Return to Video

O'ta qashshoqlikni tugatish uchun to'rtta qadam

  • 0:01 - 0:04
    Biz insoniyatning ulkan taraqqiyotiga
    guvoh o'lmoqdamiz.
  • 0:04 - 0:08
    O'tgan o'n yillar davomida,
    jahon bozorining kengayishi
  • 0:08 - 0:13
    dunyo aholisining uchdan bir qismini
    qashshoqlikdan olib chiqdi.
  • 0:13 - 0:16
    Lekin biz ulkan muvaffaqiyatsizlikka
    ham guvoh bo'lmoqdamiz.
  • 0:16 - 0:18
    Bu sa'y-harakatlarimiz
  • 0:18 - 0:21
    shundoq ham qashshoq odamlarni
  • 0:21 - 0:23
    o'ta qashshoq qilib qo'ydi.
  • 0:23 - 0:27
    O'ta qashshoq bo'lish bizga ma'lum
    bo'lgan pul miqdoridan ham
  • 0:27 - 0:29
    chetga chiqadi:
  • 0:29 - 0:31
    kuniga 2 dollardan kam pulga yashash.
  • 0:32 - 0:35
    U hatto yer va chorva mollarining
  • 0:35 - 0:37
    yo'qligidan ham oshib tushadi.
  • 0:37 - 0:41
    O'ta qashshoq bo'lish o'z
    qadr-qimmatidan, maqsadidan va o'zidan
  • 0:41 - 0:43
    mahrum bo'lishdir.
  • 0:43 - 0:45
    Bu yakka holda yashashni anglatadi.
  • 0:45 - 0:47
    Chunki siz jamoatchilik uchun
    bosh og'rig'isiz.
  • 0:48 - 0:51
    Bu oilangiz va o'zingiz uchun
    farovon kelajakni
  • 0:51 - 0:53
    tasavvur qila olmaslikni
    anglatadi.
  • 0:54 - 0:56
    2019-yil oxirigaacha,
  • 0:56 - 1:01
    taxminan 400 million odam o'ta qashshoqlik
    darajasida istiqomat qilgan.
  • 1:01 - 1:05
    Bu Kanada va AQSH ning birgalikdagi
    aholisidan ham ko'p degani.
  • 1:06 - 1:08
    Falokat yuz berganda esa,
  • 1:08 - 1:12
    bu pandemiya bo'ladimi, tabiiy ofat,
    yoki inson yuzaaga keltirgan inqiroz,
  • 1:12 - 1:15
    bu raqamlar favqulodda ko'tariladi.
  • 1:16 - 1:20
    Mening dadam, Fazle Abed
    o'z amalidan voz kechgan
  • 1:20 - 1:24
    1972-yil, bu yerda, Bangladeshda
    BRAC ni tashkil qilish uchun.
  • 1:24 - 1:26
    Bangladesh ostun-ustun edi,
  • 1:26 - 1:29
    endigina halokatli to'fondan
    qutulib chiqib,
  • 1:29 - 1:31
    mustaqillik uchun urush iskanjasida edi.
  • 1:32 - 1:35
    Eng qashshoq odamlar bilan
    ishlab, otam shuni angladiki,
  • 1:35 - 1:40
    qashshoqlik faqatgina pul yoki
    boshqa moddiy narsalar yo'qchiligi emas,
  • 1:40 - 1:42
    bu shuningdek, umidsizlik ham edi.
  • 1:43 - 1:45
    Odamlar qashshoqlikka o'rganib qolgandi,
  • 1:45 - 1:49
    chunki ularning holatlari o'zgarmas edi.
  • 1:49 - 1:52
    Qashshoqlik ular uchun oy va quyosh
    kabidek edi,
  • 1:52 - 1:54
    Hudo tomonidan berilgan narsa kabi.
  • 1:55 - 1:58
    Qashshoqlikni kamaytiradigan
    dasturlarning amali uchun,
  • 1:58 - 2:01
    ular insonlarga umid va qadrini
    ham singdirishi kerak.
  • 2:01 - 2:03
    Shu tarzda, kichik ko'mak bilan
  • 2:03 - 2:05
    odamlar o'zlarini qashshoqlikdan
    olib chiqadi.
  • 2:06 - 2:09
    BRAC bitiruv yondashuvini
    olbi kirdi,
  • 2:09 - 2:13
    o'ta qashshoqlikka yechim sifatida,
    u kam daromadni ham,
  • 2:13 - 2:15
    umidsizlikni ham o'z ichiga olardi.
  • 2:15 - 2:18
    Bu yondashun asosan ayollarga
    tog'ri keladi.
  • 2:18 - 2:21
    Chunki ular o'ta qashshoqlikdan
    eng ko'p aziyat chekkan.
  • 2:21 - 2:25
    Lekin ular o'zlarni va oilalarini
    undan olib chiqib
  • 2:25 - 2:26
    keta olishadi ham.
  • 2:26 - 2:27
    Ikki yil davomida,
  • 2:27 - 2:29
    biz asosan to'rtta ish qildik.
  • 2:30 - 2:33
    Birinchisi, ayollarning eng asosiy
    ehtiyojlarini qondirdik,
