Komputerlarning yaxshi jihatlaridan biri bu buyruqlarni qayta bajarishi. Inson sifatida, agar siz bir xil narsani ko‘p marta qilishingiz kerak bo‘lsa, haqiqatda zerikib ketasiz. Ammo komputer bir xil narsani million yoki hattoki milliard marta ham qila oladi, va zerikmasdan yaxshi holatda bu narsani oxirigacha yetkazib qo‘ya oladi. Shunday qilib, misol uchun, agar men Facebookdagi barchani email jo‘natib tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni xohlasam, bu emaillarni barchaga yozib chiqish uchun menga bir asrdan ko‘p vaqt ketadi. Lekin bir necha qator kod bilan, men Facebookdagi barchaga tug‘ilgan kuni bilan tabriklab email yuboradigan sistema tuza olaman. Mana looplar nima, va nima uchun ular qiymatli va ular komputerlar juda yaxshi bajara oladigan jihatidan biri. Bu misolda, sizning maqsadingiz qushni cho‘chqaga yetishishi uchun harakatlantirish. Hozir, biz buni juda ham oson bajarish uchun "repeat" bo‘limidan foydalana olish imkoniyatiga egamiz. Yoki siz buni har safar qushni cho‘chqaga nisbatan bir qadam oldinga chiqarish maqsadida komputerga besh marta "move forward" buyug‘ini berish orqali ham bajarishingiz mumkin. Yoki siz komputerga shunchaki bir marta oldinga harakatlanishini ayta olasiz, va keyin unga bu jarayonni 5 marta qaytarishni aytishingiz mumkin va u xuddi shunday qiladi. Shunday qilib, buni qilish uchun siz "move forward" buyrug‘ini olib keling, va keyin uni "repeat" bo‘lim ichiga qo‘ying. Va siz uning ustiga bosa olasiz va unga qancha qadam oldinlashini xohlashingizni aytish uchun bo‘limni necha marta qaytarishini ayting. Endi yana bir narsa bu siz repaat bo‘limi ichidagidek ko‘p buyruqlarni qo‘ya olasiz. Demak, bu misolda siz unga besh marta bajarilishi kerak bo‘lgan oldinga harakatlanishni va chapga burilishni aytayapsiz. Juda yaxshi ish, rohatlaning:-)