Return to Video

Minecraft - Hour of Code - REPEAT LOOPS

  • 0:00 - 0:07
    Men Lydia Wintersman, Mojang brend
    direktoriman. Biz Minecraft deb nomlanadigan
    kichik o‘yin yaratdik.
  • 0:07 - 0:12
    minecraftdagi mening eng sevimli ishim bu tadqiqot qilish. Men g‘orlarda sarguzasht qilish va nimalardir topib yurishni yaxshi ko‘raman.
  • 0:12 - 0:18
    Dasturchi emas, shunchaki oddiy shaxs sifatida,
    men Minecraft darslarini kuzatib borishdan zavq olaman
  • 0:18 - 0:25
    va o‘zim mustaqil ravishda kod yozishni ham o‘rganayaman.
  • 0:25 - 0:30
    Eng so‘nggi bosqichda ko‘plab moveForward(); bloklari kerak bo'ladi. Agar biz komputerga shunchaki to‘rt yoki besh marta oldinga
  • 0:30 - 0:36
    harakatlanish buyrug‘ini bera olganimizda, ishimiz osonlashardi. Baxtimizga, komputerlar looplar yordamida takroriy buyruqlarni juda yaxshi bajara oladi.
  • 0:36 - 0:43
    Minecraftni qurishda, yangi dunyo yaratishda uchun dastlabki narsalarni joylashtirish uchun
  • 0:43 - 0:49
    biz takrorlanuvchi loop sikllardan foydalanamiz.
    Bular ming-minglab bloklar demakdir.
  • 0:49 - 0:55
    Biz looplardan kichik jarayonlarda ham foydalanamiz, masalan, sayr qilayotganda Alexning oldinga va orqaga qadam tashlashi.
  • 0:55 - 1:01
    Takrorlanuvchi loop sikllar dasturlashning eng kuchli qismlaridan biri.
  • 1:01 - 1:06
    Tun yaqinlashmoqda, shuning uchun keyingi bir nechta bosqichlarda biz xavfsizlik uchun uy qurmoqchimiz. Buni osongina bajarish uchun,
  • 1:06 - 1:13
    biz repeat bo‘limdan foydalanmoqchimiz.
    Uyimizning devorini qurish uchun, Alexga
  • 1:13 - 1:18
    to‘rt marta oldinga harakatlanishini va taxtachani joylashini ayta olamiz yoki oldinga harakatlanib, taxtachani joylash
  • 1:18 - 1:24
    buyruqlarini repeat blokiga joylab, ko‘p marta qaytarishini aytishimiz mumkin.
  • 1:24 - 1:28
    Hozir, biz repeat bloki ustiga bosamiz va
    unga bu amallarni necha marta takrorlashini aytamiz.
  • 1:28 - 1:32
    Endi, keling tun tushmasdan uyimizni quralik! Ajoyib!
Title:
Minecraft - Hour of Code - REPEAT LOOPS
Description:

more » « less
Video Language:
English
Team:
Code.org
Project:
CSF '21-'22
Duration:
01:35

Uzbek subtitles

Revisions Compare revisions