  • 2:33 - 2:36
    mablag' va oziq-ovqat bergan holda,
  • 2:36 - 2:38
    yashab qolishini ta'minladik.
  • 2:38 - 2:41
    Ikkinchisi, tirikchilik qilishi uchun
  • 2:41 - 2:44
    chorva kabi moddiy narsalar berdik
  • 2:44 - 2:47
    va ularni bundan pul topishga o'rgatdik.
  • 2:47 - 2:50
    Uchinchisi, ularga pulni yig'ishni
    va yangi narsalarga
  • 2:50 - 2:52
    sarmoya kiritishni o'rgatdik.
  • 2:52 - 2:56
    To'rtinchisi, ularni jamiyatga
    aralashuviga yordam berdik,
  • 2:56 - 2:58
    avval, o'zlari kabi bo'lgan
    ayollar guruhlariga,
  • 2:58 - 3:00
    keyin esa jamoatchiligiga.
  • 3:01 - 3:04
    Bularning har bir bo'g'ini boshqalarning
    muvaffaqiyati uchun o'ta muhimdir.
  • 3:04 - 3:08
    Lekin chin sehr - bu umid
    va imkoniyat hissining borligidadir,
  • 3:08 - 3:12
    ayollarning bu ko'rsatmalar
    bilan rvojlanishidadir.
  • 3:12 - 3:14
    Sizga Jorina haqida o'zlab bersam.
  • 3:14 - 3:19
    Jorina shimoliy Bangladeshdagi
    uzoq qishloqda tug'ilgan.
  • 3:19 - 3:20
    U hech qachon maktab ko'rmagan.
  • 3:20 - 3:25
    U 15 yoshida xo'rlaydigan erga uzatilgan.
  • 3:25 - 3:27
    U oxiri qizni tashlab ketgan,
  • 3:27 - 3:29
    uni hech qanday daromadsiz qoldirib.
  • 3:29 - 3:33
    Maktabga bormaydiga, 2 farzand ham
    qolgan, och qolgan holda.
  • 3:33 - 3:35
    Hech kim yordam bermagach,
  • 3:35 - 3:37
    uning umidi uzilgan edi.
  • 3:37 - 3:42
    Jorina BRAC Bitiruv dasturiga
    2005-yili qo'shilgan.
  • 3:42 - 3:44
    U haftasiga bir dollar olgan,
  • 3:44 - 3:45
    va ikkita sigir,
  • 3:45 - 3:47
    tadbirkorlik kursiga o'qigan
  • 3:47 - 3:49
    va haftasiga mentor tashrif buyurgan.
  • 3:49 - 3:51
    U moddiy daromad topishni boshlagan.
  • 3:51 - 3:53
    Lekin, eng muhimi,
  • 3:53 - 3:57
    u o'zi va bolalari uchun farovon kelajakni
    tasavvur qila boshlagan.
  • 3:58 - 4:00
    Agar bugun Jorinani qishlog'iga
    yo'lingiz tushsa,
  • 4:00 - 4:04
    u hududdagi eng katta do'konga
    egalik qilishiga guvoh bo'lasiz.
  • 4:04 - 4:07
    U o'zi sotib olgan yerni va qurgan uyini
  • 4:07 - 4:09
    faxr bilan ko'rsatadi.
  • 4:09 - 4:12
    Bu dasturni 2002-yilda
    boshlaganimizdan beri,
  • 4:12 - 4:14
    ikki million Bangladesh ayol-qizlari
  • 4:14 - 4:18
    o'zlarini va oilalarini o'ta
    qashshoqlikdan olib chiqishdi.
  • 4:18 - 4:21
    Bu deyarli 9 million kishi degani.
  • 4:21 - 4:25
    Har bir xo'jalik uchun 500 dollarga
    teng bo'lgan bu dastur,
  • 4:25 - 4:26
    ikki yilgina amalda bo'ldi.
  • 4:26 - 4:29
    Ammo, ta'siri undan uzoqqa cho'ziladi.
  • 4:29 - 4:32
    London Iqtisodiyot Maktabidagi
    tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki,
  • 4:32 - 4:35
    dasturga kirganidan yetti yil o'tib ham,
  • 4:35 - 4:39
    92 foiz qatnashchilar o'zlarini
    eplab yurishgan yoki daromadini,
  • 4:39 - 4:42
    moddiy boyligini, va
    iste'mol savatini oshirishgan.
  • 4:43 - 4:45
    Esther Duflo va Abhijit Banerji,
  • 4:45 - 4:48
    o'tgan yili Nobel sovrinini yutgan,
    MIT iqtisodchilari,
  • 4:48 - 4:51
    mamlakatlararo baholashni olib borishdi:
  • 4:51 - 4:55
    Unda bitiruv yondashuvi,
    qashshoqlikni yengishdagi eng samarali
  • 4:55 - 4:56
    yo'llardan biri deb topildi.
  • 4:57 - 4:59
    Lekin otam ba'zi odamlarga
    foydasi tekkan
  • 4:59 - 5:02
    yechimni topgandan ko'ngli to'lmadi.
