Aytarli yutuqlarga erishmagansiz, oilaviy munosabatlaringiz ham ko’ngildagidek emas, istaganingizni xarid qilishga imkoniyatingiz yo’ q hayotdan ko’ngli to’lmayotgan insonga bu kechinmalar tanish. Hayotdan qoniqmaslik tashqi dunyoga hasad ko’zida qarashga, ichki olamingizga esa nadomat nazari bilan boqishga majbur qiladi. Media vositalari, reklama va ijtimoiy tarmoqlar orzuyingizdagi kasbdan kamiga erishish muvaffaqiyatsizlik ekanligini, boy hissiyotlarni tuyishingiz lozimligini, husnda tengsiz bo'lishni, ko’p do’stlar orttirishingiz va haqiqiy muhabbatingizni topishingiz kerakligini qolganlar esa bularning bariga erishib baxtli yashayotganlarini sizga eslatib eski jarohatingizni yangilaydi. O’z ustingizda ishlashga chaqiradigan maslahatgo’ylar esa baxtsizligingizga o’zingiz sababchi ekanligingizni pesh qilishadi. O'tgan ikki asrdan beri tadqiqotchilar bu hissiyotni jilovlash yo'llarini izlashga kirishganlar. Baxt va hayot mazmunini ilmiy jihatdan o’rganishni maqsad qilgan pozitiv psixologiya sohasi va insondagi halovatsizlik hissini yengishga yeng shimargan konduktiv xulq-atvor terapiyasiga asos solindi. Olimlarda nega ayrimlar boshqalardan ko'ra baxtli yashashadi, degan degan savollar tug'ildi. Ular erishgan yutuqlarni o'z hayotimizga olib kirishning iloji bormi? Bugungi videolavha insonning qanchalik tez do’st orttirishini, qiyinchiliklarga bardoshlilik va baxt darajasini yuqori aniqlikda aytib bera oladigan xislat halovatsizlik hissiga qarshi eng yaxshi malham, ya'ni shukronalik haqida Shukronalik qulog’ingizga jurnal sahifalari yuzini band qilgan taniqli insonlar ishlatiladigan so’zdek jaranglashi mumkin, ammo biz sizga taqdim etayotgan ma’lumotlar ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarga asoslangan. Batafsil ma’lumotlar ushbu videolavha haqidagi ma’lumotlar satrida.