dan Meyer, qoyil!