Nima gap, odamlar?
Avalambor, ishongim kelmaydi
Ted Talkda ekanligimga.
Bu katta narsa.
Chunki ayni paytda,
qishlog'imdagi hamma tomosha qilyapti
va albatta, kelinlik narxim oshib ketdi.
Mening ismim Adeola Fayehun.
Men Nigeriyadanman.
AQSHda yashayman.
Men jurnalist va qiziqchiman,
yoki hajviyachi,
siz istagan odam bo'laman, rostdan.
Har bir ayol, hammasi o'zimda.
Meni YouTubeda shou o'tkazaman,
"Adeola bila haqqoniylik" degan.
Hozirda bu shou juda muloyim
va qo'pol tarzda
sotqin Afrika yetakchilari
haqida jar soladi.
(Video) Prezident Buhari: Bilmadim
xotinim qaysi partiyadan ekanligini
ammo u meni oshxonamga tegishli.
Adeola Fayehun: Yo, Xudo!
Menga ozgina suv kerak --
Menga suv kerak, dedim!
Ko'rdingizmi?
Men bu narsalarga haqqoniy qarayman!
Ayniqsa ular qovun tushirganida,
ko'p bo'ladigan holat.
Aytgancha, biror Afrika rasmiysi
meni ko'rayotgan bo'lsa,
Ser, men siz haqingizda gapirmayapman.
Ha, men faqat hamkasblaringiz haqida
gapirmoqdaman.
Chunki Afrikadagi ko'p narsa ulkandir.
Bilasizmi, ulg'ayish davrimda
Afrika ulkan qit'a deb,
ishonib ulg'ayganman.
Bizda mahorat, ziyolilar,
tabiiy boyliklarimiz barcha
qit'adan ko'ra ko'p.
Afrika 31 foiz dunyo oltinini,
marganets va uranini,
57 foiz dunyo olmosini
va 13 foiz dunyo neftini beradi.
Bizda hech qanday sabab yo'q
yordamga muhtoj bo'lishga
yoki Jahon Banki yo Xitoydan
qarz olishga.
Ammo yaxshi yetakchilarsiz,
biz xuddi uchaolishini
bilmayotgan burgutdekmiz,
parvoz qilishini aytmasa ham bo'ladi.
Afrika uyqudagi devga o'xshaydi.
To'g'risini aytganda,
men shu devni uyg'otishga urinyapman
va shu devga qaraydiganlarning
kirdikorlarini oshkor qilyapman.
Siyosatchilarimiz, diniy ulamolarimizning,
katta hurmati bor, albatta.
Chunki, hamma narsadan ko'ra,
Afrika yetakchilari hurmat qilinishni
yaxshi ko'rishadi.
Shunday ekan, hurmatini joyiga qo'yaman,
O'zimning "Shou"da,
Ularga ta'zim qilaman -- ha! --
Ularni tog'a, xolalarim deb,
otam deb atayman
va keyin --
ularni ular idrokimizni tahqirlaganiday,
tahqirlayman.
Chunki biz charchadik
munofiqlik va yolg'on va'dalardan.
Masalan,
Nigeriya prezidenti tibbiy turizmni
tugatishni va'da qilgandi
yaroqsiz shifoxonalarimizni
ta'mirlash
va yangilarini qurish orqali.
Ammo u nima qildi?
U 2017-yil uch oyini Londonda
davolanish bilan o'tkazdi.
Biz uch oy davomida
prezidentsiz qoldik.
Bizda uch oy prezidentsizlik bo'ldi.
Shu tariqa prezidentga
yuzlanish meni ishimga aylandi,
albatta, hurmat bilan.
Men "Ha, Janob Prezident,
bu sizning qizingiz, Adeola.
Meni qandayligimni bilasiz,
yaxshimisiz?
Sizda uyat yo'q ekan" dedim.
"Ser" deyishni unutibman.
"Ser, sizda uyat yo'q ekan.
(Yorubacha: Xudodan qo'rqmaskansiz.)
Xudodan qo'rqmas ekansiz."
Hozirda 35 ming nigeriyalik shifokorlar
AQSH , Buyuk Britaniya
va Kanadada ishlashmoqda,
a'lo darajada.
Chunki Nigeriyada
ular na yaxshi oylik olishadi,
na kerakli uskunalar bilan
ta'minlanadi,
Shifokorlik ishini qilish uchun.
Va bu ko'plab Afrika mamlakatlarida
sodir bo'lmoqda.
Bizda uchishga bo'lgan
salohiyat bor.
Ammo ming afsuski, ko'plab afrikalik
talantlar to'g'ri chetga ketishyapti,
boshqa mamlakatlarga.
Masalan,
bu nigeriyalik shifokor
tug'ilmagan chaqaloqni operatsiya qilgan
Texasda.
