Nima gap, odamlar? Avalambor, ishongim kelmaydi Ted Talkda ekanligimga. Bu katta narsa. Chunki ayni paytda, qishlog'imdagi hamma tomosha qilyapti va albatta, kelinlik narxim oshib ketdi. Mening ismim Adeola Fayehun. Men Nigeriyadanman. AQSHda yashayman. Men jurnalist va qiziqchiman, yoki hajviyachi, siz istagan odam bo'laman, rostdan. Har bir ayol, hammasi o'zimda. Meni YouTubeda shou o'tkazaman, "Adeola bila haqqoniylik" degan. Hozirda bu shou juda muloyim va qo'pol tarzda sotqin Afrika yetakchilari haqida jar soladi. (Video) Prezident Buhari: Bilmadim xotinim qaysi partiyadan ekanligini ammo u meni oshxonamga tegishli. Adeola Fayehun: Yo, Xudo! Menga ozgina suv kerak -- Menga suv kerak, dedim! Ko'rdingizmi? Men bu narsalarga haqqoniy qarayman! Ayniqsa ular qovun tushirganida, ko'p bo'ladigan holat. Aytgancha, biror Afrika rasmiysi meni ko'rayotgan bo'lsa, Ser, men siz haqingizda gapirmayapman. Ha, men faqat hamkasblaringiz haqida gapirmoqdaman. Chunki Afrikadagi ko'p narsa ulkandir. Bilasizmi, ulg'ayish davrimda Afrika ulkan qit'a deb, ishonib ulg'ayganman. Bizda mahorat, ziyolilar, tabiiy boyliklarimiz barcha qit'adan ko'ra ko'p. Afrika 31 foiz dunyo oltinini, marganets va uranini, 57 foiz dunyo olmosini va 13 foiz dunyo neftini beradi. Bizda hech qanday sabab yo'q yordamga muhtoj bo'lishga yoki Jahon Banki yo Xitoydan qarz olishga. Ammo yaxshi yetakchilarsiz, biz xuddi uchaolishini bilmayotgan burgutdekmiz, parvoz qilishini aytmasa ham bo'ladi. Afrika uyqudagi devga o'xshaydi. To'g'risini aytganda, men shu devni uyg'otishga urinyapman va shu devga qaraydiganlarning kirdikorlarini oshkor qilyapman. Siyosatchilarimiz, diniy ulamolarimizning, katta hurmati bor, albatta. Chunki, hamma narsadan ko'ra, Afrika yetakchilari hurmat qilinishni yaxshi ko'rishadi. Shunday ekan, hurmatini joyiga qo'yaman, O'zimning "Shou"da, Ularga ta'zim qilaman -- ha! -- Ularni tog'a, xolalarim deb, otam deb atayman va keyin -- ularni ular idrokimizni tahqirlaganiday, tahqirlayman. Chunki biz charchadik munofiqlik va yolg'on va'dalardan. Masalan, Nigeriya prezidenti tibbiy turizmni tugatishni va'da qilgandi yaroqsiz shifoxonalarimizni ta'mirlash va yangilarini qurish orqali. Ammo u nima qildi? U 2017-yil uch oyini Londonda davolanish bilan o'tkazdi. Biz uch oy davomida prezidentsiz qoldik. Bizda uch oy prezidentsizlik bo'ldi. Shu tariqa prezidentga yuzlanish meni ishimga aylandi, albatta, hurmat bilan. Men "Ha, Janob Prezident, bu sizning qizingiz, Adeola. Meni qandayligimni bilasiz, yaxshimisiz? Sizda uyat yo'q ekan" dedim. "Ser" deyishni unutibman. "Ser, sizda uyat yo'q ekan. (Yorubacha: Xudodan qo'rqmaskansiz.) Xudodan qo'rqmas ekansiz." Hozirda 35 ming nigeriyalik shifokorlar AQSH , Buyuk Britaniya va Kanadada ishlashmoqda, a'lo darajada. Chunki Nigeriyada ular na yaxshi oylik olishadi, na kerakli uskunalar bilan ta'minlanadi, Shifokorlik ishini qilish uchun. Va bu ko'plab Afrika mamlakatlarida sodir bo'lmoqda. Bizda uchishga bo'lgan salohiyat bor. Ammo ming afsuski, ko'plab afrikalik talantlar to'g'ri chetga ketishyapti, boshqa mamlakatlarga. Masalan, bu nigeriyalik shifokor tug'ilmagan chaqaloqni operatsiya qilgan