Oziq ovqat yetkazib berish,
Bu yangi avlodni ochlikdan qutqaradi.
Hisob-kitobim bo'yicha,
Amerikaliklar restoranlarga 20 milliondan
ortiq yetkazib berish uchun buyurtma
berishadi har kuni .
Bu buyurtmalarning yarmidan ko'pi,
yaqin masofadan beriladi.
Ammo 9/10 tasi avtoulovda yetkaziladi.
Shunday qiliib,
2 funtlik burritoni
2 tonnalik avtoulovda yetkazayapmiz
kuniga 20 million marta.
Sizga burritoni olib borayotgan narsa
aslida 2 tonnalik
issiq o'rindiqli metaldir.
Tan olaylik.
Bizga avtoulovlarga bog'lanib qolganmiz.
Bilasizmi,
har bir avtoulov uchun,
to'rtta bo'sh joy bo'lishini?
Ba'zi shahar markazlarida,
ko'chmas mulkning yarmidan ko'pi
avtoulovlar uchun ajratilgan.
Shaharlarimizni avtoulovlar
uchun qurganmiz.
Chunki biz avtoulovni 2 mil uchun ham,
200 mil uchun ham ishlatamiz.
Yolg'iz holda, yoki oila bilan.
Biz qahva yoki qahva stolini olish uchun
ham bir xil avtoulovdan foydalanamiz.
Agar shu ko'cha va avtoturargohlardan
qutulsak,
ko'proq uy-joy hamda,
ijtimoiy joy va parklar qura olamiz.
Lekin uni bajarish uchun,
dastlab, avtoulovdan foydalanish
tartibini qayta ko'rib chiqishimiz kerak.
Kelajak shaharlarida,
bir necha mahalladan o'tish uchun,
skuter yoki velosiped ishlatiladi.
Agar shoshsangiz,
yo'lovchi droni sizni olib boradi.
Agar oziq-ovqat kerak bo'lsa,
avtoulov haydashga hojat bo'lmaydi --
uning o'zi sizga keladi.
Yana 20 million restoran
buyurtmalariga qaytsak,
agar shu buyurtmalardan yo'llarimizni
ozod qilsak,
biz avtoulovlarga bo'lgan
AQSH ning o'zidagi 1.5 millionlik
ehtiyojdan qutalamiz.
Bu San Fransiskoning ikki baravariga teng.
Endi, shu kabi holatni Dehli kabi
shaharlarda tasavvur qilsak,
yoki, men tug'ilgan joy - Tehronda.
U yerda avtoulov tutunidan,
har yili minglab odamlar o'lishadi.
Ho'sh, qanday qilib bu yetkazib
berishlarni kamaytirish mumkin?
Bu savolga
men va jamoam oxirgi uch yil davomida
javob qidiramiz.
Uning yechimi esa, aslida
kelajak shahrining
turar-joylaridan biridir,
Biz o'zini boshqaradigan, kichik
robotlarni yaratib kelmoqdamiz.
Ular hiyobon va piyodalar yo'laklarida
harakatlanadi,
yurish tezligida
va ishonchli yuk yetkazib berish
qobiliyatiga ega.
Robotlar haqida yana ma'lumot
berishimdan oldin,
bir hayoliy tajriba qilib ko'ramiz.
Hayolingizda minglab robotlari bor
shaharni tasavvur qiling.
Shuni o'yladingizmi?
Ko'pchilik shu Gollivud distopiyasini
ko'z oldiga keltiradi.
Lekin bizning vazifamiz odamlar uchun
bo'lgan osoyishta kelajakni yaratishdir.
O'zga sayyoraliklar o'rniga,
biz tanish bo'lgan
robotlar bilan shug'ullanamiz.
Jamiyatimizga taalluqli bo'lgan
robotlar bilan.
Lekin biz ozgina ajablantirmoqchi bo'ldik,
Qandaydir kutilmagan ajoyib narsa.
O'ylab ko'ring.
Siz ko'cha bo'ylab yuryapsiz
va birinchi bor robotni ko'rib qoldingiz
va shu vaqtda o'ylab qolasiz,
bu kelajak sizga kerakmi yoki yo'q.
Ko'pchilik odamlar bu voqe'likdan
qo'rqishadi.
Biz ularni ko'zini ochishimiz kerak.
Biz ularni hayrat va
zavqlantirishimiz darkor,
bir ko'rishdayoq ularni ajablantirib,
g'olib bo'lish uchun.
Mana biz nimani reja qildik.
Bu tanish, lekin ajablanarli.
Bu shunchaki xarid qilish aravachasidir.
Lekin u huddi biz minionlar va vall-i ni
chatishtirgandek ko'rinadi.
San-Fransisko yoki Los-Anjelesda
yashasangiz,
bulardan biri allaqachon oziq-ovqat
yetazib bermoqda.
Ko'chalarimizga robotlarni
chiqarishimiz bilan,
judayam qiziqarli
muammolarga duch keldik:
Robotlar yo'llarni qanday
kesib o'tishi kerak?
Ular ko'rish/harakalanishi muammoli
odamlar bilan qanday aloqa qiladi?
Shunda biz robotlarimizga
odamlar bilan aloqa qilishni
o'rgatishimiz kerakligini angladik.
Trotuarda har xil
odamlarni uchratish mumkin.