Bu nigeriyalik shifokor ham
atletlardagi chayqalishning
nevrologik ta'sirlarini kashf etgan.
Ko'p mamlakatlarda afrikalik
atlerlar bor
ular uchun oltin medal yutib beradigan.
Qizig'i shundaki,
biz Xudo Afrikani to'g'rilashini
kutib o'tiribmiz.
Rostdan, xazilsiz
biz kutib o'tiribmiz.
Ya'ni, shunchaki
Burundi prezidentiga qarang.
U muxbirlar va muxolifat a'zolarini
qamamoqda,
lekin u milliy duo qilish kunini
e'lon qildi,
xalqi Xudodan yurtni epaqaga
keltirishni so'rab iltijo qilishi uchun.
Ammo u emasmi mamlakatni
epaqaga keltiradigan?
Oo yo'q, yo'q, yo'q.
Biz Xudo shu ishni qilishini kutyapmiz.
Ko'ryapsizlarmi nimalar bilan bandligimni?
Sizga aytyapman,
bu siyosatchilarni bir kun
yashin urishga tayyor turibdi.
Biz bundan yaxshiroqmiz.
Men yetakchilarimizdan
ma'suliyatni bo'yniga olishlarini
va hamma yerga Xudoni qo'shishni
to'xtatishini istardim.
Xudo bizga kerakli hamma
narsani bergan.
Hammasi shu yerda,
keling shuni ishlatamiz.
Mana, ishimdagi sevimli qismim
afrikaliklarning muvaffaqiyatlarini
ko'rsatish,
oddiy odamlarning sezilarli ishlarini.
Bu keniyalik ayol, Wangari Maathai kabi,
Nobel Tinchlik sovriniga sazovor bo'lgan
ilk afrikalik ayol,
inson huquqlarini targ'ib qilgani
va bir million daraxt ekkani uchun.
Bu zimbabvelik ayol ham,
Doktor Tererai Trent,
14 yoshida turmushga chiqqan
sigirga almashilgan holda.
Ammo, bu ayol o'ziga
o'qish va yozishni o'rgatdi
va Opraning shousiga ham chaqirildi.
Ooo, men ham Opraning shousida
qatnashmoqchiman bir kuni.
Hozirda bu ayol maktablar qurdi
Zimbabvedagi minglab bolalar uchun.
Shuningdek, britaniyalik taniqli me'mor
David Adjaye dunyo bo'ylab
ajoyib binolar loyihalashtirgan.
U ham ganalik, ham tanzaniyalik.
Endi, bilamiz hamma gap Gananing
Jollof guruchida,
u iste'mol qilgan
va unga ishi uchun ilhom bergan.
Balki, gap Nigeriya Jollof guruchidadir,
chunki bunisi ancha yaxshiroq.
Har holda aynan shu unga
ilhom bag'sh etgan
hozirgidek buyuk odam bo'lib
yetilishi uchun.
E'tiboringiz menda ekan,
yana bir narsa aytsam,
iltimos yaqinroq keling.
Yaxshi, yaxshi,
o'ta yaqin kelmang, bo'ladi.
Menga ba'zi birlaringizning
Afrikani tasvirlashingiz yoqmaydi.
Barchangiz emas, ba'zilaringiz.
Sen ayniqsa.
Avalambor, bu bir mamlakat emas,
bu bir qit'a.
Men Ugandadan Paulni tanimayman,
Zimbabvedan Rebekkani ham tanimayman.
Nigeriya Zimbabvedan ancha uzoqda,
Ney-york Parijdan uzoq bo'lgani kabi.
U G'arb hayriyasiga muhtoj bo'lgan
bir to'da yalang'och odam emas.
Siz noto'g'ri ko'rasiz.
Sherlar ko'chalarimizda izg'imaydi,
tushunarlimi?
Yana davom etishim mumkin,
lekin, siz tushunib turibsiz,
Ishimni qilar ekanman,
uyqudagi dev, Afrikani
uyg'otishga urinib,
dunyo arenasidagi
munosib o'rnini topishi uchun.
Siz ham nimadir qila olishiz mumkin.
Iltimos ko'proq tinglang.
Afrikalik do'stlaringizni tinglang,
hech qanday noto'g'ri hayolsiz,
ular aytmoqchi bo'lgan narsa
haqida o'ylab.
Afrika kitoblarini o'qing.
Yo Xudo, Afrika kinolarini ko'ring.
Yoki bo'lmasa,
54 ta chiroyli mamlakatlarimizning
bir qanchasini nomlarini yodlang.
To'g'ri, 54 ta, jonidan, besh-to'rt.
Yaxshi, hammasi chin bo'ldi
va shu vaqtgacha ham chin bo'lgan.
Ko'rishguncha,
Sizlar bilan yana ko'rishamiz.
Xayr.