Texasda. Bu nigeriyalik shifokor ham atletlardagi chayqalishning nevrologik ta'sirlarini kashf etgan. Ko'p mamlakatlarda afrikalik atlerlar bor ular uchun oltin medal yutib beradigan. Qizig'i shundaki, biz Xudo Afrikani to'g'rilashini kutib o'tiribmiz. Rostdan, xazilsiz biz kutib o'tiribmiz. Ya'ni, shunchaki Burundi prezidentiga qarang. U muxbirlar va muxolifat a'zolarini qamamoqda, lekin u milliy duo qilish kunini e'lon qildi, xalqi Xudodan yurtni epaqaga keltirishni so'rab iltijo qilishi uchun. Ammo u emasmi mamlakatni epaqaga keltiradigan? Oo yo'q, yo'q, yo'q. Biz Xudo shu ishni qilishini kutyapmiz. Ko'ryapsizlarmi nimalar bilan bandligimni? Sizga aytyapman, bu siyosatchilarni bir kun yashin urishga tayyor turibdi. Biz bundan yaxshiroqmiz. Men yetakchilarimizdan ma'suliyatni bo'yniga olishlarini va hamma yerga Xudoni qo'shishni to'xtatishini istardim. Xudo bizga kerakli hamma narsani bergan. Hammasi shu yerda, keling shuni ishlatamiz. Mana, ishimdagi sevimli qismim afrikaliklarning muvaffaqiyatlarini ko'rsatish, oddiy odamlarning sezilarli ishlarini. Bu keniyalik ayol, Wangari Maathai kabi, Nobel Tinchlik sovriniga sazovor bo'lgan ilk afrikalik ayol, inson huquqlarini targ'ib qilgani va bir million daraxt ekkani uchun. Bu zimbabvelik ayol ham, Doktor Tererai Trent, 14 yoshida turmushga chiqqan sigirga almashilgan holda. Ammo, bu ayol o'ziga o'qish va yozishni o'rgatdi va Opraning shousiga ham chaqirildi. Ooo, men ham Opraning shousida qatnashmoqchiman bir kuni. Hozirda bu ayol maktablar qurdi Zimbabvedagi minglab bolalar uchun. Shuningdek, britaniyalik taniqli me'mor David Adjaye dunyo bo'ylab ajoyib binolar loyihalashtirgan. U ham ganalik, ham tanzaniyalik. Endi, bilamiz hamma gap Gananing Jollof guruchida, u iste'mol qilgan va unga ishi uchun ilhom bergan. Balki, gap Nigeriya Jollof guruchidadir, chunki bunisi ancha yaxshiroq. Har holda aynan shu unga ilhom bag'sh etgan hozirgidek buyuk odam bo'lib yetilishi uchun. E'tiboringiz menda ekan, yana bir narsa aytsam, iltimos yaqinroq keling. Yaxshi, yaxshi, o'ta yaqin kelmang, bo'ladi. Menga ba'zi birlaringizning Afrikani tasvirlashingiz yoqmaydi. Barchangiz emas, ba'zilaringiz. Sen ayniqsa. Avalambor, bu bir mamlakat emas, bu bir qit'a. Men Ugandadan Paulni tanimayman, Zimbabvedan Rebekkani ham tanimayman. Nigeriya Zimbabvedan ancha uzoqda, Ney-york Parijdan uzoq bo'lgani kabi. U G'arb hayriyasiga muhtoj bo'lgan bir to'da yalang'och odam emas. Siz noto'g'ri ko'rasiz. Sherlar ko'chalarimizda izg'imaydi, tushunarlimi? Yana davom etishim mumkin, lekin, siz tushunib turibsiz, Ishimni qilar ekanman, uyqudagi dev, Afrikani uyg'otishga urinib, dunyo arenasidagi munosib o'rnini topishi uchun. Siz ham nimadir qila olishiz mumkin. Iltimos ko'proq tinglang. Afrikalik do'stlaringizni tinglang, hech qanday noto'g'ri hayolsiz, ular aytmoqchi bo'lgan narsa haqida o'ylab. Afrika kitoblarini o'qing. Yo Xudo, Afrika kinolarini ko'ring. Yoki bo'lmasa, 54 ta chiroyli mamlakatlarimizning bir qanchasini nomlarini yodlang. To'g'ri, 54 ta, jonidan, besh-to'rt. Yaxshi, hammasi chin bo'ldi va shu vaqtgacha ham chin bo'lgan. Ko'rishguncha, Sizlar bilan yana ko'rishamiz. Xayr.