Vov! Boshqa bir uch boshqotirma yechildi! Va biz ... bitta lososni tutdik. Oltin uyimlaridek hayajonli emas, ammo biz xohlagan narsamizga erisha olamiz. Va tez orada dengiz qutisi qo‘limizda bo‘lishini his qilayapman. Hayronman, bu vayronalarda nima yashiringan ekan. Ehtimol bu boshqa narsaga ishoradir! Keling, ichkariga qaraymiz. Mening ismim Netty va mening vayronamga xush kelibsiz. Biz har doim shartlarga asoslanib qaror qabul qilamiz. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotganga o‘xshaydi, u holda men soyabon olvolaman. Agar biz och bo‘lsak, u holda tamaddi qilib olamiz. Agar biz devorni ko‘rsak, unda qarman qarshi yo‘nalishda yuguramiz. Komputerlar ham shu kabi qarorlar qabul qiladi. Aslida, ular kodlar orqali shartlarga javob qaytara oladi. Mana bunaqangi kodlash buyruqlaridan foydalanib, biron javobni dasturlash uchun biron if bo‘limini tanlang. O‘sha buyruqni yaratish uchun tepadan pastga tushishni tanlang. Masalan, agar siz "agar yo‘lak o‘ngga bo‘lsa" buyrug‘ini kiritsangiz va shartingiz ichida o‘ngga burilishni joylashtirsangiz, u holda Stevie har safar o‘ngga yo‘l ko‘rganda o‘ngga burilaveradi. Agar o‘ngga yo‘l bo‘lmasa, u o‘ngga burilmaydi. Bu shartli if buyruqlar qachonki siz kodingizni suvosti kemalaridagi sirli vayronalar kabi oldindan aniqlab bo‘lmaydigan holatlar uchun ishlatganingizda foydali bo‘ladi. If bo‘limidan foydalanishni mashq qilib ko‘ring va kodingizni aylantirishlar uchun ishlatib ko‘ring. Vov! Nettyning vayronasi zo‘r ekan. Men haqiqatda ota-onamning uyidan bu yerga ko‘chib kelishni xohlayman. Xo‘sh, nima deb o‘ylaysiz? So‘nggi boshqotirmalarni tugatish uchun tuzgan shartlarimiz to‘g‘rimi? Keling, uni boshlaymiz.