  • 5:02 - 5:06
    U har doim ulkan maqsadlar qo'yayapmizmi
    deya boshi qotardi,
  • 5:06 - 5:07
    gap miqyos haqida ketganda.
  • 5:07 - 5:11
    Biz butun Bangladesh miqosida,
    muvaffaqiyatga erishganimizda,
  • 5:11 - 5:14
    u jahon miqyosida qanday kengayishni
    bilishni xohlardi.
  • 5:14 - 5:17
    Bu esa hukumatlarni o'z ichiga oladi.
  • 5:17 - 5:20
    Hukumatlar allaqachon
    milliardlab dollarlarni
  • 5:20 - 5:22
    qashshoqlikni kamaytirish dasturlariga
    sarflashadi.
  • 5:22 - 5:25
    Lekin u pullarning ko'pchiligi
    bekor ketadi.
  • 5:25 - 5:28
    Chunki, bu dasturlar, yo eng
    kambag'allargacha yetib bormaydi,
  • 5:28 - 5:32
    yo yetib borsa ham, aytarli
    ta'sir o'takaza olmaydi.
  • 5:33 - 5:36
    Biz hukumatlarni ham ishga solish
    yo'lida ishlayapmiz,
  • 5:36 - 5:40
    bu kabi yondashuvlarga moslashishiga
    va kengayishiga yordam berib.
  • 5:40 - 5:44
    allaqachon o'ta qashshoqlik uchun
    ajratilib bo'ligan,
  • 5:44 - 5:47
    milliard dollarlarning ta'sirini
    iloji boricha oshirgan holda.
  • 5:48 - 5:52
    Rejamiz yana 21 million odamga
    o'ta qashshoqlikdan chiqishiga
  • 5:52 - 5:54
    yordam berishdir
  • 5:54 - 5:58
    keyingi olti yil ichida, 8 mamlakatda
  • 5:58 - 6:02
    har biriga BRAC jamaosini
    biriktirgan holda.
  • 6:02 - 6:08
    2019-yil iyulida, otamga so'nggi bosqichli
    miya saratoni tashxisi qo'yildi
  • 6:08 - 6:10
    va yashashga 4 oyi qolganligi aytildi.
  • 6:10 - 6:16
    U kishi 47 yil davomida
    BRAC ni boshqarar ekan,
  • 6:16 - 6:19
    butun hayoti mobaynida bizga eslatardi,
  • 6:19 - 6:22
    optimizmning umidsizlik
    ustidan g'alabasini.
  • 6:22 - 6:25
    Odamlarda o'ziga ishonch uchqunlari
    yonganda,
  • 6:25 - 6:29
    hatto eng qashshoqlar ham hayotlarini
    o'zgartira olishadi.
  • 6:29 - 6:32
    Otam dekabrda olamdan o'tdi.
  • 6:33 - 6:37
    U millionlab odamlarda
    o'sha uchqunni yoqdi
  • 6:37 - 6:39
    va so'nggi kunlarida,
  • 6:39 - 6:43
    u bizdan millionlab odamlar uchun ishni
    davom ettirishni o'tinib so'radi.
  • 6:44 - 6:47
    Bu imkoniyatdan foydalanib
    qolishimiz kerak.
  • 6:47 - 6:50
    Keling, dunyoni qashshoqlikdan
    xoli tasavvur qilishni to'xttaylik
  • 6:50 - 6:53
    va o'sha dunyoni birga quraylik.
  • 6:54 - 6:55
    Rahmat.
Title:
O'ta qashshoqlikni tugatish uchun to'rtta qadam
Speaker:
Shameran Abed
Description:

Kamida 400 million odam o'ta qashshoqlikda umr kechirishadi: keskin moliyaviy va ijtimoiy zaiflik holati ko'pchilikning umid va qadr-qimmatini yo'q qiladi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro rivojlanish markazi bo'lgan BRAC da, Shameran Abed va uning jamoasi millionlab odamlarga qashshoqlikdan qutulishiga va imkonyatlarga to'la hayotni yaratishiga yordam bergan barqaror, har tomonlama dastur ishlab chiqishdi. Ularning keyingi olti yil ichida 21 million odamning hayotini o'zgaritirb yuboradigan dastur tadbiq etishda hukumatlar bilan dadil hamkorlik qilish rejasi haqida ko'proq bilib oling. ( Bu ulkan reja - global o'zgarishlarni moliyalashtiradigan va qo'llab quvvatlaydigan TED ning tashabbusi bo'lgan, Mard Loyihasi (Audacious Project) ning bir qismidir.)

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
07:09
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for 4 steps to ending extreme poverty
Show all

Uzbek subtitles

Revisions