Shu bois, yangi til
yaratishimiz zarur edi,
qandaydir umumiy til,
odamlar va robotlar bir-birlarini
tushunishi uchun
shu zahoti.
Chunki, hech kim qo'llanmani
o'qib o'tirmaydi.
Biz ko'zdan boshladik,
chunki ular universaldir.
Ko'z robotni qayerga ketayotganini
yoki sarosimaga tushganini ko'rsatadi.
Shuningdek, ko'z robotni odamiyroq qiladi.
Biz tovushlardan ham foydalandik.
Masalan, biz yugurish ovozini yaratdik
orada to'xtashlari bilan,
ko'rishida buzilishi bor odamlar
robotlarni payqashi uchun
Doppler effektini ishlatgan holda.
Lekin bularni bari yetmas ekan.
Chorrahalarda,
Avtoulov robot oldidan
chiqib qolmoqda.
Ba'zida haydochilar chalg'ib qolmoqda,
chunki robotlar kesib o'tishdan
oldin ko'p turib qoladi.
Hatto oddiy odamlar ham
adashib ketmoqda.
Ba'zan ular robotni qaysi tarafidan
o'tishni bilmay qolmoqda.
Chunki robotlar ko'plab
kichik o'zgarishlar qiladi
harakati davomida.
Lekin bu bir yangi g'oyani
yuzaga keltirdi.
Harakatlardan umumiy til
yaratsak nima bo'ladi?
Chorrahalarda,
kesib o'tishidan oldin,
oldinga ohista yurishi bilan,
haydovchilarga endi uni gali
ekaniini ko'rsatish uchun.
Agar nogironlar aravachasini
ko'rsa,
robotlar chetga chiqib turish bilan
harakatlanmasligini ko'rsatish uchun.
Ba'zilar buni eslashi mumkin.
2015-yil Kanada tadqiqotchilari AQSH
bo'ylab robotni avtostop bilan sayohatga
chiqarishdi.
U uzoqqa bormadi.
Qarangki, robotlar ham ijtimoiy
ko'nikmalarni ishlatar ekan.
Ular bilan aloqa qilishlari mumkin ekan.
Karnegie Mellon tadqiqotchilariga ko'ra,
o'yinchoq robotlar o'zini o'lganga solishi
tufayli odamlar ranjishadi,
uni buzib qo'ydim deb.
Ammo yetkazish robotlari
o'yinchoq emas,
ular kichik emas,
ular jamoat joyida bo'lishadi.
Yetkazib berish xizmati robotlarini
odamlardan himoya qilish uchun,
robotlarning munosabati bo'lishi kerak.
Bu o'zini o'likka solishni teskarisi.
Bu holatda,
robotlar vaziyatni tushunishi kerak
odamlardan o'zini olish uchun.
Bir maslahat:
agar siz robot bo'lsangiz
va yosh bolalarni ko'rsangiz,
eng yaqin katta kishiga qarab yuguring.
Chunki, ba'zi bolalar robotlarga tegishni
juda yaxshi ko'rar ekan.
Distopiyadan tashqari,
Gollivud bizga haqiqatdan ham zo'r
robotlarni ko'rsatdi,
buyrug'imizni bajaradigan,
yoki bizga sherik bo'ladigan.
Shu paytgacha, faqat ovqat
yetkazmasiga e'tibor berdik.
Lekin kelajakda,
bu robotlar ko'p ish qila oladi.
Ular ortiqcha ovqatni yig'ishi
va boshpanadagilarga olib borishi mumkin.
Chunki biz Amerikada,
30 foiz oziq-ovqatni isrof qilamiz.
Bu paytda 10 foiz aholimiz
oziq-ovqat taqchilligiga uchraydi.
Robotlar yechimning bir
bo'lagi bo'ladi.
Yuzlab robotlar shahar uzra
harakatlanishsa,
ular zarur paytda dori-darmon
yetkazishi mumkin.
Yaqindagi kimdadir, allergiyasi
yoki astmasi tutib qolsa.
Bu robotlar 1-2 daqiqada joyida bo'ladi,
hammadan ko'ra tez.
Pandemiya davrida esa,
robotlar infrastrukturamizning
muhim bo'lagi bo'ladi.
Ular jamiyatimizning
muhim ehtiyojlarini
qondirishi mumkin,
hattoki favqulodda holatlarda ham.
Oxirgi fikrimni aytsam.
Bugun narsalar A dan B joyga
inson ko'magisiz borolmaydi.
Chunki bizning dunyomiz ancha murakkabdir.
Lekin yangi sensorlar va sun'iy ong
uni o'zgartira oladi.
Texnologiya huddi chaqaloqqa o'xshaydi.
Avval narsalarni o'rganadi
va so'zlarni tushinishni boshlaydi.
Ba'zan kichik suhbatga kirishishi
ham mumkin.
Lekin u hali yurishni o'rganmadi.
Hozir biz texnologiyaga
uch o'lchovli dunyoda yurishni
o'rgatyapmiz,
bizning ko'magimizsiz.
Biz bu yangi eraga qadam bosmoqdamiz.
U yerda jonsiz buyumlar
erkin harakatlana oladi.
Ularni ko'rganimizda esa,
o'zga sayyoralikka qaraganday
qaramasligimiz kerak.
Mening kelajakka qarashim shuki,
narsalar jonlanganda
ular buni zavq bilan qiladi.
"Terminator" kabi emas,
balki "O'yinchoqlar tarixi" dek.
Rahmat.